13 kundan beri 3 ta kitobni bir vaqtda mutolaa qilyapman.
Ancha qiziqarli va foydali boʻlyapti.
Muhimi davomiy boʻlyapti.
3-rasmda esa avval tugatgan kitoblarim ekan. Bularni roʻyhatini nasib koʻpaytirishda davom etaman.
Siz ham Mutolaa zavqini his qilish uchun Mutolaa ilovasida kitob tinglang.

🔥3❤2☃1
🌿 9-KUN — Jannatda Allohning jamolini ko‘rish
Jannatdagi eng ulug‘ ne’matlardan biri — Alloh taoloni ko‘rish.
“U kunda yuzlar porloq bo‘lur. O‘z Robbilariga boqib turur.”
📖 Qur’on, Qiyomat surasi, 75:22–23
🤲 Bugungi eslatma: Jannatni faqat uning ne’matlari uchun emas, Allohning roziligiga erishish va U Zotni ko‘rish ne’matiga sazovor bo‘lish uchun ham so‘ra. Allohim, bizni Jannatul-Firdavs ahlidan qil!

🔥1
🚀 O‘zingizni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda “Yuksalish” marafoniga qo‘shiling!
🔥 1 oy | 8 spiker | 8 ta muhim mavzu
Oktyabr davomida 8 ta kuchli spiker bilan birga foydali bilimlar olasiz, yangi narsalarni o‘rganasiz va o‘zingiz ustingizda ishlaysiz.
🎁 Ishtirok etish — BEPUL!
Tabriklaymiz, siz marafonga muvaffaqiyatli qabul qilindingiz!
👇🏻 Quyidagi tugmani bosing va yopiq kanalga qo‘shiling:
https://t.me/+8fPeZZt75Rc4NGRi

Nasib qilsa kelar Shom-u Iroqdan,
Nasib etmasa ketur qosh-u qovoqdan...
Nasib etmasa ketur qosh-u qovoqdan...
💯7❤3☃1🔥1👻1
🌿 10-KUN — Jannatga kirishning kaliti
Jannatga kirish faqat amallarimiz bilan emas, Allohning rahmati bilan nasib bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:
“Hech biringizni amalingiz Jannatga kirita olmaydi.”
Sahobalar: “Sizni hammi, ey Allohning Rasuli?” deb so‘rashganida:
“Meni ham. Magar Alloh O‘z rahmati bilan qamrab olsa.”
📚 Sahih al-Buxoriy, 5673; Sahih Muslim, 2816
🤲 Bugungi eslatma:
Yaxshi amallar qilishdan to‘xtama, ammo ularga suyanib qolma. Allohning rahmatidan umid qil va doimo Uning roziligini izla.

❤2☃2👍2
Hamroh doim topiladi,
Qanot boʻladigani kerak insonga.
Qanot boʻladigani kerak insonga.
Hazratning ayollari shunday qanot edi
❤3☃2🔥2💯1
Ortga yoʻl yoʻq
1519-yilda ispan istilochisi Hernán Cortés o‘z askarlari bilan Meksikaga yetib boradi.
U yerga kelgach, ortga qaytish imkoniyatini yo‘qotish uchun kemalarini yo‘q qilishga buyruq beradi.
Endi askarlarda ikkita tanlov yo‘q edi. Ular faqat oldinga harakat qilishlari kerak edi.
The Art of the Good Life kitobining 3-bobida muallif bu voqea orqali The Pledge — qat’iy ahd tushunchasini tushuntiradi.
Biz ham ko‘pincha o‘zimizga ortga qaytish uchun imkoniyat qoldiramiz.
Masalan, IELTS oʻqishni boshlaymiz. Ammo har kuni o‘zimiz bilan muzokara qilamiz:
— Bugun charchadim, ertaga o‘qiyman.
— Hozir kayfiyatim yo‘q.
— Dushanbadan jiddiy boshlayman.
Natijada vaqtimizning bir qismi o‘qishga emas, o‘qish yoki o‘qimaslik haqida qaror qilishga ketadi. Natijada "Decision Fatigue" yuzaga keladi. Yaʼni qaror qabul qilish shu vazifa uchun sarflaydigan energiyani sarflaydi.
Har kuni 30 daqiqa ingliz tilini o‘rganishga qaror qildingizmi? Uni oddiy kunlarda kayfiyatingizga bog‘lamang.
Albatta, vaziyatga qarab rejani o‘zgartirish mumkin. (Juda zarur holatlardagina) Ammo har safar erinchoqlikni bahona qilish boshqa masala.
Xulosa: Ba’zan maqsadga erishish uchun yangi imkoniyatlar izlash emas, ortga chekinish bahonalarini kamaytirish kerak.
📖 The Art of the Good Life —

Aslida, ayrim qarorlarni bir marta qabul qilish kifoya. Va sodiq qolish kerak
Har kuni 30 daqiqa ingliz tilini o‘rganishga qaror qildingizmi? Uni oddiy kunlarda kayfiyatingizga bog‘lamang.
Albatta, vaziyatga qarab rejani o‘zgartirish mumkin. (Juda zarur holatlardagina) Ammo har safar erinchoqlikni bahona qilish boshqa masala.
Xulosa: Ba’zan maqsadga erishish uchun yangi imkoniyatlar izlash emas, ortga chekinish bahonalarini kamaytirish kerak.
📖 The Art of the Good Life —
❤2☃2
Menga siz o‘rgatdingiz qalam tutishni,
So‘zlarning ta’min bilib, she’rlar bitishni.
Hadyalarni ulashgan ham siz erursiz,
Daryoyu chashma suvidan menga berursiz.
Taomlantirdingiz go‘yo qushlar misoli,
Buning natijasi Alloh rizosiyu visoli.
So‘zlarning ta’min bilib, she’rlar bitishni.
Hadyalarni ulashgan ham siz erursiz,
Daryoyu chashma suvidan menga berursiz.
Taomlantirdingiz go‘yo qushlar misoli,
Buning natijasi Alloh rizosiyu visoli.
Ota
Ona
🔥6❤2👏2
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga yo'ldosh bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng mitti dardlar ham o'rtasin sizni.
Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.
Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayapman, sizni sog'inib.

💔5
Agar 20-25 yosh oʻrtasida inson oʻzini isloh qilib olmasa, oʻlgani shu ekan.
Baʼzi birovlarni koʻryapman. Yoshi ulugʻlardan ammo "qarib quyilmagan". Ayoli bilan Davron suradigan davrda boshqacha davr suryapti.
Yoshlar, biz, oʻzimizni isloh qilishim kerak.
Baʼzi birovlarni koʻryapman. Yoshi ulugʻlardan ammo "qarib quyilmagan". Ayoli bilan Davron suradigan davrda boshqacha davr suryapti.
Yoshlar, biz, oʻzimizni isloh qilishim kerak.
💯4☃2
Taqdirimga roziman
Bu ko‘ngil nelarni istaydi deysiz,
Nasiba rizqingiz borini yeysiz,
Afsuslar qilmayman demayman essiz,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.
Bandaman gunoxdan xolimas tilim,
Fakat seni desin yuragim dilim,
Gox shodlik g‘amlarni ko‘rganda ko‘nglim,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.
Taqdiridan qochib ketolgandi kim,
Avliyolar o‘tdi afsonalar jim,
Ularni oldida men kimmanaa kim,
Bergan taqdiringga roziman Robbim.
O‘tgan umrlarim qarab birma bir,
Nomoyi amaldan bo‘lib xavotir,
Iltijolar qilar o‘zingga Qodir,

❤4👍2🔥2☃1
Sog'inch ifori
Uzilib, zil bo‘ldi ko‘nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt:
Mensiz ahvolingga yig‘laymi yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi, ayt?
Mashriqlardan kutib olgali bongni,
Dunyo saf tortadi xushro‘y shaharda –
Men hali o‘nglolmay bu telba ongni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda!!!
Xo‘sh, men nima qilay bundayin tongni,
Sensiz kirib kelar tundayin tongni?!
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o‘ylagan sarim:
Ko‘zlarim qa’rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg‘ularim.
Sensiz on asrlar o‘tganga o‘xshar,
Yer meni o‘ziga yutganga o‘xshar.
Sen tomon o‘tmoqqa imkonim bor-u,
O‘rtada ajdaho yotganga o‘xshar.
Nima bo‘ldi menga, xayol jontalash,
Majnun belbog‘ining yirtig‘i menda.
Farhod ko‘tarolmay qolgan qo‘shbardosh,
Menga, faqat menga, ortig‘i menga!!!
Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g‘amnok,
Bunda ul sho‘rlikning nima aybi bor !?
Oh, sensiz yashashlik azobi g‘alat,
Bo‘rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog‘lar...
So‘ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho‘llagan yuzimda uyg‘onsin bog‘lar!
Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so‘raydi ta’mir,
Kechiktirma, yorim, o‘zing darakni!
Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo‘lari - shu... holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina,
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!
So‘rovim, tilovim, shugina borim,
Dunyo-i duningga qaytib qo‘y meni.
Hech qursa, hech qursa, hech qursa, Yorim,
Ko‘rib turganingni aytib qo‘y meni!
Xayrulla Hamidov.

Bu baytlardan darajamiz sari nasibalanamiz.
🔥4💯1
Menimcha dunyodagi eng xatokor inson men boʻlsam kerak.
Chunki rost deya aytganim yolgʻon ekan
Doʻst deya ishonganim dushman ekan
Duo deb bilganim qargʻish ekan
Toʻgʻri deya qilganim xato ekan.
Bu fikrlardan soʻng, aytishim lozim.
Inson istaganini qilishi mumkin ammo u istaklari kimgadir zarar bermasin. Jamiyatni parokanda qilmasin!!!
Chunki rost deya aytganim yolgʻon ekan
Doʻst deya ishonganim dushman ekan
Duo deb bilganim qargʻish ekan
Toʻgʻri deya qilganim xato ekan.
Bir misol:
"Inson oʻzini boshqarishi kerak, hissiyotlariga erk bermasligi kerak. Doimiy nazoratda yashashi kerak" - deb aytdim
Ammo unday emas ekanku. Inson hissiyotlardan iborat ekanku. Uni boʻgʻish yoki yoʻq qilish kerak emas ekan, hissiyotlarga erkinlik ham berish kerak ekan. Inson istagan joyiga borishi, istagan insoni bilan koʻrishishi va istagan ishini qilishi kerak ekan.
Bu fikrlardan soʻng, aytishim lozim.
Inson istaganini qilishi mumkin ammo u istaklari kimgadir zarar bermasin. Jamiyatni parokanda qilmasin!!!
🔥3☃2❤1