BIO_OLAM
5.53K subscribers
11.7K photos
4.76K videos
4.94K files
18.2K links
Kanalimizda biologiyaga oid fan yangiliklari, testlar va ularning tahlillari, dars ishlanmalar, rasmli topshiriqlar, darsliklar bo‘yicha fikrlar berib boriladi. http://t.me/.....AAA https://t.me/joinchat/AAAAAEjSfUVBxikQb5nBAw
Download Telegram
#salomatlik_sirlari

🍓 QULUPNAY QIZILO'NGACH SARATONIDA YORDAM BERADI

Qizilo'ngach saratoni, oshqozon osti bezi saratoni kabi, eng halokatli tashxislardan biridir. Kasallikdan so'ng o'rtacha 5 yil umr ko'rgan bemorlar 20% dan kam.

Bunday daxshatli statistika bizni ushbu kasallikni oldini olish, shuningdek, uning rivojlanishini iloji boricha tezroq to'xtatish va qaytarish haqida o'ylashga majbur qiladi.

Olimlar rezavorlar bilan tajriba o'tkazishga qaror qilishdi. Qulupnay kukuni qizilo'ngach saratoniga hos ayrim o'zgarishlarga ega bo'lgan bemorlarning sog'lig'iga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan klinik sinovda, bemorlar yarim yil davomida har kuni 30-60 g muzlatilgan, quritilgan qulupnayni kukun shaklida iste'mol qildilar (400 g tabiiy qulupnay miqdoriga to'g'ri keladi).

Tadqiqotning barcha ishtirokchilariga boshlang'ich yoki o'rta bosqichdagi saraton oldi holati tashxisi qo'yilgan, ammo ajablanarlisi shundaki, 80% hollarda kasallikning regressiyasi (ortga chekinishi) qayd etilgan.

Saraton oldi o'zgarishlar kamroq aniqlangan yoki butunlay yo'qolgan. Ko'p miqdorda qulupnay iste'mol qilganlar guruhidagi ishtirokchilarning yarmi davolanishdan so'ng sog'ayib ketishgan.

©таомланиш илми

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

QULUPNAY ZARARLARI

Qulupnay – kuchli allergen hisoblanadi. Bolalarga, emizikli onalarga ayniqsa allergiyasi borlarga ehtiyot bilan isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Tarkibida kislotalarni koʻpligi sababli gastrit, oshqozon va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalliklarida, sistitda, podagra kasalliklarida isteʼmolini cheklash kerak.

Qulupnayni qanday tanlash va saqlash kerak?

Qulupnayni spetsifik hidi saqlangan boʻlishi, choʻpagi yaʼni “dumchasi” qurib qolmagan boʻlsa bu yangi uzilganligini bildiradi. Sovutgichda 3 kundan ortiq saqlamaslik tavsiya qilinadi. Isteʼmol qilishdan avval yaxshilab yuvib keyin isteʼmol qiling.

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Buyraklarda tuz va toshlar boʻlsa oksalatga boy mahsulotlardan saqlanish kerak

Oksalatga boy oziq-ovqatlarni muntazam va koʻp miqdorda isteʼmol qilish buyrak-tosh kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.

Oksalatlar organizmda kalsiyni soʻrilishini oldini oladi, bu esa kalsiy oksalatlarini shakllanishiga olib keladi, ular toshga aylanadi.

Shavel, ismaloq, rovoch, karam, selder, lavlagi, shokolad, qulupnay va hayvon go'shtlari kabi oksalatga boy oziq-ovqatlarni me'yoridan ortiq va doimiy isteʼmol qilishda ehtiyot boʻling.

Bundan tashqari, C vitaminini ortiqcha isteʼmol qilish ham xavfli boʻlib — buyraklarda toʻplanadi va oksalat tuzlariga aylanadi.

Sutkasiga kamida 6 stakan toza suv ichish — buyraklarda tosh hosil bo'lishini oldini oladi.

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

🔥QON BOSIMI KOʻTARILGANDA BIRINCHI YORDAM

Qon bosimi oshganda sizlarga uy sharoitida qoʻllash mumkin boʻlgan oddiy “tez yordam” tavsiyalarni bermoqchimiz.

