𝐁𝐀𝐗𝐓 𝐐𝐀𝐒𝐑𝐈
803 subscribers
14.5K photos
26.2K videos
185 files
46.3K links
🍀🌸 # xᴜsʜ_ᴋᴇʟɪʙsᴢ🤗

🍀🌸# ʜᴜʀᴍᴀᴛ_ǫɪᴍᴀɢᴀɴ🔐

🍀🌸 # ᴇʀᴋᴇsᴀɴ_ᴄʜᴜǫɪɴᴍᴀ

🍀🌸# ǫɪᴢʟᴀɢᴀ_ᴏsᴍᴏɴ_ʙᴜᴍᴀ💯🚀

🍀🌸#200ᴛᴀ_ᴀᴅᴍɪɴ_ᴋᴀ🤗🥀

🍀🌸 #ʟɪᴄʜ_ᴅᴇʙ_ᴄʜᴜǫɪɴɢᴀɴɪɴ💯🚀
2022
🍀🌸#ʀᴇᴋ_ǫɪɢᴀɴ💯🚀

🍀🌸#KANAL_ʏᴏǫsᴀ_ǫ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Окшомингиз хайрли булсин азизлар..

@Baxt_Qasri_222
Bunyodbek Odilbekov - Bandasiga muxtoj qilmagin (Official Music…
NevoMusic | Uzbek Music Videos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃𝑩𝒂'𝒛𝒊𝒅𝒂 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒄𝒉𝒂𝒌𝒊 𝒅𝒂𝒍𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒎
𝒊𝒏𝒔𝒐𝒏𝒈𝒂 𝒌𝒖𝒄𝒉 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒅𝒊...
🍃"𝐘𝐨𝐧𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚𝐦𝐚𝐧" 𝒅𝒆𝒈𝒂𝒏 𝒔𝒐'𝒛 𝒔𝒂𝒃𝒂𝒃
❤️𝑱𝒐𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒐𝒈'𝒓𝒊𝒈𝒂𝒏𝒅𝒂𝒚
❤️𝑺𝒉𝒊𝒇𝒐 𝒕𝒐𝒑𝒈𝒂𝒏𝒅𝒆𝒌 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒔𝒂𝒏
❤️𝑻𝒂𝒔𝒉𝒗𝒊𝒔𝒉𝒈𝒂 𝒕𝒖𝒔𝒉𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂𝒏𝒈
❤️𝑻𝒂𝒔𝒌𝒊𝒏 𝒕𝒐𝒑𝒂𝒔𝒂𝒏
❤️𝒀𝒊𝒈'𝒍𝒂𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂𝒏𝒈
❤️𝑻𝒂𝒃𝒂𝒔𝒔𝒖𝒎 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈𝒈𝒂 𝒔𝒂𝒃𝒂𝒃 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒅𝒊....
🍃𝑺𝒉𝒖 𝒃𝒊𝒓𝒈𝒊𝒏𝒂 "𝐘𝐨𝐧𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚𝐦𝐚𝐧"
𝒔𝒐'𝒛𝒊𝒏𝒊 𝒐'𝒛𝒊 𝒌𝒊𝒇𝒐𝒚𝒂.....


@Baxt_Qasri_222
Она!
Она қаранг йиллар ўтмоқда,
Юзларингиз гўзал, ажойиб.
Қўлларингиз суртай кўзимга,
Сизга фарзанд бўлдимми лойиқ?

Она!
Юринг бирга бозор борамиз,
Олиб берай гулли кўйлаклар.
Этагида жимжимадор ним,
Пушти, гўзал, оқ, капалаклар.

Она!
Дийдорингиз соғиндим  бугун,
Кўзларимдан ёшлар  тўхтамас.
Олам бир ён, ўзингиз бир ён,
Ҳеч бир инсон сизга   ўхшамас.

Она!
Ҳеч қиймати йуқки дунёда,
Дийдорингиз дилимга малҳам.
Ўзиз емай, бизга едирган,
Ҳар луқмани кўргансиз  баҳам.

