Bir bor ekan bir yo'q ekan🙃
25 subscribers
4 photos
Eh bu ertak tugab qolishidan qo'rqaman
Download Telegram
QAYERDA EKIN

Hammada bor tuyg'u menda yo'qmikin
Qalbim qamram olar ushbu so'z sekin
Barin tushunaman baribir lekin
Ko'nglimning ko'chasi qayerda ekin

Bilaman tuyg'usiz g'am ham yemayman
G'iybat qilganingiz hatto bilmayman
Hozirda tuyg'ular barchasi tekin
Lekin mening tuyg'um qayerda ekin

Ko'ksimda bo'shliq bor bilaman hamon
G'alati bo'lmayman so'zlasam yolg'on
Derdim tuyg'uyimga qani tez berkin
Tuyg'uyim manzili qayerda ekin

Topib bering sizga qulluq qilardim
Yo'qolib qolganin ammo bilardim
Unutarman derdim asta va sekin
Ko'nglimning manzili qaylarda ekin

DILSHODBEK ERKINOV
5👌2
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН

КИМГАДИР ГУЛ, КИМГА ПУЛ,
ҲАЁТ ШУНДАЙ ЎТАРКАН.
ЎЙЛАБ РЎЗҒОР ТАШВИШИН,
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН.

ГОҲ АЛАМ, ГОҲ ДАРД ЮТИБ,
КИМ ҚЎЛ УЗСА, КИМ ТУТИБ,
ОМАД КЕЛИШИН КУТИБ,
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН.

ЯШАБ КЎНГИЛ ОҲИДА,
БИР БАРГДА, БИР ШОХИДА,
БИЛИБ-БИЛМАЙ ГОҲИДА,
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН.

ОТАМ ДЕЙМИЗ Ё ОНАМ,
ЁКИ УЛАР ДЕР БОЛАМ,
ШУНДАЙИН ЯШАБ ОДАМ,
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН.

МИНГТА ТАШВИШ, МИНГ СЎРОҚ,
АСТА ТУШИБ СОЧГА ОҚ,
ҚАРИЛИК ОЧИБ ҚУЧОҚ,
УМР ЎТИБ КЕТАРКАН

ANONIM
4
Assalomu alaykum doʻstlar ROʻZAYI RAMAZON hammangizga muborak boʻlsin
4
Namanganim

Namangan o'lkasin bilarmisizlar
Uning yo'llarida yurganmisizlar
Olma-anorin yeb, gulini hidlab
Eng go'zal viloyat deganmisizlar

Afsus Namaganganni bilgan biladi
Bilmagan o'ziga ziyon qiladi
Ha zo'o'r ekan deb siz qilmang kinoya
Bir bor ko'rmasangiz aytgan befoyda

Sizga negaligin aytmasam bo'lmas
Sukutla tinglang siz she'rimni birpas
ko'rgandirsiz-a oynayi jahonda
Hofiz Alisherning uyi shu yonda

Tumanlarin sanay sizga men o'rtoq
Chust Uychi Namangon va keyin Chortoq
Kosonsoy Norin-u so'ng To'raqo'rg'on
To'ra...ning do'stidir, u Yangiqo'rg'on

Buni bilib qo'ysang qilmaysan zarar
Chortog'imiz suvi ming dardni qirar
Chustning pichoqlari juda ham o'tkir
Do'ppisin kiyib ko'r ey do'stim sen bir

Vaqting bo'lsa sen bir gul sayliga kir
Afsonaviy bog'lar ushbu yurtdadir
Uyog'ini aytsam ketib qolar tom
Shuning uchun hamki she'r bo'ldi tamom

Erkinov Dilshodbek
❤‍🔥7
O'ZBEGIMNING ODATI

Katta to'y qilay deydi
Dushmandan o'zay deydi
Shunchun qattiq non yeydi
O'zbegimning odati

Pulimni tejay deydi
Mashina olay deydi
Yo'lni to'ldiray deydi
O'zbegimning odati

Farzand uchun kun bilmas
Ko'rmoq uchun rohati
Bu ham uzoqdan emas
O'zbegimning odati

Mehmon uchun noz ne'mat
O'ziga dard ortadi
Shunda hamki gap, hasrat
O'zbegimning odati

Qarzga tizza botadi
Ellik gram otadi
Bor budini sotadi
O'zbegimning odati

Qariganda tolganda
Dard-u hasrat tortadi
Farzand uyi uzoqda
Ishdan qanday ortadi

Shuncha mehnat qildi-yu
Rohat topmay dard topdi
Umri uvol ketdiku
Qurib ketsin odati

DILSHODBEK ERKINOV
1❤‍🔥1👍1🔥1👏1
BOYGA BALO URMAYDI

Bulut suvda turmaydi
Baxt ko'chada yurmaydi
Hamma qiynalsahamki
Boyga balo urmaydi

Oy quyoshga yurmaydi
Baliq hayol surmaydi
Boyni o'marishsa ham
Unga balo urmaydi

Hassa o'zi turmaydi
Quyosh tunda yurmaydi
Jahonda jang bo'lsa ham
Boyga balo urmaydi

Erkak surma surmaydi
Pul daraxtda turmaydi
Qullar urushda o'lik
Boyga balo urmaydi

Shu mashmasha har yerda
Hech vaqt tinib qolmaydi
G'iybatchilar bor ekan
Boyga balo urmaydi

To'g'risin tan olaylik
Va mavzudan qaytmaylik
Boy uzoqni poylaydi
Nochor ovqat xohlaydi
Boyga balo ursa ham
U hech kimga aytmaydi

DILSHODBEK ERKINOV
❤‍🔥4
„Xoh inon, xoh inonma“

Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin
Yoʻqtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

Usruk koʻzing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.

Yaʼqub bikin koʻp yigʻidin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.

Oy yuzungʻa koʻz solgʻali oʻzga kishi birla,
Yoʻqtir nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Ishq oʻtida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

LUTFIY
❤‍🔥2
Qulluq qil demasman,
Yurt tuprog'in o'p.
Unga Qullar emas,
Fidolar kerak.
Uning sen-u mendek shoirlari ko'p,
Buyuk elga endi daholar kerak.

Qaddingni baland tut!
Bo'lma serta'zim!
Cho'qqi bo'lolmasang,
Mahkam qoya bo'l!
Pillapoya bo'ldim,
Senga azizim,
Sen ham gal kelganda
Pillapoya bo'l...


📖 Erkin Vohidov
❤‍🔥2
Xayr demoq

Xayr demoqlikka ko'ngil ko'nmaydi,
Unga qo'yib bersang nelarga chopar?
Umidim so'nsa-da, sevgim so'nmaydi,
Sog'inchga doimo bahona topar.

Xayr demoqlikka bormaydi zabon,
Imkonim bo'lsaydi, kutmasdim zinhor,
Biroz og'ir bo'lar qish kelgan zamon...
Sabr qil, binafsham, keladi bahor.

Xayr demoqlikni o'yladim ko'p bor,
Lek hargiz irodam bermadi bardosh.
Bunga sabab emas g'urur yoki or,
Aslo o'ylamagin "majruh", "bag'ritosh".

Xayr demoqlikka sabab andisha,
Andisha Allohdan, emas kimsadan!
Ammo qalb intilar senga hamisha,
Sabr-la o'tarman har bir lahzadan.

Bobur Rahim
❤‍🔥4
Oʻzga makon

Uyga qaytmoq istab, hatto uyingda ham,
Begonadek tuyulasan doʻstlaringga.
Alam qaynar ba'zan shodon kuyingda ham,
Oʻzing chidab barcha kam-u koʻstlaringga.
Yolgʻizmassan, atrofingda toʻla inson,
Ammo ruhing tinmay izlar oʻzga makon.

Dunyo xuddi mehmonxona — vaqtinchalik,
Undan chiqib jannat tomon yurmoq yaqin.
Farishtalar salomingga olib alik,
Al-Jamīlning jamolini koʻrmoq yaqin.
Vaqti kelib tiqilganda boʻgʻzinga jon,
Balki senga nasib qilar oʻshal makon.

Bobur Rahimov
1❤‍🔥3🔥1
  Ҳангома

Қор ёғарди бўралаб,
Қолишмасди довулдан.
Тўйга айтиб кетишди
Шундоқ қўшни овулдан.

Йўлга чиқди икки чол,
Тўйга бориш қарз бешак.
Бирови отга минди,
Бирови минди эшак.

Қор-чи, ҳамон ёғарди,
Ёғар эди гупиллаб.
Йўлни эшак бошлади,
От эргашди лўкиллаб.

Гапга тушди икки чол,
Суҳбат у ёқ-бу ёқдан.
Ўтган-кетган, баланд-паст,
Гоҳ калла, гоҳ туёқдан.

Суҳбат деган соз нарса,
Қолмасанг бас сургашиб.
Йўрғалар эшак ҳамон,
От боради эргашиб.

Аста-секин кун қайтар,
Уфқларда ўчган ранг.
Қор оралаб қайдадир
Бир юлдуз чақнар аранг.

Чоллар-чи, ҳамон йўлда,
Суҳбат ўша-ўшайди.
Бири деди: — Оқсоқол,
Кун ботганга ўхшайди.

Йўғ-э, уста, — дер бири—
Кўздан қолибсиз буткул.
Тўрт чақирим овулга
Наҳот юрсак бир кун йўл.

Аммо бу гап рост эди.
Юлдузлар чақнар бот-бот,
Олдинда эшак борар,
Орқада лўкиллар от.

Овулдан-чи, дарак йўқ,
Оппоқ эди қир-қия,
“Адашиб кетдикмикан,
Куппа-кундуз куни-я?

Гап босдими ё ғафлат,
Тавба, бу қандоқ ўйин?”
Қор тинди-ю, чолларнинг
Ичига кирди қуюн.

— Қора қишда тўй қилмай,
Баттар бўлгур нокас, гов.
Баччағарнинг аслида,
Феъли совуқ эди-ёв.

Қайдадир чўзиб-чўзиб
Увлаб қолди-ку қашқир,
Ким ҳам, айтинг, бундоқ чоқ
Ташвишга тушмас ахир?

Хусусан, кексайганда
Хафа бўлиб кетасан.
Айтайлик, ўша қашқир
Ғажиб кетса нетасан?

Қора совуқ тиш қайраб
Қовурғани эзарди.
Кенг сайҳонда икки чол
Йўл ахтариб кезарди.

Йўл қаёқда, тўрт тараф
Қалин, оппоқ қор эди.
Энг баттари — совуқда
Жон сақлаш душвор эди.

Қайтай деса изига,
Белги ҳам йўқ, из ҳам йўқ.
Қалтирайди икки чол,
Таскин ҳам йўқ, сўз ҳам йўқ.

Не бўлса ҳам топширдик
Яратганнинг ўзига!
Таваккал деб, от бошин
Қайирдилар изига.

Пешонада борини
Кўрар инсон деган зот.
Йўл солдилар қайгадир,
От бошин қўйиб озод.

Бир кор-ҳол бўлмай энди,
Уйни топиб борсак бас, —
Сургалади от ҳорғин,
Орқада эшак бесас.

То тонггача икки чол
Юрди, турди, суринди.
Узоқларда бир маҳал
Қора нарса кўринди.

Бўғоти бор, ҳайтовур,
Ўхшаб турар қишлоққа.
“Худога минг шукр”, деб
Юрдилар ўша ёққа.

Туман ичра дов-дарахт,
Турар эди ялтираб.
Тонгга яқин қишлоққа
Киришдилар қалтираб.

Тугаганди бардош ҳам,
Тугаганди бор сабот.
Етмай бир дарвозага
Тўхтаб қолди шўрлик от.