1 Yalpiz va kiyik oʻtidan choy damlab, iliq holida iching.

2 Olma sirkasiga salfetkani namlang va oyoq barmoqlarining ostiga 7–10 daqiqa qoʻyib turing. Qon bosimi tusha boshlagach bozillatmani oling.

3 Qon bosimini maxsus moslama (agar uyingizda boʻlsa) yordamida oʻlchab koʻring.

4 Agar qon bosimi tushmagan boʻlsa, boshingiz qattiq ogʻrisa, oyoq kafti, boldirlar va boʻyin orqasiga 10–15 daqaqa davomida issiq grelka tuting.

5 Agar ahvolingiz koʻrilgan choralarga qaramay, oʻzgarmasa, u holda “Tez yordam”ga murojaat qiling.

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Ertalab och qoringa suv ichish juda foydali

Qandli diabet, gormonal disbalans, artrit, aritmiya, migren, buyrak yetishmovchiligi, qabziyat kabi muammolardan xalos boʻlishga yordam beradi.

✓ Ertalab bir stakan suv ichaklarni harakatga keltiradi, oshqozon osti bezi va oshqozon ishini normallashtiradi.
✓ Uygʻonganingizdan soʻng bir stakan toza suv iching. Hojatdan soʻng yana 1 stakan suv iching, keyin nonushta qiling.

©таомланиш илми

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Sovuq ob-havoda qanday taomlanish kerak?

Kunda kamida 3 mahal taomlanishga, uzoq vaqt och qolmaslikka harakat qiling!

✓ Doim issiq ovqatlar isteʼmol qiling.
✓ Oqsilga boy suyuq taomlar, masalan, goʻshtli qaynatma shoʻrva, ilik shoʻrva va h.k. jismni isitadi.
✓ Yogʻli ovqatlar.
✓ Haftada 2 kun baliq yeyish.
✓ Sabzavotlardan: sholgʻom, qizil sabzini koʻproq iste’mol qiling.
✓ Quruq mevalar, ayniqa mayiz, turshak, yongʻoqlar.
✓ Ratsionda dukkaklilarni ulushini koʻpaytirish.

©taomlanish_ilmi

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Koʻk choy ichish uchun 5 ta sabab.

1-tavsiya


• Teringizni yumshatadi;

• Immunitet tizimini yaxshilaydi;

• Qon bosimini pasaytiradi;

• Saraton kasalligi xavfini kamaytiring;

• Qon tromblarini shakllanishiga to'sqinlik qiladi;

👉 https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Oziq-ovqat gigiyenasiga qatʼiy rioya qilishdagi tavsiyalar:

💦🍊🍇✓ Meva va sabzavotlarni yuvish;
📆 ✓ Mahsulotning yaroqlilik muddatiga eʼtibor berish;
🥃✓ Faqat qaynatilgan suv ichish;
🚰✓ Taomlanishdan oldin qoʻllarni yaxshilab yuvish;
🦠✓ Oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishda tez-tez ishlatiladigan buyumlarni (pichoq, sanchqi va hokazo) dezinfeksiyalab turish;
🥡✓ Chiqindilarni oshxonadan oʻz vaqtida chiqarib turish;
🤹‍♀✓ Ovqatlanayotganda shoshilmaslik;
❗️✓ Ovqatni yaxshilab chaynash;
💦✓ Ovqat paytida suyuqlik ichmaslik;
🍲🥧✓ Ovqatni avval suyuqroq taomlardan boshlab, yakunida quyuqroq taomlar bilan tugatish;
✓ Har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish;
🎁✓ Faqat toʻgʻri ishlov berilgan mahsulotlarni (termal va h.k.) isteʼmol qilish.

https://t.me/bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Betoblikda qanday taomlanish kerak?

1. Oqsilga boy mahsulotlarni koʻp-koʻp isteʼmol qiling! Organizmda shakllanadigan antitanachalar oqsildan tashkil topgan, ularni koʻp miqdorda ishlab chiqarish uchun oqsil nihoyatda zarur.
Oqsilga boy: goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, tvorog, pishloq.

2. Vitaminga boy mahsulotlarni ratsionda koʻpaytiring. Ular kasallikdan tez qutulib, tezroq tiklanishga yordam beradi.
Vitaminlar manbasi: meva va sabzavotlar, don mahsulotlari.

3. Suyuqlik koʻproq iching, u boʻlishi mumkin choy, ilitilgan mineral suv, limon, naʼmatak damlamalari. Infeksiya va uni zaxrini organizmdan tezroq yuvilishida yordam beradi.

4. Nimadir yegingiz kelsa oʻshani isteʼmol qilishga harakat qiling, bunday vaqtda organizm oʻziga nima kerakligini yaxshi biladi.

©taomlanish_ilmi

@bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

Doim iste’mol qilish kerak boʻlgan 13 mahsulot

1. Yongʻoq va urugʻlar
2. Koʻkatlar
3. Mevalar
5. Yogurt yoki qatiq
6. Loviya
7. Suli yormasi
8. Tuxum
9. Baliq
10. Yasmiq yoki noʻxat
11. Sirka
12. Arab xurmosi
13. Asal

@bio_olam_kanali
#salomatlik_sirlari

🌱⚘Анемия - Қонда гемоглабин пастлиги.

🌱Қонда гемоглабин миқдорининг пастлаб кетиши организмда жиддий ўзгаришларга сабаб бўлиши мумкин. Тез-тез шамоллаш (имунитет сустлиги билан бирга) толиқиш, бош оғриқлари, хотира сустлашиши, ақлий фаолият билан боғлиқ ўзгаришлар шулар жумласидандир. Алоҳида кўринишда камқонликнинг ўзи ҳам бир қанча асоратлардан холи эмас. Бу каби муаммоларнинг олдини олиш учун эса гемоглабин миқдорини оширувчи баъзи тавсиялар билан таништирамиз.

🌱 Қизил лавлаги + асал🍯

🌱Қон таркибини яхшилашда ярим стакан лавлаги шарбатига 1 чой қошиқ асални аралаштириб, бир кунда 3 маҳул овқатдан бир соат олдин ичиш лозим.

🌱 Сабзи🥕 + ўсимлик ёғи

🌱Ҳар куни эрталаб оч қоринга 100 гр. қирғичдан чиқарилган сабзини 1 чой қошиқ ўсимлик ёғи ёки қаттиққа аралаштириб истеъмол қилинади. Муолажани 7 кун давомида бажариш мумкин. Камқонлик билан бирга сабзи аралашмаси қабзиятга ҳам даво бўлади.

🌱Момақаймоқ + сув

🌱1 чой қошиқ момақаймоқ(одуванчик) гулини 1 стакан қайноқ сувга солиб, 15 дақиқа давомида қайнатинг. Сўнг докадан ўтказингда, бир кунда 3 маҳал 2 ош қошиқдан қабул қилинг. Муолажа 3-4 ҳафта давом эттирилганида натижаси сезила бошлайди.

🌱Сабзи🥕 + лавлаги + турп

🌱Тенг миқдорда сабзи, лавлаги ва турп шарбатларини аралаштиринг. Бир кунда 3 маҳаловқатдан ярим соат олдин аралашмадан чииб, сўнг танавул қилсангиз, камқонликкадаво булади.Муолажа 2-3 ой кунора бажарилиши мумкин.

🌱 Буғдой кепаги + сув

🌱3 ош қошиқ янчилган буғдой кепагини 2 стакан қайноқ сувда дамлаб, 1 соатга қолдиринг. Сўнг дамламани докадан ўтказинг. Аралашма 1 ош қошиқдан кунига 2 маҳул овқатдан 30 дақиқа аввал ичилади.

🌱 Анор + асал🍯

🌱Ҳафта давомида 2-3 марта янги сиқиб чиқарилган анор шарбатини таъбга кўра асал билан аралаштириб, ичишинг. Анор шарбати тиш эмалига зиён бўлмаслиги учун озроқ қайнаган сув қўшиш лозим.

🌱 Майиз

🌱Уйқуга ётишдан аввал 5-6 майизни пиёлага солингда, устидан илиқ сувни қуйинг Пиёла устини ёпиқ ҳолатда эрталабгача қолдирилади. Эртасига эса сув юзасига чиқиб қолган майизни еб, сувини аста ичиб олинг.

🌱⚘Бу усулни кунора такрорлашингиз мумкин
https://t.me/bio_olam_kanali