D:\Dizayn papka
36 subscribers
67 photos
54 videos
8 files
20 links
Download Telegram
Brisbane 2032 logotipini YouTube kanal fosh qilib qo'ydi

2-oktyabr kuni kechqurun Olimpiada kanaliga hali chiqmasligi kerak bo'lgan "Emblem Explainer" videosi tushib ketdi. Uning preview rasmida tayyor logo turardi. Tashkilotchilar dushanbaga rejalangan taqdimotni shanbaga olib keldi, rasmiy tadbir esa 5-oktyabrda bo'ldi.

Logo bir qarashda oddiy qush. Aslida unda uchta ma'no bor: pushti kakadu, uning toji (mash'ala alangasi) va butun shakl (Kvinslend shtatining konturi). Paralimpiya versiyasida shakl o'sha-o'sha, faqat rang sariq tojli kakadudan olingan.

@begiwork
⚡1
Comic Sans ustidan kulishimiz uchun chizilmagan ekan) 🐶

1994-yilda Microsoft dizayneri Vincent Connare Microsoft Bob dasturidagi multfilm itning nutq bulutchalari uchun chizgan, jiddiy hujjatlar uchun emas.

Qiziq joyi: dizayner dasturning releasegacha shriftni to'liq chizishga ulgurmadi. Shrift Microsoft 3D Movie Maker dasturida ishlatildi, keyin Windows 95 Plus! Pack bilan tarqaldi va Publisher hamda Internet Explorer'ning standart shriftlaridan biriga aylandi. Bob unutilib ketdi, shrift esa hamma kompyuterga kirib bordi.

Undan keyingisini bilasiz: maktab e'lonlari, kafe menyulari, rezyumelar)). 2012-yilda CERN Higgs bozoni kashfiyotini e'lon qilganda, Fabiola Gianotti slaydlarda aynan shu shriftni ishlatdi. Internet fizikadan ko'ra shriftni ko'proq muhokama qildi.

Xullas, biz o'zimizcha mensimaydigan shrift ortida shunaqa ertakcha bor.

@begiwork
⚡3
Forwarded from Blogfolio
Tajriba shablonga aylanmasin

Ikki mebel do‘koni senga sayt buyurtma qilmoqchi. Biri endi ochilgan, xaridorlari hali kam. Ikkinchisi bir necha yildan beri ishlaydi, Instagram orqali muntazam murojaat oladi.

Ikkalasi ham mebel sotadi. Shunga qaramay, sayt ularning biznesida boshqa-boshqa vazifani bajaradi.

Yangi do‘kon uchun qanday mebellar sotishini ko‘rsatish, narxlar haqida tushuncha berish va manzilini topishni osonlashtirish yetarli bo‘lishi mumkin. Sayt tayyor bo‘lgach ham, unga odamlarni olib kelish masalasi qoladi.

Ikkinchi do‘konda esa murojaatlar oqimi allaqachon bor. Xaridorlar Instagramda divanni ko‘rib, boshqa modellari bilan tanishish uchun saytga o‘tishi mumkin. Shu yerda o‘lchamlar yozilmagan, mato va rang variantlari ko‘rsatilmagan yoki yetkazib berish shartlari tushunarsiz bo‘lsa, xaridor tanlovini davom ettirishga qiynaladi.

Shu farq dizayner beradigan savollarga ham ta’sir qiladi. Xaridor mebelni qanday tanlaydi? Modellarni solishtirish uchun unga qaysi ma’lumotlar kerak? Buyurtma berishdan oldin nimani aniqlashtirmoqchi? Layout va kontent shu savollarning javobidan shakllanadi.

Bu savollarga mijozning hozirgi vaziyatidan kelib chiqib javob topilsa, saytga nima kerakligi va hozircha nimaga vaqt va budjet sarflamaslik mumkinligi aniqroq bo‘ladi. Lekin oldingi mijozga ishlagan yechimni keyingisiga tekshirmasdan qo‘llasang, tajribang shablonga aylana boshlaydi.

@blogfolio
👍2⚡1
Gen Z qo'lyozmani o'qiy oladimi? 🤔

Monotype'ning "ReVision 2025" hisobotida qiziq bir kuzatuv bor: "raqamli avlod"qo'lyozmani o'qishda qiynaladi. Sabab oddiy: ular yozishni asosan klaviaturada, ya'ni tayyor tipografik harflar bilan o'rganishgan.

Bu nimani anglatadi?
Yozuv bilan o'qish bir-biridan ajralib bormoqda. Bir paytlar qo'lda yozilgan xat, eslatma, ruxsatnoma kundalik hayotning bir qismi edi. Endi ko'p odam uchun yozish = yozish emas, terish.

AQSH'ning bir qancha shtatlari 2010-yillarda maktablarda kursiv (bog'langan) yozuvni o'qitishni majburiy talablardan chiqarib tashladi. Ya'ni bu jarayon ta'lim tizimida ham sezilgan.

Hisobot esa yana bir narsani eslatadi: yozuv va texnologiya doim birga rivojlangan. Gil lavhalardan tortib qalam, qog'oz va bosma harflargacha, har bir yangi vosita inson tilini va fikrlashini o'zgartirgan. Klaviatura ham shunday vosita.

💬 Sizningcha, qo'lda yozish hali ham aktual skillmi yoki allaqchon o'tmish?

#typografiya #dizayn #ReVision2025 #Gen_Z

@begiwork
👏1😁1
Forwarded from matn.type
Biz Özbekistondagi birinçi şrift studiya — Matn Type!

Bu yangilikni aynan bugun e’lon qiliş uçun ikkita sabab bor. Birinçidan, bugun — Özbek tili bayrami. Ikkinçidan esa yangi özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi. 

Biz esa şu bahonada tilimizning yangi körinişiga öz hissamizni qöşmoqçimiz. Özbek tili bayrami muborak!

- - -

Meet Uzbekistan’s first type foundry — Matn Type!

We had two good reasons to share this news today. First, it’s Uzbek Language Day. Second, a law updating the Uzbek Latin alphabet has just been signed.

We love our language, and we’d love to help shape how it looks, too. Happy Uzbek Language Day!

@matntype
Forwarded from Gazalkent FC
❤️ Yurakdan o‘ynaymiz: "G'azalkent" O‘zbekiston Kubogi chorak finalida maxsus libosda maydonga tushadi!

Bugun bizni mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri — Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi O‘zbekiston Kubogi chorak final uchrashuvi kutmoqda. Biroq bu bahsda jamoamiz faqat natija uchun emas, balki alohida bir ezgu missiya bilan maydonga tushadi.

Ushbu o‘yinda futbolchilarimiz noyob, cheklangan miqdorda chiqarilgan (limited edition) maxsus sport liboslarida harakat qilishadi. Ushbu liboslar dizayni elementlari autizmga ega bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim markazi tarbiyalanuvchilari tomonidan yaratilgan. Futbolchilarimiz formasidagi har bir rasm — bu bolalarning dunyoga bo‘lgan samimiy nigohi, matonati va ezgulikka bo‘lgan ishonchidir.

Biz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan ushbu ijtimoiy-sport aksiyasi hamkorlarimiz — Moneff xalqaro moliya servisi hamda Yandex Uzbekistan kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshdi.

Noyob futbolkani qanday xarid qilish va bolalarga qanday yordam berish mumkin?
Market Yandex Go platformasidagi rasmiy onlayn do‘konimizda ushbu eksklyuziv to‘plamdagi futbolkalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Bu aynan futbolchilarimiz chorak final o‘yinida kiyib tushadigan jersilardir!

Futbolkalar sotuvidan tushgan barcha mablag‘ klubimiz tomonidan autizmga ega bolalar ta’lim markazining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. Yig‘ilgan mablag‘lar markazni rivojlantirish, maxsus uskunalar va o‘quv materiallari xarid qilishga yo‘naltiriladi.

🛒 Cheklangan to‘plamdagi futbolkani xarid qilish

Jamoamizning har bir a’zosi uchun ushbu formada maydonga tushish katta sharafdir. Biz bu bolalarning ortida butun klubimiz va ashaddiy ishqibozlarimiz turganini his qilishlarini xohlaymiz. Market Yandex Go orqali bunday futbolkani xarid qilib, har biringiz ularning kelajagiga bevosita hissa qo‘shasiz.

Market Yandex Go’dagi aksiyamizga qo‘shiling! Birgalikda futbolni shunchaki o‘yindan ko‘ra buyukroq narsaga aylantiramiz!

➿➿➿➿➿

❤️ Сыграем сердцем: «G'azalkent» проведёт матч четвертьфинала Кубка Узбекистана в особенной форме!

Уже сегодня нас ждёт один из важнейших матчей сезона — четвертьфинал Кубка Узбекистана против наманганского «Навбахора». Но на этот поединок наша команда выйдет не просто бороться за результат, а с особой миссией.

На эту игру футболисты нашего клуба выйдут в уникальном лимитированном комплекте формы. Элементы дизайна для неё создали воспитанники специализированного учебного центра для детей с аутизмом. Каждый рисунок на футболках наших игроков — это искренний детский взгляд на мир, сила духа и вера в добро.

Эта важная для нас социально-спортивная акция стала возможной благодаря поддержке наших партнёров — международного финансового сервиса Moneff и компании Yandex Uzbekistan.

Как получить уникальную футболку и помочь детям?
В нашем официальном онлайн-магазине на Market Yandex Go открылась продажа лимитированной коллекции оригинальных футболок. Это именно те джерси, в которых наши футболисты проведут четвертьфинальную игру!

Все средства, вырученные от продажи этих футболок, наш клуб переведёт на счёт учебного центра для детей с аутизмом. Собранные деньги пойдут на развитие центра, покупку специализированного оборудования и обучающих материалов.

🛒 Купить лимитированную футболку

Для каждого игрока нашей команды огромная честь выйти на поле в этой форме. Мы хотим, чтобы эти дети знали: за ними стоит весь наш клуб и наши болельщики. Покупая такую футболку на Market Yandex Go, каждый из вас делает прямой вклад в их будущее

Присоединяйтесь к нашей акции на Market Yandex Go! Вместе мы делаем футбол чем-то большим, чем просто игра.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda PFL Qashqadaryo viloyatida U19 Chempionati pley-off bahslarini o'tkazdi. Ushbu musobaqa paytida PFL translyatsiya xodimlari La Liga ishlatadigan AR-grafikani testdan o'tkazdi. Bu to'liq PFL xodimlari yasalgan dastur orqali ishlatildi va optimizatsiya qilib borilar ekan.

Videolarni ko'ring va o'z fikringizni yozib qoldiring.