Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)
Ochiq osmon ostidagi fan festivali “Formula 2025”
☄️ 2025-yil 17-may Toshkent Botanika bog'ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fan, ixtiro va g‘oyalarga mehr qo‘ygan barchani “Formula 2025” keng ko‘lamli ilmiy-ommabop festivaliga taklif etadi!
▶️ Kun davomida Botanika bog'i yorqin kashfiyotlar va jonli ilmiy muloqotlar maydoniga aylanadi. Bu yerda olimlar va maktab o‘quvchilari, ota-onalar va bolalar – nafaqat fanni o‘rganishni, balki o‘zini haqiqiy tadqiqotchi sifatida his qilishni istagan har bir kishi uchrashadi.
Sizni nima kutmoqda:
✔️ Maftunkor #ScienceTalks;
✔️ Interaktiv ilmiy stendlar va ko'rgazmalar;
✔️ Tajribalar bilan yorqin bolalar maydoni;
✔️ Sovrinli viktorinalar va mahorat darslari;
✔️ Texnoplov va Batareyka.uz loyihalari bilan uchrashuvlar;
✔️ Bir Kun podkasti ishtirokida #SheScience panel muhokamasi;
✔️ #ComedyScienceBattle doirasidagi ilmiy hazil;
✔️ “Zakovat” intellektual o‘yini;
✔️ Yorqin musiqiy chiqishlari.
Manzil: Toshkent shahri, Botanika bog‘i, Bog‘ishamol ko‘chasi, 232.
Sana: 2025-yil 17-may (shanba)
Vaqt: 10:00 dan 19:00 gacha
Butun oilangiz bilan keling va kelajak formulasi – “Formula 2025” qanday ishlashini his eting.
Bu sizni yangi g'oyalarni kashf qilishga ilhomlantiradigan kun bo'ladi!
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM! (Mohira Yuldoshboyevna)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2
17-may kuni Botanika bog'ida bo'lib o'tgan Formula festivali doirasida tashkil qilingan Fanlar akademiyasi institutlari o'rtasidagi Zakovat o'yinida Sharqshunoslik jamoasi munosib ishtirok etdi va yakunda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Institut jamoasini munosib ishtirok bilan tabriklaymiz.
@sharqinstituti
@sharqinstituti
👍4🤝1
"Bilimkent" seminarining navbatdagi soni 30-may kuni bo'lib o'tadi. Ma'ruzachi Hayrunissa Alan (Turkiya) Istanbul madaniyat universiteti professori.
Mavzu:Turkiyada O'rta osiyo tarixi manbalari va tadqiqotlar
Sana: 30.05.2025
Vaqti: 15:00
Seminar gibrid shaklda offline hamda Zoom platformasi orqali online formatda bo'lib o'tadi. Seminar tili turk tili. O'zbek tiliga tarjima amalga oshiriladi.
ZOOM: https://us06web.zoom.us/j/8254776667?pwd=WVMxNjRVenhYZmFWY3l4OTUvU1lVdz09&omn=89074921521
Identifikatsiya kodi: 825 477 6667
Parol: 12345
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79-uy. Sharqshunoslik instituti
@bilimkent

👍1
Tug'ilgan kun!
Surayyo Ubaydullayevna Karimova 1955-yil 30-mayda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1977-yilda Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi – 1983-yilda “Alkaloidi rasteniy roda Glaucium” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1980-yilda Sharqshunoslik universitetining Sharq fakulteti huzuridagi kechki arab tili kurslarini tugatib, 1984-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga ishga kiradi. S. Karimova shu institutda avval kichik ilmiy, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib, 2003-yildan hozirga qadar shu institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
S. U. Karimovaning ilmiy va tashkiliy faoliyati munosib taqdirlangan – u “Mehnat shuhrati” (2007 y.), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2019 y.) ordenlari hamda Kuvaytning Abdulaziz Baptin nomidagi xalqaro mukofotiga (2004) sazovor bo‘lgan.

