Barno Brain | Neuroscience
2.97K subscribers
2 photos
5 files
1 link
Miya qanday ishlaydi — tushunarli tilda
Diqqat · dopamin · odatlar
Download Telegram
Channel photo updated
Assalomu alaykum!

Oxirgi paytlarda miyamiz haqida o‘rgangan narsalarimni odamlar bilan bo‘lishmasdan turolmayapman. 😅

Ora-orada neurobiology orqali beradigan explanationlarim shunchalik ko‘payib ketdiki, endi bu mavzuga alohida kanal qilmasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.

Bir narsani tushunib yetdim:

Biz miyamiz qanday ishlashini bilmasdan turib, o‘zimizni boshqarishga harakat qilamiz.

Meni neurobiology’da aynan shu qiziqtiradi, miya haqidagi qiziq faktlarning o‘zi emas, uning kundalik hayotimizga qanday ta’sir qilishi.

Nega ba’zan o‘qishga umuman xohish bo‘lmaydi?
Nega “5 daqiqaga” deb telefon olib, bir soat chiqolmay qolamiz?
Nega stress paytida boshqacha fikrlaymiz?
Nega ayrim odatlarni tashlash qiyin?
Nega procrastination har doim ham dangasalik emas?
Va nega uyqu o‘rganish uchun shunchalik muhim?

📍Bu kanalda miya, xulq-atvor va kundalik hayotimiz o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gaplashamiz.

Brain — miya qanday ishlaydi
Dopamine — motivation, reward va habitlar
Learning — qanday o‘rganamiz va nega unutamiz
Psychology — emotions, attention, procrastination
Life — bularning real hayotdagi qo‘llanilishi

Bu yerda shunchaki “amazing brain facts” ulashib yurmoqchi emasman.

O‘zim o‘rganayotgan va qiziqayotgan narsalarni tushunarli, ilmiy va hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan shaklda siz bilan bo‘lishmoqchiman.

Agar sizga “Nega men shundayman?” degan savoldan keyin
“Miyamda aslida nima bo‘lyapti?” degan savol ham qiziq bo‘lsa, xush kelibsiz!

Ketikmi?
❤29🔥6💘3❤‍🔥1🕊1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20💘3❤‍🔥1🕊1
13-ta-kitob-Barno-Mukimova.pdf
250.3 KB
Meni "dangasa" emasligimga ishontirgan 13 ta kitob.

Yillar davomida o'zimni ayblab keldim. "Intizomim yo'q." "Irodam zaif." "Motivatsiyam tez so'nadi."

Keyin neurobiology'ga oid kitoblarni o'qiy boshladim va bir narsani tushundim:

Telefonni qo'ya olmasligimiz xarakter muammosi emas, bu dopamin.
Ertalab tura olmasligimiz dangasalik emas, bu uyqu arxitekturasi.
Bir ishni boshlab, oxiriga yetkaza olmasligimiz ham zaiflik emas. Miyamiz "ko'proq"ni qidirishga dasturlanganidan ekan

Bu kitoblar hayotimni, odatlarimni va studentlar bilan ishlash usulimni butunlay o'zgartirdi.
Hammasini bitta ro'yxatga yig'dim: 13 ta kitob. Har biri nimani o'rgatgani va qaysi biridan boshlash kerakligi ham yozilgan.
❤31🔥26⚡8🕊3❤‍🔥2🥰1
Maxsus_fayl__How_Your_Brain_Works___Changes_.pdf
658.9 KB
Agar neyrobiologiyaga qiziqsangiz, bu podkastni albatta ko‘rib chiqing.

Bu — Andrew Hubermanning “How Your Brain Works & Changes” podkasti.

Menga yoqqan tomoni — miya qanday ishlashini shunchaki nazariya sifatida emas, kundalik hayotimiz bilan bog‘lab tushuntiradi.

Masalan:
— miyamiz ma’lumotni qanday sezadi va idrok qiladi;
— emotsiyalar va fikrlar qanday shakllanadi;
— bularning barchasi qanday qilib harakatlarimizga ta’sir qiladi;
— neyroplastiklik orqali miyamizni qanday o‘zgartirishimiz mumkin;
— diqqatni uzoqroq saqlash uchun 90 daqiqalik ultradian sikllardan qanday foydalanish mumkin.

Men podkastni ko‘rib, ayniqsa miyamiz o‘zgarishi mumkinligi haqidagi qismini qiziq deb topdim.

