BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
200 subscribers
6.52K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#soliq_hisobotlari

JShShODS hisobotida yangi ustunlar

🔄Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotining 5-ilovadasiga ikkita ustun qo‘shildi:
▫️“Ish o‘rni tashkil qilingan sana” - 4-ustun
▫️“Ish o‘rni” - 10-ustun.

4-ustun “Ish o‘rni tashkil qilingan sana”:
🔸agar ish o‘rni 2022-yil 1-yanvargacha tashkil qilingan bo‘lsa “01.01.2022-yil” sanasi ko‘rsatiladi;
🔸agar ish o‘rni joriy yilda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil qilingan sana ko‘rsatiladi.

10-ustun - “Ish o‘rni”:
🔸agar xodim joriy yil boshidan doimiy ishlayotgan bo‘lsa “1” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim 01.01.2022 yil holatiga mavjud bo‘lgan vakant lavozim hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “2” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda yangi yaratilgan ish o‘rni hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “3” raqami qo‘yiladi;
🔸agar xodim joriy yilda mavsumiy ish o‘rini hisobiga qabul qilingan bo‘lsa “4” raqami qo‘yiladi.

❗️Mazkur ustunlar majburiy ustunlar hisoblanadi, ular to‘ldirilmagan taqdirda hisobot yuborish imkoniyati cheklanadi.
___________
#налоговая_отчетность

Новые графы в отчетности по НДФЛ

🔄В Приложении №5 к Расчету налога на доходы физических лиц и социального налога обновлены:
▫️графа 4 «Дата создания рабочего места»;
▫️графа 10 «Рабочее место».

В графе 4 «Дата создания рабочего места»
:

🔸если рабочее место создано до 1 января 2022 года, укажите дату 01.01.2022 год;
🔸если рабочее место создано в этом году, укажите точную дату создания.

В графе 10 «Рабочее место»:

🔸если сотрудник работал на постоянной основе с начала года, укажите цифру 1;
🔸если сотрудник принят на вакантное место по состоянию на 01.01.2022 года, укажите цифру 2;
🔸если сотрудник занял вновь созданное в этом году рабочее место, укажите цифру 3;
🔸если сотрудник в этом году занял сезонное рабочее место, укажите цифру 4.

❗️Заполнение этих граф является обязательным. Если они не заполнены, отправка отчетности будет ограничена.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_hisobotlari

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti to‘ldirildi

“Aylanmadan olinadigan
soliq hisob-kitobi” (paket kodi - 10104_27) ilovasiga 2 ta ustun qo‘shildi:

▫️Elektron tijorat
▫️Turizm hududida xizmat ko‘rsatish faoliyati

Mazkur ustun ko‘rsatkichlari 4-ilova “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi”ga asosan avtomat to’ldiriladi.

Bunda elektron tijorat bilan shug‘illanuvchi soliq to‘lovchilarga Elektron tijorat milliy reestriga kirish majburiyati bekor bo‘ldi.

Yangi 4-ilova – “Ayrim daromad turlari bo‘yicha soliq stavkasi va soliq bazasiga tuzatish kiritish hisob-kitob ma’lumotnomasi” quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
010-satr - Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi mustaqil to‘ldiriladi;
020-satr - Turizm hududida umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining jami summasi. Mazkur satr summasi 0201-satr va 0202-satr yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
0201-satr - joriy soliq davrining I-choragida soliq solinadigan jami daromad (mart oyi hisob-kitobining 050-satri) mustaqil to‘ldiriladi.
0202-satr - faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari Mazkur satr summasi 02021-satr va 02026-satr - yig‘indisini jamlagan holda avtomat to‘ldiriladi;
02021-satr - Mehmonxona (joylashtirish) xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02022-satr - Savdo xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02023-satr - Umumiyovqatlanish xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02024-satr - Ko‘ngilochar xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02025-satr - Turoperator xizmati mustaqil to‘ldiriladi;
02026-satr - Turagent xizmati mustaqil to‘ldiriladi.

010-satri raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi;

0201, 02021-02026-satrlarida 27.01.2022-yildagi PQ-104-son qaror bilan belgilangan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2022-yil 1-apreldan keyingi daromadlari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, AOS hisobotining “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” 2-ilovasiga qo‘lda to‘ldiriladigan quyidagi ustunlar qo‘shildi:
0208-satr - moliyaviy ijara (lizing) ob’ektining qiymati mustafil to‘ldiriladi.
0209-satr - ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga berilgan tovarlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.
0210-satr - O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar mustaqil to‘ldiriladi.
0211-satr - Yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar (xizmatlar) summasi mustaqil to‘ldiriladi.

📹Aylanmadan olinadigan soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram