🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT
1.77K subscribers
20.1K photos
2.35K videos
2.05K files
4.28K links
O‘z.Res. MMTV va MV HChT bo‘yicha OAV matbuot kanali
Respublikadagi barcha harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha VRYOTBDO‘-HChTR lariga yordam berish. Barcha turdagi tadbirlar va ish hujjatlari bo‘yicha beminnat yordam. Fikringizni qoldiring 👇
👉@beminnatCHQBT
Download Telegram
#Angren_shahar
#MMTB

🇺🇿O'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usini oshirish , xaftaning har jumasi Ma'naviy yuksalish va Vatanparvarlik kuni doirasida Angren shahar MMTBga qarashli umumta'lim maktab o'quvchi-yoshlari hamda " Vatan tayanchi" otryad a'zolari bilan 42219 harbiy qism targ'ibot guruhi, MIB bilan hamkorlikda yoshlarda harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg'ularini shakllatirish, xalq va armiya yakdilligini shakllantirish maqsadida "Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash - maktablardan boshlanadi" shiori ostida davra suhbatlari,ko'rgazmali amaliy mashg'ulotlar , Oliy harbiy bilim yurtlari va Temurbeklar maktabi , " Vatan tayanchi " harakati bo'yicha o'quvchilarga videoroliglar, slaydlar orqali ma'lumotlar berib o'tildi. 
#Angren_shahar
#MMTB_o'quvchilari
#Ochiq_eshiklar_kuni

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan " YANGI O'ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT QUDRATI , YUKSAK G'URUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR ! " shiori ostida Vatanparvarlik oyligi doirasida Angren shahar MMTBga qarashli umumta'lim maktablarining o'quvchi-yoshlari uchun 42219 harbiy qism tomonidan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

🔘Tadbirda Toshkent viloyat MIBdan podpolkovnik A.Nurillayev , Angren shahar MIBdan S.Muradov, umumta'lim maktablarining ChQBT rahbarlari, o'quvchilar va " Vatan tayanchi " otryadi a'zolari ishtirok etishdi.

🔘Tadbir davomida o'quvchilarga harbiy qism tomonidan tashkil etilgan qurol-aslahalar namoishi, kutubxonada, oshxonada, sport zalida, gimnastik shaharchada, otish trenajorida bo'lishib , harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Sayohat qiziqarli va mazmunli bo'lib unda o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
#Angren_shahar
#MMTB_o'quvchilari
#Targ'ibot

🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli 33-maktab hamda 4-IDUMda Vatanparvarlik oyligi doirasida 
8-9 -10-11 sinf o'quvchilarga Oliy harbiy talim muassasalari haqida malumot berildi. Shuningdek ularni harbiy sohaga yo'naltirish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.
#Sirdaryo_viloyati
#Shirin_shahar
#MMTB

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.12.2023 yildagi
F - 79 - sonli Farmoishi ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Shirin shahar MMTBga qarashli 1 - sonli umumta'lim maktabida 49479 harbiy qism hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi hamda Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir o'tkazildi.