🦋Bᴇɴɪᴍ_ʜɪᴋᴀʏᴇᴍ🦋
27 subscribers
8.68K photos
4.7K videos
9 files
185 links
Ochilgan sana: 7.06.2020

🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋
👉 @Nahide_Babas

Kanal egasi: @Far1shtA_M
@dardli_farishta

Rek: @Far1shtA_M
Download Telegram
Hayot ishonchdan iborat nimaga kòproq ishonsang shunga erishasan.

#malak
1 — senga bir narsa aytaman 😊
2 — shoshilma 8 ni o'qi 🙃
3 — judayam xavotr oldingmi 9 ni o'qi ☺️
4 — qara.. Sen eng yaxshisi 15 ni o'qi 🙂
5 — aytmayman extimol...san 17 ni o'qi 😅
6 — Aytshni judda xoxlardm ammo 16 ni o'qi 😉
7 — xop aytaman... Lekin 2 ni o'qi 😋
8 — Judayam oddiy 4 ni o'qi 😜
9 — Xayrlashishni keragi yoq.. 18 ni o'qi 😌
10 — Shoshma xozir emas 19 ni o'qi 😕
11 — xamon ortga qaytma 13 ni o'qi 😠
12 — demoqchiydmki nima boldi.. 3 ni o'qi 😔
13 — oz qoldi blib olasan 20 ni o'qi 🙁
14 — Seni juddayam Sevaman 😍
15 — bilaman aqildan ozay diyapsan.. Ammo iltimos 6 ni o'qi
16 — xaliyam tushunmadngmi 12 ni o'qi 😒
17 — ufff uyaldim 7 ni o'qi 😝
18 — Meni tushundngmi ozi 10 ni o'qi 😀
19 — endi 11 ni o'qi..... 😍
20 — xop- xop aytaman 14 ni o'qi iltimos😘
Sizlar uchun maxsus
@benim_hikayem_2505 #Malak
Шанс не бывает единственным, жизнь обязательно предоставит еще один.
Коэльо Пауло
@benim_hikayem_2505 #Malak
Men seni uylayman🤔 oppoq tonglari
Men seni uylayman🤔 xatto shomlari
Sovuqdan asrayman sokin tunlari
Der ekan 😀reklama AKFA romlari


@benim_hikayem_2505 #Malak
Kirib chiqavermang sovub ketti uy....
Ochib yopavermang eshik o'lgurni

Kiritishgan bo'lsa....
Bulg'ash kerakmi......
Allohni dargohi bo'lgan ko'ngilni.....


@benim_hikayem_2505
#Malak
"O'rningizga hech kimni izlaganim yo'q...🌝
Kutdim...😔
Har doim...😕
Hatto hozir ham"... 😟👐🏻

#Malak
Jimgina yashayman, yashayman sokin.
Bu oʻtar dunyoni tanho tinglayman –

Faqat aql bilan etaman talqin,
Faqat yurak bilan
Yigʻlayman...

#Malak
Tez o‘lishning 3 yo‘li:
Sigaret chek 40 yilda o‘lasan.
Aroq ich 20 yilda o‘lasan.
Seni sevmagan insonni sev..
Har kuni o‘lasan...🥀💔
#Malak

@benim_hikayem_2505
#Qaysar_oshiqlar 💙🕊
11-qism

Ertasi kuni.
Qizlar va yigitlar o'zlariga ajratilgan yotoqxonalardan chiqishdi. Ular bino inshootlarni ko'rishdi. Madina va Dinara doim Yasina bilan edilar. Shu kuni juda ajoyib kun bo'ldi. Talabalar bir-birlari bilan kelishib, loyihalashtirilayotgan bino inshootlarni dizaynlarini chizishmoqchi bo'lishdi. Ikkita ikkita guruh bo'lib kelishishdi. Yana Yasina va Ali qolib ketti.
Barchaga chizmalar berildi, ular uy chizmalari faqat dizaynlashtirish kerak holos. Yasina o'zi hohlagancha dizaynlashtirdi, Aliga esa chizmani bergisi kelmadi, ular birgalikda kelishisholmadi. Ali oxiri o'ziga alohida chizma chizishini va dizaynlarini ham o'zi qilishini hohladi va chiroyli qilib bitta uyning chizmasini chizdi. Yasina dizayn bo'yicha a'lo darajada bo'lgani uchun ham Alining chizmasini dizaynlashtirishga juda ham qiziqib qoldi.
Dinara bilan Temur ham o'zlari bilan o'zlari ovvora. Madina va Sardor esa Yasinani oldilarida parvona. Sardorni ular atrofida parvona bo'lishi negadir Alining g'ashini keltirardi, huddi Yasinani olib ketib qoladigandek. Ali hecham tan olgisi kelmasada, u Yasinani sevib qolishga ulgurgan edi. Uni shaddodligi, sho'x shodonligi, chiroyi va qaysarligi odamni o'ziga jalb etar edi. Ali sevgisini tan olmas edi, chunki bunga uning g'ururi yo'l qo'ymasdi ham. Sardor Madina ularni tark etishgandan so'ng, Yasina o'zida biroz kuch to'plab, Ali chizgan chizmani dizaynlashtirishini so'radi. Ali o'ylanib turdida, rozi bo'lmadi. Yasina bundan biroz hafa, biroz jahli chiqdi. Qaytib Aliga qaramadi ham.
Barchaning chizmalari ajoyib bo'ldi. Kuratir esa chizmalarni yig'ib birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni e'lon qildi. Bunda birinchi o'rinni Yasina oldi. Ikkinchi o'rinni Ali va uchinchi o'rinni Dinara bilan Temur oldi.
Hamma Yasinani chizmasiga qaradi, keyin Alinikiga keyin Temur va Dinaranikiga. Bir biridan ajoyib edi, Ali bu nohaqlik deya turib oldi. Harchand urinmasin Yasina birinchi o'rinni oldi. Va Aliga qarab kulib qo'ydi. Buni kursdoshlari ko'rib, Alining yelkasiga urib qo'yishdi, nahot qiz bolaga birinchilikni berib qo'yding deyishdi. Bu nihoyatda g'ururli Alining g'ururiga tegdi chog'i, shu payt jahldan qo'llari musht bo'lib tugildi.
"Hali shunday kun keladi, meni shunday yer qilganingni o'zingga qaytaraman" shu o'y-hayollar bilan Ali tashqariga chiqdi.

Talabalar bu yerda 2 hafta qolishdi, ancha esda qolarli kunlar edi. Avtobusda qaytishayotganda yana Temur va Ali joy almashishdi. Temur Yasina bilan, Dinara esa Ali bilan ketdi. Ikki yigit dugonalardan ma'lumot olishga urinishdi. Dinara lom-lum demadi, Yasina esa Dinarani rosa maqtay ketti, Temurni esa akasidek ko'rdi. Va yigitlar o'z joylariga qaytishdi.
- Keldim!
- Keling, nima xizmat
- Xizmatmi? Xo'sh menga biroz mehr bering!
- Nima istaydilar yana?
- Issiqqina qo'llaringizdagi mehringizni istaydi bu yurak! Shunday deya Ali Yasinaning qo'lini yuragi ustiga qo'ydi. Yasina biroz g'alati bo'ldida, darrov qo'lini tortib oldi.
- Buncha yuragingiz tez uradi, odamni qo'rqitadiyeeee
- Yog'e shunaqamikan? Sen keraksanda unga
- Men uxlayman, biroz boshim og'riyapti.
- Dorilaringni ichdingmi?
- Yo'q ichgim kelmadi.
- Tushunmadim. Tez qani mana buni ichib olchi?
- Rahmat mehribon inson.
- Uxlab ol endi. O'zim uyg'otaman.
- Rahmat.
- Bundan ko'piga arziysan.
- .....
- Uxlab qoldingmi? Buncha tez uxlaysan, Farishtam.. Ali Yasinaning qo'lini ushlab oldi.

- Sardor ko'nglim g'alati bo'lyapti!
- Nega tinchlikmi?
- Ana ularni qarang..
Sardor Madina qarab turgan tomonga qaradi va Ali bilan Yasinani ko'rdi.
- Nima qilibdi?
- Ali birdan mehribon bo'lib qoldi, bo'lmasa Yasina bilan urushib talashib yurar ediku?..
- Sen ularni qara, qanday ajoyib sevishganlar. Ali to'g'ri g'ururli, lekin Yasinani sevadi. Hali ko'rasan ajoyib oila bo'lishadi.
- Hayollarim noto'g'ri bo'lsin. Siz aytgandek bo'lsin InshaAlloh.
- Bo'ladi ham havotir olma.
Shu tariqa 2 haftalik sayohatlari ham yakunlandi. Hamma charchagani shundoq bilinib turardi.

