BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
195 subscribers
6.53K photos
1.21K videos
156 files
3.75K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa...

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YATTlarga – BHMning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 175-modda 2-qismi

Ilgari bunday huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan ma’muriy javobgarlik bilan bir qatorda moliyaviy sanksiyalar ham nazarda tutilgan edi. Prezident Farmoniga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan ushbu moliyaviy sanksiyalar bekor qilindi. (PF-6307 07.09.2021-yil)

Qanday hollarda soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatiladi?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddat tugaganidan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
👉Soliq kodeksi 111-modda uchinchi qismi 1-bandi

Qanday hollarda soliq to'lovchilar soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi?

Mazkur huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilganda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.
👉 Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasi 11-bandi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram