Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
2.68K subscribers
60.4K photos
4.26K videos
32 files
13.7K links
Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi!
https://bekobodsh.uz/
Download Telegram
Audio
#Maxsus_dayjest

Qor qishning ziynati. Ammo sovuq ob-havo qatʼiy ehtiyot choralari koʻrishni talab etadi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarida anomal sovuqqa tayyorgarlik qay darajada? Buni mazkur dayjestdan bilib oling.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Respublikamiz ahlini qattiq sovuqda nostrandart isitish moslamalaridan foydalanmaslikka chaqirdi.

🔘“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali. Korxona masʼullari maktab va bogʻchalarda isitish qozonxonalarini nazorat qildilar.

🔘Xalq taʼlimi boʻlimi. Viloyatning Angren va Boʻka tumani maktablarida haroratni saqlash va energiya tejamkorligiga erishish choralari koʻrildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Ehtiyot choralari koʻrilib, gaz bosimi nazoratga olindi. Yoʻllarga tuz-qum aralashmasi sepildi.

🔘Ohangaron tumani. Gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi aholiga murojaat yoʻlladi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. FVB va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari mavsumni betalofat oʻtkazish uchun targʻibot ishlarini olib bordi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Gaz taʼminoti boʻlimi nosoz isitkichlar va is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun tavsiyalar berdi.

🔘Piskent tumani. Isteʼmolchilarga qish mavsumida 96,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazilib, tabiiy gaz bosimi koʻpaytirildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
#Maxsus_dayjest

Bugunning kechiktirib boʻlmas, dolzarb yumushlari bor. Yoʻllarni yaxmalakdan tozalash, maktablarni tahsilga tayyorlash, qattiq sovuqda noxush holatlarning oldini olish... Xoʻsh, mutasaddi tashkilotlar bu ishlarni qay darajada uddalashmoqda? Quyida shu haqda.

🔘Nurafshon shahri. Maktablarda oʻquv jarayoniga tayyorgarlik qizgʻin. Mahalla faollari bu ishda yaqindan yordam bermoqda.

🔘Piskent tumani. Hokim oʻrinbosarlari boshchiligida ishchi guruh 11 ta maktabda isitish imkoniyatlarini koʻpaytirishdi.

🔘Toshkent tumani. Bogʻcha va maktablarning energiya taʼminoti sektor rahbarlari nazoratiga olindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. FVB va gaz taʼminoti korxonasi masʼullari uyma-uy yurib, aholini xavfsizlik choralarini koʻrishga chaqirdi.

🔘Olmaliq shahri. Aholi gavjum maskanlar va koʻp qavatli turarjoylar yoʻlaklari koʻngilli yoshlar tomonidan qordan tozalandi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Kommunal soha xodimlari va jamoatchilik vakillari yoʻllarga yaxmalakka qarshi tuz-qum sepib chiqishmoqda.

🔘Bekobod shahri. Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi bogʻchalar maydoni qordan tozalandi.

🔘Angren shahri. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi “Hakkarman-Yangi Jigariston” mahallasida sovuqdan saqlanish boʻyicha tadbirlar boshladi.

🔘Bekobod tumani. Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi serqatnov yoʻllarni tozalab, maxsus aralashma sepmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#maxsus_dayjest

NAVROʻZ TADBIRLARI QAYERDA QACHON BOʻLIB OʻTADI?

Toshkent viloyatining har bir hududida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekiston!” shiori ostida umumxalq sayllari boʻlib oʻtadi.

