Behruz Reader
141 subscribers
189 photos
36 videos
74 files
319 links
Bu yerda mendan boshqa hech narsa yoʻq

Mening chalkash fikrlarim va sizni har qanday sohada qiziq maʼlumotlar bilan xursand qila olaman lekin sizga yoqmasligi ham mumkin!

Dinimsiz - tinimsiz mehnat qilsam ham hech narsaga erisha olmayman
Download Telegram
Nasib qilsa kelar Shom-u Iroqdan,
Nasib etmasa ketur qosh-u qovoqdan...
💯7❤3☃1🔥1👻1
🌿 10-KUN — Jannatga kirishning kaliti

Jannatga kirish faqat amallarimiz bilan emas, Allohning rahmati bilan nasib bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:

“Hech biringizni amalingiz Jannatga kirita olmaydi.”


Sahobalar: “Sizni hammi, ey Allohning Rasuli?” deb so‘rashganida:

“Meni ham. Magar Alloh O‘z rahmati bilan qamrab olsa.”

📚 Sahih al-Buxoriy, 5673; Sahih Muslim, 2816


🤲 Bugungi eslatma:
Yaxshi amallar qilishdan to‘xtama, ammo ularga suyanib qolma. Allohning rahmatidan umid qil va doimo Uning roziligini izla.
❤2☃2👍2
Hamroh doim topiladi,

Qanot boʻladigani kerak insonga
.

Hazratning ayollari shunday qanot edi
❤3☃2🔥2💯1
Yangi kitob oldim.

Endi buni oʻqish kerak 😁
💯3👻2❤1☃1
Ortga yoʻl yoʻq

1519-yilda ispan istilochisi Hernán Cortés o‘z askarlari bilan Meksikaga yetib boradi.

U yerga kelgach, ortga qaytish imkoniyatini yo‘qotish uchun kemalarini yo‘q qilishga buyruq beradi.

Endi askarlarda ikkita tanlov yo‘q edi. Ular faqat oldinga harakat qilishlari kerak edi.

The Art of the Good Life kitobining 3-bobida muallif bu voqea orqali The Pledge — qat’iy ahd tushunchasini tushuntiradi.

Biz ham ko‘pincha o‘zimizga ortga qaytish uchun imkoniyat qoldiramiz.

Masalan, IELTS oʻqishni boshlaymiz. Ammo har kuni o‘zimiz bilan muzokara qilamiz:

— Bugun charchadim, ertaga o‘qiyman.
— Hozir kayfiyatim yo‘q.
— Dushanbadan jiddiy boshlayman.

Natijada vaqtimizning bir qismi o‘qishga emas, o‘qish yoki o‘qimaslik haqida qaror qilishga ketadi. Natijada "Decision Fatigue" yuzaga keladi. Yaʼni qaror qabul qilish shu vazifa uchun sarflaydigan energiyani sarflaydi.

Aslida, ayrim qarorlarni bir marta qabul qilish kifoya. Va sodiq qolish kerak


Har kuni 30 daqiqa ingliz tilini o‘rganishga qaror qildingizmi? Uni oddiy kunlarda kayfiyatingizga bog‘lamang.

Albatta, vaziyatga qarab rejani o‘zgartirish mumkin. (Juda zarur holatlardagina) Ammo har safar erinchoqlikni bahona qilish boshqa masala.

Xulosa: Ba’zan maqsadga erishish uchun yangi imkoniyatlar izlash emas, ortga chekinish bahonalarini kamaytirish kerak.

📖 The Art of the Good Life —
❤2☃2
Baʼzi insonlar boʻladi insonligini unutgan
💯5❤2🔥2☃1
Erkak rashki

Erkak oʻz ayoliga, singlisiga yoki opasiga ham ishonadi ammo...
❤3💯3🔥2☃1
Menga siz o‘rgatdingiz qalam tutishni,
So‘zlarning ta’min bilib, she’rlar bitishni.
Hadyalarni ulashgan ham siz erursiz,
Daryoyu chashma suvidan menga berursiz.

Taomlantirdingiz go‘yo qushlar misoli,
Buning natijasi Alloh rizosiyu visoli.

Ota

Ona
🔥6❤2👏2
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib.
💔5
Agar 20-25 yosh oʻrtasida inson oʻzini isloh qilib olmasa, oʻlgani shu ekan.

Baʼzi birovlarni koʻryapman. Yoshi ulugʻlardan ammo "qarib quyilmagan". Ayoli bilan Davron suradigan davrda boshqacha davr suryapti.

Yoshlar, biz, oʻzimizni isloh qilishim kerak.
💯4☃2
Taqdirimga roziman

Bu ko‘ngil nelarni istaydi deysiz,
Nasiba rizqingiz borini yeysiz,
Afsuslar qilmayman demayman essiz,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.

Bandaman gunoxdan xolimas tilim,
Fakat seni desin yuragim dilim,
Gox shodlik g‘amlarni ko‘rganda ko‘nglim,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.

Taqdiridan qochib ketolgandi kim,
Avliyolar o‘tdi afsonalar jim,
Ularni oldida men kimmanaa kim,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.

O‘tgan umrlarim qarab birma bir,
Nomoyi amaldan bo‘lib xavotir,
Iltijolar qilar o‘zingga Qodir,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.
❤4👍2🔥2☃1
Sog'inch ifori

Uzilib, zil bo‘ldi ko‘nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt:
Mensiz ahvolingga yig‘laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt?

Mashriqlardan kutib olgali bongni,
Dunyo saf tortadi xushro‘y shaharda –
Men hali o‘nglolmay bu telba ongni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda!!!

Xo‘sh, men nima qilay bundayin tongni,
Sensiz kirib kelar tundayin tongni?!

Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o‘ylagan sarim:
Ko‘zlarim qa’rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg‘ularim.

Sensiz on asrlar o‘tganga o‘xshar,
Yer meni o‘ziga yutganga o‘xshar.
Sen tomon o‘tmoqqa imkonim bor-u,
O‘rtada ajdaho yotganga o‘xshar.

Nima bo‘ldi menga, xayol jontalash,
Majnun belbog‘ining yirtig‘i menda.
Farhod ko‘tarolmay qolgan qo‘shbardosh,
Menga, faqat menga, ortig‘i menga!!!

Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g‘amnok,
Bunda ul sho‘rlikning nima aybi bor !?

Oh, sensiz yashashlik azobi g‘alat,
Bo‘rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog‘lar...
So‘ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho‘llagan yuzimda uyg‘onsin bog‘lar!

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so‘raydi ta’mir,
Kechiktirma, yorim, o‘zing darakni!

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo‘lari - shu... holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina,
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!

So‘rovim, tilovim, shugina borim,
Dunyo-i duningga qaytib qo‘y meni.
Hech qursa, hech qursa, hech qursa, Yorim,
Ko‘rib turganingni aytib qo‘y meni!

Xayrulla Hamidov.


Bu baytlardan darajamiz sari nasibalanamiz.
🔥4💯1
Menimcha dunyodagi eng xatokor inson men boʻlsam kerak.

Chunki rost deya aytganim yolgʻon ekan

Doʻst deya ishonganim dushman ekan

Duo deb bilganim qargʻish ekan

Toʻgʻri deya qilganim xato ekan.

Bir misol:

"Inson oʻzini boshqarishi kerak, hissiyotlariga erk bermasligi kerak. Doimiy nazoratda yashashi kerak" - deb aytdim

Ammo unday emas ekanku. Inson hissiyotlardan iborat ekanku. Uni boʻgʻish yoki yoʻq qilish kerak emas ekan, hissiyotlarga erkinlik ham berish kerak ekan. Inson istagan joyiga borishi, istagan insoni bilan koʻrishishi va istagan ishini qilishi kerak ekan.


Bu fikrlardan soʻng, aytishim lozim.

Inson istaganini qilishi mumkin ammo u istaklari kimgadir zarar bermasin. Jamiyatni parokanda qilmasin!!!
🔥3☃2❤1
Bir koʻrmoqqa, jon bermoqdir.

— Ishq :)
❤‍🔥6❤3
Haqiqatlar!!!

Men shunchaki qattiq mehnat qilishni, pul topishni, yaxshi insonlar bilan birga ovqatlanishni va bir ayolni qayta-qayta sevishni istayman.

Erkak tungi soat 2 gacha uxlamay, soat 6 da uyg‘onishi mumkin. Qarzdor, pulsiz va yolg‘iz qolsa ham, bir kun kelib hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi.

Hammaga eng yaxshisini tila, ammo seni qo‘llab-quvvatlamaydiganlardan uzoq yur.

Hayotdagi eng yaxshi ustoz — o‘z xatolaring. Ularning bahosi qimmat, ammo sabog‘i kuchli.

Ota-onam juda qattiqqo‘l deb o‘ylardim. Ammo hozirgi avlodni ko‘rib, ular meni asrab qolganini angladim.

Ba’zan odamlarning asl qiyofasini ko‘rish uchun ularning jig‘iga tegib, chetdan kuzatish kerak.

Behruz Reader
❤8👍1💯1
Bir kuni mendan so‘rashdi:

— Birinchi muhabbatingiz bilan birgamisiz?

Menimcha, muhabbatni sanab bo‘lmaydi. U yo bitta bo‘ladi, yo umuman bo‘lmaydi.

Agar siz hali ham muhabbatingizni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi deb sanab yurgan bo‘lsangiz, demak, bu tuyg‘ularga boshqa nom topishingiz kerak.

Chunki haqiqiy muhabbat faqat bir insonga ataladi.

O‘ylab ko‘ring, biz «eng yaxshi ko‘rgan insonim» deganimizda, aslida qolgan barcha insonlarni bu ta’rifdan istisno qilamiz. Chunki «eng» degan so‘zning o‘ziyoq yagona bir insonni anglatadi.

Muhabbat ham shunday.

Haqiqiy muhabbatning tartib raqami bo‘lmaydi. Chunki yagona bo‘lgan narsani sanashga hojat yo‘q.

Behruz Reader
❤3💔2☃1
Insonlarning tuygʻulari bir lahzalik

Bir lahzalik tuygʻular sizni baxtli qila olmaydi. Baxtsiz sari olib boradi.

Shuning uchun insonlarning his-tuygʻulariga ishonmang.

Bugun ishongan odamingiz ertaga sizga xiyonat qilishi mumkin.

Bugun sizni sevgani ertaga boshqaga yor boʻlishi mumkin.

Ishonichda odam zotiga ishonish gʻalati!
💯7❤2💔1
Alloh Toʻgʻri vaqtda toʻgʻri inson bilan sizga sevgi beradi.

Aa, yoshlikdagi sevgi esa shayton beradi. Chunki sizlarni nimadir bilan ovvora qilib qoʻyishi kerak va siz uchun sevgi - sof tuyğu deb atalgan holatda sizni xor qiladi.

Shunday ekan, yoshlikdagi sevgidan vos keching. Yöq qiling. Bölmasam, butun umr azob chekasiz.

20-yoshgacha sevishishni badali katta boʻladi.

"Agar halol qilgan holatda boʻlsangiz, Mashaalloh, Alloh sizlarni silabdi"
❤‍🔥7❤2