Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
2.68K subscribers
58.8K photos
4.15K videos
32 files
13.3K links
Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi!
https://bekobodsh.uz/
Download Telegram
#navbatdagi_qabul

Bugungi qabul Bekobod shahar hokimi o'rinbosari A.Dadabayev raisligida korxona-tashkilot rahbarlari hamda mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda navbatdagi "Fuqarolar qabuli" bo‘lib o‘tdi.

📌Qabul jarayonida fuqarolar o‘zlaridagi mavjud masala va muammolar yuzasidan shahar hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilidilar.

📌Mazkur qabulda ishtirok etgan fuqarolarning murojaatlari atroflicha sinchkovlik bilan o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan muammolar yechimi bo'yicha amaliy choralar ko'rildi. Masalalar yechimi bo'yicha muddat talab qiladigan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.


📌O‘tkazilgan fuqarolar qabulida uy-joyni ta’mirlash, tibbiy ko'mak, banklardan kredit olish, ish bilan band qilish, qurilish va boshqa  masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BEKOBOD SHAHRI_AYOLLAR MA'RIFAT KUNI DOIRASIDAGI MA'RIFIY TADBIR_19.02.2024

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BEKOBOD SHAHRI_UNIVERSITETLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA_19.02.2024

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
#ochiq_dars

📚Buhun, Bekobod shahar 8-umumiy urta ta’lim maktabida boshlang'ich ta’lim o'qituvchisi Mamatova Muazzam 2-"B" sinf o'quvchilari bilan "Qatag'on qurbonlarining xotiralari" mavzusida ochiq dars o'tdi.

📍Maqsad qatag'onga uchragan jadidchilarimizni, ularning qoldirgan ma’naviy meroslarini bilish va e’zozlashdan iboratdir.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Bugun shahrimizning 2-sektor hududida joylashgan 7-umymiy o'rta ta'lim maktabida "Biz farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik" shiori ostida ota -onalar yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda Bekobod shahar prokurori 2- sektor rahbari B.Ilyasov, "Samarqand" MFY raisi Z.Qurbonaliyev, milliy gvardiya va IIB xodimlari qatnashishdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2024 -yil 5-fevraldagi ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar ijrosiga bag'ishlangan videoselektrda ta'lim sohasidagi ustuvor vazifalar, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgutdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining odob axloq qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 282-sonli buyrug'i hamda o'quvchilarning davomati  mavzularida  suhbat olib borildi.

Yig'ilish yakunida a'lo o'qishi va namunali xulqli bilan o'rnak ko'rsatgan o'quvchilarning ota-onalariga maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#jarayon

❄️Ayni damda Bekobod shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda YPH xodimlari bilan hamkorlikda shahrimiz markaziy yo'llarida maxsus texnika vositalari yordamida qorlar va muzlamalar tozalanib qum va tuz aralalshmalari sepish ishlarini davom etmoqda

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram