Mariii🫀
12 subscribers
716 photos
148 videos
41 links
B&M
Download Telegram
Biz nega doim boshqalarni ayblaymiz?
Hayotimiz davomida turli muammolar, to‘siqlar va kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ammo aksariyat hollarda biz bu muammolarning o‘zi bilan kurashish o'rniga, "bunga nima sabab bo‘ldi?" yoki "kim aybdor?" degan savollar atrofida o‘ralashib qolamiz.
Eng achinarlisi shundaki, qayerdadir xatoga yo‘l qo‘ysak yoki ishimiz orqaga ketsa, biron marta aybni o‘zimizdan qidirmaymiz. Biz shundaymizki, o'zimizni oppoq ko'rsatish maqsadida darhol vaziyatni, sharoitni yoki atrofimizdagi insonlarni ayblashga tushamiz. Muammoni hal qilish, yechim topish uchun sarflashimiz kerak bo'lgan butun boshli energiyani va vaqtimizni o‘zimizni oqlashga sarflaymiz.
Aslida esa, biz ko'pincha eng muhim haqiqatni unutib qo‘yamiz. Boshimizga tushayotgan har qanday tashvish, har qanday to'siq shunchaki tasodif emas. Bularning barchasi Haq Taoloning yo bizni sinash uchun bergan bir sinovi, yoki qaysidir ishlarimiz uchun o‘ziga xos bir jazo (ogohlantirish)idir
Қанча қалбларга рад жавобини берган қалбим сизга мағлуб бўлди қандай ғўзал мағлублик❤️
Mariii🫀
Photo
Peach pie with the help of AI🍑👩🏻‍🍳
Baʼzan umringning yarmi yoʻlda oʻtib ketayotgandek tuyuladi. Oilangdan uzoqda, oʻz uyingga aylangan oʻzga shaharda yashashdan voz kechib, tugʻilgan makoningga qaytging keladi. Qalbing xohlasa-da, aqling bunga koʻnmaydi:

Nimadir ilinj bir kun hammasi yaxshi boʻlib ketadi deb yupanch beradi. Lekin uning qachonligidan na qalbing, na aqling ogoh.

Oxirida esa ichingdagi oʻsha nimadir: "Axir, bu yoʻlni oʻzing tanlagansan-ku!" deydi va tinch yoʻlingda davom etasan.

Xayollarning uzoq-uzoqlarga tentirab, yana oʻz oʻrniga qaytishi qiziq-da...
Mariii🫀
ABBA – The Winner Takes It All
Qandaydir oʻzgacha yoqimli qoʻshiq. Kimga qanday bilmadim: eshitgandan keyin xuddi butun xotiralar, magʻlubiyatlar, gʻalabalar koʻz oʻngimdan oʻtgandek boʻladi. Qoʻshiqning lirikasi va musiqasi shu qadar birikib ketganki, eshitganda har ikkisi birdek kuchli taʼsir qiladi...