Baxtishod.uzb️
734 subscribers
699 photos
297 videos
10 files
418 links
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.


Murojaat uchun: @baxtishodrashidov

Instagram: baxtishoduzb

New project: @IYC_uzb
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#retro_video

Mazkur tarixiy videodan turli yangiliklarni sinash chogʻida va urushlar paytida yuz bergan 10 ta fojia oʻrin olgan.

1️⃣ Frans Rayhalt 1912 yil Eyfel minorasidan sakrab, parvoz kostyumini sinovdan oʻtkazgan. U 60 metr balandlikdan yiqilib, halok boʻlgan.
2️⃣ Emili Devison. Ot poygasidagi fojia, 1913 yil.
3️⃣ Frenk Lokxart. Yuqori  tezlikni sinash, 1928 yil
4️⃣ 1937 yilda Gindenburg dirijablining yonib ketishi oqibatida 35 yoʻlovchi halok boʻlgan;
5️⃣ 1941 yil Britaniyaning "HMS Berxem" harbiy kemasining hujumga uchrashi natijasida 563 odam hayotdan koʻz yumgan;
6️⃣ 1941 yilgi Fernboro fojiasida 29 odam oʻlgan;
7️⃣ 1955 yilgi Le Mans fojiasida 83 tomoshabin halok boʻlgan;
8️⃣ Uchuvchi Rassellning gʻarq boʻlishi, 1959 yil;
9️⃣ Jerard Messelin —"Qush-odam"ning qulashi, 1963 yil;
1️⃣0️⃣ Kempbell, tezlikni oshirish boʻyicha sinov vaqtidagi oʻlim, 1967 yil.

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#retro_video

1944 yil 26 iyulda,  Moskvadagi nemis asirlari paradidan 10 kun oʻtgach, fashistlar ham unga javoban Parij koʻchalari boʻylab ingliz va amerikalik asirlarni  namoyishkorona olib oʻtadi. Mahbuslarga achinish hissi bilan boqqan Moskva aholisidan farqli oʻlaroq, Parij aholisi oʻzlarining haloskorlariga qarata tupurib, hatto kaltaklagan.

Oradan bir oycha vaqt oʻtgach, demokratik Parij jamoatchiligi haqiqat aslida kim tarafida ekanligini tushunib, nemislar va ularning hamtovoqlariga nisbatan gʻazab oʻqlarni yogʻdira boshlashgan.

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#retro_video

Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent zilziladan soʻng. 1970 yillar

1966 yil 26 apreldagi zilzila shaharning katta qismini vayrona holatga keltirgan. Oʻsha paytda shahar infratuzilmasi asosan loysuvoq va bir qavatli qadimiy uylardan iborat boʻlgan, zilziladan soʻng esa eski Toshkentning koʻrinishi butkul oʻzgarib, zamonaviy koʻp qavatli turar joylar barpo etilgan, shahar hududi yarim baravarga kengaytirilgan.  Toshkentning toʻliq tiklanishiga 10 yilcha vaqt kerak boʻlgan.

👉@baxtishoduzb