Она!
Айланамиз кенг кўчаларни,
Кабобхўрлик қиламиз бугун.
Қолсин майли дунёнинг иши,
Дийдорингиз ҳар недан устун.

Она!
Меҳрибоним, жаннатим, Сизсиз,
Бойлигимсиз оламларга  тенг.
Сиз бахтимсиз, Дунёйим сиз  сиз,
Хокисорим қалби, бағри кенг.

Она!
Айтмаганман бир сўзни дилдан,
Балки ғўрман, буни биламан.
Қалбим бугун ҳайқириб айтар,
Сизни жуда яхши кўраман.


@Baxt_Qasri_222
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Оқшомингиз файзли ва мафтункор бўлсин !

Бу оқшом сизларга гўзаллиги билан ажралиб турсин.

Бирор нимадан кўнглингиз хижилми?

Мумкин бўлганларни кечиринг, қолганларни эса унутиб юборинг. Унутиш - энг зўр жазо ва энг яхши доридир.

Ўзингизни севиб яшанг !



@Baxt_Qasri_222
Shoir va shifokorga

("Falsafiy toʻqima"-yoki samodagi ruhlar uchrashuvida)

Shoir Sherkamol

Yuraklarga malhamdirsan
Egadirsan sharafkorga
Farishtadek koʻrkamdirsan
Shoir Dedi Shifokorga....

Senga bola-Ona muhtoj
Bedavo dil tana muhtoj
Va bil yana-yana muhtoj
Shoir dedi shifokorga..

Sen qasamdan kiyding libos
Dunyolarga boʻlib qiyos
Sabrli boʻl doʻst iltimos
Shoir dedi Shofokorga..

Injiq kampir chollar kelsa
Labi gilos bollar kelsa
Umri yakun hollar kelsa
Shoir dedi shifokorga..

Toʻgri-egri yoʻllar kelsa
Sal qaltiroq qoʻllar kelsa
Olma harom pullar kelsa
Shoir dedi shifokorga..

Sen dardkashsan darmonlarga
Quloq tutib armonlarga
Ishonch boʻlgin insonlarga
Shoir dedi shifokorga..

Mehr toʻlgan yuzdan shifo
Kulib turgan koʻzdan shifo
Topsin bemor, soʻzdan shifo
Shoir dedi shifokorga.

Olislatma bahoringni
Koʻngil kutgan humoringni
Sirdoshi boʻl bemoringni
Shoir dedi shifokorga.

Havas qildim kasb-koringa
Koʻngil nomli bazoringa
Shukur aylab men boringa
Shoir dedi shifokorga

Sherkamol ham bitmish gʻazal
Buqrot, Sino abad-azal
Shifo topmish sendan kasal
Shoir Dedi Shifokorga..

Shifokor

Sen marifat qoʻlin tutding
Qishlaringda kular bahor
Navoiyning yoʻlin tutding
Der shoirga soʻng shifokor..

Yashab gaho, alam bilan
Bagʻring oʻyib qalam bilan
Zamondoshsan olam bilan
Der shoirga soʻng shifokor..

Taqdir suygan insonisan
Buyuklikning hirmonisan
Foniyning ham mezbonisan
Der shoirga soʻng shifokor..

Koʻngil oshkor soʻzlaringdan
Darding ayon koʻzlaringdan
Dunyo yigʻlar izlaringdan
Der shoirga soʻng shifokor..

Lolazorda qolgan diling
Chamanzordir nuchun choʻling
Oʻglim deydi Ona Eling
Der shoirga soʻng shifokor..

Armoning ham buyuk tuygʻu,
Yuragingdan kechmas orzu
Noming qolmish ekan mangu
Der shoirga soʻng shifokor..

Koʻkda suzar kulib oyi
Yerda ham bor hur chiroyi
Xudoyimning erkatoyi
Der shoirga soʻng shifokor..

