Basic English
4 subscribers
22 photos
2 videos
1 link
Download Telegram
Cinema - kino(teatr)
Theatre - teatr
Review - takrorlash
Live stream finished (33 minutes)
Agar oʻzingiz aytib koʻrmoqchi boʻlsangiz ham mana shu qatorlarini aytmaysiz chunki bu biroz diniy qoʻshiq. Shuning uchun bu qatorlari toʻgʻri kelmaydi
Live stream started
Sifat(The Adjective)
1.Shaxs yoki buyumning belgisini bildiradi.
A young man= yosh kishi
A young woman= yosh ayol
Young people= yosh kishilar
2. Sifat faqat darajalar boyicha oʻzgarishi mumkin: long-uzun, longer- uzunroq, the longest- eng uzun
3. Sifatlar oddiy va yasama boʻladi.
a) oddiy sifatlar qoʻshimcha olmagan sifatlar: big- katta, short - kalta, black - qora
b) yasama sifatlar old yoki orqa qoʻshimcha olishadi: natural(al)- tabiiy, incorrect(in)- notoʻgʻri, unnatural(un,al)- notabiiy.
Eng koʻp tarqalgan qoʻshimchalar(suffikslar):
- ful; useful=foydali, doubtful=shubhali
-less; helpless=ojiz, useless=befoyda
-ous; famous=mashhur, dangerous=xavfli
-al; formal=rasmiy, central= markaziy
-able, ible; eatable=yesa boʻladigan, accessible= hammabop, yengil.
Eng koʻp tarqalgan old qoʻshimchalar:
-Un; unhappy=baxtsiz, unequal=teng emas, noteng
-in; incomplete=tugallanmagan, indifferent=farqsiz.
4. Qoʻshma sifatlar ikkita soʻzdan yasalib bitta maʼnoni bildiruvchi sifatlar.
Dark-blue= tõq koʻk
Snow-white=qorday oq
Sifat darajalari( Degrees of Comparison)
1. Sifatning uchta darajasi bor:
a) Oddiy( the positive degree)
b) Qiyosiy( the comparative degree)
c) Orttirma( The superlative degree)
Qiyosiy darajada ikkita shaxs yoki buyum qiyoslanadi.
Orttirma darajada uch yoki undan ortiq shaxs yoki buyum qiyoslanadi va bittasining darajasi hammasidan ziyoda(koʻp) boʻladi.
2.Sodda sifatlarning( bir, ikki boʻgʻinli sifatlarning) qiyosiy darajasi -er qoʻshimchasini qoʻshish bilan, orttirma darajasi -est qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi.
Oddiy: sharp- oʻtkir
Qiyosiy: sharper- õtkirroq
Orttirma: the sharpest - eng oʻtkir
3. Qiyosiy va orttirma darajalarni yasaganda rioya qilish kerak boʻlgan imlo qoidalari:
a) agar sifat oʻqilmaydigan e harfi bilan tugasa, -er va -est qoʻshimchalari qoʻshilganda sifat oxiridagi oʻqilmaydigan e harfi tushib qoladi:
Large= katta, larg+er=larger- kattaroq, larg+est= eng katta
Brave=jasur,........
Ripe=pishgan,....
b) agar sifat qisqa unlidan keyin bitta undosh bilan tugagan boʻlsa, qiyosiy va orttirma darajalarning qoʻshimchasi qoʻshilganda oxirgi undosh ikkilantiriladi:
Big=katta (oddiy daraja), bigger=kattaroq, the biggest= eng katta
Hot=issiq (oddiy daraja), hotter= issiqroq, the hottest= eng issiq
Thin=yupqa, ......
Wet=nam, ....
c) agar sifat undoshdan keyin kelgan y harfi bilan tugasa, y harfi i ga oʻzgaradi:
Busy=band, busier=bandroq, the busiest=juda, eng band
Easy=oson,.....
Dirty=kir,....
d)agar sifat oxirida y unlidan keyin kelsa, qoʻshimcha qoʻshilganda y harfi saqlanib qoladi:
Gay=shõx, gayer=shõxroq, the gayest= eng, juda shõx.
👍1
Than- .. ga qaraganda
Ikki va uch boʻgʻinli sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalarini yasashda sifatdan oldin more va most soʻzlari qoʻllaniladi.
Qiyosiyga more
Orttirmaga the most
Live stream finished (55 minutes)
Sodda sifatlar:
1. Sharp=õtkir
2. Cold=sovuq
3. Deep=chuqur
4. Busy=band
5. Dirty=iflos(kir)
6. Clever=aqlli
7. Narrow=tor
8. Able=layoqatli(qodir)
9. Noble=himmatli
10. Polite=odobli
11. Severe=shafqatsiz
12. Sincere=sofdil, samimiy
13. Simple=oddiy(sodda)
14. Common=oddiy
Murakkab sifatlar:
1. Active=faol
2. Famous=mashhur
3. Difficult=qiyin
4. Comfortable=qulay
5. Interesting=qiziq(arlı)
Ba'zi sifatlarning darajalari qoidaga boysunmasdan oʻzakdan oʻzgaradi:
1. Good=yaxshi(oddiy daraja)
Better=yaxshiroq(qiyosiy daraja)
The best=eng yaxshi (orttirma)
2. Bad=yomon(oddiy daraja)
Worse=yomonroq (qiyosiy)
Worst=eng yomon( orttirma)
3. Little=oz(oddiy daraja)
Less=ozroq(kamroq)(qiyosiy daraja)
The least= eng oz( eng kam) (orttirma daraja)
4. Much, many=koʻp (oddiy daraja)
More=koʻproq (qiyosiy)
The most=eng koʻp (orttirma)