Жой сўрайлик, нарёғи
Бир гап бўлар, оқсоқол.
Қамчин билан тақа-туқ,
Дарвозани қоқди чол.

Изғирин-чи, изғирин,
Еру кўкда ҳорғин тус.
Бир кампир чиқди шу тоб,
Қўлида хира фонус.

Сўз бошлади чол титраб,
Ҳалқумига келиб жон:
Бир кечага бизларга
Жой берсангиз, янгажон.

Қора қуюн чарх уриб
Кўз олдини тутарди.
Кампир келиб яқинроқ
Фонусини кўтарди.

Ҳой, сенми бу, ер юткур,
Имонингдан кечдингми?
Алжирайсан ё тўйда
Ароқ-пароқ ичдингми?

Алқисса шу: от йўлни
Уй томон бурган экан.
Чол-чи, ўз кампиридан
Жой сўраб турган экан.

Абдулла Орипов
1❤‍🔥21🔥1
Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo'q,
Nega arrang tishi yo'q? deb
Soraydigan kishi yo'q,
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko'zimiz,
Arra tushgan o'sha shoxda,
O'ltiribmiz o'zimiz.

Erkin Vohidov
Forwarded from INGEGNO
2🔥1👏1
Urilajak do‘qlardan,
Uzilajak o‘qlardan
Omon asra meni, charx!

Tug‘ilajak nafratdan,
To‘qilajak tuhmatdan
Omon asra meni, charx!

Aytilajak qarg‘ishdan,
Aldayajak olqishdan
Omon asra meni, charx!

Ta’mayuqi tuzlardan,
Nomehribon ko‘zlardan
Omon asra meni, charx!


ANVAR OBIDJON
30 KITOB SUHBATI

Bir tunda oʻttiz kitob
Suhbat qurdi to oftob
Yigʻuvchi ekan "Xamsa",
"Tib qonun"in aytmasa.

Nuroniylardan biri,
"Hidoya" ham kelibdi.
Tunda suhbat sirini
"Sherlok Xolms" bilibdi
Unga hamroh "Puaro"
Ular keldi bogʼ aro.

"Shum bola"-yu "Jimjitlik",
"Oʻtgan kunlar" shu yerda,
Bari Oʻzbekistonlik
Hoshimjon kech qoldida


Chet elliklar ham bizdan
Qolishmaydi hech vaqtda
"Gʻarbiy front", "Telba"-yu,
Soʼng, "Molxona" albatta

Bor edi qoʻshnilarim-
"Asirni qaritgan kun",
"Sarviqomat dilbarim"
"Oq kema" keldi bu tun.

"Jahongashta kitoblar"-
Deb qoldi-ku eshikbon,
"Dunyo boʻylab saksonlar"
Undan keyin "Robinzon".

Bir qarasam halqimning
Ijodi kirib keldi,
"Alpomishxon" va uning
Doʻsti "Goʻroʻgʻli" keldi.

Hikoyalarni biroq
Ancha kutdikda oʻrtoq-
"Evirilish","Hellados"
Va kuchukcha "Oq soʻyloq"

Kichkintoy ertakvoylar
Sizlarga salom aylar
"Qizil shapka","Oppogʻoy",
"Uch botir","Uch choʻchqalar".

Keyin yoʻlda koʻrindi
Donishmand-u, puldorlar.
Borib eshik ochishdi,
Oʻzimizning doʻst-yorlar

Tanishdir sizga ular
"Boy, kambagʻal otalar",
"Da Vinchi sinoati",
"Kichik shaxzoda" oti.

Sanoq toʻlmay qoldi, deb
Siz ogʼritmang boshimni.
Kitobni bezamas zeb,
Hurmat qiling yoshimni.

Oxirgisi oʻzimman,
Oʻylab koʻring siz otim.
Hayron boʻlmang soʻzimdan,
Nasriddindir hayotim.

"Endi suhbatga qaytsak,
Suhbat mavzusin aytsak"-
Gap boshladi "Tib qonun".
(Eshitdik chiqarmay un)

Bu tun bizlar yilgʻildik,
Suhbat mavzusin bildik,
Shikoyatlar eshitdik
Va hattoki biz koʻrdik

Shikoyat poʻst kallasi
Oʻqilmay qoldik, akasi.
Biri kepdi javondan,
Kutubxona tomondan,

Faqat qari oʻqirmish,
Yoshga bersang choʻqirmish.
Uzib olib varoqni
Poylar emish uzoqni

Bu qandayin bedodlik,
Beodoblik, qoʻrqoqlik.

Telefon degani chiqibdi,
Uni hamma oʻqibdi.
Undan qayerimiz kam
Qani aytgin ,sen ukam.

Navbat keldi "Xamsa"ga,
U gapirdi joʻrttaga -
Aka, nimasin aytay?
Oʻzim ham qoldim bilmay.

Keling bunday qilamiz -
Biz bu yurtdan ketamiz.
Nima deysiz ,akajon,
Ogʻrib ketdi axir jon.

Hamma rozi fikrga,
Qarsak chalishdi birga.
Eʼtiroz bildirdim men,
Qayga boramiz ayt, sen.

Esankiradi "Telba"
Davom etdim men soʻngra:
"Biz ketmasmiz hech yerga
Qolamiz bizlar birga.

Vaqt hukmini oʻtkazar ,
Telefon bir kun yutqazar,
Shundagina insonlar
Poyimizga tiz choʼkar.

Agar ketsak biz hozir
Qurgan uyni buzdirib,
Qoladi-ku, kitobxoʻr
Hoʻp yigʼlab, koʻp chinqirib.

Boshqa gapim yoʻq sizga,
Hizmat yoʻqdirmi bizga?"
Hamma hayron tosh qotdi,
Xamsa deydi:bosh qotdi.

Boʼldi yurtda qolamiz,
Ketishga ulguramiz.
Qani, qiling tantana
Bu ishni bor yivamiz.

Sizga aytsam doʻstlarim
Bu ishga ancha boʻldi,
Shudir faqat bilganim,
Bizning toqat ham toʻldi.

ERKINOV DILSHODBEK
1👍51
Q

Qoʻlga qalam qoʻndi qalbim qaʼrida,
Qasddanmi, qiyofang quvnab qaraydi?!
Qiyomat qoʻpadi qosh qoraygʻanda,
Qarshingda qaroliq... Qamar qoraydi!


Qayrilib qoshlaring quvar qayoqqa,
Qachon qutulaman qiynoqlaringdan?
Qodirsan qalbimni qaro qilmoqqa,
Qosirman, qoʻrqaman qarogʻlaringdan!


Qaragin, qon qalbim qiynalar qattiq,
Qushman — qanotlari qayrilgan qadim.
Qasoskor qarogʻing qiymalar qattiq,
Qochib qutulmoqqa qani quvvatim...


Qaroshing qarshida quvvatsiz quyosh,
Qoshimga qor qoʻnar, quvnar qargʻalar.
Qiblamga qayrilib qayt, qayrilmaqosh,
Qasd qilma, qasdingdan qalbim qargʻalar!


Qoyasan, qoldim-ku qudrat qarshida,
Qanoti qayriliq qalb qaldirgʻochim.
Qalamim qonidan qordim qasida,
Qaytaqol qoshimga, qaytgil, Quvonchim!


ANONIM
2
Bolalik…Xudoga eng yaqin kezlar,
Uncha sezilmasdi oydan tushganim.
Tug’ilmagan edi shaytoniy hislar,
Hali tugilmagan edi mushtlarim…

Ajrata olmasdim chechakdan toshni,
Dunyo ko’rinardi toza, mukammal.
Tandirdan uzilgan nondek quyoshni
qaymoqrang bulutga bulab yeganman.

Sirimni aytardim qushlarga faqat,
Qushlar sotmas edi, buzmasdi o’yin.
O’shanda fasllar qilardi shafqat,
O’shanda yomg’irlar yog’ardi mayin.