📍 Nurafshon shahri. Viloyat Navroʻz sayli 19-mart soat 12:00 da “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida

👉 Lokatsiya 👈


📍 Angren shahri. 17-mart soat 12:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya👈

📍 Yangiyoʻl tumani. 17-mart soat 10:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya 👈

📍 Zangiota tumani. 17-mart soat 10:00 da Eshonguzar hududidagi Madaniyat bogʻida

👉 Lokatsiya👈


📍 Bekobod tumani. 17-mart  soat 11:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya👈

📍 Ohangaron tumani. 17-mart soat 11:00 da hokimlik binosi oldida

👉 Lokatsiya 👈


📍 Qibray tumani. 17-mart soat 12:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya 👈

📍 Quyi Chirchiq tumani. 18-mart soat 9:00 da “Paxtazor” oʻyingohida

👉 Lokatsiya 👈

📍 Toshkent tumani.18-mart soat 16:00 da Markaziy sayilgohda

👉 Lokatsiya 👈

📍 Olmaliq shahri. 19-mart soat 9:00 da “Yoshlar bogʻi”da

👉 Lokatsiya 👈

📍 Yuqori Chirchiq tumani.19-mart soat 10:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya 👈

📍 Bekobod shahri. 19-mart soat 11:00 da “Yoshlar bogʻi”da

👉 Lokatsiya 👈

📍 Oqqoʻrgʻon tumani.19-mart kuni soat 11:00da “Yoshlar bogʻi”da

👉 Lokatsiya 👈

📍 Oʻrta Chirchiq tumani. 20-mart soat 12:00 da tuman markazida

👉 Lokatsiya 👈

📍 Piskent tumani. 20-mart soat 15:00 da “Yoshlik” markaziy oʻyingohida

👉 Lokatsiya 👈

📍Boʻstonliq tumani. 21-mart soat 10:00 da Markaziy oʻyingohda

👉 Lokatsiya 👈

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#maxsus_dayjest

2023-yil 1-mavsumda Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” doirasida 142 millarddan ortiq mablagʻlar evaziga 152 ta loyiha gʻolib deb, topilgan edi.

Unda fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, bolalar va sport maydonchalari, ichki yoʻllarni qurish, maktablarni tamirlash, jihozlash hamda boshqa takliflar ilgari surildi.

Bugungi qisqa satrlarda mazkur sohada hududlarda olib borilgan ishlarning жорий йилнинг 1-chorak yakuni bilan tanishamiz.

🔘Piskent tumani

🔘Ohangaron shahri

🔘Chirchiq shahri

🔘Bo'ka tumani

🔘Nurafshon shahri

🔘Yuqori Chirciq

🔘Toshkent tumani

🔘Olmaliq shahri

🔘Ohangaron tumani

🔘Zangiota tumani

🔘O'rta Chirchiq tumani

🔘Yangiyo'l shahri

🔘Bekobod shahri

🔘Bekobod tumani

🔘
Angren shahri

🔘
Yangiyo'l tumani

🔘Chinoz tumani

🔘Quyi Chirchiq tumani

🔘Bo'stonliq tumani

🔘
Parkent tumani

🔘Oqqo'rg'on tumani

🔘Qibray tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#maxsus_dayjest

Joriy yil 25 may kuni viloyatning barcha maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" sadolari yangradi

Mazkur sana munosabati bilan hududlarda keng miqyosda tadbirlar, ma’rifat soatlari, yoshlar sayllari tashkil etildi.

Shuningdek, maktab hayotida faol ishtirok etgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar berildi.

Tadbirlar tafsilotlari bilan qisqa satrlarda tanishamiz

🔘Nurafshon shahri

🔘Ohangaron shahri

🔘Bekobod shahri

🔘Yangiyo'l shahri

🔘Olmaliq shahri

🔘Angren shahri

🔘Chirchiq shahri

🔘Piskent tumani

🔘Yangiyo'l tumani

🔘Yuqori Chirchiq tumani

🔘O'rta Chirchiq tumani

🔘Quyi Chirchiq tumani

🔘Ohangaron tumani

🔘Bo'ka tumani

🔘Oqqo'rg'on tumani

🔘Parkent tumani

🔘Zangiota tumani

🔘Toshkent tumani

🔘Bekobod tumani

🔘Qibray tumani

🔘Bo'stonliq tumani

🔘Chinoz tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

🔘Angren shahri. Angren shahridagi II jahon urushi qatnashchilari va nogironlarning holidan xabar olindi.

🔘Bekobod shahri. Bekobodlik ikki nafar II jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshni qarshilayotgan Tursunboy ota Musurmonqulov hamda Xasanboy ota Xolmatov holidan xabar olishdi.

🔘Bekobod tumani. Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻydi.

🔘Bo‘ka tumani. "Barkamol avlod" bolalar maktabida madaniy tadbir o'tkazildi.

🔘Bo‘stonliq tumani. Mutasaddi rahbarlar front orti qahramonlari xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.

🔘Zangiota tumani. Aloqa harbiy institutida Bobur G‘aniyevning xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira turneri” bo‘lib o‘tdi.

🔘Nurafshon shahri. 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Xotirada qadr mujassam" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔘Olmaliq shahri. 17 nafar ikkinchi jahon urushi mehnat fronti faxriylari sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan yo‘qlandi.

🔘Oqqo‘rg‘on tumani. Mehnat faxriysi Ubaydullo ota Isroilov holidan xabar olindi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar tibbiyot birlashmasida xizmat qilgan mehnat faxriylari va ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi.

🔘Ohangaron tumani. “Buloq” ziyoratgohida joylashgan xotira monumenti poyiga guldastalar qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

🔘Parkent tumani. Yoshlar ishlari agentligi Parkent tuman bo'limi va mahalla yoshlari tomonidan “Sharaf lentalari" tarqatildi.

🔘Piskent tumani. II jahon urushi qatnashchisi Anorqul ota Xotamov holidan xabar olindi.

🔘Chinoz tumani. Tumani hokimi mutasaddilar ishtirokida front orti mehnat faxriylari holidan xabar oldi.

🔘Toshkent tumani. Faol yoshlar tomonidan oʻtkazilgan targʻibot aksiyasi doirasida fuqarolarga sharaf lentalari ulashildi.

🔘Chirchiq shahri. Mutasaddilar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 99 yoshni qarshilagan Aklima Shayxutdinovaning xonadonida bo‘lishdi.

🔘O‘rta Chirchiq tumani. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhiddin Doʻsanboyev holidan xabar olindi.

🔘Qibray tumani. Mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “Sen onamga o‘xshaysan, Vatan” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

🔘Yangiyo‘l tumani. Harbiy faxriylar, nuroniylar, yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo'lib o'tdi.

🔘Yangiyo‘l shahri. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalarini tarqatish chellenji bo‘lib o‘tdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Beksaid Boymirzayev va Andaqul Xudoyberganovlar holidan xabar olindi.
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz shahar va tumanlarida qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan "Yashil makon" tadbirlari tafsilotlari bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Angren shahri. "Istiqlol" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔘Bekobod shahri. 1-sektor hududiga qarashli “Yoshlik” mahallasidagi uylar atrofiga 30 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasida ipak qurti boqilish jarayoni ko'zdan kechirildi.

🔘Bo'ka tumani. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo'ka tumanida bo'lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Bo‘stonliq tumani. Tuman hokimligi binosi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 100 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔘Nurafshon shahri. "Degantepa" mahallasi hududida 300 ga yaqin sadaqayrag'och va dub daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ishtirokida 1,5 million dona daraxt koʻchatlari ekilib, tayyorlangan 5 millionga yaqin qalamchalar yerga qadaldi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z. Mirgaziyeva Oqqo‘rg‘on tumani "Qo‘rg‘ontepa" mahallasida bo‘lib, ipak qurti boqilish jarayonini ko'zdan kechirdi.

🔘Ohangaron shahri. Mahallalarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hududlarda chorva mollarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarini olib bormoqda.

🔘Parkent tumani. Fermer xo‘jaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Joriy yilda tumanda 2 840 quti ipak qurti parvarishlanib, 168 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda fermerlar va kasanachilar bilan ipak qurti parvarishlash uchun jami 2 840 quti kontraktatsiya shartnomalari tuzishga erishildi.

