BioLogic IQ
3.31K subscribers
431 photos
167 videos
9 files
348 links
Kanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz.

Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov
Download Telegram
Forwarded from Sharofiddin Khalimov
#buni_bilarmidingiz
#uchinchi_qism_davomi


To‘g‘ri, aytishingiz mumkin, 1-kursda ham mavzusini e'lon qildirib oxirigacha shu mavzuda ishlaganlarni bilaman deyishingiz mumkin. Bu holatga ham men biror nima demayman, chunki tadqiqot mavzusi anniq, ishning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, kutilayotgan natijalari ishonchli bo‘lgan, ilm-fanga salmoqli hissa qo‘shishda ahamiyatga haqiqatdan ham munosib mavzularni 1-kursdayoq e'lon qildirsa bo‘ladi. Bu borada jonli misol tariqasida o‘zimni keltiradigan bo‘lsam, tadqiqot mavzuim aniq, ishning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti aniq hamda shu orqali yaqin kelajakda ko‘zlanayotgan yangiliklarga erishsa bo‘ladigan, xullas tadqiqot o‘tkazsa o‘tkazgudek chiroyli mavzuim bo‘lgani uchun byulletenning adashmasam 2-soniga yuborib bo‘ldim. Chunki, aytganimdek bu yerda o‘ylanib o‘tiradigan narsaning o‘zini ko‘rmaganim bois, ilmiy rahbarimning ham tavsiyasiga asoslanib tasdiqqa berib yubordim.

Shu o‘rinda yana bir muhim jihati bor. Diqqat bilan eslab qoling. Dissertatsiya mavzuingizni siz qaysi ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga da'vogarlik qilayotgan bo‘lsangiz, byulleten jurnaliga tayyorlaydigan hujjatlaringizga ham aynan shu ixtisoslikni berishingiz kerak. Keling buni misol o‘laroq tushuntiraman, men hozirda 03.00.15 - Ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktorantiman. Ho‘sh, men biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qilishim uchun tarkibida ixtiologiya, zoologiya, gidrobiologiya ixtisosliklaridan biridan ilmiy darajalar berish vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashda himoya qilishim kerak. U holda, mavzuimni shu uch ixtisoslikdan birida OAK byulleteni jurnaliga bera olaman. Men esa falsafa doktori ilmiy darajasini 03.00.06 - Zoologiya ixtisosligidan darajalar beruvchi Ilmiy kengashda himoyaga olib chiqish maqsadida byulletenga "Qaysi ixtisoslikdan berilmoqda" bandiga aynan zoologiya ixtisosligini yozganman. Endi, mavzuim e'lon bo‘lganda zoologiya ixtisosligidan e'lon bo‘ladi. Shu bilan men mamlakatimizning istalgan yeridagi aynan zoologiya ixtisosligidan ilmiy darajalarda tasdiqlash vakolatiga ega bo‘lgan Ilmiy kengashga ishimni topshira olaman. Aytishingiz mumkin, "Nega o‘z ixtisosligingiz bo‘lgan ixtiologiyadan ilmiy daraja olmaysiz?". Chunki, mening ixtisosligimda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash borligini eshitmaganman. Yoki bo‘lsa ham Toshkentda bor yoki Samarqandda boring ana Qoraqalpog‘istonda bor (bu borada hozircha biror ma'lumotim yo‘q).
Demak, siz himoya qiladigan Ilmiy kengash yashash hududingizga qulay bo‘lishi maqsadga muvofiq.

4. Dissertatsiya mavzuingizni OAK byulleteniga yuborish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlaysiz:
1. Mavzuning universitet yoki institut kengashidan tasdiqdan o‘tganligi haqida majlis bayonnomasidan ko‘chirma.
2. Mavzu, tadqiqotchi, berayotgan ixtisosligi (lari), ilmiy rahbari (lari) haqida lotincha-krillcha jadval ma'lumotlarining elektron shakli.
3. OAK raisi nomiga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor nomidan rasmiy xat tayyorlanadi.
4. Pasport nusxasi (.jpg formatda)
5. OAK hisob raqamiga e'lon qildirish bo‘yicha belgilangan badal puli o‘tkaziladi (2026-yil may holatiga ko‘ra 104 ming so‘mni tashkil etgan edi). To‘lov qilinganlik haqida kvitansiyaning .jpg shakli beriladi.

Yuqoridagi hujjatlarni (OTM kengashidan mavzu tasdig‘i bo‘yicha majlis bayonnomasidan ko‘chirma, rasmiy xat va barcha hujjatlarni yuborish) bevosita universitet ilmiy bo‘limidagi tegishli mas'ul xodimlar bilan birga ularning ko‘magida tayyorlaysiz va ular orqali yuborasiz.

Sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma'lumotlarim shulardan iborat edi. #buni_bilarmidingiz rukni ostida sizlarga yuborayotgan ma'lumotlarimning qolgan qismini yana boshqa kuni taqdim etishga harakat qilaman. Ushbu tashabbusim sizlarga foydali bo‘lmoqda deb o‘ylayman.
👍7
🗣 DIQQAT E’LON!

🎬 24-ENGLISH GURUHI TAQDIM ETADI!

Guruhimiz talabalari tomonidan “Hayvonlar etologiyasi” mavzusida qiziqarli va kreativ video dublajlar tayyorlandi. 🦜🦁

Har bir ishtirokchi ushbu loyiha orqali o‘zining ijodkorligi va ovoz mahoratini namoyish etdi. Videolar orasida oʻzingizga manzur boʻlgan videoga ovoz bering!

🏆 G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar asosida aniqlanadi:

🥇 1-o‘rin — Eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan ishtirokchi
🥈 2-o‘rin — Eng ta’sirli ijro egasi
🥉 3-o‘rin — Eng kreativ yondashuv egasi

💬 Ovoz berish tartibi:

O‘zingiz yoqtirgan ishtirokchi uchun tegishli video kommentariyasida quyidagi shaklda yozib qoldiring:

👉 #Ism_Familiya+

📌 Misol:
#Murodjon_Rahmonov+

Ijodni qadrlang, isteʼdodni qoʻllab-quvvatlang va eng yaxshilar bilan birga boʻling!
👍6
Birozdan soʻng ishtirokchilar tayyorlagan videolarni yuborishni boshlayman. Gʻoliblar 10-iyun kuni soat 17:00 da aniqlanadi.

P.s.: Ovozlar esa, 10-iyun soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion

1-ishtirokchi
Yoʻldoshaliyeva Zarnigor
👍23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion

2-ishtirokchi
Abrorova Hakimaxon
👍28
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion
3- ishtirokchi Mahammadsodiqova Ruqiya
👍57
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion
4-ishtirokchi
Usmonova Dilfuza
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion

5-Ishtirokchi Abdullayeva Dilafruzxon
👍37
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion 6-ishtirokchi Rasuljonova Lola
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion

7- ishtirokchi Mirsoatova Zilola
1👍47
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#finalversion

8-ishtirokchi
Hasanboyeva Gulsanam
👍13
Majlisi bor ekan ertaga tongda, shunga tayyorgarlik ))
👍29
Forwarded from hujayra.uz
So'nggi kunlarda "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini tashkil etish bo'yicha so'rashmoqda. Kurs pulli va u doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar uchun mo'ljallangan. Iyun oyining ikkinchi yarmida tashkil etilsa qatnashasizmi?
Anonymous Poll
33%
Ha, kutyapman
16%
Yo'q, shart emas
20%
Aniq javob bera olmayman
42%
Bakalavrlar uchun ham hamyonbop kurs tashkil qiling😄
👍6
Forwarded from hujayra.uz
Published paper.pdf
2.3 MB
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini o'qigan shogirdlarimizdan Sharofiddin Xalimov va Murodjon Raxmonovlar tayyorlagan va Scopus bazasida indeksatsiyalangan jurnalda chop etgan maqolani hukmingizga havola qilaman. Ushbu kursni o'qigach mana shunga o'xshash maqolani qanday yozishni o'rganib olasiz.

@hujayrauz
👍10
Forwarded from Davron Sultonov
👍7
Forwarded from Bir kuni men...
Rad etilishdan yuzaga keladigan og‘riqli hisni tuymaslikning yagona sharti — so‘ramaslik. So‘radingmi rad etilishga tayyor tur. Rad etildingmi xulosangni chiqar. Bir necha karra rad etilish etakni ko‘tarish muddati allaqachon o‘tayotganini bildiruvchi eng yorqin mezon.

Aksariyat kishilar chiroyli boshlashni biladi, lekin o‘z vaqtida tugatish, obro‘si borida ketishni eplay olmaydi. Biz mana shu daqiq nuqtadan boshlab to‘plagan barcha obro‘ va hurmatimizni yo‘qotishni boshlaymiz. Vaqt bizning ziyonimizga ishlay boshlaydi.

Faqat oqil insonlargina chiroyli va o‘z vaqtida tugatishni eplashadi.

@birkunimen
👍18
Forwarded from 1000KITOB
#tashabbuslar_marafoni

Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!

“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.

Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.

Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
Forwarded from Men
#longreads!

Qadrli abituriyentlar!
Sizlar bilan bir necha fikrlarimni bo‘lishmoqchiman. Avvalo, maktab va akademik litseylarni tamomlab, katta hayot sari ilk qadamni qo‘yayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman. Oldingizda turgan uzoq va mas'uliyatli yo‘lda barchangizga omad va muvaffaqiyat tilayman. Hayotingizning yangi bosqichi boshlanmoqda. Endi siz muhim qarorlar qabul qiladigan, o‘zingizni yanada chuqurroq anglaydigan va kelajagingizga poydevor qo‘yadigan davrga qadam qo‘yyapsiz. Bu yo‘ldagi eng muhim bosqichlardan biri esa talabalik yillaridir. Ishoning, aynan shu davr keyingi hayotingiz qanday shakllanishini belgilab beradigan eng qimmatli yillardan biri bo‘ladi. Shuning uchun o‘qing. Avvalo, o‘zingiz uchun o‘qing. Raqobat qiling, kechagi o‘zingiz bilan raqobat qiling. Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling. Bilim olishdan hech qachon charchamang. O‘rganganlaringizni boshqalar bilan ulasha olish uchun ham yanada chuqurroq o‘rganing. Zero, haqiqiy bilim faqat o‘zingizga emas, boshqalarga ham foyda bera olganingizda yanada qadrli bo‘ladi. Bugun siz tanlov oldidasiz. Shuning uchun shoshilmang. Bir oz to‘xtang, yaxshilab o‘ylang, fikrlaringizni tartibga soling va shundan keyingina qaror qabul qiling. Chunki bu yerda gap faqat qaysi oliygohga kirishingiz haqida emas. Eng muhimi, kelajakda sevgan kasbingizni tanlashingiz va umr davomida o‘sha kasb bilan baxtli yashashingizdir. Vaqt o‘tishi bilan jamiyat sizga o‘zining turli qirralarini namoyon qila boshlaydi. Turli qiyinchiliklar, sinovlar va kutilmagan vaziyatlarga duch kelasiz. Shunda dunyo faqat oq va qora ranglardan iborat emasligini anglaysiz. Hayot turfa ranglarda namoyon bo‘ladi. Mutlaq oq ham, mutlaq qora ham deyarli mavjud emasligini, har bir voqeaning o‘z sababi va o‘z tarixi borligini tushunib borasiz. Turli insonlarning taqdiri, hayot yo‘li va hikoyalarini eshitasiz. Aynan shunday tajribalar sizni yanada