Ulugʻlarman hayol-oʻying
Bayram boʻlar kichik toʻying
Samolarga yetar boʻying
Der shoirga soʻng shifokor..

Hushomat deb aytma soʻzim
Koʻzlaringa tushdi koʻzim
Ulfatingman axir oʻzim
Der shoirga soʻng shifokor..

Bu soʻzlarim kimga malol
Tinglab maqul derdi hilol
Bemor boʻlma ey Sherkamol
Der shoirga soʻng shifokor..

25.07.2024..


@Baxt_Qasri_222
Baxtning ko"zi.

1-qisim.

Shoir Sherkamol (Dostoni)

Kelibdi shunday zamon,
Ajab bo"bdi zo"r bo"bdi,
Xursandmish barcha yamon,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Avlod-u ajdodimiz,
Eshitmas faryodimiz,
Bilishsin zuryodimiz,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Baxtning o"zi bag"ri qon,
Ko"zini o"ygan yamon,
Yaxshilar yig"lab xar on,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Kimga aytsin dardini,
Yurakdagi gardini,
Topmay inson mardini,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ko"zim olib qo"yinglar,
Koʻksim tilib o"yinglar,
Savol bermay so"yinglar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ertak oxiri xar dam,
Yaxshilik edi be kam,
Endichi alam-alam,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sherkamol ko"p kuyinma,
Ko"r ko"zinga suyinma,
Yamonlarga yalinma,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Mashrab yo"lini tutgin,
Saxro cho"lini tutgin,
Omad qo"lini tutgin,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ko"ngilni ezavermang,
Umidni uzavermang,
Axtarib kezavermang,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ko"rsangiz gar ko"r odam,
Hamrox bo"l unga xamdam,
Uchratgan edim men ham,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Xizir dedi ismini,
Qor boboday jismini,
Goh eslayman husnini,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Xudodan so"ra inson,
Yo"linga qara inson,
Gado yo to"ra inson,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Eslasam ko"zimda yosh,
Yuzlari nurli quyosh,
Dilimga bo"lgan sirdosh,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Unutma sen Sherkamol,
Mehnating chin baxt iqbol,
Qani deb so"rsa savol,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Gul ila tikon yormish,
Mushtoqmish unga zormish,
Gul yuzlari humormish,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Malika cho"ponga zor,
Kutar yo"lin intizor,
Ro"molcha toʻqib bahor,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Boy qiz sevdi bukurni,
Topay shundan huzurni,
Qarang do"stlar g"ururni,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

O"g"riga to"g"ri tegdi,
Xar dam boshini egdi,
Ne qilsin sevdi-sevdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Baxt kelib qo"ndi kimga,
Quvonch berib ko"ksimga,
Nima deyman sevgimga,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Qo"shiq aytib baxshilar,
Naqsh oʻyadi naqshilar,
Pok ko"ngilli yaxshilar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bolasin ko''mdi ota,
Qo"lida tobut aso,
So"zlarim demang xato,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Er tirik xotinlar tul,
Sababchisiz hamon pul,
Teskari dunyo butkul,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bir kasallik avj oldi,
Ertakga o"xshab qoldi,
Ko"rinmay xanjar soldi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Davosi yo"q ekan der,
Odamning jonini yer,
Yozishga qo"rqaman she'r,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Tulkilar o"rmonga shoh,
Meniki der olam goh,
O"zing saqla ey Olloh,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Shim kiydi qizlar tarang,
Otasi rozi arang,
Kelinlardan dil so"rang,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Kiyov yordan kecholmas,
Uzun ko"ylak bicholmas,
O"z vaqtida qucholmas,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bahorda ham yog"di qor,
Noxot qishda gul bahor,
Dillarimiz kimga zor,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Shoirdirsan extimol,
Xaqiqat kelmas malol,
Kut keladi Sherkamol,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Daryolar toshib ketdi,
Gunohlar oshib ketdi.
Odamzod shoshib ketdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yaqin ekan qiyomat,
Turli-turfa olamat,
Qilmang buncha adovat,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ko"cha kezib er chiqdi,
Kaftidan ham ter chiqdi,
Mana Ota sher chiqdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yig"lamanglar kulinglar,
Armonlarni yulinglar,
Azizlarim bilinglar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yetimlar yig"lab qoldi,
Ko"ngilni tig"lab qoldi,
Umidsiz uxlab qoldi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bo"lgan ish bo"ldi jo"ra,
Atirgul so"ldi jo"ra,
Bog", xazon to"ldi jo"ra,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yo"lat bizga Xudoyim,
Quvnat xar on iloyim,
Kezib yurar xar doim,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sen ko"zingni och bolam,
Yamonlardan qoch bolam,
Mehring menga soch bolam,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Shunda ishing yuradi,
Shayton yuzin buradi,
Ko"rmagan baxt ko"radi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ota-onang rozi qil,
Xaqni bir tarozi qil,
Ularni chin qozi qil,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sochlarimga qoʻndi qor,
Yuraklarim boʻlib zor,
Barcha koʻzlar intizor,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.


@Baxt_Qasri_222
Baxtning ko"zi.
2-qism.

Shoir Sherkamol (Dostoni)

Chalganida dil sozlar,
Qoʻshilishib, joʻr bo'bdi,
Bilib qoʻysin shavvozlar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yolgʻiz boshim xor deydi,
Qoʻllarimda tor deydi,
Na ilojim bor deydi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Chaling dardli cholgʻular,
Turli-turfa tuygʻular,
Baxt boshida qaygʻular,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Asli oʻtkinchi umr,
Jannat uchun qil sabr,
Aytishim shart baribir,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ochilmagan gʻunchalar,
Goʻzalsiz-a bunchalar,
Qoqilasiz qanchalar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yoʻl soʻradim yoʻl boʻlsin,
Yoʻl boʻlsada moʻl boʻlsin,
Koʻksingizda qoʻl boʻlsin,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Gʻanimni it qopadi,
Orzu eshik yopadi,
Kutsang bir kun topadi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Zamona zoʻrga qoldi,
Peshona shoʻrga qoldi,
Kunimiz koʻrga qoldi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Oyogʻidan chalmanglar,
Boʻgʻzidan xam olmanglar,
Doʻstlar dogʻda qolmanglar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Kimda qanday shum xayol,
Surgan oʻylaring uvol,
Koʻzingni och Sherkamol,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Eslab qoldim dadamni,
Tutib dardli qalamni,
Ogoh qildim olamni,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sochlarimga qoʻndi qor,
Yuraklarim boʻlib zor,
Barcha koʻzlar intizor,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Olma, nok pishdi bogʻda,
Qor xam yogʻibdi togʻda,
Bilmadim qaysi chogʻda,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Gulbogʻ ichinda yantoq,
Chamanzor boʻldi oʻtloq,
Chidaymiz endi qandoq,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Anor, uzum qoʻyishdi,
Rosa mirqib toʻyishdi,
Xandalakni soʻyishdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sumbula suv boʻyida,
Shirin xayol oʻyida,
Qachon kimning toʻyida,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Anorlar qirmiz pishdi,
Siqib suvini ichdi,
Osmondan yulduz uchdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Olmani shoxi sindi,
Shoxiga maymun mindi,
Koʻnmaslar nega koʻndi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bir sochlari sumbulga,
Yoʻl top dedi koʻngilga,
Yigʻlash nasib bulbulga,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Qargʻa sayrab toʻymadi,
Gulzor aro oʻynadi,
Qoʻy! desak xam qoʻymadi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Pul uchun egib boshni,
Yor qilib qalam qoshni,
Koʻrib yeyolmay oshni,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Tillari burron boʻldi,
Gʻururi osmon boʻldi,
Xar kimga yomon boʻldi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Suzildi oy suzildi,
Axt-u paymon buzildi.
Qon dilginam ezildi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Zorlanaman qaro tun,
Topolmay aqli butun,
Ayting doʻstlar ne uchun,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Shoshib qayga ketamiz,
Bir manzilga yetami,
Iloji yoq kutamiz.
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Oʻzi topib olar deb,
Choʻntakka pul solar deb,
Umr boʻyi qolar deb,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Xudoyim sinayabdi,
Tovbaga unayabdi,
Ne ular koʻnmayabdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Aniq boʻlar manzillar,
Quvonsa qon koʻngillar,
Aka-uka, singillar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Namoz oʻqi roʻza tut,
Aroq zinoni unut,
Iymoning saqlagin but,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Umr daryoday oqar,
Omad boqqanga boqar,
Yiqilib yerda yotar,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Qulogʻingda tut soʻzim,
Yoshlatma nogoh koʻzim,
Maxsharda kutay oʻzim,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Iymoning boʻlsin bayroq,
Shayton dilida firoq,
Yomonlardan yur yiroq,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Xikoyamni boshlayman,
Gʻanim dilin gʻashlayman,
Barin ortga tashlayman,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Menga nima yorim bor,
Chalish uchun torim vor,
Nomusim bor, orim bor,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Bu kunlar oʻtar jonim,
Kelganlar ketar jonim,
Bor budin tutar jonim,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Gulga oʻxshaydi yuzi,
Koʻksimda mudom izi,
U asli oyning qizi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Yurak toʻlib yalindi,
Menga baxtni ilindi,
Oʻrni xar dam bilindi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Izladim oxir topdim,
Gʻiybatning tilin chopdim,
Armon eshigin yopdim,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Vo ajab ish boʻlibdi,
Yorni koʻngli toʻlibdi,
Oʻlmaskashshey oʻlibdi,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Ertakka oʻxshab yozdim,
Suyaklar qaqshab yozdim,
Toʻgʻrisi yigʻlab yozdim,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.

Sherkamol dil zori shu,
She'rlar yozar kori shu,
Bilganlarim bori shu,
Baxtning ko"zi ko"r bo"bdi.
Adham aka ha men kirganim uchun qochib ketdizmi 😳😳😳😳😳😳😔😔😔😔😔

@Baxt_Qasri_222
###

Кимларнидир ранжитганман билиб-билмай,
Йўқлолмадим дўстларимни вақтим бўлмай.
Лек дилимни вайрон этар савол қийнай,
Эслолмасам ранжимангиз минг бор узр.

Ташвишларим ҳар гал менинг йўлим тўсар,
Ҳар қадамда синов чўғи ҳолим сўрар.
Тана бошқа дардларимни ким ҳам билар,
Эслолмасам ранжимангиз минг бор узр.

Мағрурланиб кетганим йўқ ўша менман,
Ишларим кўп битирмоқа ҳотиржимман.
Базан ўзим тушунмайман асли кимман,
Эслолмасам ранжимангиз минг бор узр.

Тирикчилик деганлари ёмон экан,
Ўзинг учун яшамоққа қўймас экан.
Балки Шуҳрат шундай ёмон инсон экан,
Эслолмасам ранжимангиз минг бор узр.

Дўстимми ё таниш билиш яқин кишим,
Насиб этса тугаб битар ташвиш, ишим.
Синовларга етмаяпти бироз кучим,
Эслолмасам ранжимангиз минг бор узр.

Сурхон оға(Шухратбек)


@Baxt_Qasri_222
Соғинмоқ учун манзилнинг аҳамияти йўқ...
Соғинмоқ учун кун ё тунми аҳамияти йўқ...
Соғинмоқ учун  соғинган қалбнинг соғинганми ёки йўқми бунинг ҳам аҳамияти йўқ...
Барибир соғинаверасиз...

Соғинаверамиз...


@Baxt_Qasri_222
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM