D:\Dizayn papka
36 subscribers
67 photos
54 videos
8 files
20 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog'iston qimizining qadoq dizayni Nyu-Yorkdagi nufuzli xalqaro tanlovda — DIELINE Awards 2026'da oltin medalni qo'lga kiritibdi.

JAS.BRANDS degan brending agentligi SAF Qymyz nomli konseptual loyihasi bilan "15M Concept – Past spirtli va spirtsiz ichimliklar" nominatsiyasida birinchi o'rinni egallab, g'olib bo'ldi. Taqdirlash marosimi esa 6-may kuni Nyu-Yorkda, LUXE PACK ko'rgazmasi doirasida o'tkazildi.

@begiwork
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Canvachilar bapesh!

Claude navbatdagi integratsiyani Canvaga qo'llashga qaror qilibdi.

@begiwork
❤1
Forwarded from Bobur Mavlonov kundaligi
Uzcard rebrending qilibdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun kamtargina roligimiz 4k+ auditoriyali katta tadbirda ko’rinish berdi.

Lekin mehnat qilib ovoz yozasan, tashkilotchilar "prosto" o’chirib qo’yadi))

@begiwork
🔥4❤2
Forwarded from Otabek Akromov
Герб атрофидаги баҳс: давлат рамзлари нега муҳим?

Давлат рамзлари — бу шунчаки визуал атрибут эмас, балки сиёсий маъно ва коллектив ўзлик рамзларидир. Герб, байроқ ёки мадҳия орқали давлат ўзининг тарихий хотираси, сиёсий легитимлиги ва келажак ҳақидаги тасаввурини ифода этади. Шу нуқтаи назардан қараганда, Ўзбекистон герби атрофидаги баҳслар дизайн ҳақида эмас, балки давлатчиликнинг қайси тарихий ва мафкуравий асосларга таяниши ҳақидаги баҳс ҳисобланади.

Сиёсатшуносликда рамзлар “символик сиёсат”нинг муҳим элементи сифатида қаралади. Чунки давлатлар фақат институтлар ёки иқтисод орқали эмас, балки рамзлар орқали ҳам фуқароларда умумий мансублик ҳиссини шакллантиради. Постсовет давлатларда эса бу масала янада сезгир, чунки кўплаб рамзлар совет давридан мерос бўлиб қолган давлат тасаввурлари билан боғланган. Шу сабабли гербни ўзгартириш тарафдорлари буни деколонизация ёки янги миллий ўзлик қуриш жараёни сифатида кўрса, қарши тараф эса мавжуд рамзни мустақилликнинг илк босқичи ва давлат барқарорлигининг бир қисми сифатида қабул қилади.

Давлат рамзларининг легитимлиги фақат уларнинг тарихи ёки дизайнига эмас, балки жамият томонидан қандай қабул қилинишига ҳам боғлиқ. Кучли сиёсий рамзлар вақт ўтиши билан шаклланади ва коллектив хотиранинг бир қисмига айланади. Шунинг учун бундай баҳсларда масала “советча” ёки “замонавий” деган содда категориялардан кўра, рамзнинг жамиятни бирлаштириш қобилияти ва давлатчилик ҳақида қандай сиёсий маъно узатаётганидадир.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo’yicha Urugvay 🇺🇾 milliy terma jamoasi Jahon Chempionati uchun 26 talik tarkibini shu talqinda e'lon qildi.
🔥2
Aybga buyurmaysizlar bu mavzuda ko'p post chiqdi.

Hamkasbim @ShaxzodAbduxalilov o'zining taklifini ko'rsatdi. Menga yoqdi, sizlarga ham ilindim.

Reaksiyachala bilan qo'llab-qo'ltiqlab berasila endi yosh va umidli dizaynerimizni))

@begiwork
🔥4❤3⚡1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir orzuga eltuvchi yo‘lning o‘z sinovlari bor

📗 Ba’zan xatolar, ba’zan omadsizliklar, ba’zan esa hammasi tugagandek tuyuladigan lahzalar…

Ammo aynan shunday paytlarda inson o‘zida yana bir bor oldinga qadam tashlashga kuch topadi. 💪

Katta natijalar bir kunda emas, qat’iyat, ishonch va doimiy harakat orqali yaratiladi. 🏆

O‘sish esa har doim birinchi qadamdan boshlanadi.

Har kim o‘sishga qodir.

Agrobank 💚


Futbol bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiyasining bosh homiysi ⚽️
D:\Dizayn papka
Iordaniya 🇯🇴⚽️ @begiwork
Davom etamiz…

Topinglar-chi bu qaysi jamoa tarkibi? 🔱

Spoiler👇
🇳🇴
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videoni yoribdimixay, nima deysila?

@begiwork
❤2🔥2💯1
Forwarded from Quvonch Matchan
Ha kutilgan kursga start beramiz!

Anchadan beri rejalashtirgan, ko'p vaqt olgan va jiddiy kirishgan ishlarimdan biri bo'ldi.
Format, mavzu, narx va jarayonlar haqida ko'p o'yladim, ko'pchilikka foydasi tegadigan va bizni bozorda kam uchraydigan kurs bo'ldi deb o'ylayman.

Sun'iy intelekt bilan bog'lab kurs qilishni ham o'yladim, lekin buni qilayotganlar ko'p, ular bu ishni mendan yaxshiroq qilishiga ishonaman!
Men esa sizlarga o'zim yaxshi eplaydigan narsalarni o'rgatmoqchiman.
Oddiy dizaynerlikdan to'liq Branding mutaxassisigacha qanday yo'ldan yurishni va mijoz bilan bo'ladigan barcha jarayonlarda mutaxassis sifatida ishlashni o'rgatmoqchiman. Agar siz faqat shtatdagi ishlar bilan cheklanib qolayotgan bo'lsangiz va bundan keyingi darajaga o'tishni istasangiz yoki mijozlar bilan ishlaganda o'zingiz belgilagan narxga xizmatingizni sotib, jarayonni silliq o'tishini hohlasangiz, men shularni sizga o'rgatmoqchiman
Kurs juda go'shtli va belgilangan narxdan ancha qiymatli!
Narx 1-oqim (patok) uchun arzon belgilangan. Keyingi oqimda bu narx 2X ga o'sadi

quvonchmatchanov.uz
Forwarded from wayd
Qanday shrift uchun qaysi shrift tanlashda yordamlashadigan sayt
Forwarded from Nodizayn
Lovable qanday dizaynerlarni ishga oladi?

Lovable'ning juda tez o‘sishi dizayn va texnologiya olamida katta rezonans berdi. Kompaniya 8 oy ichida $100M ARR darajasiga chiqd va bu AI-asosli mahsulotlarga bo‘lgan talab qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatdi.

Dive Club’ning navbatdagi epizodida Lovable bosh dizayneri hozirgi zamonda dizaynerlardan nimalar kutilayotgani, ular dizaynerlarni qanday talablar bilan ishga olayotganini so'zlab berdi.

Quyida eng muhim va amaliy fikrlarni jamladim:

- Portfolio'ga hujjat kabi emas, mahsulotdek yondashish kerak. Hiring manager portfolioni xuddi landing page kabi ko‘radi. Dastlabki 1–3 soniya hal qiluvchi bosqich bo'ladi. Shuning uchun dizaynga e'tibor darhol ko‘rinishi shart. Elementlarning tekisligi,
tipografika, animatsiyalar, stillar va vizual ierarxiya qaror chiqarishga ta'sir qiladi. Kichik detallar dizayner o‘z ishiga e'tibor beradimi-yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi.

- Shablon va generatsiya qilingan dizaynlar, salbiy signal beradi va dizaynerning o‘z ishiga beparvoligini bildiradi. Bu yerda gap “oddiylik”da emas, dizaynerning o'z ishiga bo'lgan e'tiborida.

- Kam ish, lekin sifatli ish — eng kuchli strategiya. Portfolioda 2 ta kuchli ish, 10 ta o‘rtacha ishdan kuchliroq signal beradi. Har bir ortiqcha ish qo‘shimcha shubha, qo‘shimcha savol va oxir-oqibat rad etilish ehtimolini oshiradi.

- Jarayon emas, natija muhim. Hiring manager'lar workshop rasmlarini, sticky note’larni va uzun jarayon hikoyalarini emas, balki, qanday qaror qabul qilindi, yechim qanday bo'ldi va qanday natija bo‘ldi kabi savollarga javob kutadi.

- “Biz qildik” — eng ko‘p uchraydigan xato. Agar portfolioda va intervyuda, “biz buni bajardik, “biz redizayn qildik” bo‘lsa, hiring manager shu savollarga oydinlik kiritishni xohlaydi: “Xo‘p, sizning vazifangiz nima edi va nima qildingiz va qanday qildingiz?”
Shuning uchun, o‘z hissangizni aniq keltiring, nimani siz “own” qilganingizni ko‘rsating. Bu ayniqsa senior dizaynerlar uchun juda muhim signal.

- Bugungi kunda o'zini cheklamaydigan dizaynerlar ko‘proq qadrlanadi. Ular faqat UI yoki faqat UX bilan cheklanmaydi, muammodan boshlab, yechim qilish, uni oxirigacha olib borish va natijani o'lchab uni yaxshilay oladi. Bunday dizaynerlar, foydalanuvchi bilan muloqot qilish, izlanishlar olib borish va nimani qurish kerakligini tushunadi, hamda natijaga javobgar bo'la oladi. Endi tor mutaxassislardan ko‘ra “end-to-end” fikrlaydiganlar kuchliroq qadrlanadi.

- AI endi tanlov emas, standart talab bo'ladi. Undan foydalanmaslik, yomon signal. Lekin bu yerda gap AI bilan dizayn chizish haqida emas, balki undan kundalik jarayonlarda foydalanish, research, writing, ideation, note-taking, tezkor tahlil va jarayonga tez olib boruvchi uslublar haqida ketmoqda.

Bugun bozorda quyidagi fazilatlarga ega dizaynerlarga talab yuqori:
- PM’ga to‘liq bog'lanib qolmagan, PM bo'lmasa ham muammolarni aniqlab, yechim taklif qila oladigan;
- Noaniqlikdan qo‘rqmaydigan, qaror va risk uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola oladigan;
- Tezlik va sifat o‘rtasida balans topa oladigan, haftalab mukammal dizayn yechim ustida ishlamasdan, ishlaydigan yechimni tez yetkazadigan dizaynerlar.
⚡1
Dizayner kod yozyapti, dasturchi dizayn qilyapti

Figmaning 2026 yilgi AI hisoboti dizayner, dasturchilarning 8 403 ta so'rovnoma javobiga tayanadi.

Eng qiziq joyi rollar o'rtasidagi chegara. Dasturchilarning dizayn ishidagi ulushi bir yilda 44% dan 60% ga sakragan, dizaynerlarning dasturlashdagi ulushi esa 21% dan 41% ga chiqqan. Dizaynerlar tomoni deyarli ikki barobar o'sgan.

Bu Figmaning o'z tadqiqoti, so'rov o'tkazilgan bozorlar orasida AQSh, Yaponiya, Hindiston, Braziliya bor, bizning bozor yo'q.

Manba: figma.com/blog/2026-ai-report

@begiwork
🔥1
Londonning metro xaritasi geografiyaga zid. Lekin u ishlaydi.

1931-yilda ishsiz qolgan chizmachi Garri Bek yangi metro xaritasi ustida ishladi. U xaritani bekatlar ketma-ketligiga, liniyalar yo'nalishiga va kesishgan joylariga tayanib chizdi, geografiyani esa chetga surdi. Faqat gorizontal, vertikal va 45 gradusli chiziqlar, bekatlar o'rnida teng oraliqli nuqtalar qoldi.

Nashriyot uni haddan tashqari radikal deb rad etdi. Bek esa to'xtamadi. U yo'lovchini real geografiya qiziqtirmasligini, unga qayerdan qayerga va qayerda poyezd almashtirish kerakligi muhimligini tushungan edi.

Natijada, Bekning xaritasi birinchi nashrdayoq 750 ming nusxada chiqdi. Va metro xaritalari haligacha shu mantiq asosida chizib kelinadi.

Bek "chiroyli chizishim kerak" deb o'ylamagan. U yo'lovchilarning bitta savoliga javob izlagan.

Yangi vazifa boshlashingizdan oldin o'zingizga shu savolni bering: "buni ko'rgan inson eng avval qaysi muammosiga javob topishi kerak?"

@begiwork
🔥1