Behruz Reader
141 subscribers
189 photos
36 videos
74 files
318 links
Bu yerda mendan boshqa hech narsa yoʻq

Mening chalkash fikrlarim va sizni har qanday sohada qiziq maʼlumotlar bilan xursand qila olaman lekin sizga yoqmasligi ham mumkin!

Dinimsiz - tinimsiz mehnat qilsam ham hech narsaga erisha olmayman
Download Telegram
Bir kuni mendan so‘rashdi:

— Birinchi muhabbatingiz bilan birgamisiz?

Menimcha, muhabbatni sanab bo‘lmaydi. U yo bitta bo‘ladi, yo umuman bo‘lmaydi.

Agar siz hali ham muhabbatingizni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi deb sanab yurgan bo‘lsangiz, demak, bu tuyg‘ularga boshqa nom topishingiz kerak.

Chunki haqiqiy muhabbat faqat bir insonga ataladi.

O‘ylab ko‘ring, biz «eng yaxshi ko‘rgan insonim» deganimizda, aslida qolgan barcha insonlarni bu ta’rifdan istisno qilamiz. Chunki «eng» degan so‘zning o‘ziyoq yagona bir insonni anglatadi.

Muhabbat ham shunday.

Haqiqiy muhabbatning tartib raqami bo‘lmaydi. Chunki yagona bo‘lgan narsani sanashga hojat yo‘q.

Behruz Reader
❤3💔2☃1
Insonlarning tuygʻulari bir lahzalik

Bir lahzalik tuygʻular sizni baxtli qila olmaydi. Baxtsiz sari olib boradi.

Shuning uchun insonlarning his-tuygʻulariga ishonmang.

Bugun ishongan odamingiz ertaga sizga xiyonat qilishi mumkin.

Bugun sizni sevgani ertaga boshqaga yor boʻlishi mumkin.

Ishonichda odam zotiga ishonish gʻalati!
💯7❤2💔1
Alloh Toʻgʻri vaqtda toʻgʻri inson bilan sizga sevgi beradi.

Aa, yoshlikdagi sevgi esa shayton beradi. Chunki sizlarni nimadir bilan ovvora qilib qoʻyishi kerak va siz uchun sevgi - sof tuyğu deb atalgan holatda sizni xor qiladi.

Shunday ekan, yoshlikdagi sevgidan vos keching. Yöq qiling. Bölmasam, butun umr azob chekasiz.

20-yoshgacha sevishishni badali katta boʻladi.

"Agar halol qilgan holatda boʻlsangiz, Mashaalloh, Alloh sizlarni silabdi"
❤‍🔥7❤2
Doʻstim

Taqdirning ham bizga atab olib qoʻygan "Baxti" bor

Shu Baxtga qarab harakat qilishimiz lozim...

Men seni Baxt oldida kutaman
❤7💔2
Yil tugashiga 78 kun qoldi

Ko'pimiz shunday o‘ylaymiz:

"Bu yil o'tib ketdi, endi kelasi yildan boshlayman."

Lekin hisoblab ko'ring:

kuniga 15 daqiqa = 21 soat
kuniga 1 soat = 83 soat
kuniga 2 soat = 166 soat
kuniga 3 soat = 249 soat

Kuniga atigi 15 daqiqa bilan ham 2–3 ta kitob o'qib chiqish mumkin.

Kuniga 1 soat bilan esa yangi ko'nikma, kichik loyiha yoki o'z kanalingizni boshlash mumkin.

Muhimi, mukammal vaqtni kutmaslik. Boshlash uchun eng yaxshi payt hozir!
1🔥3💯2❤1
Oʻsha bemaʼni ammo haqiqat boʻlgan gap.

Puling boʻlmasa qolgan narsalar asl qadriga ega boʻlmaydi.

Misol:

Puling boʻlmasa, yetarlicha vaqting boʻlmaydi. Yetarlicha vaqting boʻlmasa, yetarlicha mehr berolmaysan. Yetarlicha mehr bermasang, senga ham mehr berishmaydi. Mehr olmasang, mehrsiz boʻlasan. Materialist bölasan.

Atrofimdagi koʻpchilikka pul kerak. Shaxsan menga ham. Kimnidir xursand qilish uchun pul kerak.
Kim bilandir eslash uchun arzigulik xotira yaratish uchun ham pul kerak.

