ß <Infacted/>
13 subscribers
49 photos
18 videos
17 files
31 links
Har bir xato, tajriba demakdir.
Download Telegram
🌚2
“Bir marta hech nima bo’lmaydi “ degan gap g’irt yolg’on.
Maqsadni va rejalashtirishni aniq qilish kerak. “Ee yo’l-yo’lakay bo’lib ketaveradi” yoki “ Bir gap bo’lar” degan gaplar, odamni ko’p og’ir vaziyatlarga solib qo’yadi.
Sekin bo’lsa ham ishla harakat qil) . Hech narsa birdaniga bo’lib qolmagan.


Bu bir oltin qoidalarimdan biri bo’ldi.
🕊1
Erkakni kuchi yerda ishlaganda bilinar ekan😂. Mana man degan zaldagi kachoklarga ham yerda ishlash ( ketmon, lapatka ) berilsa, beli chidamaydi eee…
💯1
Hammani og’zida futbol. Kimga nima foyda? Qaysi nochorni qorni to’yadi?

Bazi birlar qimordan yo pul ishlaydi, yo o’zini o’ldiradi.

Tushunmaymanda…
🗿3💯2🤔1
Jismoniy harakat, bu bir tizimga ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni tanamizga ( biz boshqarishimiz shart bo’lmagan tanadagi o’zgarishlarga ).

Aqliy mehnat ( aqlni ishlatish, fikr yuritish ) intellektimizni oshiradi. Bu ham yana bir tizim.

Bu ikki tizim natijalari birlashib yana bir boshqa zohiriy tizimga ta’sir ko’rsatadi. Qalb tizimi…

Bizning haqiqatimiz shu tizimda yashirilgan. Shu tizim haqiqatni shakllantiradi.
🔥3
Har kimniki o’ziga,
Oy ko’rinar ko’ziga.
Nima deb uylaysiz.

Inson maqsadiga erishib, natija qilishi uchun birinchi o’rinda nima muhim?

Kuch
Bilim
….
ß <Infacted/>
Man shuni tushundimkii, insonni markaziy miya tizimi tayyor turishi kerak ekan.
Ruhan tayyor bo’lish kk deganda, qisman shuni nazarda tutishsa kerak
— O’g’lim sen Alloh ni bilasanmi?

— Ha albatta, iymon keltirdim.

— Unday bo’lsa, boshqa narsani bilma.

— O’g’lim Alloh seni biladimi?

— Alloh bilguvchi zotdir. U hamma narsani biladi, shubhasiz meni ham biladi.

— Unday bo’lsa, boshqasi bilmasin.



Ishq, ko’ngilda boshqasi bo’lishini xohlamaydi. O’zidan boshqasi bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
Sen ham yo’l qo’yma.
🕊4
Hammasi o’z vaqti bilan keladi shunday emasmi?.
Notog’ri so’zlashdan ko’ra jim turmoq afzal.
Xarakter bitta yoshda “tayyor bo‘lib qolmaydi”. U butun umr shakllanadi, lekin eng katta poydevor bolalik va o‘smirlikda qo‘yiladi.

0–6 yosh: temperament, xavfsizlik hissi, ota-ona bilan munosabatlar kuchli iz qoldiradi. Bola hissiyotini qanday boshqarishni shu davrda o‘rganadi.
7–12 yosh: qoidalar, do‘stlar, maktab, muvaffaqiyat va uyat tajribalari odatlarni shakllantiradi.
13–25 yosh: shaxsiyat tez qayta quriladi. Kimligi, qadriyatlari, intizomi, ijtimoiy uslubi ko‘p jihatdan shu davrda aniqlashadi.
25 yoshdan keyin: o‘zgarish sekinroq, ammo davom etadi. Ish, munosabat, stress, mas’uliyat, terapiya va ongli odatlar xarakterga ta’sir qiladi.

Genetika qancha rol o‘ynaydi?
Genetika ko‘proq temperamentni beradi: masalan, kimdir tabiatan tez xavotirlanadi, kimdir sokinroq; kimdir yangilik qidiradi, kimdir ehtiyotkor. Tadqiqotlarda shaxsiyat farqlarining taxminan 40–50% i irsiy omillar bilan bog‘lanadi. Qolgani muhit, tarbiya, tajriba va odamning o‘z tanlovlari.

Lekin “menda shunaqa gen bor, demak o‘zgarmayman” degan gap bahona. Genetika start nuqta, hukm emas.
Temperamentni butunlay almashtirib bo‘lmaydi. U asab tizimingning tug‘ma “sozlamasi”: qanchalik tez qo‘zg‘alishing, xavotirga moyilliging, energiya darajang, yangilikka ehtiyojing kabi narsalar.

Lekin uni boshqarish va tashqi ko‘rinishini ancha o‘zgartirish mumkin.

Masalan:

Tabiatan jahli tez odam jahli chiqishini to‘xtatmasligi mumkin, lekin javob berishdan oldin pauza qilish, sport, uyqu va konflikt ko‘nikmalari orqali portlashni kamaytiradi.
Muhim farq: temperament — birinchi avtomatik reaksiya; xarakter — undan keyin nima qilishing. Birinchisini tanlamaysan, ikkinchisini mashq bilan boshqarasan.
Egarda turganingda qamching tushib ketsa ham, birovdan olib bering deb so’rama.