Bir bor ekan bir yo'q ekan🙃
25 subscribers
4 photos
Eh bu ertak tugab qolishidan qo'rqaman
Download Telegram
O`ZBEGIM

Qasida

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Erkin Vohidov
1🙉1
Koʼrdingmi, osmonlar tushmadi qulab,
Yoki teskariga aylanmadi yer.
Qismatimiz hech kim qoʼymadi ulab,
Va hech kim koʼnglimiz etolmas tahrir.

Koʼrdingmi, ogʼriblar tursada, joning
Tabassum qilishni eplolding.
Kuldim!
Bir toʼda olomon!
Yolgʼonni tutib,
Yiqilmay,
Nigohlar doridan yurdim!

To tirik ekansan eslanar ogʼriq,
To tirik ekanman beraman bardosh!
Koʼrdingmi,
u qadar qoʼrqinchli emas —
Qalbing qonlaridan
ulgʼayyotgan tosh!

©️ Gulmira Abdiraimova
4
Bizdirmi oʻzbek

O‘zlikni anglamoq osonmi so‘rang,
Ha deya javobim sizga aytaman.
Avvalo o‘zbekning hikmatin aytib,
Va keyin sizlarga tomon qaytaman.

Urushda toblandi, bilimni uqdi,
Yashamadi hayotda na men na sizdek.
Bizga bu balolar qayerdan yuqdi,
O‘zlikni anglamagan mendirmi o‘zbek?

Bola bo‘lib ota dardin uqdingmi,
Yoki yetimmisan topolmagan erk?
Yo vatan qadrini hech bir bildingmi,
O‘zlikni anglamagan sendirmi o‘zbek?

Millatim, yurtim deb bo‘lolmaysan lek,
Bir yuz bir askardek bir burda nonni...
Yashayapsan shohdek hamda sultondek,
Unday bo‘lmasa agar emasman o‘zbek.

Qachongacha aytgin maqtanmoqchisan,
Millatim sulton va shoir deya?
Yulduz turatursin, o‘zlikni top sen,
Qancha yashamoqchisan harom non yeya?

Deysan charchadim xayot bema’ni,
Aytchi bobolarim oson yurdimi?
Butun yurtni boqmoq qanday, ayt qani,
Uchaman deb xayol surgan, ey o‘sha sani!

Endi bahona top sharoit yo‘q de,
Men och-nahorman, lek qo‘shni to‘q de.
Qani yuzing metinmi, diling qahrabo?
Temur bobomlarga qoyil, ajabo!

Erkinov Dilshodbek
3
СЕН ЁЛҒИЗ ЭМАССАН

Гуноҳкор дунёда бегуноҳ гўдак,
Бокира, эй, дилбанд, эй, мурғак юрак.
Хазон каби бўлма бунча жонсарак,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Балки бир тасодиф — отанг ўтгандир,
Қисматга юз буриб, онанг кетгандир.
Пешонангга тақдир шундай битгандир,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Балки бир нобакор ўз кўнглин хушлаб,
Сени остонага кетгандир ташлаб.
Бугун у юргандир хору зор қақшаб,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Меҳрибон қўллар кўп ушбу дунёда,
Қолмассан паришон, пою пиёда.
Йўлларингни ойдин, қилгай зиёда,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Қисматингга шерик ватанинг бордир,
Бошингда соябон, ёр, нажоткордир.
Асли Ватан ўзи парвардигордир,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.
1
Eid mubarak yaa sodiqiy
6
Tabrik

Bugun doʻstimning tavallud kuni.
Aytmoq istadim sizlarga buni.
Oʻzi juda aqlli hamda mehribon,
Oilasin baxtiga boʻlsin sogʻ omon.

Yuzlarga kirsin-u , yonida turay,
Oʻsha vaqtlarda ham tabriklab yuray.
Ezgu niyatlarin bariga yetsin,
Koʻnglidagi barcha gʼam-anduh ketsin.

Bilimlari boʻlsin undan ziyoda,
Topsin yoʻlin hatto zim-ziyoda.
Yashayversang bari boʻladi,
Doʻsting senga tabrik yoʻllab qoladi.

By Dilshodbek Erkinov to @Ca1lmeaziz
2
Dunyo

Har bir qadam insonlarga toʻlib toshgan,
Boylik topish ilinjida ishga shoshgan,
Baʼzilari shu zaylda haddan oshgan.
Yugurasan, yelasan, lek boqiy emas,
Kuyinishga arzimaydi — arzon dunyo.

Nafs buyurgan koʻchalarga kirib bir-bir,
Oʻz uyidek xotirjamlik qilar kofir.
Moʻminlarchi? Bu yerlardagi musofir.
Ular uchun may quyuvchi soqiy emas,
Uzoq, ammo yakuni bor — zindon dunyo.

Sinov uchun kelganimiz unutmaylik,
Nafs yoʻlida vijdonimizni yutmaylik,
Najotimiz boshqa birovdan kutmaylik.
Imtihonning oʻzigina oliy emas,
Oliyga yoʻl, koʻprik misol — imkon dunyo!

Bobur Rahim 🪶
😍21
Qofiyangni top

Bugun zerikishga topildi vaqtim
Va bir savolga qoʻyildi shaxtim
Oqshomda oʻzimdan soʻradim sekin,
Qofiya qayerda, qani, sen aytgin

Shundan soʻng javobin bilmoqlik uchun,
Sheʼr yozmoqchi boʻldim aynan shu bugun
Shunda men qidirdim biror bir mavzu,
Lekin yaxshilari emasdi tekin.

Mavzu ham uzoqmas "Gul festivali".
Qanisan, qofiyajon ,kelaqol qani.
Qoʻngʻiroq qilyapman, otpuska hali.
Sekretari aytar: kim deyin sani.

-Ha menimi? aytgin bir noʻnoq deya.
Soʻng javobin kutdim ich-etim yeya.
Hoʻjayin band ekanlar, vaqtlari yoʻqmish,
Navbatim bor ekan bir yuzu oltmish.

Sekretar chaqirdi imlab, ey Brat,
Sizda chatoq ekan manavi hujjat.
Shundan soʻng yugurdim u yoq- bu yoqqa.
Rad javob eshitdim bormay qayoqqa.

Shu payt uygʻondim koʻz oldim hira,
Tushimmi yo oʻngim bilolmam sira.
Qoshimda turardi oilam, hamma
Boshim chayqatibdi sharoplar hiyla.

Aslida qofiya topilar doim
Omborda topibdi bir kuni oyim.
Qofiya har yerda har bir burchakda,
Xohish boʻlsa boʻldi oʻsha yurakda.

Kimdirda u kaptar, kimda ajdarho.
Havoda topibdi yana bir daho.
Lek bor sizga habarim yomon,
Shkafda turibdi bir hujjat hamon.

Erkinov Dilshodbek
1
"BOSMACHILAR"

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun bo'lib to'zib ketdi taqdiringiz,
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz.
Ot o'ynatib yurmadingiz, «bosmachilar!..»

Tuproq to'shak bo'ldi, bolish egar boshda,
Jaloliddin kabi mudom jahongashta,
Umringizning yarmi o'tdi tog'u toshda,
Ne kunlarni ko'rmadingiz, «bosmachilar».

Qo'rg'oshinga qalqon bo'ldi o't ko'kraklar,
Kafan bo'ldi qonga botgan oq yaktaklar,
So'nggi makon bo'ldi ba'zan chakalaklar,
Odamday ham o'lmadingiz, «bosmachilar...»

Tushunmayin kim qarg'adi, kimlar sotdi,
Ko'nglingizda alam, ko'zda yoshlar qotdi,
Ortingizdan goh bolangiz toshlar otdi,
Yosh deb, gina qilmadingiz, «bosmachilar».

Uyingizda sizni kutdi, kel, deb to'ram,
Kelinchaklar kokillari taram-taram,
Ko'ngilga yor sig'armidi yurtda qaram?..
Jangohlardan jilmadingiz, «bosmachilar».

Kengashsangiz tor dunyolar keng bo'lardi,
Ergash yoqa bo'lsa, Shermat yeng bo'lardi,
Birlashsangiz kim ham sizga teng bo'lardi,
Nechun ahil bo'lmadingiz, «bosmachilar?..»

Bosmachimish... Bunday demish qay bema'ni,
Tutmaydimi bir kun uni beklar qoni...
Hamma sizdek o'z yurtini suysa qani!
Behuda qon to'kmadingiz, «bosmachilar!»

Siz yo'q, bunda ko'tarildi darpardalar:
Otdan tushdi sariq mo'ylov sarkardalar,
Buxoroni to'pga tutgan sharmandalar...
Afsus, afsus, ko'rmadingiz, «bosmachilar».

Erkli elda sizni eslash naqadar hush,
Sizga haykal qo'ysa arzir maydonlar bo'sh,
Oq yaktakda, arg'umoqlar minib oqto'sh
Mundoq ko'krak kermadingiz, «bosmachilar!»

Subhidamda she'rim bitdi, ko'zim tinib,
Poyingizga bordim ko'nglim bir o'ksinib,
Turing endi bobo desam, siz xo'rsinib
Jilmaydingiz, turmadingiz, «bosmachilar».

Qayga tarqab ketgan bo'lmang, qay zamonda,
Sizning asov qoningiz bor bizning qonda.
Unutmagan sizni hech kim Turkistonda,
Xonlarga teng hurmatingiz, «bosmachilar!..»

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun kabi to'zib ketdi taqdiringiz.
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz,
Ot o'ynatib yurmadingiz, «bosmachilar».

© Muhammad Yusuf
2
ВАТАН МАДҲИ

Кимга дашт бошпана, кимгадир гулзор,
Ҳар кимнинг сиғинган саждагоҳи бор.
Ҳар ҳовуч тупроғи кўзга тўтиё,
Биз учун қадрдон шу азиз диёр.

Ўпинг, кўзингизга суринг тупроғин,
Ҳар сўзин муқаддас дуодек севинг.
Қаданг юракларга миллат байроғин,
Ватанни Нажмиддин Кубродек севинг.

Кўнглимнинг гавҳари шу азиз маскан,
Фидодир ҳамиша унга жону тан.
Оталар ҳимматин ёди машъали,
Оналар оқ сути ҳурмати — Ватан.

Ўпинг, кўзингизга суринг тупроғин,
Ҳар сўзин муқаддас дуодек севинг.
Қаданг юракларга миллат байроғин,
Ватанни Нажмиддин Кубродек севинг

Muhammad Yusuf
2
ОНА ТИЛИМ

Гарчи зуғум қилганларни ёқтирмадим,
Шеър ёздиму бўлак ишни қотирмадим.
Тилим туриб ўз тилимда гапирмадим,
Бир эсласам эзилади бағри-дилим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Онам «эркам» деб қучганда тунлар ярим,
Эрким йўқ деб зирқирарди бир жойларим,
Паровозни ҳансиратган буғдойларим,
Олтинларим, маъданларим, ипакларим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Кимлар учун биз эдик бир бадавийлар,
Ўзбекни қон қақшатганни узбек сийлар,
Ҳолимизни қон кузатди Яссавийлар,
Топганимиз ҳандалакдек тилим-тилим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Кимдир майда миллат бўлди, кимдир катта,
Катта миллат — Афандиси йўқдир ҳатто,
Биз пиёда, биз боққанлар юрди отда,
Зулм ўтса фақат сендан ўтди зулм,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Сен бўлмасанг нима бизга силлик шеърлар,
Бу дунёда тили йўкда дил йўқ дерлар,
Баҳоинг-ку бериб кетган Алишерлар,
Юрагимнинг тўридаги сўлмас гулим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.

Бир қарасам ҳар шевангда минг жилолар
Ҳар новдангда, ҳар мевангда минг жилолар.
Қодирийлар, Чўлпонлар-у, Абдуллолар,
Сенинг қайтган кунинг мен туғилган йилим,
Она тилим, эй муқаддас Она тилим

Muhammad Yusuf
🔥21