5-sinf Fayllar Bazasi
91.4K subscribers
3.09K photos
1.1K videos
4.23K files
1.2K links
Bu yerda 5-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Download Telegram
Assalomu aleykum!!!😊


Bugun, 14-fevral ,buyuk davlat arbobi, bobomiz, Temuriylar naslidan, Boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni.
Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug'iladi. 12 yoshida taxtga chiqadi. 1526-yilda Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida video rolik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Video_Dars
Zahiriddin Muhammad Bobur
🌹Bahor ayomi
Bobur slayd.pptx
3.8 MB
⭐️Bugungi darsingiz uchun
Bobur Mirzo tavalludi arafasida buyuk olim va sarkarda haqida eng muhim 10 ta faktni yodingizga solamiz:

1. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

2. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.

3. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).

4. Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.

5. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.

6. Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.

7. Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.

8. "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

9. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.

10. Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Z.M.Bobur haqida video ma'lumotlar
#Bobur
#tavalludi

Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan.

YAXSHILIG‘

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’, 
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq, 
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma, 
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p, 
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi, 
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.
Bugun, 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga 542-yil boʻldi

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon boʻlsa, jazo topqusidir.

Bobur tarixda misli yoʻq darajada madaniy, dilbar shaxslardan biri edi. (Javoharlaʼl Neru)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA
***

Charxning men koʻrmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta koʻnglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning oʻzga muddaosi qoldimu?!

Meni oʻlturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq oʻlgʻoch koʻrdim oʻlimni oʻzimga, ey rafiq,
Oʻzga koʻnglimning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey koʻngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Zahiriddin Muhammad Bobur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur Hayoti va ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 sinf ona tili 50 bet 24 mashq 2 qism
Nota - musiqa yozish uchun ishlatiladigan belgi.
Ilhom - yaxshi fikr yoki ijodiy g‘oya paydo bo‘lishi.
Gasht - zavq olish yoki maroqli vaqt o‘tkazish.


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani
Aminova Maftuna Farhod qizi
5 sinf ona tili 50 bet 25 mashq 2 qism
Mag‘zini chaqmoq - gap yoki so‘zning asl ma’nosini tushunish.
Ijod gashtini surmoq - ijod bilan shug‘ullanib, zavqlanish.
Cho‘qqiga intilmoq - katta orzu va maqsadlarga erishishga harakat qilish.
Ko‘ngilga oziq bo‘lmoq - odamga quvonch va ilhom berish.


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani
Aminova Maftuna Farhod qizi
5 sinf ona tili 51 bet 2 qism
Uyga vazifa
1. Men musiqa san’ati haqida ma’lumot to‘pladim. Musiqa insonni quvontiradi, ilhomlantiradi va kayfiyatni ko‘taradi. Uning xalq, klassik, estrada kabi turlari bor.

Radionutq
2. Assalomu alaykum! Musiqa hayotimizning muhim qismi. Xonandalar qo‘shiq kuylaydi, musiqachilar esa cholg‘u chaladi. Musiqa odamga zavq va ilhom beradi. Men musiqani yaxshi ko‘raman! Rahmat!

3. Matnimni bir necha marta ovoz chiqarib o‘qidim.

4. Uni radionutq sifatida audio shaklda yozib oldim.


(Javoblar har xil bo‘lishi mumkun. Na'munaga qarab yozing. Radionutqni o‘zini yozsangiz ham bo‘ladi.)


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani
Aminova Maftuna Farhod qizi
5 sinf matem 1 bet mashq daftari
2-qism

1-2 misol


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani
Aminova Maftuna Farhod qizi
Forwarded from Erkin Qulto'rayev
Tarix,O'zbekiston,Jahon_tarixi_fanidan_Tarqatmalar_5_6_7_8_9_sinflar.pdf
9.8 MB
5,6,7,9,10-sinflar uchun Tarix fanidan
1-2-3-4-choraklar uchun 100 tadan ortiq tarqatmasi tayyor, ochiq darslar metodik tavsiya va uslubiy ishlar uchun bemalol qo'llasa bo'ladigan hujjat.
To'liq olish uchun @USTOZ4 ga murojat qilishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM