Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
2.69K subscribers
58.8K photos
4.15K videos
32 files
13.3K links
Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi!
https://bekobodsh.uz/
Download Telegram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#ochiq_dars

🌟 Maʼrifat bu-zamonaviy taʼlim yordamida oʻquvchining bilim va ongini oshirish.Oʻz faoliyatini bu ishga bagʻishlagan jadid bobomiz Munavvarqori Abdurashidxonov oʻzi yozgan ,,Oʻqish kitobiʼʼ orqali taʼlim-tarbiyani uygʻunlashtirishga umummilliy masala sifatida yondashgan.

🌟 Ushbu gʻoyaning amaliy roʻyobi 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi R.Primqulovaning 3-,,Aʼʼ sinfida ,,Oʻqishʼʼ fanidan ,,Takrorlashʼʼ mavzusida oʻtgan ochiq darsida amalga oshirildi.

🌟 Oʻqituvchi darsida kitobxonlik, jonajon ona tilimiz va ona tabiatimizga muhabbat tuygʻulari hamda sharqona odob-ahloq qoidalarini oʻquvchilar oʻngiga oʻnga yaqin zamonaviy qiziqarli pedagogik usullar orqali singdirdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#ochiq_dars

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ,,5 ta muhim tashabbus ʼʼ ilgari surilgan.Ushbu tashabbusning birinchisi sifatida oʻquvchilarni rassomlik sanʼatiga qiziqtirish ham koʻrsatib oʻtilgan.

🌟 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining rasm va chizmachilik fanlari oʻqituvchisi N.Alishboyeva 2-,,Bʼʼ sinfida oʻtkazgan ,,Tabiat manzarasiʼʼ mavzusidagi ochiq darsida harakatli zamonaviy oʻzaro faol usullardan foydalangan holda qiziqarli dars tashkil qildi.

⚡️Oʻqituvchi darsida oʻquvchilarning rang tasvir va dizaynerlik sanʼatiga qiziqishlarini uygʻotgan holda, ularning estetik didini shakllantirish orqali nafosat tarbiyasiga asosiy eʼtiborni qaratdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#jaholatga_qarshi_maʼrifat

🌟 Bekobod shahar 1- sektorga qarashli ,,Yangi hayotʼʼ MFY hududidagi 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 19- aprel kuni hamkor tashkilotlar ishtirokida ,,Bir jaholatga oʻn maʼrifat bilanʼʼ mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

🌟 Tadbirda sharqona odob-ahloq qoidalari, ota-onalik va farzandlik burchlari, vayronkor gʻoyalar va unga qarshi kurashish usuli sifatida xizmat qiluvchi kitob mutoalasi haqida soʻz yuritildi.

⚡️9-10-11- sinf oʻqivchilarini qamrab olgan tadbirda mahalla imomi E.Shokirov, mahalla otinoyisi R.Muydinova, mahalla xotin-qizlar faoli M.Muhammadiyeva va 99342- harbiy qism serjandi M.Xoljigitovlar ishtirok etishdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#yashil_kelajak_loyixasi

🍀 Bugun barchamizni, butun el-yurtimizni ,,Yangi Oʻzbekiston-yashil makonda birga yashaylikʼʼ dagan ezgu gʻoya yagona maqsad sari birlashtirmoqda.

🍀🌱 Joriy yilning 20- aprel kuni Bekobod shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi hodimlari ham Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ,,Yashil kelajakʼʼ loyihasida faol ishtirok etishib, qora chinor va sapfora kabi manzarali daraxtlarni ekishda ishtirok etishdi.

💐🌺 Zotan dono xalqimizda ,,Yaxshidan bogʻ qoladiʼʼ degan purmaʼno hikmat bor

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#til_aloqa_vositasi

🌟Joriy yilning 23- aprel kuni 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Ravshanova Shaxlo 2- ,,Aʼʼ sinfida ,,Ona tiliʼʼ fanidan ,,Jahon tillariʼʼ mavzusida oʻzaro faol usullarga asoslangan noanʼanaviy dars oʻtdi.

🌟 Darsda jahon xalqlari tillari nomlari bilan ataluvchi toʻrtta kichik guruhlar faollashtiruvchi mashqlar orqali musobaqalashishdi.Darsda guruhlar ,,Moychechak guliʼʼ usuli, ,,Rasmlar asosida gap tuzish ʼʼ mashqlarini bajarib, ,,Dunyo tillari daraxtiʼʼ usulidan foydalangan holda mevalardagi savollarga lugʻatlar asosida javob berishdi.

⚡️Jahon tillariaro integratsiyalashtirilgan taʼlim- tarbiyani umumlashtiruvchi ochiq darsda jonajon Ona tilimizning ulugʻvorligiga yana bir bor eʼtibor qaratildi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#til_millat_koʻrki

🌟Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.1- sinfdan ona tili fanini oʻqitishni samarali olib borish oʻquvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning omili hisoblanadi.

🌟Joriy yilning 2-may kuni 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulirayxona Djalilova ona tili fanidan 1-A sinfida ,, Shaxs - narsa belgisiʼʼ mavzusida oʻzaro faol usullarda noʼananaviy dars oʻtdi.

⚡️Darsda tez aytish va topishmoqlar orqali kichik guruhlar bellashib, ona tilimizning betakror jozibasini koʻrsatib berdilar.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#huquqiy_tarbiya

🌟 Joriy yilning 3-may kuni 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Ortigʻali Xakimov 10- A sinfida ,, Huquqshunoslik ʼʼ fanidan ,, Jinoyat huquqi tushunchasi ʼʼ mavzusida taʼlim - tarbiya jarayonini umumlashtiruvchi munozara darsini oʻtkazdi.

⚡️Oʻqituvchi ochiq darsida yangi tahrirdagi Asosiy qonunimiz orqali oʻquvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#xotira_va_qadrlash_kuni

🇺🇿 Joriy yilning 7- may kuni Bekobod shahar 1- sektorga qarashli,,Yangi hayotʼʼ MFY hududida joylashgan 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabida ,,9- may Xotira va qadrlash kuni ʼʼ ga bagʻishlab ,,Xotira bor ekan - millat barhayotʼʼ mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🌟 Tadbirda oʻquvchilar buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlab oʻzlari yozgan sheʼrlarini aytib bergan boʻlsalar, maktabga tashrif buyurgan mehmonlar Ikkinchi jahon urushining gʻalabasiga oʻzbek xalqini qoʻshgan xissasi va mehnat jasorati toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

🌟Maktab kutubxonachisi N.Djalilova tadbir ishtirokchilariga ,,Gʻalaba bogʻiʼʼ kitobining taqdimotini oʻtkazdi.

🌟Tadbirda mahalla nuroniylari, afgʻon urushi qatnashchilari va 99342- sonli harbiy qism vakillari ishtirok etishdi.

⚡️Tadbir soʻngida maktab bitiruvchilari mehmonlarga bayram qutlovi sifatida ,,Sharafʼʼ lentalarini taqib qoʻyishdi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahri
#millat_oydinlari

🌟18- umumiy oʻrta taʼlim maktabini 8- ,,Aʼʼ sinf oʻquvchisi Shamshimamatova Sarvarabonuning jadid bobolarimiz shonli xotirasiga bagʻishlab yozgan,,Jadid bobolarimiz ʼʼ sheʼri.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram