Baliqchi tuman AKM 📖 Rasmiy kanali
128 subscribers
8.04K photos
1.61K videos
1.73K files
5.59K links
#kutubxona
Andijon viloyati Baliqchi tumani Axborot-kutubxna markazining rasmiy kanali.
Havolalar:
👉https://t.me/baliqchitakm
👉https://www.facebook.com/baliqchitakm
👉https://www.instagram.com/baliqchitakm
👉https://youtube.com/@baliqchitakm
Download Telegram
#Yoz_imkoniyatlar_fasli
#90_kun_90_imkoniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025 yil 15 may kuni taʼlim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalasiga alohida urgʻu berildi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Baliqchi tuman madaniyat va istirohat bogʻida tuman yoshlar ishlari boʻlimi va axborot -kutubxona markazi bilan hamkorlikda "90 kun - 90 imkoniyat" nomli maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbir doirasida yoshlar asfaltga rasm chizish, sport oʻyinlari, kitob targʻiboti va boshqa loyihalarda faol ishtirok etdilar.
#Kitob_kelajak_yoʻlboshchisi
#Oromgoh_2025

Ilmni chuqur egallashning yoʻli bitta - kitob oʻqishdir. Inson bilimni asosan kitob orqali oladi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Baliqchi tuman axborot -kutubxona markazi tomonidan "Shabboda" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida tashkil etilgan koʻchma kutubxonada "Kitob - kelajak yoʻlboshchisi " mavzusida suhbat oʻtkazildi. Suhbat davomida kitob insonni komillikka yetaklashi, inson tafakkurini oshirishi haqida tushunchalar berildi.
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Qoraqalpog‘istonning ravnaqi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash hamda bu og‘ir, ammo nihoyatda go‘zal hududda yashayotgan har bir insonning turmush sifatini yaxshilash — mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri.

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada o‘tgan bir yil mobaynida ko‘plab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni ishga tushirganimiz va ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratganimizni ta’kidladim. “Boston Consulting Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqdik.

Qoraqalpog‘istonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi ish o‘rinlari yaratishi, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning kelajagini yanada yaxshilashi kerak.

Investorlarni hududga tashrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga va keng imkoniyatlar ko‘lamini baholashga taklif qilaman!



Один из главных национальных приоритетов — это будущее Каракалпакстана, укрепление региональной экономики и улучшения качества жизни для всех, кто живёт в этом суровом, но невероятно прекрасном крае.

На сегодняшней сессии в рамках IV Ташкентского международного инвестиционного форума я отметила, что за последний год мы провели множество переговоров, запустили конкретные программы и выделили необходимый бюджет для их реализации. В сотрудничестве с Boston Consulting Group мы разработали долгосрочную стратегию развития Каракалпакстана до 2035 года.

Инвестиции в Каракалпакстан должны образовывать рабочие места, поддерживать местных предпринимателей и создавать лучшее будущее для молодёжи.

Я приглашаю инвесторов приехать в регион, увидеть своими глазами весь огромный потенциал республики и оценить масштаб возможных преобразований!