Bilimni baholash agentligi
117K subscribers
3.14K photos
515 videos
141 files
3.77K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
⚠️ Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

Chet (nemis, fransuz, turk, arab, xitoy, yapon, urdu, pushtu, ispan va italyan) tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarga yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yil 22-sentabrda chet tilidan o‘tkazilgan imtihondan videolavha

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari

2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turk tilidan ko‘p darajali test sinovining yangi formati asosida diagnostik test sinovi tashkil etilmoqda

👍 Bilimni baholash agentligida Turk tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yangi test formati loyihasi ishlab chiqildi.

🗺 Turk tilidan yangi formatdagi diagnostik test sinovi Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2024-yil 9-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Diagnostik test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 3-oktabr soat 10:00 gacha.
💰 Test sinovi narxi: 119 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 3- oktabr soat 10:00 gacha.

⚠️ Natijangizni 10 ish kunida 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 11-oktabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📚 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy shaklda o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda A+ va A darajadagi Milliy sertifikatga talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agentlikda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

2024-yil 9-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri M. Yunusov ishtirok etib, davlat xizmatchisining ma'naviy qiyofasi, bugungi axborotlashgan zamonda ma'naviyatning o‘rni haqida ma'ruza qildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube