Lazzatlarni yo'q qiluvchi o'limni ko'proq eslash...
Oxirgi marta qachon o'limni esga olganimni bilmayman. Bugun Ijtimoiy tarmoqlardan birida bir videoga duch kelmagunimga qadar, uni deyarli unutib yuborgan ekanman desam mubolag'a bo'lmaydi. Bir kun kelib u bilan uchrashishimni bilaman, bu eng buyuk uchrashuv ekanligni ham bilaman, lekin nega bu uchrashuv haqida unutdim, nima sababdan dunyodagi eng oliy uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmayapman ?
O'lim qanday qilib uchrashuv bo'lishi mumkin? O'lim bizni haqiqat bilan yuzlashtiradi. To'xta, to'xta, hozirgi yashab turgan hayotimiz, dunyo, va undagi barcha narsalar yolg'on, aslida bir ro'yo xolos demoqchimisan ? Albatta, aslida buni oldindan bilarding, afsuski uni unutib qo'yding.
Bir savolim bor senga, o'limni har kuni yodga olsak, dunyoni foniy ekanligini tan olsak unda qanday yashaymiz ? Yashash uchun bizda sabab qolmaydimi deb qo'rqaman chunki yashashimizdan maqsad nima ? Hashamatli uy qurish, mashina uchun pul yig'ish, 3000 kishilik to'y qilish, farzandli bo'lib ularni o'qitib, uyli joyli qilib ularga ham to'y qilib berish emasmi ?. Sen aytganingdek qilsak yashashdan ma'no qoladimi o'zi?
Bu dunyoga qanday va nima uchun kelib qolganingdan xabaring bormi? Oldin bir suhbatda eshitgandek bo'luvdim. Odam alayhissalam Allohning amriga qarshi borib mumkin bo'lmagan mevani yegani uchun Momo havo bilan birgalikda Jannatdan quvilib, dunyoga yuborilgan ekan: shundaymi? albatta sen rost so'zlading qani endi aytchi ular dunyoga nima uchun yuborilgan ekanlar ? Jazo uchunmi ? barakalla ular shubhasiz jazo uchun dunyoga yuborilgan edilar.
Biz xato qilmadikku nega bu yerdamiz axir ? O'rinli savol bo'ldi. Biz dunyoga sinov uchun keldik, jazo uchun emas. O'lim esa dunyo aslida foniy ekanligi va biz bu yerda faqatgina sinovda ekanligimizni isboti. Uni ko'p yodga olish orqali aslimizni anglab yetamiz va shunga ko'ra yashay boshlaymiz.
Alloh taoloning nazdida dunyoni pashshaning qanotichalik qadri bo'lganida edi kofirga bir qultum so'z bermasdi

Bu bilan pul topma, uy qurma, mashina sotib olma, to'y qilma demoqchi emasman, faqatgina oliy maqsading dunyo bo'lib qolmasin xolos.
Bu dunyoga qanday va nima uchun kelib qolganingdan xabaring bormi? Oldin bir suhbatda eshitgandek bo'luvdim. Odam alayhissalam Allohning amriga qarshi borib mumkin bo'lmagan mevani yegani uchun Momo havo bilan birgalikda Jannatdan quvilib, dunyoga yuborilgan ekan: shundaymi? albatta sen rost so'zlading qani endi aytchi ular dunyoga nima uchun yuborilgan ekanlar ? Jazo uchunmi ? barakalla ular shubhasiz jazo uchun dunyoga yuborilgan edilar.
Biz xato qilmadikku nega bu yerdamiz axir ? O'rinli savol bo'ldi. Biz dunyoga sinov uchun keldik, jazo uchun emas. O'lim esa dunyo aslida foniy ekanligi va biz bu yerda faqatgina sinovda ekanligimizni isboti. Uni ko'p yodga olish orqali aslimizni anglab yetamiz va shunga ko'ra yashay boshlaymiz.
Alloh taoloning nazdida dunyoni pashshaning qanotichalik qadri bo'lganida edi kofirga bir qultum so'z bermasdi
Biz bu yerda qolish uchun emas, qaytish uchun kelganmiz
✍21
Ko’pchilik o’zini baxtli qilib ko’satadi va shu bilan o’zini o’zi aldaydi. Buning sababi agar siz baxtsiz bo’lsangiz, sizni muvaffaqiyatsiz, omadsiz deb hisoblashadi. Shuning uchun baxtli va hayotdan mamnun insonni niqobini taqishga majbur bo’lasiz. Agar shunday qilmasangiz jamiyatdagi o’rningizni yo’qotasiz, chunki jamiyat sizni g’alati odam sifatida qabul qila boshlaydi.
Agar odamlarga diqqat bilan qarasangiz, bu niqob tagida alam, asabiylik, g’azab, tushkunlik, uyqusizlik, g’amginlik, va naqulaylikni ko’rasiz. Asr boshida buni zamonning noqulayligi deb ataganlar, bir olim esa buni madaniyatning noqulayligi deb nomlagan. Nazarimda bu holat umuman munosabatga emas, balki Burjua jamiyatiga bog’liq.
U odamlarni ishchi otga aylantiradi, eng muhimi odamlarni sevish va mustaqil yashash imkoniyatidan mahrum qiladi, ularni iqtisodiy qurollarga aylantiradi. Mana shu narsa odamlarni hozirgi ahvolga olib keldi. Mening fikrimcha zamonaviy inson baxtli degan fikr ko'pchilik ishonadigan, keng tarqalgan sarob. Men hozir aytayotgan gaplar faqat mening nuqtai nazar emas. Erich Fromm (1977-yil)
Biz oʻz normalarimizga koʻra emas, balki jamiyat biz uchun yaratib berayotgan normalar asosida hayot kechiryapmiz.
Tongda tushakdan turish qiyin bo’lsa, o’zingizga o’zingiz ayting: Men inson sifatida ishga borishim kerak. Maqsadga erishish uchun harakat qilmoqchi bo’lsam, nimadan shikoyat qilishim kerak va bu dunyoga nima olib kelaman ? Yoki men dunyoga ko’rpa tagiga yashirinish va ovqatlanish uchun kelganmanmi ?
O’simliklar, qushlar va asal arilar o’z vazifalarini bajarib, dunyoda imkon qadar tartib yaratishini ko’rmayapsizmi ? Siz esa inson sifatida o’z vazifangizni bajarmaysizmi ? Nega tabiatingiz talab qilgan narsani qilmaysiz ? Marcus Aurelius (175-yil)

Baxt ichkarida bo’ladi, shunday ekan o’zingni ichki holatingni birining tashqi holati bilan taqqoslama.
Tongda tushakdan turish qiyin bo’lsa, o’zingizga o’zingiz ayting: Men inson sifatida ishga borishim kerak. Maqsadga erishish uchun harakat qilmoqchi bo’lsam, nimadan shikoyat qilishim kerak va bu dunyoga nima olib kelaman ? Yoki men dunyoga ko’rpa tagiga yashirinish va ovqatlanish uchun kelganmanmi ?
O’simliklar, qushlar va asal arilar o’z vazifalarini bajarib, dunyoda imkon qadar tartib yaratishini ko’rmayapsizmi ? Siz esa inson sifatida o’z vazifangizni bajarmaysizmi ? Nega tabiatingiz talab qilgan narsani qilmaysiz ? Marcus Aurelius (175-yil)
5:00 ga uyg‘otgich qo‘yib, chalinganda o‘chirib yana uxlaydiganlar dunyoni o‘zgartirmoqchi.
✍24
Dunyoda yashar ekanmiz, hech o‘ylaganmisiz, nega biz insonlarga doim nimadir yetishmaydi ? O‘qishga kirish uchun harakat qilib, 4–5 ta fandan sertifikat olamiz. O‘qishga ham kiramiz, endi yaxshi baholarga tugatishimiz kerak, aks holda kreditga qolishimiz aniq.
O‘qishni ham tugatamiz, keyin ish qidiramiz. Ish ham topamiz, oila quramiz, ba'zan sayohat qilamiz. Lekin yakshanba ham har doim dam olish kuni emas. Unda qachon dam olamiz o‘zi ? Bu tashvishlarning oxiri bormi yoki yo‘qmi ?
Kelajakdagi hayotining taxminiy xaritasini chizib qo‘ygan insonlarning necha foizi shu xaritaga hech qanday o‘zgartirish kiritmasdan yashay oladi, deb o‘ylaysiz ?
Ochig‘ini aytsam, buni men ham bilmayman. Chunki shu kungacha chizgan barcha xaritalarimni yoqib yuborganman. Nega ?
Chunki biz ko‘pincha o‘z manfaatlarimiz va hissiyotlarimizga tayangan holda, faqat yaxshi kunlardan iborat xaritalar chizamiz. Albatta, yaxshi niyat qilish kerak. Ammo siz o‘zingiz xohlagan kelajakda yashash uchun hozir mehnat qilishingiz kerak emasmi ?
Sizda tasavvur yoki xarita borligi 10 yildan keyin o‘sha tasavvuringizda yashaysiz degani emas. Tasavvur qiling, sizda xazinaga eltuvchi xarita bor. Ammo xazinaga boradigan yo‘lda turli xil sinovlar mavjud. Ulardan o‘tmasangiz, xazinaga qanday yetib borasiz? Yodda tuting, sizda botqoqliklardan, tikanli vodiylardan va ilonli chakalakzorlardan uchib o‘tadigan vertolyot yo‘q. Demak, yagona yo‘l — ulardan bir amallab o‘tish.
E’tibor berib qarasam, qariyb bir yildan buyon qo‘limda xarita bor va hozircha o‘zim uchun barcha narsa yetarli bo‘lgan kichik bir uyda yashab kelayotgan ekanman. Ochig‘ini aytsam, o‘z hayotimizdan rozi bo‘lishimiz kerak. Ammo bu yanada rivojlanish va yaxshilanish uchun harakat qilmaslik kerak degani emas.
Bolaligingizni eslang. Sizga bir oyda taxminan qancha pul yetardi? 100 ming? “Ehee, bu juda ko‘p-ku”, derdingiz balki. Ammo hozirchi ?
Ko‘rdingizmi, insonning xarajatlari ham o‘zi bilan birga o‘sib boradi. Shuning uchun rivojlanishning ayni vaqtida dam olishga, dam olishning ayni vaqtida esa ishlashga to‘g‘ri keladi.
“Hali qarab turinglar, hammalaringizga ko‘rsatib qo‘yaman”, deb uyiga qaytgach soatlab reels ko‘rib, keyin uxlab yuboradigan inson qanday qilib o‘z potensialini ko‘rsata oladi ?
Xullas, hammamizda keyingi bosqichlar mavjud ular siz tugamaguningizgacha tugamaydi. Shunchaki biz ma'lum bir levelga kelib, comfort zone'ga tushib qolamiz. Shuning uchun ham omma bilan bir xil bo‘lib qolamiz.
Ommadan ajralib turish uchun ular qilmaydigan yoki qila olmaydigan ishlarni qilishimiz kerakligini bilamiz. Ammo nega bunday qilmaymiz ?Chunki qo‘rqamiz.
Keyingi levelda bizni nimalar kutib turgani ko‘pincha noma'lum bo‘ladi. Hozirgi darajamizga ham qiynalib yetib kelganmiz. Endi keyingisi bundan-da qiyin bo‘lishi ma'lum. Shuning uchun hozirgi holatimizdan ba'zan xohlab, ba'zan xohlamasdan mamnun yashayveramiz.
20 yoshingizda o'tishingiz kerak bo'lgan bosqichdan hech qachon 30 yoshda o'ta olmaysiz, shuni unutmang. O'yinda qancha ko'p bosqichdan o'tar ekansiz qahramon yanada kuchayib boraveradi, hayotda ham shunday, o'yinning falsafasi shubhasiz hayotdan ko'chirilgan.
Yagona farqi esa o'yinda 1 kunda bir nechta leveldan o'tsangiz, hayotdan bunga yillarni sarflashingiz kerak bo'ladi. Hali vaqtim ko'p deb universitetdagi 4 yil qanday o'tib ketganini sezmasdan qolamiz, va bunday misollar real hayotingizda talaygina. Levellardan o'tish boshqa, dunyoni ortidan quvish boshqa, bu ikkalasini adashtirmang.
Tirikmisiz unda tashvishlar tugamaydi. Unda nima qilishimiz kerak ? Shunchaki qo'rmang, no risk, no porsche ‼️

✍26
Notes ✍🏻
Dunyoda yashar ekanmiz, hech o‘ylaganmisiz, nega biz insonlarga doim nimadir yetishmaydi ? O‘qishga kirish uchun harakat qilib, 4–5 ta fandan sertifikat olamiz. O‘qishga ham kiramiz, endi yaxshi baholarga tugatishimiz kerak, aks holda kreditga qolishimiz aniq.…
Bu tashvishlarning tugamayotganligi dunyo aslida sinov uchunligi, unda maza qilib yashab, o'ynab, kulib qolish emas, balki shu sinovdan muvaffaqiyatli o'tib olish kerakligini yaqqol belgisi emasmi ?
Biz odamlar bir kun kelib dunyoda yashash bir imtihon ekanligini anglab yetamiz, ammo nafsimiz buni unuttiraveradi, bu uning xususiyatlaridan biri.
Men kitobini boshidan 20 sahifa o'qisangiz nima demoqchi ekanligimni tushunib olasiz.
✍24
Fikringiz o'zingiznikimi ?
Qo’shni bolakay: “ko’zizga qarab yurmaysizmi?” deb qoldi. Uni yoshidagi boladan bu gapni eshitish noodatiy bo'ldi. Ma’nosini biladimi? Nega gapirganini-chi? Kattalar ham oxirgacha tushunmaydigan ibora-ku. Demak o'zi gapini o'zi tushunmay gapirdi. Ota-onasining yo’lidan chiqib qolganda unga shu iborani ishlatishgan. Endi u ham o'xshash vaziyat kelganda ishlatayapti.
Ibora bitta misol. Miyamizdagi fikrlarning qanchasi o’zimizniki? Qancha fikrlarni shunchaki bolakay kabi retranslatsiya qilib yuribmiz? Talashib tortishib “shaxsiy fikrim” deyotganlarimizni, qanchasi rostdan ham shaxsiy?
“Birovni qo’lida ishlamaslik kerak, o’z ishini boshlash kerak” deyapsiz. Nega shunday deb o’ylaysiz? Bir hurmatli odam aytgan. Demak bu uning fikri. Yoki u ham qayerdadur o’qigan, eshitgan. Nega tadbirkor bo’lish kerak? Hamma bo’lishi kerakmi? Tadbirkorlik riskligini, riskka hamma tayyor emasligini hisobga olsakchi? Raqamlar nima deydi? 8 mlrddan 125 milliontasi tadbirkor desachi?. Sizni holatingizga mosmi shu maslahat?
O’zimiz bilmagan holda eshitgan fiklarizmizni gapirib yuramiz. Gapirganimiz uchun bizniki deb o’ylaymiz. Firklarni qayerdan boshlangani, kimdan eshitganimiz, eshitganimizga nega ishonishimiz kerakligini savolga tutib ko’rmaymiz.
Shaxsiy deb yurgan fikrlarimizni analiz qila olish = superqobiliyat. Chunki yangi bilim kirishi uchun, o’quvchi o’zinikini xatoligini tan olishi kerak. O’zidagi fikr o’ziniki emasligini bilish bu jarayonni osonlashtiradi.
Miyada bir vaqtda ikkita teskari fikrni ushlab tura olish. Ha qiyin. Ko’pchilik, narsalar oq va qora bo’lishiga o’rganib qolgan. Lekin aynan ikkita teskari fikr sintezi ortidan juda ko’p narsalar kulrang ekanligini ko’rsatib beradi.
Taxminan 5 oylar avval xuddi shu mavzuda hamkasblarimiz bilan qizg'in suhbat olib borgan edik. Undagi asosiy mavzu - hozirda insonlarda shaxsiy fikrlar ko'pmi yokida o'zgalardan orttirilgan, ko'chirilgan fikrlarmi ? Ochig'i bu savol barchamizni o'ylantirib qo'ygan edi. Haqiqatdan ham hozirgi ma'lumotlar bilan to'lib topshgan, o'zgalarni fikrlarini bir necha soniyalik reellarda yokida uzun podcastlarda ko'rib yodlab olish mumkin bo'lgan bir paytda fikrlarim o'zimniki deya olish mushkul ish.
Gapirayotgan vaqtimizda biz buni sezmaymiz, yokida e'tibor bermaymiz, yuqorida aytilganidek gapiryapmanmi demak o'zimniki degan yolg'onga aldanib qolamiz.
Aslida bizdagi orzular, ko'pgina maqsad-u g'oyalar boshqalarniki desam ishonasizmi ? Ochig'ini aytsam bu haqida endigini xabar topgan vaqtimda fikrlarimni analiz qilib ko'rdim va tushunib yetdimki juda ko'p qarorlarim, fikrlarim, hattoki maqsadlarim ham o'zimniki emas ekan, mana nima uchun biz baxtsizmiz, hayotdan noliymiz, bir bo'shliq bor u hech ham to'lmaydi, tushundingizmi ?
Biz aslida nimani xohlayotganimizni bilmaymiz, boshqalar xohlagani uchun biz ham xohlaymiz, kimningdir fikri yoqib qolsa uni yodlab olamiz, va o'shani o'ylab, gaprib yuramiz, so'ngra u harakatga aylanadi, keyinchalik aslida biz buni o'zimiz xohlamaganimizni anglab yetamiz, ammo endi kech.
Bu bilan boshqalarni fikrini eshitmang, o'zingizga yuqtirmang demoqchi emasman, shunchaki ular o'zingizniki yokida yo'qligini tekshirib ko'ring demoqchiman xolos.

Aziz Rahimov, Parallel Muhit

Shaxsiy xulosam
✍22
Shaxsiy hikoyam 1-qism
Boshlang’ich ta’lim
Ilk bor maktabga chiqqanim yodimda, o’qish uchun hujjat tayyorlashimiz kerak edi, va bobom men uchun 3x4 rasm tayyorlab berganlar, o’sha rasmda qanday ko’rinishda bo’lganligim hali hamon yodimda.
Biz maktabdan oldingi ta’limni ham birinchi ustozimizdan olganmiz, o’sha vaqtda hammamiz son va harflarni yozishni mashq qilardik. Eng qiziq jarayon, hamma 100 soniga yetib kelgan bir paytda do’stim Xushnud 200 da edi, hammamiz lol qolganmiz, ochig’i yaxshigina hasad ham qilganmiz, chunki o’sha davrda raqobatga juda qiziqar edik. So’ngra birinchi sinf ham bo’ldik.
Oldinlari ko’k va qizil sumkalar tarqatilar edi, eng yomoni bizni maktabga qizil sumkalar kop olib kelingan ekan, sumka tarqatish marosimidan oldin xonada taxminan 5-6 tacha kok sumkani oldiga olib hammasi meniki degan bir o’rtog’imga qizil sumka nasib qilganini kechagidek eslayman.
Birinchi sinf juda ajoyib o’tdi, 2- sinf ham xuddi shunday edi. Sinfda asosan qizlar bilan raqobat qilar edim, sababi bollar zo’r o’qimas edi. Mening juda ham qaysar, tez arazlab oladigan, aytganini qildiradigan xarakterim tufayli ustozlarim unchalik yaxshi o’qimasam ham har yili faxriy yorliqlar bilan taqdirlardi, hozir eslasam kulgim keladi.
3- sinf umuman o’zgacha o’tgan, matkabda metall yani har bir o’quvchi 10 kg dan temir olib kelishi kerak edi, o’sha kuni hamma joydan temir qidirganmiz, axiri o’sha 10 kg ni to’plab bir amallab olib borganmiz, maktab temirga to’la edi o’sha kuni, hattoki dars ham o’tilgan o’sha kuni, lekin men darsga kirmasdan uyga kevorganman, buning sababi faqat do’stlarimga ma’lum xolos.
4-sinfda ustozimiz bizni 3 guruhga ajratib har birimiz uchun jamoa tuzish imkoniyatini taqdim etdi, va har bir guruh dars uchun ko’rgazmali qurol tayyorlab berishi kerak edi, bizniki asosan printer ishi bo’lgan ( tanish bilish kuchi ), qolganlarda esa qo’l mehnati. Meni jamoamdan bo’lgan bir yaxshi rasm chizadigan o’rtog’im boshqa jamoaga yordam bergani uchun uni o’z jamoamda chiqarib yuborgan edim, bundan kelib chiqib raqobat qanchalik kuchli bo’lganligini tasavvur qilishingiz mumkin. Shu tariqa biz katta sinfga, boshqa bir sinf rahbarning o’quvchilariga aylandik