Chaqmoqni sindirib, qo’rirdi otam,
Tongni shopirardi onam erinmay.
U kunlarni she’rdek aytaman yoddan,
Ulg’aydim ruhimga biror gard inmay.

O’shanda childirma chalgancha momom
Mashrab baytlarini kuyga solardi.
Men sho’x raqs tushardim, aylardim xirom,
Bilmasdim ne edi momonning dardi…

Ichidan pishgan vaqt ko’rsatar firib,
Devona tonglarni qaytarmas ochun.
O, hali o’ttizga xatlamay turib,
Momomning sirlarin angladim nechun…?!

MehrNoz
2
O`ZBEGIM

Qasida

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Erkin Vohidov
1🙉1
Koʼrdingmi, osmonlar tushmadi qulab,
Yoki teskariga aylanmadi yer.
Qismatimiz hech kim qoʼymadi ulab,
Va hech kim koʼnglimiz etolmas tahrir.

Koʼrdingmi, ogʼriblar tursada, joning
Tabassum qilishni eplolding.
Kuldim!
Bir toʼda olomon!
Yolgʼonni tutib,
Yiqilmay,
Nigohlar doridan yurdim!

To tirik ekansan eslanar ogʼriq,
To tirik ekanman beraman bardosh!
Koʼrdingmi,
u qadar qoʼrqinchli emas —
Qalbing qonlaridan
ulgʼayyotgan tosh!

©️ Gulmira Abdiraimova
4
Bizdirmi oʻzbek

O‘zlikni anglamoq osonmi so‘rang,
Ha deya javobim sizga aytaman.
Avvalo o‘zbekning hikmatin aytib,
Va keyin sizlarga tomon qaytaman.

Urushda toblandi, bilimni uqdi,
Yashamadi hayotda na men na sizdek.
Bizga bu balolar qayerdan yuqdi,
O‘zlikni anglamagan mendirmi o‘zbek?

Bola bo‘lib ota dardin uqdingmi,
Yoki yetimmisan topolmagan erk?
Yo vatan qadrini hech bir bildingmi,
O‘zlikni anglamagan sendirmi o‘zbek?

Millatim, yurtim deb bo‘lolmaysan lek,
Bir yuz bir askardek bir burda nonni...
Yashayapsan shohdek hamda sultondek,
Unday bo‘lmasa agar emasman o‘zbek.

Qachongacha aytgin maqtanmoqchisan,
Millatim sulton va shoir deya?
Yulduz turatursin, o‘zlikni top sen,
Qancha yashamoqchisan harom non yeya?

Deysan charchadim xayot bema’ni,
Aytchi bobolarim oson yurdimi?
Butun yurtni boqmoq qanday, ayt qani,
Uchaman deb xayol surgan, ey o‘sha sani!

Endi bahona top sharoit yo‘q de,
Men och-nahorman, lek qo‘shni to‘q de.
Qani yuzing metinmi, diling qahrabo?
Temur bobomlarga qoyil, ajabo!

Erkinov Dilshodbek
3
СЕН ЁЛҒИЗ ЭМАССАН

Гуноҳкор дунёда бегуноҳ гўдак,
Бокира, эй, дилбанд, эй, мурғак юрак.
Хазон каби бўлма бунча жонсарак,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Балки бир тасодиф — отанг ўтгандир,
Қисматга юз буриб, онанг кетгандир.
Пешонангга тақдир шундай битгандир,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Балки бир нобакор ўз кўнглин хушлаб,
Сени остонага кетгандир ташлаб.
Бугун у юргандир хору зор қақшаб,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Меҳрибон қўллар кўп ушбу дунёда,
Қолмассан паришон, пою пиёда.
Йўлларингни ойдин, қилгай зиёда,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.

Қисматингга шерик ватанинг бордир,
Бошингда соябон, ёр, нажоткордир.
Асли Ватан ўзи парвардигордир,
Сен ёлғиз эмассан, ёлғиз эмассан.
1