Bir insonning hayotini ayni o'zingiz ko'rib turganingiz kabi muhokama qilmang! Siz ko'rib turganingiz aslida bu sizning dunyoqarashingiz xolos. Sababi har bir inson dunyoni òz qarichlarida o'lchaydi, har kim o'zicha haq. Bir insonning hayotini muhokama qilishdan oldin avval u yurgan yo'llardan yuring, u totgan dard alamlarni totib ko'ring, u qoqilgan toshlarga siz ham qoqiling. Shuncha ishdan keyin ham u tik oyoqda qaddini tik tutib o'z yo'lida davom etyaptiaa xo'sh siz ham u kabi kuchli va sabrli bo'lolasizmi? Balkim ha balkim yo'q! Sizning ko'z o'ngizda turgan har bir insonning o'z hayoti bor. O'z tashvishlari bor... Bir insonni yaxshi bilmay turib u haqida aslo gapira ko'rmang, uning hayotini bilishingiz uchun esa kamida o'zingiz o'sha inson kabi bo'lishingiz kerak!
👏1