ulg‘aytiradi. Ammo shu yo‘lda sizni doimo ushlab turadigan tayanchlaringiz bo‘lishi kerak. Oila, sevgan kasbingiz, qadrdon do‘stlaringiz, mustahkam sog‘liq, sabr va matonat hayotdagi eng katta boyliklaringizdir. Qanday vaziyat bo‘lmasin, ana shu qadriyatlarni qo‘ldan chiqarmang. Bularning barchasini to‘g‘ri boshqarish uchun esa ilm kerak. Ha, aynan ilm. Ilmning ko‘rinishlari juda ko‘p. Sartaroshlik ham ilm, mexaniklik ham ilm, quruvchilik ham ilm. Qaysi kasbni tanlamang, uning ortida chuqur bilim va tinimsiz mehnat yotadi. Ana shu bilimni sizga to‘g‘ri yo‘l bilan beradigan inson esa ustozdir. Ustoz hayotingizda ota-onadan keyingi eng muhim insonlardan biridir. Ular sizlarga beminnat, xolis turib barcha ilmini o‘rgatishadi. Bilimlarini ulashadi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, boy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, kasbni sevishni, unga sadoqatli bo‘lishni va mehnat orqali hurmat qozonishni o‘rgatadi. Shuning uchun ustozlaringizni qadrlang. Ularning bergan nasihatlari ko‘pincha yillar o‘tib o‘z qadrini namoyon qiladi. Agar sevgan kasbingizni tanlasangiz, ish siz uchun majburiyat emas, zavqqa aylanadi. Dushanba kuni ham og‘ir tuyulmaydi. Har tong yangi ishtiyoq bilan uyg‘onasiz. Shu sababli kasb tanlashda faqat bugunni emas, butun umringizni o‘ylang. Uni ko‘nglingiz va aqlingiz tarozisiga qo‘yib tanlang. Ana shunda chin ma'nodagi erkinlikni his qilasiz. Yana bir necha fikrni aytib o‘tmoqchiman. Hayotda kutilmalarni me'yorida saqlang. Haddan tashqari katta umidlar ko‘pincha katta umidsizliklarni ham olib keladi. Atrofdagilardan ortiqcha narsa kutmang. Ular ham siz kabi oddiy insonlar va ular ham bu hayotni birinchi marta yashashyapti. Unutmang, hech narsangiz qolmagan taqdirda ham iymoningiz va umidingizni saqlang. O‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan ishlar uchun ortiqcha kuyinmang. Kuchingizni siz o‘zgartira oladigan narsalaringizga sarflang. Atrofingizga siz bilan bir xil qadriyat va maqsadlarga ega insonlarni yig‘ing yoki shunday insonlar davrasida bo‘ling. Qadrli uka-singillarim, bugun sizlar bilan menga o‘z vaqtida aytilgan va hayot davomida o‘zim ko‘rib, anglab, o‘rgangan narsalarning bir qismini ulashdim. Buni o‘zimning burchim deb bildim.
👍7
Forwarded from Men
Chunki har bir avlod o‘zi olgan yaxshilikni keyingi avlodga yetkazsa, jamiyat yanada kuchli bo‘ladi. Sizlardan ham bir iltimosim bor. Vaqti kelib siz ham bugungidek katta hayot ostonasida turgan uka-singillaringizni uchratsangiz, ularga yo‘l ko‘rsating, tajribangizni ulashing, yaxshi so‘zni ayamang. Balki sizning bitta gapingiz kimningdir butun hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin. Barchangizga tanlagan yo‘lingizda sobitqadam bo‘lishingizni, ilmni umr bo‘yi tark etmasligingizni va sevgan kasbingiz orqali baxt topishingizni tilayman.
Hurmat bilan,
Murodjon Raxmonov
👍7
O'qishga erinuvchilar uchun Youtube ga video tayyorlayapman )
👍4