✍19
Shaxsiy hikoyam 2-qism
O’rta maktab
Maktab davrining eng unutilmas damlar aynan shu vaqt oralig’ida bo’lib o’tgan. Biz bu davrda gul ham ekkanmiz, daraxt ham ekkanmiz, o’t ham o’rganmiz, futbol ham o’ynaganmiz, boshqa sinflar bilan ishkal ham qilganmiz ( albatta ishkallar mensiz o’tgan chunki muallif doim o’rganish bilan band bo’lgan desam ishonasizlarmi ? ), turli xil prankalr ham qilganmiz, yangi o’quvchilar kelgan, qizlar bilan futbol o’ynaganmiz ( hayotimdagi eng rasvo futbollardan biri edi ochig’i bir qiz bola sinfdoshimiz yengil yiqilib tushganini bilaman bir payt 2 ta qizni yeklasidan tutib oyog’im sindi deb butun maktabga jar solgan, qizlar uni o’chini olish maqsadida bizning sumkalarimizni qum va tuproq bilan rosa siylashgan edi o’ziyam.
O’rta maktabdagi eng esda qolarli voqea bu she’r yozish bo’lgan. Bir kuni qo’shnimiz tug’ilgan kuniga taklif qildi va uni bir do’sti she’r yozishini aytdi va bir nechtasini aytib ham berdi, keyin menda ham qiziqish payo bo’ldimi bilmadim o’sha kuni ertakabgacha uxlamasdan 3 yoki 4 ko’plitlik she’r yozib chiqqan edim.
Bir necha oydan so’ng o’nlab she’rlar muallifi bo’lganlarni bir faxriy kishi maktabda jamladi ( eng krinj vaziyat shu edi, hozir she’r ham yozmayman, yozgan taqdirimda ham bu kabi majlisga ikki dunyoda ham bormagan bo’lardim ).
O’sha davrda she’riyatga berilib o’qishni ancha tashlab qo’ydim, hayotim xuddiki bema’no oq qoralikdan iborat bo’lib qolgandi, shu qorong’lik davrida Covid-19 verusi kirib keldi va maktab yopildi shu bilan bizning bolaligimiz o’z nihoyasiga yetdi
Shu tariqa yuqori maktabga qadam qo’ydik

✍20
Shaxsiy hikoyam 3-qism
Yuqori maktab
Covid-19 tugaganidan keyin bir oy anomal sovuq boshlandi, yo'llar butunlay muzlagan edi, o'sha davrda maktab yana bir oy ta'til e'lon qildi. Uyda qolganman, telefonim yo'q, televizor ko'rib zerikib ketdim, va qanday kitoblarim borligiga qiziqdim. Rus tili ustozimizdan vaqtinchalik olib turgan bir badiiy asar e'tiborimni tortdi, nomi 3 ildiz edi.
O'sha kundan boshlab kitobni o'qiy boshladim, shunchalik berilib ketganimdan 400+ betlik kitobni 4-5 kunda tugatib qo'ygan edim ( vaholanki shu kungacha birorta kitobni bunchalik tez va berilib o'qimaganman ). Shunday qilib anomal sovuqni ham o'tkazib oldik.
9 sinfda IELTS Instructorim Amerikaga o'qishga ketadigan bo'ldi, so'ngra o'zim 6-7 oy davomida uyga ketmasdan maktabdagi Ingliz tili xonasida tayyorlana boshladim, juda qattiq mehnat qildim deb ayta olmayman, kuniga atigi 2-3 soat berilib dars qilardim xolos, shuning uchun ham birinchi urinishda 6.0 oldim, bu menga hech qanday hissiyot bermadi, na xursand bo'ldim, na xafa ( mehnatga yarasha edi ).
Keyinchalik English schoolda ya'ni avval o'zim tahsil olgan markazda dars bera boshladim ( Speaking mentor sifatida ). 2 oy markazda ishladim, ammo na ishdan qoniqish hissi bor edi na o'zimdan ( tajribasizlik tufayli ishimdan hech ko'nglim to'lmadi, boshqa tomondan rivojlanishdan batamom to'xtab qoldim ).
Hammasiga chek qo'yib yangi hayot boshlash umidida Toshkentga qarab yo'l oldim. Maqsad u yerdagi top o'quv markazlarida o'qib IELTS dan kamida 7.5 olish edi, afsuski poytaxt meni tasavvurlarimdan butunlay boshqacha bo'lib chiqdi. Qisqa qilib aytganda, u yerdagi muhit menga umuman yoqmadi, to'g'ri kelmadi, balki o'sha vaqtda intovert, sabrsiz, va yosh bo'lgandirman.
Shu tariqa yana Samarqandga keldim, English schoolda ishni davom ettirdim. Bir o'rtog'imning tug'ilgan kun bazmida bir sinfdoshim Turon o'quv markazida Multilevel uchun tayyorgarlik ko'rayotganligi yodimda tushdi, va unga yozdim. U ham kurs haqida batafsil gapirib berdi. Ertasi kuni Turon o'quv markaziga umrimda birinchi bor tashrif buyurdim. Dilijon domla ( ustozim ) bilan gaplashib o'sha guruhga keladigan bo'ladim.
Darsning birinchi kuni, guruhda 9-10 ta qiz va bitta o'g'il bola bor edi ( keyinchalik shu bola ya'ni Elmurod eng yaqin do'stlarimdan biriga aylanib ketdi ( ma'lumot uchun: u hozir Koreada ). Turonga kelishimdan oldin ishdan bo'shamagan edim, shunday qilib bir o'quv markazda dars berib, boshqasida o'qiy boshladim. Kyinchalik ish va o'qishdan birini tanlash kelganida men o'qishni tanladim.
40 kunlik Turondagi sarguzashtlardan so'ng C1 natijasini qo'lgan kiritdim, bu o'quv markaz tarixidagi ilk C1 natijda edi, xursandligimdan uyquga ketishdan oldin kamida 10 marta sertifikatni ochib tekshirganman, haqiqatdan ham C1 oldimmi deb. Keyinchalik 2023-yilning 20-Noyabr sanasida support teacher sifatida Turon jamoasiga kelib qo'shildim.

✍25
Shaxsiy hikoyam 4-qism
Turon
Markaz muhitiga o‘ylaganimdan-da ancha tezroq moslashib ketdim. Ustozlari juda samimiy va o‘z qadriyatlariga ega shaxslar edi. Endigina ish boshlaganimga 1 oydan ozgina o‘tgan edi, ustozim Dilijon Sanakulov Yangi yil bazmiga taklif qildi. O‘sha kuni qanday kiyim kiyishim haqida kamida 2 soat o‘ylagandim. Shu tariqa bayramga bordik. Turondagi barcha ustozlar yig‘ilgan, umrimda birinchi marta bunaqa davrada bo‘lishim edi, albatta, o‘ziga yarasha hayajon ham bor (oldinlari hozirgidek bo‘lmaganman, men bilan oxirgi 2 yilda juda katta o‘zgarishlar bo‘lib ketdi).
Barchaga markaz tomonidan bayram sovg‘alari tarqatilar ekan, bir payt bir jumla yangradi: “Dilijon Sanakulovning Ingliz tili kurslarida 2023-yilning eng faol o‘quvchisi — Isrofilov Fayoz.” Bunday voqea yuz berishi xayolimning bir burchagiga ham kelmagan, ishonsangiz. Butun Turon jamoasi qarshisida sertifikatni qabul qilib oldim, bu shunchaki tasvirlab bo‘lmas voqea edi men uchun.
Mart oyida jamoa bilan 2 ta avtobusda Toshkentga sayohat qiladigan bo‘ldik. Soat 3 da turib tayyorgarlik ko‘ra boshladim va 4 da Turonga yetib bordik va nihoyat, 5 ga yaqin yo‘lga otlandik. O‘sha kuni havo shunaqangi zo‘r edi, yomg‘ir yog‘gan, lekin ko‘p emas, havo salqin edi, ammo sovuq emas, xullas, ideal ob-havo bo‘lgan. O‘sha vaqtda men bilan birga aylanish uchun hech qanday sherik yo‘q, chunki Turonga kelganimga bor-yo‘g‘i 3 oy, 4 oy bo‘lgan. Eng alam qilarlisi, hamma sheriklari bilan maza qilib gaplashib yurgan, men esa yolg‘iz.
Toshkentga bo‘lgan sayohatimizdan roppa-rosa 1 hafta o‘tib, o‘rnimdan tura olmas darajada kasal bo‘lib qoldim. Keyin Tayloqdagi shifoxonaga borib, 3 kun turdim, ahvolim battar yomonlashdi. So‘ngra xususiy klinikada 1 haftaga yaqin turdim, bu yerda ham faqat holatim yomonlashdi. Keyin bilsak, men qizamiq kasalligiga duchor bo‘lgan ekanman. Shu tariqa ushbu kasalliklarga ixtisoslashtirilgan kasalxonada 6 kun turdim va ahvolim ancha yaxshilandi, lekin baribir holsiz edim, chunki o‘tgan 3 hafta mobaynida qachon to‘yib ovqat yeganimni eslay olmasdim, chunki tomog‘imdan umuman ovqat o‘tmasdi, faqat iliq suv ichardim.
Shifoxonadan uyga qaytdim va uyda ham 1 hafta to‘shakda yotdim, oz-ozdan turib yura boshladim va nihoyat, to‘liq tuzaldim va aprelning o‘rtalaridan ishga va maktabga qaytdim. Ustozim bilan Intensive 6 kunlik guruh ochish haqida ko‘p maslahatlar qildik va may oyida o‘quvchilarni test qilib, saralaydigan bo‘ldik. Turonda o‘qib yurgan vaqtlarimda agar C1 olib, ishga kirsam, bir kuni Killers degan guruh ochaman deb niyat qilardim va o‘sha niyatim may oyida amalga oshgan edi.
Intensive uchun test kuni do‘stlarim bilan tog‘ga ketvorganmiz, chunki o‘sha kuni biz 10-sinfni tugatgan edik, qo‘shimchasiga, meni tug‘ilgan kunim ham edi. Tog‘da 2 kun turib qaytganimdan so‘ng, o‘zim ochishni xohlagan guruhga ikkinchi asosiy o‘qituvchi sifatida ishlay boshladim. Killers 1, 2, 3. Ularning har biri haqida alohida hikoya yozish mumkin, lekin men ularning barini keyingi qismda jamlayman.

✍28
KILLERS 1
Ertalab soat 8:00 da dars boshlanishi kerak edi. Birinchi marta guruhga dars o‘tishim. Ilk kundagi hayajonimni tasavvur ham qila olmaysiz. Sababi, u paytda menda yetarlicha tajriba bo‘lmagan. Bundan tashqari, o‘quvchilarni saralab olganmiz. Ularning oldida birorta narsani bilmay qolsam-chi yoki xato qilib qo‘ysam-chi, degan xayollar bilan darsga kelganimni kechagidek eslayman.
Dastlab o‘quvchilar bilan tanishib, ularga moslashib olganimdan keyin hammasi o‘zgargan edi. Bir oy davomida yaxshi ishladim, ammo keyin IELTS topshiradigan vaqtim yaqinlashgani sari ish ortiqchalik qila boshladi. Sababi, 6 kun ishlardim: 3 kun part-time, 3 kun full-time.
Ustozimga vaziyatni tushuntirdim: Men ishdan ketmasam bo‘lmaydi, o‘qishimga yetarlicha vaqt ajrata olmayapman, dedim. (Guruh mening taklifim bilan ochilgan, endi yarim yo‘lda ham o‘quvchilarni, ham ustozimni tashlab ketmoqchiman. Bunga yagona izohim — o‘sha davrda C1 darajaga ega bo‘lsam ham, ancha yosh, qarorlariga o‘zgalar bemalol ta’sir qila oladigan, shaxsiy chegaralarini hali qo‘yib ulgurmagan inson edim.)
Ustozim buni payqagan holda: Ishdan ketish yo‘q. Ketsangiz ham, guruhni manziliga eltib, keyin ketasiz, dedi va menga imtihonimgacha ishga kelmaslik imkoniyatini berdi.
Ikki haftalik qattiq tayyorgarlikdan so‘ng imtihon topshirib chiqdim va javobi 13 kundan keyin chiqadigan bo‘ldi. O‘sha davrdagi eng katta qo‘rquvim 6.5 olib qo‘ymaslik edi.
IELTS natijam chiqishidan taxminan 5 kun avval tush ko‘rdim. Oldin biz hozirgi podvalga ko‘chmagan, asosiy filialda dars berardik. Tushimda bir bola yuqoridagi yo‘lakdan yugurib, Turonda bir kishi IELTSdan 7.5 oldi deb jar solib yurgan edi. Keyin o‘ylab qoldim: Turonda faqat men IELTS sohasida, yana yaqinda imtihon topshirgan bo‘lsam, balki o‘sha menman, degan xayollar o‘tdi.
Va nihoyat, o‘sha 9-avgust kuni ham keldi. Soat 9:33 edi. Uyda men va ukam bor edik. Bir payt SMS keldi. Shundoq xabarning ustiga bosganimni bilaman ko‘zimga Overall 7.5 degan yozuv tushdi. Xursandligimdan telefonni otib yuborib, bor ovozimda baqira boshladim. Ukam ham yugurib kelib, meni quchoqlab, tabrikladi. Hissiyotlarim cho‘qqisiga chiqib ketgan edi, baxt gormoni, ya’ni endorfin, 10 karra ko‘proq ishlab chiqarilgan edi, o‘ziyam.
O‘sha kuni abetdan keyin darsim bor edi. O‘quv markazga bordim. Barcha o‘quvchilar xabardor edi. Eng qizig‘i, darsga har doimgi kayfiyatda borganimni ko‘rib, Feruza ustoz: «Ha, nega kayfiyating yo‘q? Tabriklaymiz 7.5 bilan Qachon endi uni yuvamiz? deganlarida, Qachon 2 ta tarvuz olib beray? degandim.
O‘zimdan ham ko‘ra o‘quvchilar ko‘proq xursand edi. Hammasining ko‘zlarida quvonch shundoq bilinib turardi.
Keyingi bir oy juda zo‘r tempda ishladim va yana yoshligim, shaxsiy chegaralarimga ega emasligim tufayli ketish qarori o‘zgalar ta’sirida qabul qilindi. O‘sha vaqtda ustozimning qanchalik asabiylashganini ko‘rib, ichimdan tasvirlab bo‘lmas pushaymonlik hissi o‘tdi.
Bir oygina vaqt qoldi. Shuncha o‘quvchi va ularning ota-onalari bizga ishonch bildirgan. Hozir ketsangiz, ularning ishonchini oqlay olmasak, nima bo‘ladi?

✍23
KILLERS 1 2-qism
Shundan keyin o‘quvchilar oldiga kirdim. Ular ham ketishim haqida xabar topishgan, hatto ba’zilari ko‘z yosh ham to‘kishayotgan edi. «Shuncha vaqt o‘qitdingiz, sizga ko‘nikdik. Endi ozgina vaqt qolganda ketsangiz, keyin biz nima qilamiz? deyishganida, ochig‘i, o‘zimning ham ko‘zlarimga yosh keldi. Aynan o‘sha vaqtda men ustozlik naqadar ulug‘, kerakli va shu bilan birga savobli kasb ekanligini anglab yetdim. Shu voqealardan so‘ng yana markazda qoladigan bo‘ldim.
Imtihonga sanoqli kunlar qolgan vaqtda Speaking butunlay o‘zgarib ketgani hammamizni xavotirga solib qo‘ygan edi, chunki biz oldingisiga ko‘ra tayyorlanib kelayotgan edik. Lekin baribir, «Har ishda bir hikmat va yaxshilik bor», deganlaridek, deyarli barcha o‘quvchilar yaxshi ballarni qo‘lga kiritishdi. Imtihondan bir necha kun oldin o‘quvchilar bilan birga ziyoratga ham borganmiz — Registon-u Shohi Zindaga.
Eng esda qolarlisi shundaki, biz o‘quvchilar bilan imtihonga bir oy qolgan davrdan boshlab Tahajjud o‘qiy boshlaganmiz. Bir-birimizga telefon qilib, uyg‘otar edik. Darslardan keyin o‘nlab o‘quvchilar bilan markazda qolib, payg‘ambarlar, sahobalar, Islom dini haqida suhbatlar qilar edik.
Kun kelib, xotiramni yo‘qotsam ham esimdan chiqmaydigan voqea — maktab boshlangan vaqtda soat 4:00 ga dars qo‘yganim. Ochig‘i, o‘sha davrda haddan tashqari fidoyi ustoz bo‘lgan ekanman. Uydan darsgacha soat 4 da piyoda borardik.
Shunday xotiralar bilan KILLERS 1 o‘z nihoyasiga yetdi.

Ochig'i men bunchalik ko'p bo'lib ketadi deb o'ylamagan edim, hattoki KILLERS 1 ni o'z ham bitta postga sig'maganidan 2 qismga bo'lindi.
✍33
Killers 2
Qish fasli edi, hamma yoqni qor qoplagan, juda sovuq. Ochig‘i, saralash imtihoni qanday bo‘lganligini eslay olmayman, lekin undan keyingi bir-biridan qiziqarli voqealar aniq yodimda.
Xullas, guruhning ilk kunlaridan birida ustozning muhim ishi chiqib qolib, guruh o‘zlari qolib ketgan va o‘sha kuni yigitlardan bir kishi qolganlarga qo‘shiq kuylab bergan. Bu hodisani kimdir videoga olib, ustozga yuborgan. Shu holatdan so‘ng o‘sha videoni yuborgan o‘quvchi guruh orasida jiddiy qidirila boshlandi. Bir oycha davom etgan qidiruv va shubha-gumonlar natijasida bu ish ham domlaga yetib borgan edi. Va shu bilan butun guruh ustozdan yaxshigina dakki eshitib olgan hamda bu masalaga qaytib to‘xtalmaslik qat’iy tayinlangan edi.
Shu hodisadan so‘ng muborak Ramazon oyi kirib keldi. Oldinlari darslar 6 kun ertalabdan kechgacha davom etar edi. Shuni hisobiga Ramazon oyida o‘quvchilarning juda ko‘pchiligi ro‘za tutar va tushlikka chiqishmasdi. Vaziyatdan foydalanib, tushlik vaqtida bir oy davomida turli xil kinolar ko‘rardik. Bir kuni o‘zim tavsiya qilgan bir qo‘rqinchli kino menga yomon ta’sir qilib, 1 hafta davomida yolg‘iz o‘zim bitta xonada uxlay olmaganimni yaxshi eslayman.
Ramazon oyining oxirlarida o‘quvchilar insonlarga iftorlik sifatida suv va xurmolar tarqatishgan edi. Bundan tashqari, ulardan ham ko‘pchiligi birgalikda tahajjud o‘qiy boshlashgan. O‘quvchilar bilan asosan writing musobaqalarini tashkil qilar edik. Buning natijasida writingdan nafratlanganlar ham keyinchalik insho yozishni juda yoqtirib qolishgan edi.
O‘sha davrda men do‘stlarim bilan Koreyaga ketishni qat’iy maqsad qilib, koreys tilini o‘rgana boshladim. O‘sha vaqtlarda doramalar haqida eshitgan, ammo biror marta ham bu olamga kirib ko‘rmagan edim. Koreyaga ketishga qaror qilib, tilini o‘rganar ekanman, uning madaniyatini ham o‘rganish kerak deb o‘yladim va ustozimning tavsiyasiga binoan ilk marotaba dorama ko‘rdim. Keyinchalik ularga berilib ketdim, ertalab soat 4 gacha ham ko‘rib chiqqan kunlarim bo‘ldi.
6 oy koreys tilini o‘ynab-kulib o‘qiganimizdan so‘ng, imtihon topshiradigan kun ham keldi. Aynan o‘sha kuni Killersdagi o‘quvchilar ham tog‘ga boradigan bo‘lishdi. Men oldindan ularga birga boramiz deganim uchun imtihondan 2 da chiqib, uyga keldim. To‘g‘risi, tog‘ga borish umuman yoqmadi, chunki allaqachon kech bo‘lgan, bundan tashqari, biroz mazam ham bo‘lmayotgan edi. Lekin ularga bergan va’damning ustidan chiqish uchun o‘zim alohida mashina yollashib, yo‘lga otlandim.
1 soatdan ko‘proq yo‘l yurib, nihoyat manzilga yetib bordim, ammo o‘quvchilardan birortasini u yerdan topa olmadim, hamma tarqalib ketgan. Tog‘ga ularni izlab chiqib bordim, keyin bilsam, ular allaqachon pastga tushib bo‘lishgan ekan. Pastga tushdim. Tog‘ga kelishdan oldin hamma boshqacha edi, lekin tog‘da hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Bunaqa holatni hatto xayolimga ham keltirmagan edim.
Kelib, ular bilan bir qancha rasmlar tushib, tabiat qo‘ynida biroz suhbatlashmoqchi bo‘lgandim. Afsuski, men o‘ylaganchalik bo‘lib chiqmadi. Keyin o‘ylab qoldim, hamma ayb o‘zimda edi, chunki borilishi kerak bo‘lmagan joyga borgandim va yana kechikib.
Shunday voqealarni ortda qoldirib, Killers 2 ham o‘z yakuniga yetdi.
Killers 2 tugaganidan so‘ng maktabga ko‘proq bora boshladim, chunki 11-sinf edim. Ochig‘i, 11 yil kelisha olmagan sinfdoshlarim bilan ham oxirgi 2 oy ichida juda yaxshi chiqishib ketdik. Maktabning unutilmas davri qachon deb so‘rasalar, oxirgi 2 oyi deb javob beraman, sababi bu davr mobaynidagi voqealar shunchaki juda ajoyib edi.
Taqdir taqozosi bilan Koreyaga ketmasligim aniq bo‘lganidan so‘ng, Koreyaga ketish orzusi bilan birgalikda doramalardan ham voz kechdim.
Bu oraliqda maktabni bitirishga ham ulgurdim. Keyin Killers 3 va 4 ochildi.

Xarakter
Tashqaridan qaraganda juda jiddiy, jahldor, va kibrli bo’lib ko’rinadigan muallif aslida ular o’ylaganchalik emas. U bugun ertalabdan reels ko’rayotib Abdulloh domlaning ma’ruzalaridan biriga duch kelgandi. ( Bu xarakterga bog’liq mavzu )
Masjidga kirar ekan ushbu postni yozish fikri to’satdan keldi, buning sababi nima desangiz u yerda ijtimoiy tarmoqdan, dunyodan uzilib fikrlar girdobiga g’arq bo’lasiz.
Muallif masjiddan chiqishi bilan o’qishi tomon yo’lga otlandi, va postni yozib ketaman deb o’ylagan edi, ammo adashgan ko’rinadi, chunki uning yo’lovchi hamrohlari juda gapga chechan, o’z muammolari haqida baland ovozda baralla suhbatlashib ketishar edi.
Shunday qilib muallif postni keyinroq yozishga majbur bo’ldi.

Xarakter Tashqaridan qaraganda juda jiddiy, jahldor, va kibrli bo’lib ko’rinadigan muallif aslida ular o’ylaganchalik emas. U bugun ertalabdan reels ko’rayotib Abdulloh domlaning ma’ruzalaridan biriga duch kelgandi. ( Bu xarakterga bog’liq mavzu ) Masjidga…
Abdulloh domlaning ma’ruzasi tasodifan Reelslar orasidan chiqmadi, balki bu ham qaysidir ma’noda taqdir edi.
Unga duch kelgan chog‘ida muallif bugun bir post yozaman va shu ma’ruzaning unga aloqasi bo’ladi deb hech ham o‘ylamagan edi.
Ma’ruza quyidagicha edi: bir inson: o‘zi juda jahldor, tajang, tezda asabiylashadi, lekin u bir oilaning kattasi, ishchilarning boshlig‘i yoki bir ofisda xodim bo‘lganligi uchun ham jahldan tiyiladi va bu halimlik deyiladi.
Bunday holat doim takrorlanaverar ekan, asta-sekinlik bilan halimlik insonning o‘z tabiatiga aylanadi. Gap nimada ekanligini tushundingizmi? Insonning tabiati, xarakterini o‘zgartirib bo‘lmaydi, deyishadi. Bu bor gap, uning o‘zligini hech qachon butunlay o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin yuqoridagi holatdan kelib chiqsak, inson o‘z tabiatiga har qanday fazilatni qo‘shishi mumkin, faqat o‘sha xususiyat doim takrorlanib turishi kerak.
Buni muallifning xarakteriga qanday aloqasi bor, deysizmi?
Muallif bolaligida juda qaysar, atrofidagilarni birgina so‘zi tufayli ham ulardan ranjiydigan, doim o‘zini haq deb biladigan, ammo juda ham ko‘ngilchan, odam ovi insondan butunlay boshqa insonga aylandi. Albatta, bu uning hayoti davomidagi majburiyatlari, tanishgan, suhbat qurgan insonlari va eng muhimi, qilgan xatolari natijasidir.
Muallif bolaligidan buyon agar o‘zi yolg‘iz ko‘chada yoki boshqa joyda yuradigan bo‘lsa, jiddiy, badjahl, e’tiborsiz ko‘rinishi mumkin, lekin unga ko‘p emas, biroz yaqinlashar ekansiz, aslida u butunlay boshqacha ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Muallif ham o‘z mas’uliyatlari, xavfsizligi hamda o‘zligi sababli shunday ko‘rinishga moyil. Nima qilsin axir, bu uning o‘zligiga xos. U bilan yaqindan munosabatda bo‘lmaganlar uchun u har doim ular o‘ylaganlaridek kibrli, jiddiy va jahldor bo’lib qolaveradi.
Inson dunyoqarashi, xarakteri mos kelmaydigan boshqa biri bilan umuman suhbat qura olmaydi, deyilgan. Bundan kelib chiqadiki, muallif ham juda ko‘p hollarda o‘zligini faqatgina o‘zi to‘liq ishona oladigan yaqinlarigagina ko‘rsatadi, xolos. Va ularning yonida rol o‘ynashning hojati ham yo‘q, shunchaki hammasi tabiiy.

✍31
#kitobdan
Gunohga qo‘l uray deganingda, oldingdan bir mayitni ko‘tarib o‘tishadi. Ich-ichingdan titrab, joyingda qotib qolasan.
Bosar-tusaringni bilmay qolganingda, bir kasallikka giriftor bo‘lasan-u, o‘zingga kelasan.
Insonlarga haddan ziyod suyanib yuborganingda, ular senga xiyonat qilishadi. Shunda aqling kiradi.
Gohida gunohlaring tufayli g‘amga botib qolasan. Keyin Allohning rahmati keng ekani haqida bir oyat eshitasan va u qalbingga malham bo‘ladi.
Boshing qotib, nima qilishni bilmay turganingda, mushkulingga yechim bo‘ladigan bir hadis qulog‘ingga chalinadi. Unga amal qilasan va ishlaring asta-sekin o‘z iziga tushganini ko‘rasan.
Bularning bari Allohning senga yo‘llagan maktublaridir.
Ba’zan ular og‘riq bilan keladi, ba’zan ko‘z yosh bilan, ba’zan esa qalbingga taskin bo‘lib kiradi. Ammo har birida seni Unga yaqinlashtiradigan bir hikmat bor.

✍29
Muallif yillar davomida Ideal o‘qituvchini izladi ammo topa olmadi. Ustozdan ustozga, darsdan darsga o‘tdi, ko‘nglidagi o‘sha mukammal ustozni qidirdi. Kimdadir bilim yetarli emasdek tuyuldi, kimdadir uslub, yana kimdadir u kutgan o‘sha ruhni topolmadi.
Keyin tushunib yetdi: Uning vazifasi ideal o‘qituvchi topish emas, ideal tolibi ilm bo‘lishga harakat qilish ekan.
Chunki ustozning mukammalligi ham, darsning qadr-qimmati ham ko‘p jihatdan uni qanday ko‘z bilan tinglayotganingga bog‘liq. Agar sen o‘rganishga chin dildan tayyor bo‘lsang, oddiy bir suhbatdan ham saboq olishing mumkin. Agar o‘zingda talab bo‘lmasa, eng buyuk ustozning oldida o‘tirib ham hech narsa o‘rganmay qaytishing mumkin.
Shunda muallif yana bir narsani angladiki: yaxshi ustozni izlashdan ko‘ra, yaxshi shogird bo‘lish muhimroq ekan. Ustozdan mukammallik kutish oson, ammo o‘zimizdan intizom, sabr, hurmat va tinimsiz harakat talab qilish qiyin.
To be continued…

✍32
Kech qolyapman deb Asrni o’qimasdan chiqdim, va Bog’izog’ondan boshlab Bulvargacha birorta svetafordan yashilda o’tmadik. Barchasi kelishimiz bilan qizil bo’lib qolaverdi, bu oddiy bir tasodif emas, 2-3 ta bo’lmasa ham mayli edi, ammo hammasi shunday. Eng qizig’i asosiy yo’l ham yopilgan, 2 kmlik yo’l 5 km bo’lib ketdi.
✍31
Notes ✍🏻
Photo
#tavsiya
Eng yaxshi tavsiya, albatta, kitob. Lekin nazarimda, kitob tavsiyasini ham kitobxonning o‘zidan olish kerak.
“Nega?” deb so‘rashingiz mumkin.
Aytaylik, uch-to‘rtta kitob o‘qigan insondan: “Menga biror kitob tavsiya qiling”, deb so‘radingiz. U, katta ehtimol bilan, o‘qigan kitoblaridan birini aytadi. Chunki uning tanlovi hozircha o‘sha bir nechta kitob bilan chegaralangan. Yoki bugungi kunda trendda bo‘lgan, ko‘pchilik o‘qiyotgan kitoblardan birini tavsiya qilishi mumkin. Hatto o‘zi o‘qimagan bo‘lsa ham. Chunki ba’zida bizda “hamma o‘qiyapti, demak, yaxshi kitob” degan qarash paydo bo‘ladi.
Endi 50 ta kitob o‘qigan insonni tasavvur qiling.
Undan ham “Qaysi kitobni tavsiya qilasiz?” deb so‘rasangiz, uning xayolidan bir vaqtning o‘zida 50 xil kitob, 50 xil hikoya, 50 xil fikr o‘tadi. Qaysi birini tanlashni bilmay qolishi ham mumkin.
Shuning uchun men bunday insondan boshqa savol so‘rashni ma’qul ko‘raman:
“Qaysi kitoblarni qayta o‘qigansiz?”
Chunki bir marta o‘qilgan kitob bilan qayta-qayta o‘qiladigan kitobning farqi bor. Ba’zi kitoblarni o‘qiymiz va keyin unutamiz. Ba’zilariga esa yillar o‘tib yana qaytamiz. Har safar o‘qiganimizda undan avvalgidan boshqacharoq narsani ko‘ramiz.
Keyin undan yana so‘rash mumkin:
“Shular ichida qaysi birini eng ko‘p marta o‘qigansiz?”
Menimcha, ana shu kitob uning sizga bermoqchi bo‘lgan eng samimiy tavsiyasi bo‘lishi mumkin.
Balki u sizga “mana shu kitobni albatta o‘qing” demas. Balki o‘zi ham nega aynan shu kitobga qayta-qayta murojaat qilishini tushuntirib berolmas. Lekin insonning qayta-qayta o‘qiydigan kitobi ko‘pincha uning nimaga ishonishi, nimani qadrlashi yoki hayotda nimanidir qanday ko‘rishini bilvosita ko‘rsatib turadi.
P.S. Bu ilmiy fakt yoki qandaydir tadqiqotga asoslangan fikr emas. Shunchaki shaxsiy kuzatuv va tajriba.