Behruz Reader
141 subscribers
189 photos
36 videos
74 files
317 links
Bu yerda mendan boshqa hech narsa yoʻq

Mening chalkash fikrlarim va sizni har qanday sohada qiziq maʼlumotlar bilan xursand qila olaman lekin sizga yoqmasligi ham mumkin!

Dinimsiz - tinimsiz mehnat qilsam ham hech narsaga erisha olmayman
Download Telegram
Remark - Zafar Darvozasi

Buyuk asarlar yozish uchun buyuk iztiroblarni boshdan kechirish kerak deyishadi. Men bu gapga uncha qo‘shilmas edim. Ammo adabiyotga qancha chuqurroq kirganim sayin, yuqoridagi fikrning haqiqat ekanligini anglayapman. Erix Mariya Remarkning "Zafar darvozasi" kitobini yakunlab, kitobni yoparkanman, yozuvchi bu asarni siyoh bilan emas, o‘z iztiroblari bilan yozganini his qildim.

Bu kitobni o‘qish xuddi kuzgi yomg‘ir ostida, Parijning chala yoritilgan ko‘chalarida yolg‘iz sayr qilishga o‘xshaydi. Sovuq, rutubatli, ammo odamga g‘alati bir huzur bag‘ishlaydi.

Asar qahramoni Ravik... Boshpana izlab yurgan nemis jarrohi. U o‘zligini, vatanini va ismini yo‘qotgan, go'yoki "arvoh". U Parijda noqonuniy yashaydi, yashirincha operatsiyalar qilib odamlar hayotini saqlab qoladi, lekin o‘z hayotini qutqara olmaydi. Uning eng yaqin "do‘sti" Kalvados (men uchun yangilik bo'lgan ichimlik) va mehmonxonaning sovuq devorlari. Ravik shunday odamki, u umid qilishdan charchagan. Chunki umid aldaydi, umid insonga og‘riq beradi.

Ravikning nursiz, rangsiz hayotiga to'satdan Joan Madu kirib keladi va hammasi birdan o'zgarib ketadi.

Ularning sevgisi biz o‘rgangan "Layli va Majnun" yoki "Romeo va Julyetta" kabi emas. Bu ertaga urush boshlanishini bilib turgan, jar yoqasida turgan ikki insonning bir-biriga jon-jahdi bilan intilishi edi. Ular bir-birini azoblaydi, tushunmaydi, ketishadi va yana qaytishadi. Remark bu munosabatlarni shunday tasvirlaydiki, kitobni o'qish davomida sevgining naqadar murakkab va ayni paytda oddiy ekanligini tushunasiz.

Asarni o‘qish davomida meni eng ta’sirlantirgan narsa bu Ravikdagi sabr-matonat bo‘ldi (Remark qahramonlarining ko'pi shunday, ular eng qiyin holatga tushib qolganda ham aslo orta qaytmaydi. Natijasidan qat'iy nazar hayot bilan kurashaverishadi. Patni, Lilianni, Bomerni eslang). U hamma narsasidan ayrilgan. Sevgan ayolidan, do‘stlaridan, vatanidan. Lekin u baribir "Zafar darvozasi" oldida mardonavor turadi. Uning g‘alabasi nimada edi? Uning g‘alabasi shuncha zulm va tubanliklar ichida ham INSON bo‘lib qola olganida edi.

Ravik obrazi menga hatto eng dahshatli holatlarda ham yashashga kuch topish mumkin ekanligini o'rgatdi. Faqat buning uchun hech narsani kutmaslik, umidvor bo'lmasdan shunchaki yashash kerak.

Agar siz hayotdan charchagan bo‘lsangiz, muammolar girdobida qolganingizni his qilsangiz, bu asarni o‘qing

Inson boʻlib qoling
❤3🔥2☃1
Rafiqasi bo‘la turib, o‘tmishdagi sevgan qizining qabriga har kuni gul olib borish sizningcha, nima deb ataladi? 💔

Sadoqatning soʻngi manzili
💔5❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💔3☃2😁2❤1
Behruz Reader
Rafiqasi bo‘la turib, o‘tmishdagi sevgan qizining qabriga har kuni gul olib borish sizningcha, nima deb ataladi? 💔 Sadoqatning soʻngi manzili
Davosiz dard çunki bu insonning sevgisiga darmon böladigan inson bu yoruğ olamda yöq va şu nom eng nodiri bölsa kerak
💔4❤2👻1
Uyqudan oldingi reja


Bir neça kunlardan beri sinab köryapman. Agar biz uxlaşdan oldin, keyingi kun uchun aniq reja tuzib uxlasak, ertasi kuni tongda 6 soatlik uyqu bilan energiyaga töla uyğonishimiz ham mumkin ekan.

Sababi juda oddiy, agar miyamiz uçun uyqudan ham kuchliroq hohiş bölsa, u uyqudan voz keçadi va sizga örningizdan turish uchun tösqinlik qilmaydi.

Misol uçun ota-onamizmi olaylik, ular uçun şu darajada muhim işlar bor, uyqu yoki uxlaş uçun bölgan hohiş ularni körpa tagida olib qololmaydi.

Şuning uçun keçqurun aniq reja tuzing va agar reja bajarilmaydigan bölsa (uyqu sababli) miya uçun azob bering. Qisqasi, miya uyquni emas, sizning maqsadlaringizga xizmat qilsin
🔥6❤3☃2❤‍🔥2
Bek Olimjon aka aytyapti: Hayotimda oltita muhim qismlar bor ammo 5 tasini sabab ötganlar

1. Faith — E'tiqod va iymon.
2. Family — Oila.
3. Fitness — Salomatlik va jismoniy holat.
4. Freedom — Erkinlik (vaqt va faoliyat erkinligi).
5. Friends — Döstlar va ijtimoiy muhit.


Köpçilik bu qismlarning örnini yöqotib qöyadi va "hayotimdagi eng katta xatoni qildim" - deb afsuslanib yuradi. Şuning uçun birinçi iymon masalasi keyin oila va soğliq va undan keyin Pulni/Erkinlikni öylash kerak.

Döstim, tartib bilan erishishga harakat qiling. Birini deb boshqasini yöqotmang

https://youtu.be/uG6-4v8WkYA?si=VlL2u24WQ_5TFsSY
🔥2❤1💯1
Siz bekorga sarflayotgan vaqt va pul sizning umringizdan emas, ota-onangiz, bobo-buvingiz balki bolangizni (tuğilmagan) umridan ham sarflanyapti.

Şuning uçun vaqtni va pulni nimaga sarf qilayotganigizga qarang.


https://youtu.be/uG6-4v8WkYA?si=VlL2u24WQ_5TFsSY

......
❤2🔥2
AI - ❌ Artificial Intelligence
SI - ✅ Super Intelligence
😁9
Bugun 10 bet kitob öqiyman deb 15 bet öqib yuboribman.
😁14❤2
Forwarded from 365 days without you
Brown things are very beautiful, like coffee and her eyes.
❤6❤‍🔥3
Nimani koʻproq hohlaysan?

1. Intizom bilan ibodat qilishni
2. Oilam bilan yetarliça vaqt ötkaza olishni
3. Jismoniy jihatdan çidamli bölishni
4. 35 yoshimgacha moliyaviy mustaqil bölishni
5. Döstlar bilan dam olishlarga vaqt topa olişni
6. Tanlaganimni özimni ayolim qilishni


Qisqasi - Jamiyatda har tomonlama namuna böladigan erkak bölishni hohlayman.


Töğri bu oson emas, ammo qiyin ham emas.
🔥4❤3
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yangi alifbo muborak, yoşlar!

Özbek tili uçun katta qadam.
❤4🔥1
Vaqti kelib tuşunasiz
💔4❤3
Baʼzi insonlardagi soflikni, poklikni va beğuborlikni öz istaklaringiz tufayli tufayli yöq qilmang.

Balki ösha insonga bu chang dunyoda soflik tuyğularini kötarib yurgani uchun rahmat ayting. Uni qadrlang. Unga hurmat körsating.

Unutib qöymang. Soflik va beğuborlik hammada ham uchraydigan holat emas.

Mening hayotimda ham şunday insonlarim borligidan bağoyatda xursandman.
❤‍🔥4☃1❤1
Baʼzan qöyib yuboriş kerak.
Baʼzan uşlab qoliş kerak.

Muhimi vaziyat va insonning holatiga qaraş kerak.

Uşlab qolişingiz ne'mat va taqdir bölsa, qöyib yuboriśingiz esa imkoniyat va özgarish uçundir.

Har bir işda hayr bor va bunga heç qanday şubha qilmang!
❤‍🔥3☃3❤2
Bugun özimda şu narsani sezdim.

Mening prinsipim:

Agar sen insonlarning şaxsiy çegaralarini buzmagan holda hayotdan zavqlanib yaşaşing mumkin bölgan vaziyatda bölsang, bundan bemalol foydalan.

Masalan, bugun voleybolda özimni erkin his qildim. Heç qanday çegarasiz, energiyaga tölib, baqirib-çaqirib öynadim. Mening bu harakatlarim boshqa bir insonga yoqmasligi mumkin, ammo uning şaxsiyatiga tegmaydi. Şunday ekan, men mazza qilib, öyindan zavqlanib, yayrab öynashim mumkin.

Aksinça, agar men birovga nisbatan ataylab baqirib-çaqirib öynasam, bu jamiyat axloq qoidalarini buzish böladi.

«Fozil odamlar shahri» asarida ham qonunlarning vazifasi jamiyatda tartib-qoida va axloqiy mezonlarni saqlab turiş ekani, ammo bu şaxsiy erkinlikni çeklaş degani emasligi ta'kidlanadi.

Şunday ekan, biz ham şaxsiy erkinligimizdan boshqalarga ziyon yetkazmagan holda foydalanişimiz mumkin.

Şuning uçun, agar sizning ham quvonçli harakatlaringiz boshqalarning şaxsiy çegaralarini buzmasa, mazza qilib, yayrab, bilganingizni qiling. Hatto bu iş başqalarga yoqmasa ham.

Çunki men boşqalarga yoqiş uçun özimni ranjitişni yomon köraman. Sizga ham şuni maslahat beraman.



ChatGPT bilan bölgan suhbat shu mavzuda
❤‍🔥3🔥3❤2
Uning örnida bölganingda, özingni tanlar edingmi?

Ha, qayta va qayta özimni tanlardim, agar örnida bölganimda!
☃3🔥3❤‍🔥2💔2
Dökonda ishlayman. Alkogol va tamaki mahsulotlari ham sotiladi.

Ishlash davomida sezdim va hozir angladim. Aroq içiş va sigaret çekiş men uçun odatiy holat bölib qoldi afsuski. Özimda ham qanaqadir hohiş sezdim

Men bu işdan ketmoqçiman. Nasib 5-6-noyabrda ketaman. Özi yölimga qaytmoqchiman. Boshida pul uçun deb boşlagan edim va afsus bilan yakunlayapman ammo örgangan holda ketyapman va xafa emasman.

Örgangan darsim:

1. Boshlashdan oldin oxirini ozgina öylab kör.
2. Muhit seni baribir özgartiradi.
3. Ketiş vaqti kelganini sezasan va ösha vaqt ket.
4. Agar yordam kerak bölsa ammo yordamni unutma va qaytar
🔥3❤1☃1💯1