🔘Chinoz tumani. "Dehqonobod" mahallasidagi xotin-qizlar ipakchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan.

🔘Chirchiq shahri. Mutasaddilar ishtirokida 3-kichik nohiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati hamda sugʻorish tizimi koʻzdan kechirildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida "Do'stlik" mahallasida aholi tomonidan yo'lga qo'yilgan qulupnaychilik va qo'ziqorin yetishtirish faoliyati o'rganildi.

🔘Qibray tumani. Tumani hokimi boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda fermer va xo'jalik rahbarlarining majburiyat hamda vazifalarining to'liq bajarilmayotgani tanqidiy muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Chaqmoq" MFYda yashovchi fuqaro Shohida Ernazarova o'zini-o'zi band qilgan holda, 15 quti pilla qurti yetishtirmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumanda dala maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Beruniy ko‘chasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda 280 ta fermer xo‘jaliklari bilan 170 tonna va 155 ta kasanachi bilan 18 tonna pilla yetishtirish bo'yicha shartnomalar imzolandi.

🔘 Zangiota tumani. Toʻqsonbosti usulida 600 gektardan ortiq maydonda ekilgan ekinlar: sarimsoqpiyoz va sabzi fermerlar tomonidan yig'ishtirilib sotuvi amalga oshirilmoqda.
#Maxsus_dayjest

Viloyatda bir qator obyektlar foydalanishga topshirildi

Angren shahridagi “Mustaqillik” mahallasida “Mohir hostel” mehmonxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 160 oʻrinli mazkur maskanda yoshlar uchun koʻplab ish oʻrinlari yaratildi.

Bekobod shahrida 2 qavatli Bolalar boʻlimi 51 shifo oʻrnida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni boshladi. 3,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga toʻliq rekonstruksiya qilinib, barcha tibbiy jihozlari yangilandi.

Parkentning “Markaziy” mahallasida zamon talablari darajasidagi “Orzu Med” klinikasi ish boshladi. 30 dan ortiq ambulator xizmat koʻrsatish turlari mavjud.

Bekobod tumanida Madaniyat boʻlimi hamda “Nilufar” folklor maktabi foydalanishga topshirildi.

Parkent tumanida “Qirgʻizovul” mahallasida 150 oʻrindli zamonaviy matkabgacha taʼlim muassasasi aholi ixtiyoriga topshirildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarda turli maqsadlarda xorijga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qisqa satrlarimizda bu borada qilinayotgan ishlar bilan tanishamiz.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toʻra Bobolov boshchiligida tuman masʼullari har kuni xorijdagi migrantlar bilan muloqotlar uyushtirmoqda.

Toshkent tumani. 4 soat davom etgan muloqotda koʻplab xorijdagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Parkent tumani. 1000 dollardan kam daromad topayotgan migrantlarni tumanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Angren shahar. Rossiya Federatsiyasidagi angrenlik yoshlar bilan oʻtkazilgan onlayn muloqotda ularni qiynayotgan muammolariga yechim izlandi.

Bekobod shahar. Hududdagi 1 910 nafar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning daromadi oʻrganilayapti.

Chinoz tumani. Alisher Navoiy va “Xoʻja” MFY da yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolarni oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, oilaviy tadbirkorliklarini boshlashlariga imkon yaratilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda. Ularga tumandagi boʻsh ish oʻrinlari va yuqori oylik maoshi toʻlanadigan korxonalar taklifi berilmoqda.

Nurafshon shahri. Masʼullar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan xonadonma - xonadon yurib, yaqinlari orqali muloqotlar olib bormoqda.

Piskent tumani. Har kuni o`tkazilayotgan muloqotlarda mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning takliflari, murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Qibray tumani. Muloqotlar mahallalar kesimida kunlik tashkil etilmoqda. Muammolarini hal etish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM