Forwarded from Ona tili va Adabiyot_(Alisherovna Offical)🕊
Forwarded from Qishki sertifikatchilar
Namuna esse:
Bugungi kunda ixtisoslashgan maktablarga oʻquvchilar qabuli borasida turli qarashlar mavjud. Ayrimlar buni imtihon asosida amalga oshirishni afzalligini ta'kidlashsa, boshqalar bu jarayon imkoniyatlarni cheklashi mumkinligini aytadi.
Birinchi qarash tarafdorlari oʻz fikrini asosli dalillar bilan isbotlaydi. Birinchidan, bu turdagi maktablarga imtihon asosida qabul qilish muassasada saralangan bolalar oʻqishini ta'minlaydi. Ikkinchidan, bu jarayon bilim maskanining qadrini va oʻquvchilarning mas'uliyatini oshiradi. "MMTV"ning 2025-yilgi hisobotiga koʻra, ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari sababli 57 foiz yoshlarda ta'limga va ilmga boʻlgan e'tibor kuchaygan. Bundan koʻrinib turibdiki, bu holat kelajagimiz egalari uchun manfaat keltiradi.
Ikkinchi qarash tarafdorlarining fikricha, bu imkoniyatlarning cheklanishiga sabab boʻladi. Chunki ixtisoslashgan maktablarda oʻqishni xohlaydigan bolalarning 45 foizi qabul imtihonlaridan oʻta olmaydi. Natijada ularning orzusidagi ta'lim muassasasida oʻqishga boʻlgan imkoniyati bekor boʻladi. "Kun.uz" saytida berilgan ma'lumotlarga koʻra, 2023-yilda bu turdagi maktablarga kira olmagan oʻquvchilarda kuchli depressiya yuzaga kelgan. Bundan bilishimiz mumkinki, bu jarayon har doim ham samarali natija bermaydi.
Fikrimcha, ixtisoslashgan maktablarga oʻquvchi va oʻqituvchilarni imtihon asosida qabul qilish lozim. Shunda muassasada ta'lim samaradorligi va sifati kuchayadi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonga tayangan holda boʻlsa, ta'lim maskanida "elakdan oʻtkazilgan" oʻquvchilar oʻqishi ta'minlanadi. Zero, saralash sifat kafolatidir.
©Narzullayeva

Assalomu alaykum
Keling, hozir men sizga eng koʻp beriladigan savollarga javob beraman
Bular:
-Kirish qismda tezis yozmasam ball ayiriladimi?
-qarashlarni qanday yoritaman?
-salbiy fikr yozsam boʻladimi?
-dalilni qayerdan olaman?
Boshladik
Siz tezis deganda xoʻsh, keling, aslida deb boshlanuvchi gaplarni tushunsangiz, tushunchangizning oʻzi xato. Soʻroq gap yoki tezis deb oʻylaydigan gapingizni yozish sizga ball bermaydi ham, yozmasangiz ball ayirilmaydi ham.
Agar mavzu "Ayrimlar farzandlarini xususiy maktablarda o'qitish tarafdori bo'lsa, ba'zilar davlat maktablarini afzal deb biladi" boʻlsa:
Kirish qism
Bugungi kunda taʼlimga katta eʼtibor qaratilib bu sohada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri xususiy maktablar sonining ortishidir. Ayrimlar bu turdagi maktablarda bilim sifati yuqori boʻlishini aytishsa, boshqalar farzandlarini davlat maktabida oʻqitish tarafdori
(Kirish qism uchun shular yetarli)
Tomonlarning yoritilishi:
Birinchi qarash
Birinchi tomonni o‘sha qarashni yoqlovchi odamlar nima deydi? degan savol asosida yoritish kerak.
Masalan: “Xususiy maktabda oʻqitish kerak. Xususiy maktablarda o'qitishning qanday foydasi bor? Nimaga aynan xususiy maktab?
Bu fikrga qo‘shilish shart emas, muhimi – u tomonning asosini tushunarli qilib ko‘rsatish va dalil berish
Ikkinchi qarash
Davlat maktablarida oʻqitish kerak – bu fikrni ham xuddi shunday yoriting
Har ikki tomonning salbiy tomonlarini alohida tahlil qilish shart emas (mavzuda alohida so‘ralmasa).
Agar mavzu ijobiy yoki salbiy munosabatni yoritishni talab qilsa:
“Ayrimlar farzandlarini xususiy maktablarda o'qitishni afzal deb bilsa ba'zilar bunga qarshi” degan mavzuda:
Birinchi qarashda
+ (ijobiy)tomonlar (xususiy maktabda o`qitishning foydali jihatlari)
Ikkinchi qarashda
– (salbiy)tomonlar ( xususiy maktablarda o'qitishning salbiy jihatlari) yoritiladi.
Qaysi biri bilan boshlasangiz ham farqi yoʻq. Faqat perifraza bilan qarashlarning yoritilishi bir xil boʻlsin: mantiqiy izchillik buzilmasin.
Shaxsiy fikr qismi:
“Menimcha”, “mening fikrimcha” degan birikmalar bilan yoziladi.
Bu qism – sizning tanlovingiz. Aynan qaysi tomonni yoqlaganingiz, nima sababdan shunday o‘ylayotganingiz shu bosqichda ko‘rinadi.
Bu qism xulosa emas!
Xulosa:
Oldingi fikrlar mantiqiy yakunlanadi.
Aynan siz tanlagan pozitsiya asoslanib, umumiy fikr beriladi.
Biror taklif yoki muammoga yechim berilsa, yanada mukammal chiqadi.
“Ikkala tomon ham to‘g‘ri” deyish NOTOʻGʻRI.
Bitta nuqtada turing!
Dalillar:
Har ikki tomonda ham dalil bo‘lishi shart.
Dalil bu – fakt, statistika, maqola, teleko‘rsatuvdagi voqea, atrofimizdagi real holat.
To‘qima bo‘lsa ham, ishonarli va mantiqiy bo‘lsin.
Masalan: 2024-yil hisobiga koʻra, maktab bitiruvchilari oliy taʼlimga kirish qamrovining salmoqli qismi xususiy maktablar hissasiga toʻgʻri kelar ekan.
(Agar to‘qigan bo‘lsangiz ham, eshitgandek yozing!)
Eslab qoling! Dalil toʻqiganingiz uchun sizdan ball ayirilmaydi

ESSE NAMUNASI:
Chet eldan yuqori tajribaga ega texnologiya mutaxasislari va injenerlarni yollash toʻgʻrisida yangi startaplar olib borilmoqda. Ba'zilar xorijiy ekspertlar milliy sanoatning yuksalishiga katta foyda keltirishini ta'kidlashsa, ayrimlar bu holat mahalliy ishlab chiqarishni xatarga qoʻyayotganligini aytadi.
Birinchi qarash tarafdorlari oʻz fikrini asosli dalillar bilan isbotlaydi. Masalan, chet eldan yuqori malakali muhandislar yurtimizga tashrif buyursa, albatta, ishlab chiqarish sohasidagi turli xil yangiliklar bilan boʻlishadi. Bu esa milliy sanoatga katta foyda keltiradi. "Daryo.uz" saytida berilgan ma'lumotlarga qaraydigan boʻlsak, 2025-yilda Buyuk Britaniya, Xitoy va Koreyadan yuzga yaqin injenerlar yurtimizdagi ishlab chiqarish sohasiga jalb etildi. Natijada vatanimizda sanoat samaradorligi oldingi yillarga qaraganda 60 foizga oshdi. Bundan koʻrinib turibdiki, xorijlik mutaxassislarning kelishi milliy ishlab chiqarishga foyda keltiradi.
Chet ellik muhandislarning jalb etilishi milliy sanoatga foyda keltirsa-da, hamma ham bu jarayonni ijobiy baholamaydi. Ularning fikricha, bu holat mahalliy ishlab chiqarishga xavf soladi. Agar korxonalar doimiy ravishda sanoat sohasida xorijliklarni chaqiraversa, mahalliy muhandislar ikkinchi darajali xodim boʻlib qoladi. Natijada oʻz ustida ishlashga boʻlgan ishtiyoq hamda kasbiga boʻlgan mehr soʻnadi. "The Times of India" jurnalida berilgan ma'lumotlarga qaraydigan boʻlsak, Hindistonga Xitoydan injenerlarning doimiy tashrif buyurishi hind muhandislarining ish tashlashiga olib kelgan. Bundan bilishimiz mumkinki, bu jarayon mahalliy ishlab chiqarish uchun xatar boʻlish ehtimoli katta.
Fikrimcha, ikkinchi tomon vakillarining fikri toʻgʻri. Chunki xorijiy mutaxassislar vaqtinchalik "dori" boʻlishi mumkin, lekin ularning yordamidan doimiy ravishda foydalana olmaymiz. Zero, mahalliy ishlab chiqarishning haqiqiy rivoji chet ellik muhandislarning ilmida emas, balki oʻz kadrlarimizni tayyorlash va ularga mas'uliyat berishda yashiringan.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, biz bugun sanoatni xorijiy muhandislar soyasida qoldirsak, ertaga milliy ishlab chiqarishimiz tashqi omillarga qaram boʻlib qoladi.
© Narzullayeva

📌 Savol: “Ustoz, men esseda dalil yozishga qiynalaman. Nima qilay?”
🎯 Javob:
Bu muammo juda ko‘p o‘quvchilarda uchraydi. Dalil yozish bu shunchaki fikrni qo‘llab-quvvatlash emas, fikrni isbotlash san’atidir. Quyidagi 3 asosiy yo‘l sizga yordam beradi:
1️⃣ Dalil faktga tayanadi.
Dalil — bu haqiqatga asoslangan isbot.
Masalan:
❌ “Kitob o‘qish foydali” — bu fikr.
✅ “Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam kitob o‘qiydigan insonlarning so‘z boyligi 30% ga ortadi” — bu dalil.
Demak, dalil — ko‘rilgan, o‘lchangan yoki isbotlangan ma’lumot.
2️⃣ Hayotiy misol (o'zingiz kuzatgan yoki maktab darsliklaringizda o'qigan) ham dalil bo‘lishi mumkin.
Masalan:
“Alisher Navoiy umrini ilm va ma’rifatga bag‘ishlagan. Shu bois u bilim orqali jamiyatni o‘zgartirish mumkinligini isbotlagan”.
Diqqat! Dalil berishda shaxsiy hayotingizdan olingan misollarni (ammamning o'g'li, xolamning qizi, sinfdoshim, ... kabi) keltirishni tavsiya qilmayman.
3️⃣ Dalil + tahlil = kuchli argument
Dalilni yozish yetarli emas, uni tahlil qilish kerak.
Masalan:
"Texnika taraqqiyoti tufayli “natlib.uz” va “library.uzfi.uz” kabi elektron kutubxonalar yaratildi. Shuning uchun bugun yoshlar ko‘proq elektron kitoblardan foydalanmoqda. Bu esa ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi yo‘qolganini emas, balki o‘qish uslubi zamon bilan birga o‘zgarganini anglatadi".
Bu yerda siz dalilni izohladingiz, ya’ni argument yaratdingiz.
✨ Xulosa:
Dalil sizning fikringizga ishonch bag‘ishlaydigan asosdir.
U fakt, hayotiy voqea yoki ilmiy misol bo‘lishi mumkin.
Muhimi, u “nega” degan savolga javob berishi kerak.