BioLogic IQ
3.33K subscribers
431 photos
167 videos
9 files
348 links
Kanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz.

Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov
Download Telegram
Forwarded from hujayra.uz
So'nggi kunlarda "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini tashkil etish bo'yicha so'rashmoqda. Kurs pulli va u doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar uchun mo'ljallangan. Iyun oyining ikkinchi yarmida tashkil etilsa qatnashasizmi?
Anonymous Poll
33%
Ha, kutyapman
16%
Yo'q, shart emas
20%
Aniq javob bera olmayman
42%
Bakalavrlar uchun ham hamyonbop kurs tashkil qiling😄
👍6
Forwarded from hujayra.uz
Published paper.pdf
2.3 MB
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini o'qigan shogirdlarimizdan Sharofiddin Xalimov va Murodjon Raxmonovlar tayyorlagan va Scopus bazasida indeksatsiyalangan jurnalda chop etgan maqolani hukmingizga havola qilaman. Ushbu kursni o'qigach mana shunga o'xshash maqolani qanday yozishni o'rganib olasiz.

@hujayrauz
👍10
Forwarded from Davron Sultonov
👍7
Forwarded from Bir kuni men...
Rad etilishdan yuzaga keladigan og‘riqli hisni tuymaslikning yagona sharti — so‘ramaslik. So‘radingmi rad etilishga tayyor tur. Rad etildingmi xulosangni chiqar. Bir necha karra rad etilish etakni ko‘tarish muddati allaqachon o‘tayotganini bildiruvchi eng yorqin mezon.

Aksariyat kishilar chiroyli boshlashni biladi, lekin o‘z vaqtida tugatish, obro‘si borida ketishni eplay olmaydi. Biz mana shu daqiq nuqtadan boshlab to‘plagan barcha obro‘ va hurmatimizni yo‘qotishni boshlaymiz. Vaqt bizning ziyonimizga ishlay boshlaydi.

Faqat oqil insonlargina chiroyli va o‘z vaqtida tugatishni eplashadi.

@birkunimen
👍18
Forwarded from 1000KITOB
#tashabbuslar_marafoni

Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!

“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.

Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.

Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
Forwarded from Men
#longreads!

Qadrli abituriyentlar!
Sizlar bilan bir necha fikrlarimni bo‘lishmoqchiman. Avvalo, maktab va akademik litseylarni tamomlab, katta hayot sari ilk qadamni qo‘yayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman. Oldingizda turgan uzoq va mas'uliyatli yo‘lda barchangizga omad va muvaffaqiyat tilayman. Hayotingizning yangi bosqichi boshlanmoqda. Endi siz muhim qarorlar qabul qiladigan, o‘zingizni yanada chuqurroq anglaydigan va kelajagingizga poydevor qo‘yadigan davrga qadam qo‘yyapsiz. Bu yo‘ldagi eng muhim bosqichlardan biri esa talabalik yillaridir. Ishoning, aynan shu davr keyingi hayotingiz qanday shakllanishini belgilab beradigan eng qimmatli yillardan biri bo‘ladi. Shuning uchun o‘qing. Avvalo, o‘zingiz uchun o‘qing. Raqobat qiling, kechagi o‘zingiz bilan raqobat qiling. Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling. Bilim olishdan hech qachon charchamang. O‘rganganlaringizni boshqalar bilan ulasha olish uchun ham yanada chuqurroq o‘rganing. Zero, haqiqiy bilim faqat o‘zingizga emas, boshqalarga ham foyda bera olganingizda yanada qadrli bo‘ladi. Bugun siz tanlov oldidasiz. Shuning uchun shoshilmang. Bir oz to‘xtang, yaxshilab o‘ylang, fikrlaringizni tartibga soling va shundan keyingina qaror qabul qiling. Chunki bu yerda gap faqat qaysi oliygohga kirishingiz haqida emas. Eng muhimi, kelajakda sevgan kasbingizni tanlashingiz va umr davomida o‘sha kasb bilan baxtli yashashingizdir. Vaqt o‘tishi bilan jamiyat sizga o‘zining turli qirralarini namoyon qila boshlaydi. Turli qiyinchiliklar, sinovlar va kutilmagan vaziyatlarga duch kelasiz. Shunda dunyo faqat oq va qora ranglardan iborat emasligini anglaysiz. Hayot turfa ranglarda namoyon bo‘ladi. Mutlaq oq ham, mutlaq qora ham deyarli mavjud emasligini, har bir voqeaning o‘z sababi va o‘z tarixi borligini tushunib borasiz. Turli insonlarning taqdiri, hayot yo‘li va hikoyalarini eshitasiz. Aynan shunday tajribalar sizni yanada ulg‘aytiradi. Ammo shu yo‘lda sizni doimo ushlab turadigan tayanchlaringiz bo‘lishi kerak. Oila, sevgan kasbingiz, qadrdon do‘stlaringiz, mustahkam sog‘liq, sabr va matonat hayotdagi eng katta boyliklaringizdir. Qanday vaziyat bo‘lmasin, ana shu qadriyatlarni qo‘ldan chiqarmang. Bularning barchasini to‘g‘ri boshqarish uchun esa ilm kerak. Ha, aynan ilm. Ilmning ko‘rinishlari juda ko‘p. Sartaroshlik ham ilm, mexaniklik ham ilm, quruvchilik ham ilm. Qaysi kasbni tanlamang, uning ortida chuqur bilim va tinimsiz mehnat yotadi. Ana shu bilimni sizga to‘g‘ri yo‘l bilan beradigan inson esa ustozdir. Ustoz hayotingizda ota-onadan keyingi eng muhim insonlardan biridir. Ular sizlarga beminnat, xolis turib barcha ilmini o‘rgatishadi. Bilimlarini ulashadi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, boy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, kasbni sevishni, unga sadoqatli bo‘lishni va mehnat orqali hurmat qozonishni o‘rgatadi. Shuning uchun ustozlaringizni qadrlang. Ularning bergan nasihatlari ko‘pincha yillar o‘tib o‘z qadrini namoyon qiladi. Agar sevgan kasbingizni tanlasangiz, ish siz uchun majburiyat emas, zavqqa aylanadi. Dushanba kuni ham og‘ir tuyulmaydi. Har tong yangi ishtiyoq bilan uyg‘onasiz. Shu sababli kasb tanlashda faqat bugunni emas, butun umringizni o‘ylang. Uni ko‘nglingiz va aqlingiz tarozisiga qo‘yib tanlang. Ana shunda chin ma'nodagi erkinlikni his qilasiz. Yana bir necha fikrni aytib o‘tmoqchiman. Hayotda kutilmalarni me'yorida saqlang. Haddan tashqari katta umidlar ko‘pincha katta umidsizliklarni ham olib keladi. Atrofdagilardan ortiqcha narsa kutmang. Ular ham siz kabi oddiy insonlar va ular ham bu hayotni birinchi marta yashashyapti. Unutmang, hech narsangiz qolmagan taqdirda ham iymoningiz va umidingizni saqlang. O‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan ishlar uchun ortiqcha kuyinmang. Kuchingizni siz o‘zgartira oladigan narsalaringizga sarflang. Atrofingizga siz bilan bir xil qadriyat va maqsadlarga ega insonlarni yig‘ing yoki shunday insonlar davrasida bo‘ling. Qadrli uka-singillarim, bugun sizlar bilan menga o‘z vaqtida aytilgan va hayot davomida o‘zim ko‘rib, anglab, o‘rgangan narsalarning bir qismini ulashdim. Buni o‘zimning burchim deb bildim.
👍7
Forwarded from Men
Chunki har bir avlod o‘zi olgan yaxshilikni keyingi avlodga yetkazsa, jamiyat yanada kuchli bo‘ladi. Sizlardan ham bir iltimosim bor. Vaqti kelib siz ham bugungidek katta hayot ostonasida turgan uka-singillaringizni uchratsangiz, ularga yo‘l ko‘rsating, tajribangizni ulashing, yaxshi so‘zni ayamang. Balki sizning bitta gapingiz kimningdir butun hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin. Barchangizga tanlagan yo‘lingizda sobitqadam bo‘lishingizni, ilmni umr bo‘yi tark etmasligingizni va sevgan kasbingiz orqali baxt topishingizni tilayman.
Hurmat bilan,
Murodjon Raxmonov
👍7
O'qishga erinuvchilar uchun Youtube ga video tayyorlayapman )
👍4
Ha azizlar. Bizning kanalga obuna boʻling va biz bilan birgalikda rivojlaning. Axir ular ham aytayin Biologic IQ kanalini reklama qilish uchun chiqqan edi 🤣

P.s.: Ha aytgança bizda milliylik tarğiboti avjida. Şunaqa
👍9😁6🤩1
Forwarded from Men
Hech kimga taqlid qilmaydigan odamning oʻzi yoʻq menimcha. Biz doim oʻzimiz simpatiya bildirgan insonga, asar qahramoniga, sportchiga yoki aktyorga taqlid qilamiz. Bu normal holat chunki biz shunday yaralganmiz. Hamma narsani taqlid qilish orqali oʻrganganmiz. Lekin muammo shundaki, odamlar buni tan olgisi kelmaydi balki oʻzligimni yoʻqotib qoʻyaman deb ham buni yashirar. Bilmadim, bunisi menga qorongʻu, ammo bir narsa aniq, men doim taqlid qilaman. Albatta shu orqali oʻzimning aynan menga xos boʻlgan jihatlarimni qayta kashf qilaman. Chunki taqlid qilgan odamlarimizda yoʻq narsa demak bu bizning asliyatimiz hisoblanadi. Masalan men doimo ustozimga taqlid qilaman. Turli vaziyatlarda turlicha koʻrinishda. Buni yashirmayman ham. Aksincha, bu menga doim yordam beradi. U yoki bu holatda nima qilishimni oʻzimni qanday tutishimni ularni holatlaridan qarab toʻgʻrilab olaman. Eng asosiy jihatlaridan biri bularni oʻzimga qolipday koʻchirib olmayman. Bu axir qib qizil plagiatku uni biroz parafreyz qilaman. Menga xos boʻlgan jihatlar bilan sayqallayman, shu asnoda nima oʻz imkoniyatlarimni baholab olaman. Natijada, ajoyib bir imij paydo boʻladi. Qolaversa, bu sizga insonlarni oʻrganishga, ularning ruhiy holatini va shu holatni qilayotgan ishlariyu qabul qilayotgan qarorlariga qanday taʼsir qilishi tushunishga yordam beradi.

P.s.: Rasmdagi shu epizod yodingizda-mi ?
👍5🤔2🤩2😱1
Doʻstlar, bugun soat 19:00 da sizlar uchun navbatdagi video postlarimizdan birini havola qilmoqchiman. Shu sababli qoʻllab-quvvatlab turishingizni hamda doʻstlaringizga ulashishingizni soʻrab qolgan boʻlardim. Bu video YouTube sahifamizga ham biroz oldinroq joylanadi. 🎥

Aktiv boʻlinglar! 🚀
👍8🤩3😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo'qon tabib haqiqatan ham davolaydimi?
Ko'pchilik bilmaydigan placebo effekti haqida ilmiy tushuntirish.
Sizning fikringiz qanday? Izohlarda yozing.
👍11🤩5😁4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤩3🤔2
BioLogic IQ
Soʻrovnomada qatnashganingiz uchun katta rahmat.
Navbatdagi video postimiz bugun soat 15:00 da kanalga joylanadi. Faol boʻlishingizni kutib qolaman. Chunki mavzu dolzarb.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizning maktab sumkasi juda og'irmi?
Ilmiy tadqiqotlarga ko'ra, og'ir yukzak bolalarda bel va bo'yin og 'rig'ini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun . uning vazni odatda bolaning tana vaznining 10-15% dan oshmasligi tavsiya etiladi.
#BiologiclQ #Ilm #Biologiya #Maktab #OtaOnalar
👍10
🆔 DTM imtihonida tushayotgan testlar va masalalar tahlillari — barchasi bizning kanallarimizda!

Tezda qo‘shiling!👇
👉 https://t.me/addlist/wIakFoK7MupmMTky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 15–16–17–18-iyul DTM imtihonida chiqqan savollar va masalalar birinchi bo‘lib shu kanallarga joylanadi!

🔖 Tezkor testlar, tahlillar va muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormang.

🔛 Hoziroq qo‘shilib oling!

👉 https://t.me/addlist/mE2uv1JVLq00M2Yy
👉 https://t.me/addlist/mE2uv1JVLq00M2Yy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IBO_2026

IBO 2026: Ikki yillik tanaffusdan so‘ng tarixiy xalqaro natija!

📣 Litvaning Vilnyus shahrida boʼlib oʻtayotgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO 2026)da ikki yillik tanaffusdan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolarining ishtiroki katta muvaffaqiyatga erishdi.

⚡️Terma jamoamiz a’zolari 3 ta BRONZA medalini qoʻlga kiritdi.

Ular bilan quyida tanishing:

🥉 Murodbek Latipov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
🥉 Orzugul Muxtorova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
🥉 Nursulton Ashiraliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:

bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm.

Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan.

👏Yoshlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

🇺🇿 Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha oʻquvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5