#Davomi_bor ☺️💜 10 like

Bizni kuzatishda davom eting ❤️🖇

#Malak 💫
@benim_hikayem_2505
#...
Yuragm oz tanamda lekn ixtiyorimda emas...!

#Malak
#tarjima_vaqti

O‘sha ilk kunga qaytar meni.. Seni tanigan ilk kunda qoldir.. Koshkilarim bo‘lmasin senga tegishli.. Boshqa hech qachon to‘qnashmaylik! Tanishganimizdan mamnun bo‘laylik va ortig‘iga o‘tmaylik!
Sen o‘z yo‘lingga ket, men o‘z yo‘limga..😔

@benim_hikayem_2505
#Malak
#Qaysar_oshiqlar 💙🕊
23-qism

Taksidan tushib institut hovlisida shoshilgancha yurib ketayotgan Yasina bir yigitga urilib ketti, u yigit jiddiy ohangda Yasinaga ovozini balandlatib gapirdi. Yasina nima qilarini bilmay yerga sochilib ketgan narsalarini yig'ib oldida, u yigitga ham e'tibor bermay, to'g'ri ichkariga kirib ketti. Yasina asabiy holda, sessiyasini hammasini 5 qildirib kelayotgan bir vaqtda bitta fanidan 4 baho oldi. Unga bu juda ham alam qilardi. Jahli chiqib, kalidorda u yoqdan bu yoqqa katta katta qadam tashlab yurar edi. Kalidorni u yog'idan turib Ali kuzatib turar edi.
"Jinniman, hammasi o'zimni aybim axir tayyor edim, nega hayajonlandim axir. Bilgan savollarim ediku. Eh mayli uyga ketaman endi" u shu hayollar bilan Aliga ham e'tibor bermasdan, uning oldidan o'tib ketti. Bu hol esa Aliga yoqmadi negadir Yasina unga befarqdek tuyuldi, aslida esa uning hayolida hozir faqat o'qish edi. Aslida esa institut hovlisidagi Yasina urilib ketgan yigit ham Ali edi biroq Yasina bularga hecham e'tibor bermabdi. Ortidan kelayotgan qadam tovushidan cho'chib yurayotgan joyida to'xtadi va ortiga o'g'irilib qaradi. Ali unga qarab turardi.
- Si..si..siz bu yerda?
- Yasina yaxshimisan? Senga nima bo'ldi?
- Men yaxshiman biroz boshim og'riyapti..biroq o'tib ketadi.
- Nega asabiysan nima bo'ldi, axir hali to'liq tuzalib olganing yo'qku, yur Nodirni oldiga boramiz
Yasina qarasa Alini jahli chiqqan, bormayman desa ham majburlab olib boradigan shashti bor. Undan ko'ra tinchgina rozi bo'la qoldi.

Nodir tekshirib ko'rdi, Aliga qarab tashqariga chiqaylik ishorasini qildi.
- Xo'sh?
- Nimadandir asabiylashgan ko'rinadi, shuning uchun parishon bo'lib qolgan
- Institut hovlisida menga urilib ketti ammo e'tibor bermadi, biroz baland ovozda gapirgan edim, tanimadi!? Nega?
- Tanimadi deysanmi?
- Ha keyin kalidorda ham tanimay yonimdan o'tib ketti. Bularga sabab nima bo'lishi mumkin?
- Ali men qayta tekshiruv o'tkazay, senga aniq javobini tekshiruvdan so'ng yetkazaman.
- Tushunmadim, men nima qilay? Uni ahvoli shunchalik og'irmi?
- Senga maslahatim iltimos uni yolg'iz qoldirma, bilaman sen juda ham yaxshi insonsan shunga qaramay har narsaga chidaysan sabr qilasan, yana biroz sabr qilib uning yonida bo'l.
- Hop ammo..
- Iltimos men hozir bir nima deyolmayman
- Nodir nima bo'lsa ham uni asra!
- Yonida bo'l do'stim shu senga maslahatim
- Hop

Kunlar o'tgan sari, Yasinani asabiylashishi parishon xotir bo'lib qolishi kuchayib borar edi. Nodir ustozini chaqirtirib, uni qayta - qayta tekshiruvdan o'tkazaverishdi. Ular bir to'xtamga kelib operatsiya qilgan doktorlar yoniga jo'natishga kelishishdi. Yasina tobora jinniga o'xshab borar edi, telbanavo bo'lib qolgan edi. Ammo har qanday holda ham Ali uni yolg'izlatib qo'ymadi. Ular Turkiyaga uchib ketishdi. Yasinani u yerda davolatishdi, 1 oy davomida yana oldingi quvnoq Yasina qaytib kelgan edi. To'g'ri ko'p bor Yasina Alini tanimay esidan chiqarib qolaverdi ammo bu holda ham doim Ali uning yonida bo'ldi. Ming dardi bo'lsa ham uni dardlari bilan yolg'iz qoldirmadi, dardlarining davosi bo'lish istadi va bo'ldi ham.

Toshkent.
Samolyotdan tushayotgan yo'lovchilar orasida ikki sevishganlar ham bor, ular bir birlarini qo'llarini juda qattiq ushlab olishganki, huddi kimdir ularni ajratishga harakat qiladi-yu, ammo ular bunga yo'l qo'ymaydigandek edi go'yo.
Yasinani uyiga olib kelishganida uyida to'y taraddudida yurgan ayollarni ko'rib, Yasina hayron xonasiga kirib ketti va kiyinib onasining oldiga chiqib so'radi.
- Oyijon kimni to'yi?
- Senida qizim, kelishingni zo'rg'a kuttik o'zi.
- Voy oyijon axir, men.. kimgaaa?
- Aligada kimga ham bo'lardi
- A nima? Ali aka.. nafasi ichiga tushib qaytib gapira olmay ikki yuzi qizargancha xonasi tomon oshiqardi. Telefoniga kelgan sms ovozi uni shirin hayollarini chalkashtirib yubordi.
- Salom go'zal qiz yaqinda o'zga uyni malikasi bo'lishga tayyorgarliklar qalay? Tez orada bir umrga o'zimniki qilaman. Tayyorlan hopmi. Sevgiling Ali..

#Davomi_bor ☺️💜

Bizni kuzatishda davom eting❤️🖇

@benim_hikayem_2505 #Malak
#Qaysar_oshiqlar 💙🕊
#yakuniy_qism🌿
24-qism

To'y kuni juda ajoyib bo'ldi, to'g'risi Ali bilan Yasinani to'yi bo'lishi, ular bir birlarini sevib qolishi hech kimning aqliga sig'mas edi ammo mana o'z ko'zlari bilan ko'rib turibdi. Kimdirlar havas bilan qarasa yana kimdirlar esa hasad bilan qarar edi.
- Ali aka hamma hammasi uchun sizga rahmat
- Senga ham rahmat. Meni bu hayotga qaytarganing uchun
- Qarang bizning sevgimiz orqali kimlarning hayoti bog'lanib ketti. Hammadan so'ng ikkimiz qolibmiz.
- To'g'ri, aytasan. So'z ber doim yonimda bo'lasan a?
- Endi mendan qutilmoqchi bo'lganlar ham qutula olmaydi. Ishoning.
- Yonimda bo'lganing men uchun asl baxtning o'zi..

3 yildan so'ng..