Bilmadim. Pul hammasi yaxshiroq boʻlishi uchun kerak.

Pul hech narsani hal qilmaydi deganlar. Yo oʻta kambagʻal yoki yolgʻonchi

Pul - hamma narsa


Pul topish yoʻlini qidirish kerak. Pul topish kerak, pul.

Hatto insonlarni hissiyotlari (pok sevgisini) pulga sotilganini koʻrdik va koʻryapmiz. Pul topish kerak. Pul
🔥3❤2💯2
“I am a lover with or without a lover. Love is who I am, not who I'm with.”

— Sylvia Plath
❤4🔥3
O‘ZINGDAN KO‘R!

Boshingga har ne kelsa,
Xato bosgan izlaringdan ko‘r.
Agar o‘g‘ling yomon bo‘lsa,
Harom bergan tuzingdan ko‘r!

Ahlingga kimdir nazar solsa,
Qiyo boqqan ko‘zlaringdan ko‘r.
Boshingga musibatlar kelsa,
Boshqadan emas, faqat o‘zingdan ko‘r!
❤3☃1🔥1
Menimça özbek alifbosidagi yangi harflardan foydalanişni boşlaşimiz lozim.

Çunki bu biz uçun endi qadriyatga aylanişi kerak bölgan odatdir.

Menga buni doimo yodda saqlash uçun esa Najot Taʼlim telegram kanali yordam beradi. Ular allaqaçon bu taşabbusni boshlab yuborishgan edi.

Tanqid: hatto taʼlim vazirligining öz rasmiy sahifalari ham eski özbek alifbosidagi harflardan foydalanib kelişyapti. Şunday ekan, hozirdan boşlash kerak. Töğri qiyin böladi ammo boşlang,

Özbekistonliklar.
❤2🔥1
Turmuş — 20 ming soat suhbat degani.

Eng muhim qaror şu — kimga qayta va qayta gapirişimizni tanlaşimiz va u odam buni qançalik eşita olişi.

Nietzsçe aytganidek, söralişi kerak bölgani:

“Qariganimda ham şu odam bilan yaxşi suhbatlar qura olamanmi?”


Jerar Filip ham turmuşga bir juda çiroyli sifat bergan edi:

“Turmuş — bu davomiy suhbat.”


Yana qayerdadir shu satrlarni öqigandim:

“Vafot etişidan 2 yilça avval Rolan menga şunday degan edi: «Ey Xudo, biz sen bilan 25 yil yaşabmiz-ku, men esa sen bilan hali töyib suhbatlaşişga ulgurmadim».”


Tasavvur qilyapsizmi, bu qanday baxt, inson siz bilan butun umri davomida suhbatlaşib, lekin baribir hali suhbatingizga toöymasa?

Qayta va qayta gapirişdan çarçamaydiganingiz, sizni ham qayta va qayta eşitişdan toliqmaydigan va albatta, butun umri davomida ham suhbatingizga töymaydigan insonni tanlang!
❤3❤‍🔥3🔥3
Yur, qölimdan tut, desam, yugurib köçaga çiqa olasanmi?

Yöq, sen avval pardozingni sozlaysan, jozibador kiyim, eng nozik iforli parfyumni qidirasan.

Çunki sen hammasining ideal bölişini istaysan.

Va afsuski, mana şu ideallikni yarataman deb, uzun va mazmunli sayrdan quruq qolasan.

Odamzod heç qaçon heç narsaga tayyor his qilmaydi özini. Va bu aslida öta gözal hodisa.

Axir nomukammallik kişidagi uyaliş, hayajon, qörquv, hadik, beg‘uborlik kabi sof sifatlarni aks ettiradi-ku?!

Hayot bizni katta qilib qöyişini, biror bir qadam taşlaş uçun mukammal bölişimizni kutmaylik.

Aksinça, yöl davomida ulg‘ayişdan, vaqt ötgan sari komillikka yaqinlaşib borişdan umid qilaylik.

Mana şu yölda haqiqiy halovat bor.
❤7💯3
Döstlar biz uçun baribir döst.

Döstim men doim sizga döstman.

Özingizni ehtiyot qiling, döstim
❤3
Baxtli hayot sari
❤5❤‍🔥4
Mavlono naqadar gözal aytgan:

Özingga qara, özingga...
Özingning özliginga, sözingga, nafsinga e'tibor ber, heç kim bilan işing bölmasin..

