Behruz Reader
141 subscribers
189 photos
36 videos
74 files
318 links
Bu yerda mendan boshqa hech narsa yoʻq

Mening chalkash fikrlarim va sizni har qanday sohada qiziq maʼlumotlar bilan xursand qila olaman lekin sizga yoqmasligi ham mumkin!

Dinimsiz - tinimsiz mehnat qilsam ham hech narsaga erisha olmayman
Download Telegram
Fyodor Dostoyevskiy

Eng avvalo, o‘zingizga yolg‘on gapirmang. O‘ziga yolg‘on gapirib, keyin o‘z yolg‘oniga o‘zi ishongan odam oxir-oqibat shunday holga tushadiki, na o‘z qalbidagi, na atrofidagi haqiqatni ajrata oladi. Natijada u o‘zini ham, boshqalarni ham hurmat qilmay qo‘yadi.

Hurmat yo‘qolgach, inson sevish qobiliyatini ham yo‘qotadi. Sevgisiz qolgan holda o‘zini ovutish va chalg‘itish uchun u turli nafsiy ehtiroslar va tuban lazzatlarga beriladi, illatlar girdobiga tobora chuqurroq botadi. Bularning barchasi avvalo boshqalarga, keyin esa o‘ziga tinimsiz yolg‘on gapirishdan boshlanadi.

O‘ziga yolg‘on gapiradigan odam esa boshqalarga qaraganda ancha tez ranjiydi. Bilasizmi, ba’zan xafa bo‘lishning o‘zi ham odamga qandaydir yoqimli tuyuladi, shunday emasmi?

Inson hech kim uni haqorat qilmaganini bilishi mumkin. Ammo u haqoratni o‘zi o‘ylab topadi, uni yanada ta’sirchan ko‘rsatish uchun bo‘rttiradi, aytilgan birgina so‘zga osilib oladi va pashshadan fil yasaydi. U bularning barchasini o‘zi qilganini yaxshi biladi. Shunga qaramay, xafa bo‘lishga eng avval o‘zi kirishadi va undan zavq topguncha ichidagi gina-kuduratni oziqlantiradi. Oxir-oqibat esa bu holat chinakam qasoskorlikka aylanadi.
🔥4❤‍🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁5❤‍🔥1☃1❤1🔥1
Xayrli tong

Nasib vaʼdalar amalga oshadigan kunlar yaratamiz.

Nasib biz orzu qilgan hayotni quramiz.

Nasib dunyoni goʻzalroq qilamiz.

Nasib oilamizning suyanchiği boʻlamiz.

Nasib solihlar bilan birga boʻlamiz.

Baribir nasib qilganini olamiz. Muhimi, harakatda boʻlish.

Doʻstim kuningiz fayzli va barakotli boʻlsin.
❤‍🔥7❤3🔥2☃1👍1
"Taqdir seni qo‘lingni ushlaganda, sen unga ikki xil munosabatda bo‘lishing mumkin:

1. Agar indamasdan u bilan ketsang — manzilga eson-omon yetishing mumkin. To‘g‘ri, seni qo‘lingni siqib borishi mumkin, qiyin yo‘llardan olib borishi mumkin, lekin baribir manzilga borishing mumkin.

2. Lekin unga qarshilik ko‘rsatsang, isyon qilsang —
baribir sudragan holda olib boradi."

– Abdulloh ibn al-Muborak

Tanlov bizda
❤‍🔥5❤3☃1👍1🔥1
Agar ba’zan Alloh sizni yolg‘iz tashlab qo‘ygandek yoki yoningizda emasdek tuyulsa, shuni yodda tuting:

Imtihon paytida ustoz hamisha jim turadi.

Shunchaki U kuzatib turibdi.
U sizni ko‘rib turibdi.


Xayrli tun!
❤4❤‍🔥3💯2☃1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masxaraboz hozir shunaqa ahvolda boʻlsachi?
❤‍🔥6🔥2☃1👏1😁1💔1
🌿 3-KUN — Jannatda qo‘rquv va g‘am yo‘q

Dunyoda insonni qo‘rquv, tashvish va qayg‘u qiynaydi. Jannatda esa bular bo‘lmaydi.

"Ularga qo‘rquv yo‘q va ular g‘amgin ham bo‘lmaydilar.”
📖 Qur’on, Baqara 2:38



🤲 Bugungi eslatma:
Bugungi tashvishlar vaqtinchalik. Allohdan Jannatni so‘ra — u yerda qalb nihoyat xotirjam bo‘ladi.
❤6❤‍🔥2☃1🔥1👏1
the_art_of_the_good_life_52_surprising_shortcuts_to_happiness_wealth.pdf
1.2 MB
Assalomu alaykum

Men mana shu kitobni oʻqishni boshladim va birinchi qismini oʻqib tugatdim.

Bu kitobda fikrlashimiz orqali qanday baxtli boʻlish uchun 52 ta yoʻl koʻrsatilgan.

Menga esa Abdurazzoq doʻstimizni oʻqigani turtki boʻldi.

Kitobning birinchi mavzusi haqida oshnam ChatGPT bilan birga rasm tayyorladik.

Mindmap desak ham boʻladi va keyingi postlarda bu kitobdan har bir aqliy qurolni boʻlishib boraman.
❤3❤‍🔥1🔥1
☃️
☃11❤‍🔥1❤1🔥1😁1👻1
🌿 4-KUN — Jannatdagi eng buyuk ne’mat

Jannatdagi barcha ne’matlardan ham ulug‘rog‘i — Allohning roziligi.

“Allohning roziligi esa bundan ham buyukdir.”
📖 Qur’on, Tavba 9:72


Ya’ni Jannatning eng katta mukofoti faqat ne’matlar emas, Allohning bizdan rozi bo‘lishidir.

🤲 Bugungi eslatma:
Bugun qilayotgan har bir yaxshi ishimning eng katta maqsadi — Allohning roziligini topish.
❤4🔥2❤‍🔥1💯1
Forwarded from Abdulhamid Yoqubov || Essays (Abdulhamid)
Kutilmalar haqida

Kichikligimda shu 30 largacha uy joy, mashina va stabil ish kabi masalalarni hal qilishni maqsad qilgan edim

Ko'pchilik kabi, oyiga $1000 kelib tursa bo'ldi degan fikrlar bilan ish boshlaganman

Keyinchalik kitoblar o'qidim kutilmalarim, maqsadlarim o'zgardi, birinchi $1000 ni topganimda esa hayotim boshqacha bo'lishini tushundim

Ma'lum vaqt o'tgandan keyin esa faqat o'zim xohlagan ish bilan shug'ullanishni boshladim

Keyin sekin tadbirkorchilik, status o'yinlariga kirishdim

Shu qadar kirishib ketganimdan, tug'ilib o'sgan joyimga yillab bormadim

Lekin ma'lum bir vaqt kelganda mani yoshimdagilarning kelajakka umidini yo'qotishgandek ko'rindi

Yani bir xil ish bilan, oylik xarajatlarini yopib olganidan xursand bo'ladigan bo'lishdi

Umid yo'qolgandek

Ularni tushunaman, chunki ular ajoyib yoshda, ba'zi birgi sinfdoshlari, do'stlari uydagilarning biznesini ancha oyoqqa qo'yib olib yaxshi mashinalar haydashadi

Oilalari ham tashqaridan havas qilarlik

Bazilari esa umuman hali uy-joy qilish tugul, o'qishni bitirib hali bir joyga stabil o'rnasha olmadi

Bittasini bo'lsa umuman, instagramdan kuzatadi

Mol dunyo sirasidan yashayotgan hayot tarzi nereal'dek tuyiladi

Bu yoshda har qanaqa tanishni topish mumkin, holati sandan aaaaancha oldindagini ham, ancha orqadagini ham

Muhimi ko'zdagi olov yo'qolmasligi

Rostdan orzu'larga harakat yo'qolmasligi

Xarajatlar ham yopiladi, mashina ham olinadi, uy ham, oila ham

Muhimi o'sha soat ertalabki 6:00'da repetitorga borgandagi intizom, unga borish uchun 4:00 turish, qo'yning suvini berib 5:00 da nonushta qilib odam ko'paymasdan damasga ulgurishga qilingan harakat yo'qolmasa bo'lgani chamamda

Esimda, matematikaga borar edik, chunki maqsad, natijaga ishonch va umid bor edi
🔥3❤‍🔥2❤1
"Sog'lom va farovon hayot kechirishning siri — ikki baravar kamroq yeng, ikki karra ko'p piyoda yuring, oʻlchov va chegarasiz seving."

— Tibet maqoli.

Menga bu hikmat juda yoqadi, haqiqatan ham ajoyib aytilgan. Agar hayotda ushbu tamoyillarga amal qilib yashasangiz, harakatlaringiz, muloqotingiz, ovqatlanishingiz va cheksiz sevginingiz shunga mos bo'ladi.
☃4❤2❤‍🔥2🔥2
Haqiqiy erkakning kosmetikasi pulmi?

– yoʻq

– Haqiqiy erkakning kosmetikasi - Taqvo boʻladi
💯6🔥4❤2☃1
Innā lillāhi wa innā ilayhi rāji‘ūn
❤3☃1
🌿 5-KUN — Jannatda sog‘liq va qarilik yo‘q

Jannatda inson kasal bo‘lmaydi, qarimaydi va zaiflashmaydi.

Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:

“Sizlar sog‘lom bo‘lasizlar, hech qachon kasal bo‘lmaysizlar; yashaysizlar, hech qachon o‘lmaysizlar; yoshlikda bo‘lasizlar, hech qachon qarimaysizlar.”
📚 Sahih Muslim

🤲 Bugungi eslatma:
Bu dunyodagi sog‘liq ham vaqtinchalik. Jannatda esa sog‘lik, yoshlik va hayot — abadiy.
❤6🔥2
we overestimate the role of the set-up and systematically
underestimate the role of correction.

....

The most common misunderstanding I encounter is that the good life is a stable state or condition. Wrong. The good life is only achieved through constant readjustment.

....

“Plans are nothing. Planning is everything.”
- —Dwight Eisenhower
❤1
Behruz Reader
the_art_of_the_good_life_52_surprising_shortcuts_to_happiness_wealth.pdf
Qayta boshlama

2 mavzuni oʻqish davomida shuni tushundim

Biz koʻpincha bir xato qilar ekanmiz. Men doimo nimadir oʻxshamasa, qaytadan boshla kabi soʻzlar bilan yana reja tuzib, boshidan boshlar edim. Bu esa muammo boʻlgan ekan.

Asl yechim boshqacha ekan.

Yangidan boshlash shart emas. Yangi boshlagan ishlarimizni davomiy tuzatib borishimiz zarur va davomiy tuzatib borilgani har qanday narsa oʻzining mukammal holatiga yetib boradi ekan.

Shunday ekan, qayta boshlamang.
Boshlagan ishingizni yaxshilab, harakatda davom eting.
💯2🔥1
🌿 6-KUN — Jannatda istagan narsang

Jannatda mo‘min uchun ko‘ngli istagan narsalar bor.

“U yerda ular uchun ko‘ngillari tusagan narsalar bordir.”
📖 Qur’on, 41:31

🤲 Bugungi eslatma:
Dunyoda hamma istak amalga oshmaydi. Jannatda esa Alloh bergan ne’matlar tasavvurimizdan ham go‘zal bo‘ladi.
❤1💯1