- Xo'sh bolalar hamma tayyormi?
- Albatta.
- Unda boshladik..
Ajoyib musiqa sadolari ostida Ali qo'lida chaqaloq va yonida jufti haloli bilan o'z uyiga kirib kelar edi. Artofda esa Sardor va Madinaning egizak farzandlari yangi kelgan chaqaloq uchun sochilayotgan shirinliklarni terishar edi. Qo'lida bir chaqalog'i bilan Mavluda hech tinib tinchimas edi, u yoqqa o'tib u ishni qilar, bu yoqqa o'tib bu ishni qilar, goh gohida o'g'lini Avazga berib qo'yar edi. Temur bilan Dinara esa mana 3 yildan ham oshdi bolalik bo'la olishmagan edi. Davolanib davolanib Dinara nihoyat onalik baxtiga sazovor bo'lishiga oz qoldi, juda tez fursatlarda ularning uyida ham chaqaloqlar yig'isi eshitiladi. Nodir bilan Muslima esa 2 kun oldin Turkiyadan qaytib kelishdi, Nodirning o'qishi ishi sababli hali ularning to'ylari bo'lmadi. Ammo o'ta rashkchi Nodir Muslimani ishlashiga ruhsat bermadi va doim yonida o'ziga sherik qilib olib yurdi, hattoki ko'chaga chiqishda ham Nodir bilan birga chiqar edi. Bu esa Muslimani sevgisini tobora alangalatar edi.
Bir biriga termulgancha chaqaloq xonasiga kirishgandan so'ng Ali va Yasina kulib turishar edi. Yasinaning ko'zidan quvonch ko'z yoshlari to'kildi. Ali buni ko'rib, ko'z yoshlarini artib qo'ydi:
- Ey zahar quyoncham ham yig'lar ekanda?
- Ajab bo'pti, zahar bo'lsam.
- Ilohim qizimiz senga o'xshashidan Hudo asrasin
- Aytganiz kelsin, Hudo hohlasa o'g'limiz sizga o'xshashidan Alloh o'zi asrasin.
Ali bu gapdan angrayib qoldi.
- Ha nima boldi, hayronsiz?
- O'g'limiz deganing negadir yoqib tushdi. Yana ayt zahar quyoncham
- Aytmayman. Ha nima to'g'risida o'g'limiz bo'lishini ham istayman.
- Hudo hohlasa albatta bo'ladi. Faqat oldin seni sog'lig'ing men uchun muhim
- Usiz ham doim yonimdasizku, siz yonimda bo'lsangiz dardim bo'lmaydi. Barcha dardimga darmonimsizku.
- Qaysarim o'zimni. Rahmat senga. Menga o'g'illik, erlik, otalik baxtlarini berganing uchun
- Sizga ham rahmat, shuncha qaysarliklarimga injiqliklarimga chidab kelayotganingiz uchun..
- Seni sevaman zahar quyoncham o'zimni
- Men ham sevaman g'aroyib mahluqimni..


🖇🖇🖇

Yaxshilarim hayotda har nelar bo'ladi, siz shunchaki sabr emas, balki sabr qilib o'sha baxtga erishish uchun harakat ham qilishingiz kerak.
Qaysarliligingiz bir kun boshingizga yetadi..
Hikoyamiz yakunini qaysarligi boshiga yetgan bo'lishini istamadim. Har bir ertak ham yaxshilik bilan tugaydi☺️ shunday ekan hayotingiz ham yaxshilik bilan yakun topsin, oxiriga qadar harakat qiling, sabr qiling, duoda bo'ling.
Siz harakatdan to'xtadingizmi, hayot sizni yengishiga imkon topiladi va siz hayotga yengilib qolasiz..☺️
Alloh panohida bo'ling yaxshilarim men sizlarni juda ham yaxshi ko'raman🤗❤️ hikoyamiz juda ham tugashi qiyin bo'lib ketti, buning uchun uzr🙈 xato va kamchiliklarim bo'lsa ming bor uzr🙈🖤
E'tiboringiz uchun rahmat kattakon 🥰💜

TAMOM💙

Bizni kuzatishda davom eting ❤️🖇

@benim_hikayem_2505 #Malak
#Men_seni_bezovta_qilmayman_endi
Tindi seni deya oqqan daryolar
Senga quyosh mehr nurlari tindi
Ammo o‘ta bisyor edilar ular

Men seni bezovta qilmayman endi
Ishqni qulfladim ko‘ngil qariga
Dardlarning zarbidan kalitlar sindi
Aslo parvo qilma oshiq zoriga

Men seni bezovta qilmayman endi
Buzib ketyapman ko‘ngil uyini
Osmondan tushmoqqa qadr ham ko‘ndi
Chaling ayriliqlar suygan kuyini

Men seni bezovta qilmayman endi
Bosgan izlarimda yanchilmoqda baxt
Vadalar xiyonat o‘tida yondi
Tuyg‘ular yomon tush ko‘rgandek karaxt

Ishon ishon bezovta qilmayman endi
Gul qaychi uzadi bag‘rimdan seni
Gul o‘rnida chaqirtikanak undi
Ko‘rgin tilkalangan qon sevgimni

Men seni bezovta qilmayman endi.

#Malak
@benim_hikayem_2505
O‘lsam janozamni bulbul o‘qisin..
#Malak🕊
@benim_hikayem_2505
Biz shunday holatdamizki,
Men istayabman...
Sen dard deb atayotganing menda bo'lganida edi,
Men dardli emas, ehtimol baxtli bo'lardim.


#Malak
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Malak

    ➶⁀➷‿➶⁀➷‿ ➶⁀➷‿
   🍂 @Benim_hikayem_2505🍂
       ➶⁀➷‿➶⁀➷‿ ➶⁀➷‿