Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
2.68K subscribers
60.4K photos
4.26K videos
32 files
13.7K links
Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi!
https://bekobodsh.uz/
Download Telegram
#inson_qadri_uchun

❄️Bugun shahrimizda faoliyat olib borayotgan Boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlari erta bilan o'zlariga biriktirilgan hududlarning ko'pqavatli uylarga kirish yo'laklarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida qor va muzlamarni tozalab qum va tuz aralashmasi sepish ishlarini amalga oshirishmoqda.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#tezkor_xabar 

🎤🚑🚒🚐🚌 Ob-havoning keskin sovib ketishi hamda aholi xonadonlarida tabiiy gazga bo'lgan ehtiyojning keskin oshib ketishi munosabati bilan AYQSH (Газозаправка) larda cheklovlar e'lon qilingan. 

🎤🚑🚒🚐🚌 Lekin shahar aholisiga xizmatlar ko'rsatishni tizimli davom ettirish maqsadida  Bekobod shahar hokimligi avtobuslar,  "Tez tibbiy yordam" avtomobillari, FVB Yong'in havfzizligi bo'limi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi avtotransport vositalariga 2024-yil 19-fevral kuni soat 14 00 dan 16 00 ga qadar Bekobod-Zafar yo'nalishi "Buyuk Ipak Yo'li" ko'chasidagi ( ГАИ нинг ёнидаги ) AYQSH da gaz quyilishini bildiradi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган мурожаат бўйича, РАСМИЙ МУНОСАБАТ!

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” АЖ Бекобод шаҳар филиалнинг масъул ходимлари ва носозликни бартараф этиш гуруҳи томонидан мазкур муаммо ўрганилиб, бартараф этилди.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” АЖ матбуот хизмати
🔰 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ‘Yong’inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong’in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2023-yil 4-avgustdagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Yong’indan ogoxlik” umummilliy kompaniyalari haqida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 26-avgustdagi 360-son farmoyishi ya'ni Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023/2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha qabul qilingan farmoyishlar ijrosini ta’minlash, is gazidan zaharlanishni oldini olish va yong‘in xavfsizligiga rioya qilinishini nazorat qilish maqsadida joylarda profilatik tadbirlar olib borilmoqda.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#bildirish

⚡️DIQQAT EʼLON!

🔹Hurmatli Bekobod shahri fuqarolari joriy yil  20-fevral kuni shaharimizning "Madaniyat"  mahallasida soat: 14:00 2-sektor rahbari Bekobod shahar prokurori B.Ilyasovning sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

📍Manzil: Bekobod shahri, "Madaniyat" MFY binosi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Қибрай туманида “Майнинг ферма” ташкил этган хонадон аниқланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Қибрай туман бўлими, ДХХ ва ИИБ ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро Ж.Р. ва бошқалар қонунга хилоф равишда майнинг фаолияти билан шуғулланиб келиб, тумандаги “Нуробод” МФЙ ҳудудидаги хонадонда 2 та тўпламдаги майнинг крипто-активлари қурилмаларини умумий фойдаланишдаги электр тармоғига тижорат мақсадида улаб, давлат ва жамият  манфаатларига 685,9 млн сўм зарар етказганликлари аниқланган.

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 169-моддаси (ўғрилик) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

👉@bekobodbugun
#bildirish

💡Bekobod shahar elektr ta’minoti shuni ma’lum qiladiki, energotizimda yuklama ortib ketganligi sababli avariya holatini oldini olish va chastota tushib ketishini oldini olish maqsadida 35 kV Л-Ц-2 elektr tarmog’iga cheklov kiritilganligi sababli shahrimizning 3-daha, 5-daha, Sementchi MFY, Q.Farmonov MFY, Madaniyat MFY, Ma’rifat MFY, Birdamlik MFY, Shova MFY, X.Olimjon MFY, Taraqqiyot MFY hududlarida elektr ta’minoti 2 soatga to’xtatildi!

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#inson_qadri

🚌 🚎 🚌 🚎  Bekobod shahar aholisiga noqulay ob-havo kunlarida qulayliklar yaratish,  20-22 fevral kunlari ertalab soat 06 30 dan boshlab, kun davomida, quyidagi maxsus ishlab chiqilgan jadval asosida ish joylari va manzillariga o‘z vaqtida,  xavotirsiz hamda bepul yetib olishlarini ta'minlash maqsadida Bekobod sektor rahbarlari tashabbusi bilan "O‘zmetkombinat"  AJ tomonidan 4 ta avtobus ajratilganligini e'lon qilamiz.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram