Behruz Reader
141 subscribers
189 photos
36 videos
74 files
318 links
Bu yerda mendan boshqa hech narsa yoʻq

Mening chalkash fikrlarim va sizni har qanday sohada qiziq maʼlumotlar bilan xursand qila olaman lekin sizga yoqmasligi ham mumkin!

Dinimsiz - tinimsiz mehnat qilsam ham hech narsaga erisha olmayman
Download Telegram
Menimça özbek alifbosidagi yangi harflardan foydalanişni boşlaşimiz lozim.

Çunki bu biz uçun endi qadriyatga aylanişi kerak bölgan odatdir.

Menga buni doimo yodda saqlash uçun esa Najot Taʼlim telegram kanali yordam beradi. Ular allaqaçon bu taşabbusni boshlab yuborishgan edi.

Tanqid: hatto taʼlim vazirligining öz rasmiy sahifalari ham eski özbek alifbosidagi harflardan foydalanib kelişyapti. Şunday ekan, hozirdan boşlash kerak. Töğri qiyin böladi ammo boşlang,

Özbekistonliklar.
❤2🔥1
Turmuş — 20 ming soat suhbat degani.

Eng muhim qaror şu — kimga qayta va qayta gapirişimizni tanlaşimiz va u odam buni qançalik eşita olişi.

Nietzsçe aytganidek, söralişi kerak bölgani:

“Qariganimda ham şu odam bilan yaxşi suhbatlar qura olamanmi?”


Jerar Filip ham turmuşga bir juda çiroyli sifat bergan edi:

“Turmuş — bu davomiy suhbat.”


Yana qayerdadir shu satrlarni öqigandim:

“Vafot etişidan 2 yilça avval Rolan menga şunday degan edi: «Ey Xudo, biz sen bilan 25 yil yaşabmiz-ku, men esa sen bilan hali töyib suhbatlaşişga ulgurmadim».”


Tasavvur qilyapsizmi, bu qanday baxt, inson siz bilan butun umri davomida suhbatlaşib, lekin baribir hali suhbatingizga toöymasa?

Qayta va qayta gapirişdan çarçamaydiganingiz, sizni ham qayta va qayta eşitişdan toliqmaydigan va albatta, butun umri davomida ham suhbatingizga töymaydigan insonni tanlang!
❤3❤‍🔥3🔥3
Yur, qölimdan tut, desam, yugurib köçaga çiqa olasanmi?

Yöq, sen avval pardozingni sozlaysan, jozibador kiyim, eng nozik iforli parfyumni qidirasan.

Çunki sen hammasining ideal bölişini istaysan.

Va afsuski, mana şu ideallikni yarataman deb, uzun va mazmunli sayrdan quruq qolasan.

Odamzod heç qaçon heç narsaga tayyor his qilmaydi özini. Va bu aslida öta gözal hodisa.

Axir nomukammallik kişidagi uyaliş, hayajon, qörquv, hadik, beg‘uborlik kabi sof sifatlarni aks ettiradi-ku?!

Hayot bizni katta qilib qöyişini, biror bir qadam taşlaş uçun mukammal bölişimizni kutmaylik.

Aksinça, yöl davomida ulg‘ayişdan, vaqt ötgan sari komillikka yaqinlaşib borişdan umid qilaylik.

Mana şu yölda haqiqiy halovat bor.
❤7💯3
Döstlar biz uçun baribir döst.

Döstim men doim sizga döstman.

Özingizni ehtiyot qiling, döstim
❤3
Baxtli hayot sari
❤5❤‍🔥4
Mavlono naqadar gözal aytgan:

Özingga qara, özingga...
Özingning özliginga, sözingga, nafsinga e'tibor ber, heç kim bilan işing bölmasin..

Kim nima yebdi, nima kiyibdi — bundan senga nima naf! Sen özingni ilm, sevgi va Şafqat bilan oziqlantir. Faqat Şundagina inson bölish fazilatiga erişasan...
❤‍🔥4❤4
Haqiqiy yaqinlik

Imom Ahmad aytadilar: “Mening bir yilda bir marta köradigan birodarlarim bor. Ularga har kuni köradiganlarimdan köra köproq işonaman”.
❤‍🔥5❤3🔥3
Kimni sevasan?

Oʻzimni

Kimdan nafratlanasan?

Oʻzimdan

Ajoyib
💔11❤‍🔥4❤2💯1
Remark - Zafar Darvozasi

Buyuk asarlar yozish uchun buyuk iztiroblarni boshdan kechirish kerak deyishadi. Men bu gapga uncha qo‘shilmas edim. Ammo adabiyotga qancha chuqurroq kirganim sayin, yuqoridagi fikrning haqiqat ekanligini anglayapman. Erix Mariya Remarkning "Zafar darvozasi" kitobini yakunlab, kitobni yoparkanman, yozuvchi bu asarni siyoh bilan emas, o‘z iztiroblari bilan yozganini his qildim.

Bu kitobni o‘qish xuddi kuzgi yomg‘ir ostida, Parijning chala yoritilgan ko‘chalarida yolg‘iz sayr qilishga o‘xshaydi. Sovuq, rutubatli, ammo odamga g‘alati bir huzur bag‘ishlaydi.

Asar qahramoni Ravik... Boshpana izlab yurgan nemis jarrohi. U o‘zligini, vatanini va ismini yo‘qotgan, go'yoki "arvoh". U Parijda noqonuniy yashaydi, yashirincha operatsiyalar qilib odamlar hayotini saqlab qoladi, lekin o‘z hayotini qutqara olmaydi. Uning eng yaqin "do‘sti" Kalvados (men uchun yangilik bo'lgan ichimlik) va mehmonxonaning sovuq devorlari. Ravik shunday odamki, u umid qilishdan charchagan. Chunki umid aldaydi, umid insonga og‘riq beradi.

Ravikning nursiz, rangsiz hayotiga to'satdan Joan Madu kirib keladi va hammasi birdan o'zgarib ketadi.

Ularning sevgisi biz o‘rgangan "Layli va Majnun" yoki "Romeo va Julyetta" kabi emas. Bu ertaga urush boshlanishini bilib turgan, jar yoqasida turgan ikki insonning bir-biriga jon-jahdi bilan intilishi edi. Ular bir-birini azoblaydi, tushunmaydi, ketishadi va yana qaytishadi. Remark bu munosabatlarni shunday tasvirlaydiki, kitobni o'qish davomida sevgining naqadar murakkab va ayni paytda oddiy ekanligini tushunasiz.

Asarni o‘qish davomida meni eng ta’sirlantirgan narsa bu Ravikdagi sabr-matonat bo‘ldi (Remark qahramonlarining ko'pi shunday, ular eng qiyin holatga tushib qolganda ham aslo orta qaytmaydi. Natijasidan qat'iy nazar hayot bilan kurashaverishadi. Patni, Lilianni, Bomerni eslang). U hamma narsasidan ayrilgan. Sevgan ayolidan, do‘stlaridan, vatanidan. Lekin u baribir "Zafar darvozasi" oldida mardonavor turadi. Uning g‘alabasi nimada edi? Uning g‘alabasi shuncha zulm va tubanliklar ichida ham INSON bo‘lib qola olganida edi.

Ravik obrazi menga hatto eng dahshatli holatlarda ham yashashga kuch topish mumkin ekanligini o'rgatdi. Faqat buning uchun hech narsani kutmaslik, umidvor bo'lmasdan shunchaki yashash kerak.

Agar siz hayotdan charchagan bo‘lsangiz, muammolar girdobida qolganingizni his qilsangiz, bu asarni o‘qing

Inson boʻlib qoling
❤3🔥2☃1
Rafiqasi bo‘la turib, o‘tmishdagi sevgan qizining qabriga har kuni gul olib borish sizningcha, nima deb ataladi? 💔

Sadoqatning soʻngi manzili
💔5❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💔3☃2😁2❤1
Behruz Reader
Rafiqasi bo‘la turib, o‘tmishdagi sevgan qizining qabriga har kuni gul olib borish sizningcha, nima deb ataladi? 💔 Sadoqatning soʻngi manzili
Davosiz dard çunki bu insonning sevgisiga darmon böladigan inson bu yoruğ olamda yöq va şu nom eng nodiri bölsa kerak
💔5❤2👻1
Uyqudan oldingi reja


Bir neça kunlardan beri sinab köryapman. Agar biz uxlaşdan oldin, keyingi kun uchun aniq reja tuzib uxlasak, ertasi kuni tongda 6 soatlik uyqu bilan energiyaga töla uyğonishimiz ham mumkin ekan.

Sababi juda oddiy, agar miyamiz uçun uyqudan ham kuchliroq hohiş bölsa, u uyqudan voz keçadi va sizga örningizdan turish uchun tösqinlik qilmaydi.

Misol uçun ota-onamizmi olaylik, ular uçun şu darajada muhim işlar bor, uyqu yoki uxlaş uçun bölgan hohiş ularni körpa tagida olib qololmaydi.

Şuning uçun keçqurun aniq reja tuzing va agar reja bajarilmaydigan bölsa (uyqu sababli) miya uçun azob bering. Qisqasi, miya uyquni emas, sizning maqsadlaringizga xizmat qilsin
🔥6❤3☃2❤‍🔥2
Bek Olimjon aka aytyapti: Hayotimda oltita muhim qismlar bor ammo 5 tasini sabab ötganlar

1. Faith — E'tiqod va iymon.
2. Family — Oila.
3. Fitness — Salomatlik va jismoniy holat.
4. Freedom — Erkinlik (vaqt va faoliyat erkinligi).
5. Friends — Döstlar va ijtimoiy muhit.


Köpçilik bu qismlarning örnini yöqotib qöyadi va "hayotimdagi eng katta xatoni qildim" - deb afsuslanib yuradi. Şuning uçun birinçi iymon masalasi keyin oila va soğliq va undan keyin Pulni/Erkinlikni öylash kerak.

Döstim, tartib bilan erishishga harakat qiling. Birini deb boshqasini yöqotmang

https://youtu.be/uG6-4v8WkYA?si=VlL2u24WQ_5TFsSY
🔥2❤1💯1
Siz bekorga sarflayotgan vaqt va pul sizning umringizdan emas, ota-onangiz, bobo-buvingiz balki bolangizni (tuğilmagan) umridan ham sarflanyapti.

Şuning uçun vaqtni va pulni nimaga sarf qilayotganigizga qarang.


https://youtu.be/uG6-4v8WkYA?si=VlL2u24WQ_5TFsSY

......
❤2🔥2
AI - ❌ Artificial Intelligence
SI - ✅ Super Intelligence
😁10
Bugun 10 bet kitob öqiyman deb 15 bet öqib yuboribman.
😁15❤2
Forwarded from 365 days without you
Brown things are very beautiful, like coffee and her eyes.
❤7❤‍🔥3
Nimani koʻproq hohlaysan?

1. Intizom bilan ibodat qilishni
2. Oilam bilan yetarliça vaqt ötkaza olishni
3. Jismoniy jihatdan çidamli bölishni
4. 35 yoshimgacha moliyaviy mustaqil bölishni
5. Döstlar bilan dam olishlarga vaqt topa olişni
6. Tanlaganimni özimni ayolim qilishni


Qisqasi - Jamiyatda har tomonlama namuna böladigan erkak bölishni hohlayman.


Töğri bu oson emas, ammo qiyin ham emas.
🔥4❤3