Baxtiyor Saidov
8.22K subscribers
1.54K photos
51 videos
647 links
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
——
Министр иностранных дел Республики Узбекистан
——
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

www.mfa.uz
fb.com/FMSaidov
twitter.com/FM_Saidov
instagram.com/fm_saidov/
Download Telegram
Bugun Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga qaratilgan keng qamrovli kun tartibi yuzasidan samarali suhbatlashdik, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni muhokama qildik. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘tgan yili ta’sis etilgan Strategik muloqot doirasidagi qizg‘in hamkorlikni davom ettiradi.
***
Glad to meet with H.E. Cho Tae-yul, Foreign Minister of the Republic of Korea today in Seoul. We had a productive conversation with a comprehensive agenda, focused on further expansion of Uzbekistan-South Korea Special Strategic Partnership, discussed the upcoming high-level engagements. Foreign Ministries of the two countries will continue their intense collaboration within Strategic Dialogue format established last year.
***
Рады встретиться с Е.П. Чо Тхэ Ёлем, министром иностранных дел Республики Корея сегодня в Сеуле. Провели плодотворную беседу с обширной повесткой дня, ориентированной на дальнейшее расширение узбекско-южнокорейских отношений особого стратегического партнерства, обсудили предстоящие контакты на высшем и высоком уровнях. Внешнеполитические ведомства двух стран продолжат интенсивное сотрудничество в рамках учрежденного в прошлом году формата Стратегического диалога.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Koreya Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri, qadrdon do‘stim Pak Chin janoblarini ko‘rganimizdan mamnunmiz. Uning O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlikni har tomonlama mustahkamlash yo‘lidagi samimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz. Janob Pak Chinga bo‘lajak parlament saylovlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
***
Happy to see my dear friend H.E. Park Jin, former Minister of Foreign Affairs of the Republic of Korea. Appreciate his candid support for further strengthening Uzbekistan - South Korea friendship in all dimensions. Wish him good luck in the upcoming parliamentary elections.
***
Рады видеть моего дорогого друга Е.П. Пак Чина, бывшего министра иностранных дел Республики Корея. Ценим его искреннюю поддержку в дальнейшем укреплении дружбы между Узбекистаном и Южной Кореей во всех аспектах. Желаем господину Пак Чину удачи на предстоящих парламентских выборах.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan barchangizni yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Facebook |YouTube | Instagram | X
Moskvadagi “Crocus City Hall” majmuasida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi Elchixonasiga tashrif buyurdik.

Zo‘ravonlik va terrorizmni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi va ularning barcha ko‘rinishlarini keskin qoralaymiz.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan halok bo‘lganlarning barcha yaqinlari va Rossiya xalqiga yana bir bor chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

***

Посетили Посольство Российской Федерации в Ташкенте, чтобы выразить искренние соболезнования в связи с жестоким террористическим актом, совершенным в комплексе «Крокус Сити Холл» в Москве, приведшим к многочисленным жертвам.

Мы решительно осуждаем всякие проявления насилия и терроризма, которые не имеют никакого оправдания.

Еще раз от имени коллектива МИД Узбекистана выражаем глубочайшие соболезнования всем близким погибших и народу России.

***

Visited the Embassy of Russian Federation in Tashkent to express our sincere condolences in connection with the brutal terrorist act committed at the Crocus City Hall complex in Moscow which led to numerous causalities.

We strongly condemn all forms of violence and terrorism, which have no justification.

Once again, on behalf of Uzbekistan MFA team, we convey our deepest condolences to all close ones of the victims and the people of Russia.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulov janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashdik.
***
Delighted to receive the Ambassador of Kazakhstan H.E. Beibut Atamkulov. We exchanged the views on further developing Uzbekistan-Kazakhstan relations of strategic partnership and alliance, boosting bilateral trade and economic cooperation.
***
Рады принять Посла Казахстана Е.П. Бейбута Атамкулова. Обменялись мнениями по вопросам дальнейшего развития узбекско-казахстанских отношений стратегического партнерства и союзничества, увеличения двусторонней торговли и активизации экономического сотрудничества.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Tojikiston Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda janoblari bilan uchrashganimizdan xursandmiz. Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish va o‘zaro manfaat kasb etadigan ko‘plab sohalarda qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratdik.
***
Glad to meet with the Ambassador of Tajikistan H.E. Abdujabbor Rahmonzoda. Our discussion focused on upcoming high-level engagements, promoting economic diplomacy, and developing joint promising projects in many areas of mutual interest.
***
Рады встретиться с Послом Таджикистана Е.П. Абдуджаббором Рахмонзода. Особое внимание уделили графику предстоящих контактов на высшем и высоком уровнях, продвижению экономической дипломатии и реализации совместных перспективных проектов в ряде сфер, представляющих взаимный интерес.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Elchisi Shadurdi Meredov janoblarini qabul qildik. Tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorligimizga doir qator mavzular, mamlakatlarimiz oʻrtasida avval erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, boʻlajak qoʻshma tadbirlar kun tartibimizdan oʻrin egalladi.
***
Pleased to host the Ambassador of Turkmenistan H.E. Shadurdy Meredov today at the MFA. We covered a number of topics on our expanding bilateral and regional agenda, reviewed the implementation of agreements previously reached between our nations, as well as the upcoming joint events.
***
Сегодня в МИД приняли Посла Туркменистана Е.П. Шадурды Мередова. Обсудили ряд тем нашей расширяющейся двусторонней и региональной повестки дня, рассмотрели ход реализации ранее достигнутых между нашими странами договоренностей, а также предстоящие совместные мероприятия.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz. Ikki tomonlama aloqalarning barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani kuzatilmoqda. Bugungi suhbatimiz siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va umumiy kun tartibimizdagi boshqa dolzarb mavzular muhokamasiga qaratildi.
***
Pleased to have a phone conversation with the Foreign Minister of the UAE H.H. Sheikh Abdullah bin Zayed Al Nahyan. We see dynamic development of bilateral ties in every sphere. Our today’s talk centered on strengthening political dialogue, amplifying economic and investment ties, upcoming joint engagements, and other acute topics on our shared agenda.
***
Провели телефонный разговор с министром иностранных дел ОАЭ Е.В. Шейхом Абдуллой бин Заидом аль-Нахайяном. Наблюдается динамичное развитие двусторонних связей во всех сферах. Наша сегодняшняя беседа была посвящена укреплению политического диалога, расширению экономических и инвестиционных связей, предстоящим совместным мероприятиям и другим актуальным темам нашей общей повестки дня.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Saudiya Arabistoni Elchisi Yusuf al-Utaybiy janoblari bilan uchrashuvimiz chog‘ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdik.
***
During our meeting with the Ambassador of Saudi Arabia H.E. Yousef Al Otaibi we touched upon proposals to develop bilateral partnership in political, economic, cultural, and other areas.
***
В ходе встречи с Послом Саудовской Аравии Е.П. Юсуфом аль-Утайби рассмотрели предложения по развитию двустороннего партнерства в политической, экономической, культурной и других сферах.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan telefon orqali muloqotda atroflicha suhbatlashdik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, 2024-yilga mo‘ljallangan boy kun tartibi, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik diqqat markazimizda bo‘ldi.
***
Together with the Deputy Chairman of the Cabinet of Ministers and Foreign Minister of Turkmenistan H.E. Rashid Meredov we had a comprehensive talk over the phone. Further expanding deep strategic partnership between our two nations, the rich agenda for 2024, as well as collaboration within international institutions were at our focus.
***
Вместе с заместителем Председателя Кабинета Министров, министром иностранных дел Туркменистана Е.П. Рашидом Мередовым мы провели обстоятельный телефонный разговор. В центре нашего внимания были дальнейшее расширение углубленного стратегического партнерства между нашими двумя странами, насыщенная повестка дня на 2024 год, а также сотрудничество в рамках международных институтов.

X | Facebook | Instagram | Telegram
“Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari – Jonatan Xenik janoblari (AQSh), Timoti Smart janoblari (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Tilo Klinner janoblari (Germaniya), Agostino Pinna janoblari (Italiya), Alan Xemson janoblari (Kanada), Takashi Xatori janoblari (Yaponiya) hamda Sharlotta Adrian xonim (Yevropa Ittifoqi) bilan uchrashdik. Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega.
***
Met with the Ambassadors of the G7 countries – H.E. Alan Hamson (Canada), H.E. Aurelia Bouchez (France), H.E. Tilo Klinner (Germany), H.E. Agostino Pinna (Italy), H.E. Takashi Hatori (Japan), H.E. Timothy Smart (the UK), H.E. Jonathan Henick (the U.S.), and H.E. Charlotte Adriaen (the EU). It is important to consolidate our joint efforts towards removing trade barriers, creating new production and logistics chains, attracting investments in cooperation projects and more.
***
Провели встречу с послами стран «Большой семерки» – Е.П. Тимоти Смартом (Великобритания), Е.П. Тило Клиннером (ФРГ), Е.П. Агостино Пинна (Италия), Е.П. Аланом Хэмсоном (Канада), Е.П. Джонатаном Хеником (США), Е.П. Орелией Бушез (Франция), Е.П. Такаши Хатори (Япония), и Е.П. Шарлоттой Адриан (Европейский Союз). Важно консолидировать наши совместные усилия по устранению торговых барьеров, созданию новых производственных и логистических цепочек, привлечению инвестиций в проекты кооперации.

X | Facebook | Instagram | Telegram
🇵🇰 tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligi kun tartibi tobora kengayib bormoqda va samarali ikki tomonlama munosabatlarning ko‘plab sohalarini qamrab oladi. Hamkorligimizning barcha yo‘nalishlarida ijobiy sur’at kuzatilmoqda. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor.
***
It was a pleasure to have a phone conversation with H.E. Mohammad Ishaq Dar, 🇵🇰 Foreign Minister. The Strategic Partnership Agenda between Uzbekistan and Pakistan is getting wider and covering many spheres of fruitful bilateral relations. We see the upward trajectory in every dimension of our cooperation. Ministries of Foreign Affairs of our two nations stand ready to further facilitate the close ties.
***
Было очень приятно провести телефонный разговор с Е.П. Мухаммадом Исхаком Даром, 🇵🇰 министром иностранных дел. Повестка узбекско-пакистанского стратегического партнерства становится все шире и охватывает многие сферы плодотворных двусторонних отношений. Наблюдается положительная динамика по всем направлениям нашего сотрудничества. Министерства иностранных дел двух стран готовы и дальше способствовать укреплению тесных связей.

X | Facebook | Instagram | Telegram
AQSh Vakillar palatasi a’zolari – Mayk Rojers janoblari, Adam Smit janoblari, Salud Karbaxal janoblari va Veronika Eskobar xonimni Tashqi ishlar vazirligida qabul qilishdan mamnunmiz. Bugun biz O‘zbekistonning – AQSh strategik sherikligida yangi imkoniyatlarning ochilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Amerikalik hamkorlarimizning nafaqat parlamentlararo do‘stlik rishtalarini rag‘batlantirishda, balki biznes aloqalarni rivojlantirishdan tortib, ta’limdagi sheriklikkacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda ham qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Biz AQShning barcha shtatlari bilan, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz.
***
Glad to welcome the U.S. House of Representatives delegation at the Ministry – H.E. Mike Rogers, H.E. Adam Smith, H.E. Salud Carbajal, and H.E. Veronica Escobar. Today, we witness the opening of new avenues of Uzbekistan – the U.S. strategic partnership. Value the support of our American partners not only in promoting inter-parliamentary cooperation but also in many areas from facilitating business-to-business to educational ties. We are interested in developing more direct engagements with every state of the U.S., especially in the economic dimension.
***
Рады приветствовать делегацию Палаты представителей США – Е.П. Майка Роджерса, Е.П. Адама Смита, Е.П. Салуда Карбахала и Е.П. Веронику Эскобар. Сегодня мы являемся свидетелями открытия новых возможностей стратегического партнерства между Узбекистаном и США. Ценим поддержку наших американских партнёров не только в развитии межпарламентского сотрудничества, но и во многих сферах – от укрепления деловых связей до расширения образовательных обменов. Мы также заинтересованы в углублении прямого взаимодействия с каждым штатом США, особенно в экономическом измерении.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Hindistonning mamlakatimizdagi Elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayotgan Manish Prabxat janoblari bilan uchrashdik. Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
***
Farewell meeting with H.E. Manish Prabhat, who is completing his diplomatic mission as the head of the Embassy of India in Tashkent. We appreciate Mr. Ambassador’s efforts to enrich Uzbekistan-India strategic partnership relations during his tenure and wish him all the success in his new endeavors.
***
Провели встречу с Е.П. Манишем Прабхатом, завершающим свою дипломатическую миссию в качестве Чрезвычайного и Полномочного Посла Индии в Ташкенте. Высоко оцениваем усилия г-на Посла по обогащению стратегических партнерских отношений между Узбекистаном и Индией в течение его пребывания на данном посту и желаем ему всяческих успехов в новых начинаниях.

X | Facebook | Instagram | Telegram