BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
206 subscribers
6.33K photos
1.16K videos
151 files
3.61K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
​​TheDailyuz online biznes jurnali 2020-yil yakuni bo'yicha o'z nominatsiyalarini e'lon qiladi.

🏆 Yilning eng ko'p hayriya qilgan insoni: Bill Gates
— Yil boshidan boshlab Bill Gates 4,5 mlrd dollarlik miqdorda hayriya ishlarini amalga oshirdi. Shuningdek u Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish va unga qarshi vaksina yaratish uchun 460 mln dollarlik yana bir hayriya jamg'armasini ham tuzdi. Bill Gates bu ishlari 2020-yili Dunyoning eng sahiy hayriya jamg'armasi uyushtirgan va amalga oshirgan insonga aylandi.

🏆 O'zbekistonning Yil muhokamasi: UzAutoMotors
— UzAutoMotors avtomobillari kamchiliklari va nuqsonlari, narxlarining keskin oshib ketishi, Bloger va ba'zi Deputatlar bilan bo'lgan salbiy munosabatlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi bo'lgan sud, UzAutoMotors kompaniyasiga #StopUzAuto heshtegini olib berdi. Lekin haligacha o'zgarish yo'q.

🏆 Yil Kompaniyasi: Amazon
— Amazon kompaniyasining bahosi 1,6 trln dollardan oshib ketdi. Shuningdek kompaniya aksiyalari yil boshidan beri 75 foizga o'sdi. Kompaniya asoschisi Jeff Bezosning boyligi esa 200 mlrd dollardan oshdi. Shuningdek u bir kunda 13 mlrd dollar topgani rekord bo'ldi.

🏆 Yil ijtimoiy tarmog'i: TikTok
— Yilning eng ko'p yuklab olingan ijtimoiy tarmog'i bu - TikTok albatta. TikTok hozirgi kunga qadar 3 mlrdga yetdi va bu yuklanishlar uchun atiga 2 yil-u 10 oy kerak bo'ldi. Va yuklanishlarning 300 mlndan ortig'i Xitoy aholisiga tegishli.

🏆 O'zbekistonga eng ko'p moddiy yordam bergan inson: Alisher Usmonov
— Alisher Usmonov Yil boshidan beri 2,5 mlrd so'm Andijonlik 1000 nafar oilaga moddiy yordam ko'rsatdi, Koronavirus pandemiyasining boshlang'ich davrida O'zbekistonga 20 mln dollar miqdorida yordam ko'rsatdi. Bundan tashqari Sardoba suv omborining bevaqt talofati davrida ham O'zbekiston va Qozog'istonga 15 mln dollarlik o'zining yordamini berdi.

👉 @TheDailyuz#TheFakt