Baxtishod.uzb️
840 subscribers
629 photos
272 videos
10 files
392 links
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.


Murojaat uchun: @baxtishodrashidov

Instagram: baxtishoduzb

New project: @IYC_uzb
Download Telegram
#shunchaki

Har kimga ishonma. Bardoshing haqqi!
Soʻngra bir sabringga boʻlar qiyini.
Yelka yo'q. Janglarda qolasan yakka,
Yengadi hayotning gʻirrom oʻyini.

Bir kun boʻgʻzingdan yorib chiqadi ohing,
Bir kun inkorlaring toptaydi asli.
Bir kun oʻzingdan ham ishongan togʻing,
Suyansang - qulasa....... Fojiangmasmi?!

👉@rashidovbaxtishod
#shunchaki

Men umrni koʻrmay qolibman,
Yonginamdan oʻtib ketibdi.
Qoʻlimga bir kitobni tutib,
Taqdirimni bitib ketibdi.

Xatto yuzin bir bor koʻrsatmay,
Izlarini chizib ketibdi.
Meni hayot jangiga tashlab,
Kurash deya yozib ketibdi.

Ketyapman ortidan quvib,
Bolalikni, yoshlikni tashlab.
Goho kulib, goho anglamay,
Goho unsiz koʻzimni yoshlab.

Xar bahorda bir yoʻqlab kelib,
Yoshimga yosh qo'shib ketarmish.
Goʻyo menda alami bordek,
Sochimga qor toʻkib ketarmish.

Men umrimni koʻrmay qolibman,
Yonginamdan oʻtib ketibdi.
Peshonamga ajinlar tortib,
Suratini chizib ketibdi.!

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Hayot qoidasi shu azizlar, qancha olisga ketsak ham, axiri boshlagan joyimizga qaytamiz.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

"Toʻrt oyoq - a'lo, ikki oyoq - rasvo"

( Molxona )Jorj Oruell

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Barcha ikki oyoqlilar - dushman.....

( Molxona ) Jorj Oruell

👉@baxtishoduzb
Otani qadrini qaydan bilsin
Bahodir Mamajonov
#shunchaki

Adashmasam 4-5 yosh vaqtimda, dadam magnitafon va Bahodir Mamajonovning qo'shiqlar toʻplami kasetasini olib bergan edilar. Qoʻshiqlarini shunchalik darajada sevib eshitardimki, koʻchaga chiqib oʻynagim ham kelmas edi. Afsuski ko'p ham eshitolmadim kasetani yoʻqotib qoʻydim. Juda hafa boʻlganman shunda. Hozir har dam olish kunlari 1 soat vaqtimni Bahodir Mamajonov, va Sherali Joʻrayevlarning qoʻshiqlarini eshitishga sarflayman.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Yosh ulgʻaygan, sochlarida oq,
Mehnat qilib, qo'llari qadoq,
Yurishsin deb mendan yaxshiroq.
Bolam deya yasharkan ota...

Ne ham kerak axir bir jonga,
Qorni toʻyar bir burda nonga,
Uchrasa ham yaxshi, yomonga,
Bolam deya yasharkan ota...

Boʻlmasin deb o'zgalardan kam,
Go'zal ustbosh kiydirib har dam.
Yilda yangi kiyinmasa ham,
Bolam deya yasharkan ota...

Musofirda yurib yurt ko'rib,
Mehnat qilib halol rizq terib.
Topganini farzandlariga berib,
Bolam deya yasharkan ota...

Bir ishi bitsa yana biri kam,
Tugamaydi tashvish, boshda g'am.
Qarisa ham.. To'qson yoshda ham,
Bolam deya yasharkan ota.....


👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Ayol xatosidan kulgan xatodir,
Tortishgan undan ham ulkan xatodir.
Ayol hech bir bahsda yengilmas tilsim,
Uni faqat sevib qilurlar taslim.

(Erkin Vohidov)

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Obroʻ talashganing bilan obroʻli bo'lib qolmaysan, or talashsang obroʻni oʻzi keladi senga.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Urushla bir birin qonin toʻkarlar,
Bir qarich yer uchun farzandlarin qon yigʻlatarlar.
Biz dunyoga xoqonmiz deya narasin taratarlar,
Dunyo besh kunligidan bexabarlar.

R.B.B

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

ChatGPT yaxshi niyatda menimcha.
Nima deysizlar?😁

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Betob edim, usti boshim qalin. Ob havo esa issiq. Koʻplar aytishdiki, qalin kiyiming oʻzingga yarashmay turibdi yech deb.
Shunda bildimki, faqat va faqat onam mening sogʻligʻim uchun qaygʻurar ekan va faqat onamga kerak ekanman.
Boshqalarga esa tashqi koʻrinishim muhim ekan.......

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Parvo qilma, boʻlmaganni boʻldiramiz,
Paymonasi toʻlmaganni toʻldiramiz.
Bir zamonlar otar edik, osar edik,
Endi esa majlis qilib oʻltiramiz.

Abdulla Oripov

Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri shoiri Abdulla Oripovning tavallud kuni.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Siyosat oʻyinchoq emas, oʻynab oʻynab tashlab yuborgani. Bir insonni, bir oilani, bir davlatni ertangi taqdirini hal qiluvchi kuchdir.
Gar siyosatni oʻyinchoq bilsang, hayoting oʻyin maydoni boʻlur.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Partiya shunday bir ixtiyoriy ittifoqdirki, agar u partiyaga qarshi qarashlarni targʻib qiluvchi aʼzolardan oʻzini tozalamasa, avval gʻoyaviy jihatdan, keyin esa moddiy jihatdan buzilib, tarqalib ketishi muqarrardir.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Hech qanday davlatning puli boʻlmaydi, faqat soliqdan yigʻilgan xalqning puli boʻladi.

👉@baxtishoduzb
Baxtishod.uzb️
Video message
#shunchaki

Siyosatda yomgʻir kabi boʻl, sening nutqingni oʻtkirligidan soyabonlari ham bardosh berolmasin, oxir oqibatda panaga qochishsin.

👉@baxtishoduzb
#shunchaki

Kar boʻl, koʻr boʻl, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga oʻn besh yil,
Eshitganga yigirma yil.

Men eshitaman ham gapiraman ham.

👉
@baxtishoduzb