ß <Infacted/>
12 subscribers
41 photos
17 videos
17 files
30 links
Har bir xato, tajriba demakdir.
Download Telegram
Shu yaqin o’tmishda o’rganishdan zerikdim…

Va o’zimga savol berdim.
— Nega?
Axir ilmga joningni bersang, ilm senga o’zining bir qismini beradiku?!

Shu yerda savollar kela boshladi.

Nega unda zerikyapman?

Natijani kutibmi?

Qachon yetarlicha bo’ladi, debmi?

Bu (ilm) ni oxirini kutibmi?

Yoki keyingi qadamni bilmaganim uchunmi?

Lekin bir narsa aniq. Hamma savolni negizi bu mavhumlikka borib taqaladi.

Shu yerda bir teoriya o’ylab qoldim. Men ilmni qandaydir chegarasi bor qolipga tushirishga urunyapman. Yoki uni qandaydir o’lchov birligi bilan o’lchayapman ( 3D fazoda malum bo’lgan).

Lekin: “Ilm bu go’yoki cheksiz ummon (ham vertikal, ham gorizontal). U hechqachon bizga ma’lum bo’lgan uzunlik, hajm, massa va hokazoga mos emas. Unga (ilmga) alohida o’lchov kerak, xuddi o’ziga o’xshagan cheksizlik o’lchovi.”

— Xo’p, Bexruz, axir seni shu cheksizlik zeriktirmagandimi??

— Yoq, aslida meni qolipga sololmaganim tashvishlantirgandi.

— Hop, endi nima o’zgardi?! Bu cheksizlik birligini qanday topasan.

— Manikcha bu birlik, fizik jihatdan mavjud emas, lekin uni tafakkur qilsa bo’ladi.

— Ya’ni?.

— Ilm bu ummon dedik. Ya’ni uni birligini bilish uchun ilmni qolipga solish emas, u bilan birga suzmoq kerak. Cheksizlikdan cheksizlikka…

— ….?

— O’zini erkin qo’yib, oqim bo’ylab ketmoq kerak.

— Bu yerda birlik qani??

— Mantiq ham shunda. Birlik asli yoq. Faqat oqim bor. Xohlasang suz, xohlasang qol.

Sen baribir ummon ichidasan…
💯2
Bilasizmi nima qiyin?

Bilmagan narsangiz (ishiz) qiyin.
22 yosh …

Bola bo’lganimda bu yoshdagi odam men uchun ehheee katta odamdek edi.😁
O’zimga qarasam, hali ham yosh bolani ko’raman.
🕊2
32$ ni boshini yebmiz
Shunchaki kutish kerak. Sababini qilib albatta.

Seniki bo’lgan senga keladi baribir.
Eeeeeeeeeee 😱

Den Braun
🔥2
22:22
Ko’ngilni siqaydigan muammo va tashvishlarni uyqu bilan davolab bo’lmaydi.

It is the worst solution ever.🐦‍🔥
Klichatkaaa.
🔥4
Odam o’z xatolarini, gunohlarini fahmlay olishi ham bir ne’mat ekan. Chunki uni isloh qilish birinchi muammoni ko’rabilishdan boshlanadi.

Agar biz bulardan (xatolardan) bexabar yursak… kim biladi qancha odamga zarar beramiz (hattoki o’zimizga ham).
I realize that I need to switch to LinkedIn and X instead of instagram 🫨
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi
It is time to make a bet

Oxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi. 

Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda:

1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi. 

2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda.

Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu jarayon yakun topgach ishimiz yana bir bor "kayf" olib kelishni boshlar.

Yoki, aynan shu brainrot va qoniqish yo‘qligi bir necha yildan so‘ng juda katta og‘riqqa sabab bo‘ladi. Yillab sport bilan shug‘ullanmasdan bir kun zalga chiqib tosh ko‘targanda qanday ahvolga tushamiz keyingi kuni? Xuddi shu kabi. Ketib qolgan bilimni qaytarib olish juda qiyin va og‘riqli bo‘ladi. 

Shuning uchun ham menimcha tanlov qilish vaqti keldi.

Yo AI ni to‘liqligicha qabul qilamiz. AI agentlarga kod yozdirishda davom etamiz. Dasturlash qobiliyatlarimiz tushib ketishini qabul qilamiz. "Kayf" ni esa boshqa joydan qidiramiz. Menimcha bu boshqa joy "domain expert" bo‘lishda. Ya’ni qaysi sohada ishlasangiz o‘sha narsani zo‘r tushunishda. Bu "robotics" bo‘ladimi, "fintech" bo‘ladimi, "database" bo‘ladimi, "edtech" bo‘ladimi. Bu narsa oldin ham juda muhim edi. Shunchaki bundan buyog‘iga yanada muhimlashib borsa kerak.

Yo qandaydir "middleground" topish kerak. Balki "tab, tab, tab" usuli eng ma’qul keladigan usuldir, hozirgi zamon uchun. Ya’ni, oldingidek code yozishda davom etamiz, shunchaki funksiyani yoki birorta class ni yozish vaqti kelganda AI o‘zi to‘ldirib beradi. Natijada "high level" qismini o‘zimiz boshqaramiz, o‘zimiz yozamiz. Mayda-chuydani AIga beramiz. Review qilish ham ancha osonlashadi. Flow state ham yo‘qolmaydi. Tizim qanday ishlashini ham yodimizdan chiqarib yubormaymiz.

Aniq bilmayman. Hech kim bilmaydi. Lekin menga qobiliyatim tushib ketayotgani hech yoqmayapti. 

Shuning uchun ham men keyingi bir necha oy mobaynida o‘zim uchun bir domain tanlab o‘sha domain experti bo‘lishga harakat qilmoqchiman. Code yozishda esa shu "tab, tab" usulidan foydalanib yozmoqchiman. "Flow state" dan chiqib ketmaslik uchun bu jarayon tez bo‘lishi shart. Shuning uchun frontier modellar (Fable, Sol va hokazolar) to‘g‘ri kelmaydi chunki ular yaxshigina sekin ishlaydi. Balki DeepSeek Flash modellar mosroqdir bu ish uchun. 

Ko‘ramiz.

@jakhonrakhmonov
Shu kungacha vibe coding ni mensimas edim. Lekin bu ham o’rganish va effort talab qiliykan.