🎉4👍3💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zRFA Sharqshunoslik instituti direktor o'rinbosari tarix fanlari doktori, professor Karimova Surayyo Ubaydullayevna ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan film O'zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatildi.
@sharqinstituti
@sharqinstituti
❤5👍1
Muhtaram hamkasblar, aziz do‘stlar!
Sizlarni aziz va muqaddas bayram — Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Qurbon hayiti – ezgulik, mehr-oqibat, sabr-qanoat, bag‘rikenglik va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi, oila va jamiyatda birdamlik, hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlovchi bayramdir.
Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, baxt-u saodat, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda yuksak zafarlar tilaymiz.
Qurbon hayiti barchamizga baraka, el-yurtimizga tinchlik-farovonlik olib kelsin!
Hurmat bilan,
Sharqshunoslik instituti jamoasi

❤2
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
#yoshlar_kuni
30-iyun – Yoshlar kuni!
AZIZ YOShLAR!
Sizlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz!
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida – yoshlar, ularning bilim va salohiyatiga bo‘lgan e’tibor turibdi. Ilm-fan sohasida ham yurtimiz yoshlari tobora faol ishtirok etib, yangi g‘oyalar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yangiliklar bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shmoqdalar.
Sizlarning izlanuvchanligingiz, yangilikka intilishingiz va qat’iyatli mehnatingiz – mamlakatimizning ertangi porloq kelajagi uchun ishonchli kafolatdir. Fanlar akademiyasi doimo yosh olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirishga tayyor!
Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va ulkan yutuqlar tilaymiz!
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilmiy salohiyatlaringiz yanada yuksalaversin!
⌛ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi.
ДОРОГАЯ МОЛОДЕЖЬ!
От имени Академии наук Узбекистана поздравляем вас Днем молодежи!
Сегодня в центре проводимых в нашей стране реформ - молодежь, внимание к ее знаниям и потенциалу. Молодежь нашей страны все более активно участвует в науке, внося свой вклад в развитие страны новыми идеями, инновационными разработками и технологическими инновациями.
Ваша любознательность, стремление к инновациям и самоотверженный труд - надежная гарантия светлого будущего нашей страны. Академия наук всегда поддерживала и готова поддержать а также стимулировать научную деятельность молодых ученых!
По случаю Дня молодежи желаем всем вам крепкого здоровья, творческих успехов и больших достижений!
Пусть ваш научный потенциал продолжает расти во имя процветания нашей страны!
⌛ Академии наук Республики Узбекистан.

Ilmiy ish yuzasidan o'tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
#BUGUN TUG’ILGAN KUN
Akademik Dilorom Yusupova
Taniqli manbashunos olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna 1941-yil 21-iyulda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan.
1958-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tugatib, Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1963-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, shu yildan mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida davom ettirgan.
Dilorom Yusupova oʻrta asrlarning yirik tarixchisi va davlat arbobi Fasih Xavofiyning Amir Temur hokimiyatga kelish arafasidan to Temuriylargacha boʻlgan 140 yillik davrni qamrab olgan "Mujmali Fasixiy" nomli asarni fors tilidan rus tiliga oʻgirib, unga mukammal ilmiy izohlar berib, 1980-yil nashr etdi, 2018-yilda esa, bu noyob manbaning toʻldirilgan tarjimasini oʻzbek tiliga chop qildi. U ushbu yirik asarning tarjimasini amalga oshiribgina qolmay, uning ustida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy ishlarining natijalari sifatida 1974-yilda “Mujmali Fasixiy” – Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq tarixi va madaniyati tarixi manbasi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa Xondamir ijodi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dilorom Yusupova hali sharqshunoslikda nomaʼlum boʻlgan qimmatli maʼlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil etib, fanni boyitdi va shu davri boʻyicha tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Dilorom Yusupova koʻp yillik mehnatlari natijasida 2011-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2021-yilda “ koʻkrak nishoni bilan, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Akademik Dilorom Yunusovnani bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ilm atalmish bu mashaqqatli yo’lda yana uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o’z hissalarini qo’shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!

👍9❤3🤩1🕊1
#E'tirof
O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, PhD F.Ibragimov ECO Fan Jamg'armasi (ECOSF) Imron Parvez Xon Instituti (IPKI) bilan hamkorlikda "Ilm-fan yilnomalari" turkumi doirasida "Abu Ali Ibn Sino merosi" mavzusidagi vebinarda ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi va xalqaro tashkilot tomonidan munosib taqdirlandi.

👍5🙏2❤1
Shu yilning 23-aprelida institutda o'tkazilgan an'anaviy Ubaydulla Karimov nomidagi sharqshunoslar konferensiyasi haqidagi ma'lumot IRSICA tashkilotining xabarlar jurnalida e'lon qilindi. Mazkur xabarni quyidagi havola orqali jurnalning 5-sahifasida o'qishingiz mumkin.
Batafsil: https://www.ircica.org/newsletters/ircica-newsletter-issue-126
@sharqinstituti
Batafsil: https://www.ircica.org/newsletters/ircica-newsletter-issue-126
@sharqinstituti
IRCICA | Research Centre For Islamic History, Art and Culture
IRCICA Newsletter, Issue 126 | IRCICA