Kim nima yebdi, nima kiyibdi — bundan senga nima naf! Sen özingni ilm, sevgi va Şafqat bilan oziqlantir. Faqat Şundagina inson bölish fazilatiga erişasan...
❤‍🔥4❤4
Haqiqiy yaqinlik

Imom Ahmad aytadilar: “Mening bir yilda bir marta köradigan birodarlarim bor. Ularga har kuni köradiganlarimdan köra köproq işonaman”.
❤‍🔥5❤3🔥3
Kimni sevasan?

Oʻzimni

Kimdan nafratlanasan?

Oʻzimdan

Ajoyib
💔11❤‍🔥4❤2💯1
Remark - Zafar Darvozasi

Buyuk asarlar yozish uchun buyuk iztiroblarni boshdan kechirish kerak deyishadi. Men bu gapga uncha qo‘shilmas edim. Ammo adabiyotga qancha chuqurroq kirganim sayin, yuqoridagi fikrning haqiqat ekanligini anglayapman. Erix Mariya Remarkning "Zafar darvozasi" kitobini yakunlab, kitobni yoparkanman, yozuvchi bu asarni siyoh bilan emas, o‘z iztiroblari bilan yozganini his qildim.

Bu kitobni o‘qish xuddi kuzgi yomg‘ir ostida, Parijning chala yoritilgan ko‘chalarida yolg‘iz sayr qilishga o‘xshaydi. Sovuq, rutubatli, ammo odamga g‘alati bir huzur bag‘ishlaydi.

Asar qahramoni Ravik... Boshpana izlab yurgan nemis jarrohi. U o‘zligini, vatanini va ismini yo‘qotgan, go'yoki "arvoh". U Parijda noqonuniy yashaydi, yashirincha operatsiyalar qilib odamlar hayotini saqlab qoladi, lekin o‘z hayotini qutqara olmaydi. Uning eng yaqin "do‘sti" Kalvados (men uchun yangilik bo'lgan ichimlik) va mehmonxonaning sovuq devorlari. Ravik shunday odamki, u umid qilishdan charchagan. Chunki umid aldaydi, umid insonga og‘riq beradi.

Ravikning nursiz, rangsiz hayotiga to'satdan Joan Madu kirib keladi va hammasi birdan o'zgarib ketadi.

Ularning sevgisi biz o‘rgangan "Layli va Majnun" yoki "Romeo va Julyetta" kabi emas. Bu ertaga urush boshlanishini bilib turgan, jar yoqasida turgan ikki insonning bir-biriga jon-jahdi bilan intilishi edi. Ular bir-birini azoblaydi, tushunmaydi, ketishadi va yana qaytishadi. Remark bu munosabatlarni shunday tasvirlaydiki, kitobni o'qish davomida sevgining naqadar murakkab va ayni paytda oddiy ekanligini tushunasiz.

Asarni o‘qish davomida meni eng ta’sirlantirgan narsa bu Ravikdagi sabr-matonat bo‘ldi (Remark qahramonlarining ko'pi shunday, ular eng qiyin holatga tushib qolganda ham aslo orta qaytmaydi. Natijasidan qat'iy nazar hayot bilan kurashaverishadi. Patni, Lilianni, Bomerni eslang). U hamma narsasidan ayrilgan. Sevgan ayolidan, do‘stlaridan, vatanidan. Lekin u baribir "Zafar darvozasi" oldida mardonavor turadi. Uning g‘alabasi nimada edi? Uning g‘alabasi shuncha zulm va tubanliklar ichida ham INSON bo‘lib qola olganida edi.

Ravik obrazi menga hatto eng dahshatli holatlarda ham yashashga kuch topish mumkin ekanligini o'rgatdi. Faqat buning uchun hech narsani kutmaslik, umidvor bo'lmasdan shunchaki yashash kerak.

Agar siz hayotdan charchagan bo‘lsangiz, muammolar girdobida qolganingizni his qilsangiz, bu asarni o‘qing

Inson boʻlib qoling
❤3🔥2☃1
Rafiqasi bo‘la turib, o‘tmishdagi sevgan qizining qabriga har kuni gul olib borish sizningcha, nima deb ataladi? 💔

Sadoqatning soʻngi manzili
💔5❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💔3☃2😁2❤1