#aktual
Oʻzbek milliy doʻppisini (qalpoq) kiyib olib omi, landovur, alkash rollarini ijro etayotganlarga jarima qoʻllashni vaqti kelmadimikin?
Misol uchun kavboylarni bosh kiyimidagi inson tasavvuringizda ot mingan mard, pistoletdan oʻq uzish boʻyicha master gavdalanadi.
Chechenlarni bosh kiyimidagi inson esa lezginka boʻyicha tengsiz master gavdalanadi.
Koreyslarni bosh kiyimidagi inson esa mohir sarkarda vatan uchun xizmatdagi inson gavdalanadi.
Shunday ekan nega bizning milliy bosh kiyimimiz oyoq osti boʻlmoqda?
👉@baxtishoduzb

"Lobbizm" tushunchasi aksariyat hamyurtlarimizga notanish boʼlgani uchun, bu borada qisqacha tushuntirish (va ogohlantirish) berib oʼtaman.
Ikki ogʼiz soʼz bilan aytganda, lobbizm – QONUNIYLАSHTIRILGАN PORАCHILIK degani. Xuddi yaqinda kiritilgan "super-kontraktlar" kabi.
Biroq, ulardan farqli tomoni, lobbizm – bevosita SIYOSIY TAʼSIR uchun toʼlanuvchi poralarning legallashtiruvini nazarda tutadi. Yaʼni, agar lobbizm amaliyoti bizda qonuniylashtirilsa, boylar rasman pul toʼlash evaziga oʼzlariga qulay boʼlgan qonun-qoidalarni (preferentsiyalarni) oʼtkaza oladilar.
Bunday yoʼl bilan puldorlar qoʼlga kiritishi mumkin boʼlgan yutuqlarga misollar:
– Jamoaviy yerlarni xususiylashtirilishi;
– Katta daromad qiluvchilar uchun soliqlarning yengillashtirilishi (bu toʼlanmagan soliqlar kambagʼallardan undiriladi);
– Davlat (yaʼni xalq)ga tegishli yirik korxona-fabrikalar, temir yoʼllar, hiyobonlar, maktablar, institutlar va h.k. muassasalar daromadiga "sherikchilik" qilinishi, yohud xususiylashtirilishi (bunda odatda daromad – xususiy choʼntakka ketadi, xarajat va zararlar esa – davlat boʼynida qoladi).
– "Pulli" joylarda turli qurilishlarga, tabiiy resurslarni qazib olishga va oʼz foydasiga pullashga kontsessiyalar (ruxsatlar) olinishi;
– Import/eksport soxasida maxsus pereferentsiyalar olinishi (raqobatni oʼldirib);
– Davlat miqyosidagi tadbirlarni konkret (aniq) bir korxona karamogʼiga topshirilishi ("Аvtotest"ga salomlar) va h.k.
Xullas, hozir noqonuniy poralar orqali amalga oshiriluvchi va nazariyada qilmishi ochilib, jazoga tortilishi mumkin boʼlgan ishlarni endi bemalol, ochiq va rasman bajarish mumkin boʼladi (va hech kim bunga qarshilik qila olmaydi, hammasi qonuniy boʼlganidan keyin).
Аmaldorlarimiz bu sohada АQShning katta tajribasidan ibrat olishmoqda, shekilli. Eslataman, АQSh korxonalari 2008-2014 yillar davomida lobbilarga $2.6 milliard sarflab, evaziga davlatdan $11.2 TRILLIONLIK kreditlar va boshqa "moddiy yordamlar"ga ega boʼlishgan (bu har bir tikilgan dollarga $4307 foyda degani). 2018 yilning oʼzida esa, lobbizmga 3,4 milliard dollar sarf kilingan. Yana bir "Gʼarb standarti"ni oʼzimizda tadbiq etishga tayyor boʼling (benzin, svet-gaz narxlari borasidagi "evrostandartlar" ketidan).

Baxtishod.uzb️
Vazirlikdagilar kutubxonalardagi shtablarni qisqartirib uzog'i 3 oy oylik to'lanishi keyin esa vazirlikning qaror qonunlari bo'yicha shtab qisqartirilib kutubxonalar yopilishi mumkin deyishmoqda zudlik bilan bu masalani xal qilish lozim shundoq ham hamma joy…
#aktual
Bundan 2 yil oldin har bitta yoki ikkita mahallani oʻrtasida bittadan kutubxona ochish tashabbusi bilan tegishli joylarga murojaat qilganimda ustimdan kulishgandi.
Afsuski maʼrifat yoʻqolib borayotgan joyda oʻrnini maishat egallaydi.

Baʼzi maktab direktorlari ota-onalarga talab qoʻyishmoqda ekan. Farzandingiz Davlat OTMlariga kira olmasa, xususiy OTMlarga oʻqishga kirgizing deb. Bu endi nimasi? Oʻrtoq direktorlar kontraktini siz toʻlaysizmi? Bunaqa shart qoʻyishga qanaqa haqqingiz bor?
Davlat maktablarimiz faqat son uchun ishlab qolmoqda sifat esa 0 ( koʻpida ). Ya'ni qaysi maktab bitiruvchilari koʻproq OTMlarga oʻqishga kirsa, oʻsha maktabning reytingi koʻtariladi. Hurmatli direktorlarni yuzlari yorugʻ boʻladi. Sifat uchun ham ishlaylik hurmatli direktorlar qoʻshimcha kurslarni tashkil etinglar, yoshlarni qiziqtiradigan loyihalar ustida ishlanglar. Ishlaringiz faqat sonni oshirish, kelgan tekshiruvchini ogʻzini yopish boʻlmasin.