CAD&BIM&CODE
174 subscribers
18 photos
41 videos
22 files
98 links
Download Telegram
BIMda tez-tez quloqqa chalinadigan LOD o'zi nima?

LOD (Level of Development) — bu modelingiz qanchalik "pishganligini", ya'ni uning ichidagi geometriya va ma'lumotlar qanchalik aniq va ishonchli ekanligini ko'rsatuvchi o'lchovdir.
Model shunchaki taxminiy "kubik"mi yoki barcha detallarigacha o'ylangan tayyor obyektmi? Buni aynan LOD darajalari belgilab beradi:
LOD 100 (Konseptual): Shunchaki g'oya, xomaki eskiz va massalar.
LOD 200 (Sxematik): Taxminiy o'lcham va joylashuv (gabaritlar).
LOD 300 (Loyiha bosqichi): Aniq geometriya, miqdorlar va koordinatsiya.
LOD 400 (Qurilish uchun): Ishlab chiqarish, montaj va qurilish uchun to'liq detallar.
LOD 500 (Ekspluatatsiya): "As-built" (qanday qurilgan bo'lsa shunday) — tayyor binoni boshqarish va xizmat ko'rsatish (FM) uchun.
(Bi'zni asisoy loyihalash jarayonimiz "Ishchi loyiha" LOD 350 ga to'gri keladi ).

Muhim farq (LOD vs LOI): LOD modelning shakli va ma'lumotlari qanchalik chuqurlashganini bildirsa, LOI (Level of Information) faqat grafik bo'lmagan axborotlar (pasportlar, texnik xususiyatlar) darajasini bildiradi. Sifatli BIM uchun ikkalasi ham shart!

Yanada batafsil bilmoqchi bol'sangiz bu mavzu haqida youtubeda dars bor

Agar vaqtiz yoq bo'lsa pastdagi inforgrafikani ko'rib qo'yarsiz )

#RevitUz #BIMUzbekistan #LOD #LevelOfDevelopment #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #LODnima #LODvsLOI
7❤1👍1