Agar ingliz tili sababli ko‘rishga qiynalsangiz, yaxshi xabar bor :)

Podkastning o‘zbekcha tarjimasini tayyorlab qo‘ydim.
❤58👍23🔥8🙏5❤‍🔥3
Barno Brain | Neuroscience
Maxsus_fayl__How_Your_Brain_Works___Changes_.pdf
Hammaga xayrli kech! 🤍

Podcastga bo‘lgan qiziqishingiz, ochig‘i, meni biroz hayratda qoldirdi. Juda ko‘pchilik tarjimani so‘rab yozgani bizni ham xursand qildi.

Endi sizdan kichik bir savol: podcastdan (tarjima fayldan) o‘zingiz uchun qanday insight oldingiz?

Fikrlaringizni biz bilan bo‘lishsangiz, keyingi ma’lumotlarni siz uchun yanada foydali, qiziqarli va chiroyliroq shaklda tayyorlashimizga ilhom beradi.

O‘qib, ko‘rib, fikr bildirayotganingiz uchun rahmat. 🤍
❤33❤‍🔥9🔥9
barnobrain_handout.pdf
50.2 KB
Maqsadlaringizga erishish uchun har doim o‘zingizni majburlash shart emas.

Ba’zan muhitni o‘zgartirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. 🤍

Shu sabab siz uchun atrof-muhitni qayta tartibga solish, keraksiz narsalardan xalos bo‘lish va miyangizga qulay sharoit yaratishning 13 ta usulini bitta faylga jamladik.

📎 Faylni yuqorida qoldirdim.

O‘zingizga eng kerakli bitta usuldan boshlab ko‘ring. Balki kichik o‘zgarish katta natijaning boshlanishi bo‘lar. ✨
❤46🔥18👍9❤‍🔥3
Maxsus TEST by BarnoBrain.pdf
223 KB
🧠 Miyangiz dofaminga qanchalik o‘rganib qolgan?

Telefonni qo‘ldan qo‘yish qiyinmi? Tez-tez chalg‘iysizmi? Oddiy ishlar ham zerikarli tuyuladimi?

Balki vaqti-vaqti bilan o‘zingizni tekshirib ko‘rish kerakdir.

Siz uchun 10 savoldan iborat test tayyorladim. Faylni yuklab oling, savollarga javob bering va yakuniy ballingizni hisoblang.

📌 Muhim: natijalar tahlili ertaga kanalda e’lon qilinadi. Ballaringizni saqlab qo‘ying — ertaga o‘zingiz haqingizda yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin.

Testni ishlab bo‘lgach, fikrlaringizni izohlarda kutamiz. 🤍
❤26🔥9👍7❤‍🔥3💅3
🧠 Miyangiz dopaminga qanchalik o‘rganib qolgan? Test natijalari

Testni ishlab, ballaringizni hisoblab bo‘ldingizmi? Keling, endi natijangiz nimani anglatishini ko‘rib chiqamiz.

💚 0-6 ball — yashil zona

Sizning telefon va tezkor rag‘batlar bilan bog‘liq odatlaringiz nisbatan muvozanatli bo‘lishi mumkin.

Bu odatlarni saqlab qolish muhim. Masalan, ertalab uyg‘onishingiz bilan telefonni tekshirishga shoshilmang, ovqatlanayotganda ekrandan uzoqroq bo‘ling va diqqatingizni chalg‘itadigan narsalarni kamaytiring.

💛 7–13 ball — sariq zona

Balki biror ishni boshlashdan oldin telefonni tekshirib qo‘yar, zerikishingiz bilan ijtimoiy tarmoqlarni ochib yuborar yoki bildirishnomalarga tez-tez chalg‘irsiz.

Buni o‘zgartirish uchun katta rejalar shart emas. Keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring, ekran vaqtini kuzating va har kuni 20–30 daqiqani telefonsiz o‘tkazishga harakat qiling.

❤️ 14–20 ball — qizil zona

Javoblaringiz tezkor raqamli rag‘batlar bilan bog‘liq odatlar sizda ko‘proq uchrashini ko‘rsatishi mumkin.

Lekin bu miyangiz buzilganini yoki dopaminga qaram ekaningizni anglatmaydi. Shunchaki diqqat va telefon bilan bog‘liq odatlaringizni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin.

Ishlayotganda telefonni uzoqroqqa qo‘ying. Biror vazifaga 10–15 daqiqa chalg‘imasdan e’tibor berishdan boshlang. Zerikkaningizda esa darhol telefonni qo‘lga olishga shoshilmang.

🧠 Eng muhimi, dopamin bizning dushmanimiz emas.

U motivatsiya, o‘rganish va mukofotni kutish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Masala dopaminda emas, balki odatlarimiz va diqqatimizni qanday boshqarishimizda.

Bugun o‘zingizga bitta savol bering:

«Men hozir telefonni ongli ravishda ochyapmanmi yoki shunchaki odatim bo‘yicha harakat qilyapmanmi?»

O‘zgarish o‘zingizni ayblashdan emas, o‘zingizni tushunishdan boshlanadi. 🤍

Bu BarnoBrain edi. Miyangizni tushuning, diqqatingizni asrang va tanlovlaringizni ongli qiling.
🔥20❤13❤‍🔥7👍2🆒1
"O‘qiganni unutmaslik uchun 5 neyro-texnika".pdf
122.4 KB
🧠 Xotira: o‘qiganlaringizni unutmaslik uchun 5 ta neyrotexnika

Biror mavzuni soatlab o‘qiysiz, lekin bir necha kundan keyin ko‘p narsani eslay olmaysizmi?

Bu har doim ham xotirangiz yomonligini anglatmaydi. Balki ma’lumotni o‘rganish usulingizni o‘zgartirish kerakdir.

Miya ma’lumotni qanday yaxshiroq eslab qoladi? O‘qiganlaringizni uzoq muddatli xotirada saqlash uchun nimalar qilish mumkin?

📎 Siz uchun xotirani mustahkamlashga yordam beradigan 5 ta neyrotexnikani bitta qo‘llanmaga jamladik.

Qo‘llanmani yuklab oling va texnikalarni o‘qish jarayonida sinab ko‘ring.

Keyingi 5 kun davomida kanalda har bir texnikani qanday qo‘llashni alohida tushuntirib boramiz. Oxirida esa takrorlash jadvali shablonini ham ulashamiz. 🤍

Saqlab qo‘ying va o‘qish usulingizni birgalikda yaxshilaymiz!
❤40🔥7👏7❤‍🔥4👍1🕊1💋1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥23👍8🔥8❤4😇2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥22👍9❤7🔥5💋3👏1😇1
Bilasiz: telefonni kamaytirish, ertaroq yotish, kitob o‘qish kerak...

Lekin bilish — hali qilish degani emas.

Ko‘pchilik darrov o‘zini ayblaydi: "irodasizman", "dangasaman". Aslida muammo irodada emas.

Miyamizda tushunish va bajarish uchun javob beradigan tizimlar har xil. Biror narsani anglash bir masala, uni odatga aylantirish esa umuman boshqa jarayon. Ular avtomatik ravishda bir-biriga bog‘lanib qolmaydi.
Shu sababli 100 ta foydali video ko‘rsangiz ham, hayotingiz zarracha o‘zgarmasligi mumkin.

Ertaga muhim bir savolni o‘rtaga tashlaymiz: "odam umuman o‘zgaradimi o‘zi?"

Sizda-chi? Nimani "bilaman-u, lekin qilmayman" deb o‘ylaysiz? Izohda bo‘lishing 👇
❤30❤‍🔥21👍5🔥2💘1
Barno Brain | Neuroscience
"O‘qiganni unutmaslik uchun 5 neyro-texnika".pdf
https://youtu.be/PrqYEm5Imoc?si=Lq4v4RKLLxHqOPNh


Bu mazvu tahlilini sizlar uchun you tube kanalimga joyladim.
🔥39❤15👍6🥰4❤‍🔥2🏆1
"Men shunaqaman, oʻzgarmayman."

Qanchalik koʻp eshitamiz-a? Baʼzan oʻzimizni ham aldaymiz shunaqa qilib.

Lekin neyrobiologiya buni inkor qiladi: miya butun hayot davomida oʻzgarishga qodir. Bu hodisa "neyroplastiklik" deyiladi. Oddiyroq aytsak, nimani har kuni takrorlasangiz, miyadagi oʻsha "yoʻl" yoʻgʻonlashadi. Qilmay qoʻyganingiz esa vaqt oʻtib yoʻqolib boradi.

Ertalab koʻz ochishingiz bilan telefonga yopishishingiz ham, aslida miyangiz mukammal oʻzlashtirgan bir mashq.

Yaxshi xabar shuki, bu mexanizm qarama-qarshi tomonga ham aniq shunday ishlaydi. Qiyinchiligi esa bitta qaror yoki bir kun bilan bitmasligida. Faqat va faqat "takrorlash" kerak.

Shuning uchun asl savol "Oʻzgara olamanmi?" emas.
Asl savol: "Men har kuni nimani takrorlayapman?"

🧠 Ertaga kichik bir test oʻtkazamiz. Diqqatingiz hozir qaysi ahvolda ekanini 60 soniyada bilib olasiz

⚡️Post yoqqan boʻlsa, diqqatini tekshirib koʻrmoqchi boʻlgan doʻstingizga ulashib qoʻying
🔥73❤39⚡26❤‍🔥12🌚3