#Talimdagi_maqtanchoqlik
🇬🇧Angliyada o‘qiyotgan O‘zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari:
Maqtanchoqlikni to‘xtataylik.
London xaqida qisqacha:
Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib "Faol" bo‘lganlar bir tiyin ekan.
Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.
Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani ham emas. Bular "chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.
Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi.
Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradiyu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa xaliyam kofe turlarini farqiga bormayman.
Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib "Kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman" demang. Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostdan o‘qishimiz kerak.
Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtayi nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha.
Bizni yana eng katta aybimiz bu nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga ham ishga kira olmaydi. Nega?
Chunki u yerda bizdagi "faol talaba"dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o‘tmaydi.
Bu yerda, ya’ni Londonda. Yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan "Ilm" so‘raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqali har kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. Ular ilm so‘raydi.
Xulosa: Bu fikrlar hech kimga qaratilmagan lekin, ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo‘r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda.
Tafakkur qiling!
👉🏻 @Germaniyadagi_Uzbeklar