Baxmal tumani hokimligi
2.36K subscribers
16.1K photos
3.92K videos
74 files
8.9K links
Baxmal tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanallari

Web-sayt ▶️ www.baxmal.jizzax.uz
telegram ▶️ http://surl.li/rqyea
facebook ▶️ http://surl.li/rqyey
instagram▶️http://surl.li/rqyge
youtube ▶️ http://surl.li/rqygp
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
To'garak a'zolarimizdan navbatdagi XALQARO G'ALABA!
🌍 Dubay shahrida "Mental arifmetika " davlatlararo Xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
💫 Xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada Baxmal tumani "Barkamol avlod " bolalar maktabi to'garak a'zosi O'rolov Zuhriddin faol ishtirok etib 6-14 yoshli bolalar o'rtasida "Mental arifmetika " to'garagi bo'yicha 🥇1- o'rinni qo'lga kiritib CHEMPION bo'ldi.
🏆 G'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchimiz O'rolov Zuhriddin va ustozi Nasiba Tovboyevani erishgan yutuqlari va Xalqaro musobaqalarda Vatanimiz shanini yuksak pog'onalarga olib chiqqanligi munosabati bilan jamoamiz nomidan muborokbod etamiz!


Baxmal tumani hokimligi Axborot xizmati:
👉🏻@baxmal_tumani_hokimligi
🔰 Бугун Жиззах вилоят хокимлигида “Йил аёли”, “Гендер тенглик фаоли” Миллий танловлари ҳамда бир нечта кўрик-танловларнинг ғолибларини тантанали тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
🔰 Тадбирни Жиззах вилоят хокими Эргаш Солиев ўзи сўзида бугунги кунда хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш масаласи мамлакатимизнинг тараққиёт стратегиясидаги энг муҳим йўналишлардан бири сифатида белгиланганини таъкидлади.
🔰 Қувонарлиси, бир гуруҳ совриндорлар қаторида Бахмал тумани Инсон ижтимоий хизматлар маркази “Гендер тенгликни таъминлашда энг фаол ташкилот” номинацияси хамда Мактаб ва мактабгача таълим бўлимига қарашли 10-сон МТТ директори Қаршиева Нилуфар Эгамбердиевна "Йилнинг энг кучли маънавий-маърифий тарғиботчиси" номинациялари билан тақдирланди ва Республика босқичига йўлланмаларни қўлга киритишди.
Шу билан бирга "Қишлоқ аёли" танловида фаол иштирок этган "Новқа боғлари" дехқон хўжалиги рахбари Абдухолиқова Мархамат она ҳам муносиб тақдирланди

Каналимизга обуна бўлинг:
👉🏻@baxmal_tumani_hokimligi
💹Baxmal tumanida ekstremal sport turizm bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi
2024-yilning 10-11-noyabr kunlari Baxmal tumani “Mo‘g‘ol” MFYda xorijiy davlatlarning yoshlari ishtirokida “Sakayra” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.
Batafsil
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

💹В Бахмальском районе прошли международные соревнования по экстремальному спортивному туризму
10-11 ноября 2024 года в Бахмальском районе состоялся международный турнир "Сакайра" с участием молодежи зарубежных стран.
Подробнее
✈️Поделитесь с друзьями!

💹Extreme sports tourism international competitions held in Bakhmal district
On November 10-11, 2024, the international "Sakayra" tournament was held in Bakhmal district with the participation of young people from foreign countries.
Read more
✈️Share it with your friends!

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
❇️Jizzax viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 281,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

Каналимизга обуна бўлинг:
👉🏻@baxmal_tumani_hokimligi
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 13-noyabr kungi Adabiyotga bag‘ishlangan maxsus sonida:

👉 Navoiy qo‘llagan so‘z va tasvirli ifoda xususida
👉 Mashrab qachon tug‘ilgan? Akademik Vohid Abdullayev haqmidi yoki opponentlar? 👉 “She’rni xo‘b tanir zavq bila...”
👉 Navoiy toshbosma devoni kotiblari: Shohmurod kotib
👉 Shahrisabz-u Samarqand farzandi
👉 Tilsim qa’ridagi ovoz
👉 Munojot yoxud orzumand ko‘ngil nolasi
👉 Taxtdan voz kechib hajga ketgan aka-uka Imomqulixon va Nadrmuhammadxon ashtarxoniylar qismati


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova
☘️ "Yashil makon"ni birgalikda quramiz.

🌱 Respublika bo‘ylab ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.

🍀 Bugun ushbu loyiha doirasida ko'plab ko'ngilli yoshlar 1200 tup daraxt ko'chatlarini ekishdi.

🌳 Barchani ushbu umummilliy loyihada faol bo‘lishga chorlaymiz.

Baxmal tuman hokimligi Axborot xizmati:
👉@baxmal_tumani_hokimligi
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

"Skayraning" bo'yicha Xalqaro musobaqa

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
#Инфографика

⚡️Ижтимоий тармоқларда шахсни, жумладан, давлат хизматчисини обрўсизлантириш ва туҳмат қилиш учун жавобгарлик белгиланган

▫️Бу ҳақда инфографика орқали батафсил билиб олинг.

Каналга уланиш — t.me/argos_uz