Blogda yozgan postlarim vaqt o'tishi bilan eskiradigan bo'lishini xohlamayman. Shunga harakat qilaman ham.
Yozganlarimning aksariyati hozir o'qilsa ham, 5-10 yildan keyin o'qilsa ham foydali bo'ladi deb o'ylayman.🙂
Yangi kirganlar postlarni oson topishi uchun esa mundarija qilib boraman, kanalda oldindan borlar biladi. Oldingi postlarni ham o'qigan bo'lsangiz siz ham bilarsiz.
Quyida 2 ta mundarija bor, o'tib, postlarni o'qib ko'ring. Yaxshi postlar yozganman.😎
💚 Yanvar oyida joylangan postlar
💚 Fevral oyida joylangan postlar
Hozircha shularni o'qib turinglar, ertaga yangi post joylanadi. 👀
📱 @azizov_blog
Yozganlarimning aksariyati hozir o'qilsa ham, 5-10 yildan keyin o'qilsa ham foydali bo'ladi deb o'ylayman.
Yangi kirganlar postlarni oson topishi uchun esa mundarija qilib boraman, kanalda oldindan borlar biladi. Oldingi postlarni ham o'qigan bo'lsangiz siz ham bilarsiz.
Quyida 2 ta mundarija bor, o'tib, postlarni o'qib ko'ring. Yaxshi postlar yozganman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematikadan qiynaladiganlar bormi oramizda? 👀
Bugungi post, ayniqsa, sizlar uchun foydali bo’ladi. O’rganishni o’rganamiz.
Sizning matematikangiz qanday
⚡️ — Yaxshilashim kerak
🔥 — Chachib tashlayman
Bugungi post, ayniqsa, sizlar uchun foydali bo’ladi. O’rganishni o’rganamiz.
Sizning matematikangiz qanday
⚡️ — Yaxshilashim kerak
🔥 — Chachib tashlayman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Miyamiz qanday ishlaydi?
O’rganishni o’rganamiz (1-qism)
🧠 Inson miyasi ikki xil rejimda ishlaydi.
1️⃣ Birinchisi, bir narsaga diqqatimizni qaratganimizda, biror muammo haqida chuqur o’ylaganimizda bo’ladi. Bu diqqat rejimi deyiladi.
Matematikadan qiyin misolni yechishga harakat qilganingizda, ingliz tilidan bir mavzuni o’rganayotganingizda, ishingizdagi muammoni hal qilishga urinayotganingizda bu rejim ishlaydi.
2️⃣ Ikkinchi, parishonlik rejimi e’tiborni susaytirib, dam olayotgan vaqtimizda ishlaydi.
U bizga uzoq vaqtdan beri o’ylanayotgan muammolarni yechishda, umumiy “manzara”ni ko’rishda yordam beradi.
Bu ikki rejimni alishtirib turish matematika, tabiiy fanlardan qiyin masalalarni yechishda, uzoq vaqt o’ylab topolmagan muammolaringizni hal qilishda yordam beradi.
💡 Ovqatlanayotganingizda, gaplashayotganingizda, uxlashga yotganingizda “haa” deb chiroq yongan paytda parishon rejimi orqa fonda o’sha masalani yechgan bo’ladi.
Keyingi safar shu bo’yicha bosh qotirganingizda muammoga boshqacha ko’z bilan qaray olasiz.
O’zim bir mavzuni o’rganganimdan keyin qo’y boqib yurganimda (ha, qo’y boqqanman 😁) o’sha mavzuni yanada chuqurroq tushunib qolgan holatim ko’p bo’lgan.
🧪 Mendeleyev davriy jadvalni tushida ko’rgan, Nyutonni boshiga olma tushib ketgandan keyin tortishish qonunini topgan degan gaplar ham nisbatan haqiqat.
Ular uzoq vaqt o’ylagan masalalarni parishonlik rejimi (uyqudan oldin/keyin, daraxt tagida dam olish) vaqtida yechimini topishgan.
🎮 Umuman olganda, diqqat va parishonlik rejimini pinbol o’yiniga o’xshatish mumkin. (O’yin haqida bilmasangiz bu videoni ko’ring).
Diqqat rejimida pinbol bamberlari zich joylashgan bo’ladi (rasmda chap tarafda). Unda fikrimiz bir joyda uzoq aylanadi, lekin uzoqdagi bamper (fikrlar) bilan bog’lana olmaydi.
Parishonlik rejimida esa pinbol bamperlari uzoqroq joylashgan bo’ladi (rasmda o’ngda). Bu chuqur o’ylangan bir nechta fikrlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.
Bu ikki — diqqat va parishonlik rejimini tushunish muammolarni hal qilish, yangi narsalar o’ylab topish va matematik masalalarni yechishda juda muhim.
Keyingi postlarda bu rejimlarni alishtirish, ulardan samarali foydalanganlar haqida gaplashamiz.
© “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobidan o’rganganlarim.
Nima qilishni o’zingiz bilasiz-a?! 🙂↕️
📱 @azizov_blog
O’rganishni o’rganamiz (1-qism)
Matematikadan qiyin misolni yechishga harakat qilganingizda, ingliz tilidan bir mavzuni o’rganayotganingizda, ishingizdagi muammoni hal qilishga urinayotganingizda bu rejim ishlaydi.
U bizga uzoq vaqtdan beri o’ylanayotgan muammolarni yechishda, umumiy “manzara”ni ko’rishda yordam beradi.
Bu ikki rejimni alishtirib turish matematika, tabiiy fanlardan qiyin masalalarni yechishda, uzoq vaqt o’ylab topolmagan muammolaringizni hal qilishda yordam beradi.
Keyingi safar shu bo’yicha bosh qotirganingizda muammoga boshqacha ko’z bilan qaray olasiz.
O’zim bir mavzuni o’rganganimdan keyin qo’y boqib yurganimda (ha, qo’y boqqanman 😁) o’sha mavzuni yanada chuqurroq tushunib qolgan holatim ko’p bo’lgan.
Ular uzoq vaqt o’ylagan masalalarni parishonlik rejimi (uyqudan oldin/keyin, daraxt tagida dam olish) vaqtida yechimini topishgan.
Diqqat rejimida pinbol bamberlari zich joylashgan bo’ladi (rasmda chap tarafda). Unda fikrimiz bir joyda uzoq aylanadi, lekin uzoqdagi bamper (fikrlar) bilan bog’lana olmaydi.
Parishonlik rejimida esa pinbol bamperlari uzoqroq joylashgan bo’ladi (rasmda o’ngda). Bu chuqur o’ylangan bir nechta fikrlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.
Bu ikki — diqqat va parishonlik rejimini tushunish muammolarni hal qilish, yangi narsalar o’ylab topish va matematik masalalarni yechishda juda muhim.
Keyingi postlarda bu rejimlarni alishtirish, ulardan samarali foydalanganlar haqida gaplashamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mart-avgust oylarida joylangan postlar 🟢
💚 Tarixdan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi
💚 Qadrli xodim bo’lish uchun nima qilish kerak?
💚 Mushuklar malikasi Minush kitobi haqida
💚 Hakerlar oson topolmaydigan parol qo'yish siri
💚 Ishlarni kechiktirmaslikning TOP 3 usuli
💚 Kitobni qanday tanlash kerak?
💚 Yuragini ham qayta tiklay oladigan hayvon — aksolotl
💚 Omadmi yoki muvaffaqiyat?
💚 Premium emojilar ro'yxati
💚 Atrofimizdagilarning bizga katta ta'siri bor(mi?)
💚 Shaxsiyatingizni tanib oling (16 ta shaxsiyat haqida)
💚 Hayotingizni yaxshilash uchun 9 ta iqtibos
💚 O'rganishni o'rganamiz (1-qism)
#mundarija
📱 @azizov_blog
#mundarija
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parishonlik rejimidan kimlar foydalangan?
O’rganishni o’rganamiz (2-qism)
♟ Shahmat bo'yicha ketma-ket 10 yil jahon chempioni bo'lgan Magnus Karlsen, 13 yoshidayoq (!) afsonaviy daho Garri Kasparovni esankiratib qo'ygan edi.
O'yin o'rtasida Karlsen o'rnidan turib ketadi! Tushunyapsizmi, o'ylash uchun qisqa vaqt berilgan paytda diqqatini qaratish o'rniga o'rnidan turib ketadi.😯
Bu harakati bilan u nafaqat raqibini chalg'itadi, balki boshqa shaxmat doskalariga qarab miyasini parishonlik rejimiga o'tkazadi.
Shu orqali u yangi yo'llarni o'ylab topish imkoniyatiga ega bo'ladi va raqibiga ruhiy zarba beradi.
🤝 Kasparov esa Karlsen bilan o'yinni durang bilan tugatishga majbur bo'ladi.
Taniqli ixtirochi Tomas Edison qiyin muammolarga duch kelganda, masala ustida ko'proq o'ylash o'rniga, uxlab olardi.
💤 Lekin bu oddiy uyqu emas edi. Edison uxlashdan oldin qo'liga koptok ushlab, uni ostiga patnis qo'yardi.
Uyquga ketayotgan paytda, koptok qo'lidan tushar va hosil bo'lgan shovqin uni uyg'otardi.
Parishonlik holatidan uyg'onganida, yangi fikr bo'lakchalarini yig'ib, masalani yangicha yondashuv bilan yechardi. Shunaqa qilib lampochkasi yongan.💡
Informatika yo'nalishi 3-kurs talabasi shunday deydi:
Ko'ryapsizmi, orada tanaffus qilish qiyin masalalarni yechishga qanday katta yordam beradi.
Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi? Izohlarda yozinglarchi.💬
© “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobidan o’rganganlarim.
🔗 1-qism
📱 @azizov_blog
O’rganishni o’rganamiz (2-qism)
O'yin o'rtasida Karlsen o'rnidan turib ketadi! Tushunyapsizmi, o'ylash uchun qisqa vaqt berilgan paytda diqqatini qaratish o'rniga o'rnidan turib ketadi.
Bu harakati bilan u nafaqat raqibini chalg'itadi, balki boshqa shaxmat doskalariga qarab miyasini parishonlik rejimiga o'tkazadi.
Shu orqali u yangi yo'llarni o'ylab topish imkoniyatiga ega bo'ladi va raqibiga ruhiy zarba beradi.
Taniqli ixtirochi Tomas Edison qiyin muammolarga duch kelganda, masala ustida ko'proq o'ylash o'rniga, uxlab olardi.
Uyquga ketayotgan paytda, koptok qo'lidan tushar va hosil bo'lgan shovqin uni uyg'otardi.
Parishonlik holatidan uyg'onganida, yangi fikr bo'lakchalarini yig'ib, masalani yangicha yondashuv bilan yechardi. Shunaqa qilib lampochkasi yongan.
Informatika yo'nalishi 3-kurs talabasi shunday deydi:
Bugun oliy matematikaga oid murakkab masala ustida bosh qotirar ekanman, asabim buzila boshladi. Shunda biroz tanaffus olishga qaror qildim. Mashinada Uyg'onish davri festivaliga ketayotgan paytimda yechim hayolimga kelib qoldi. Uni esdan chiqarmaslik uchun salfetkaga yozib oldim! (Har ehtimolga qarshi, mashinangizda salfetka olib yuring. Nima bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi.)
Ko'ryapsizmi, orada tanaffus qilish qiyin masalalarni yechishga qanday katta yordam beradi.
Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi? Izohlarda yozinglarchi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
„U mendan yaxshiroq(mi?)“ ❓
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang.
🚗 Kursdoshingiz mashina oldi. Birga o’qigansiz, lekin u oldi, sizmas. Uni uydagilari ta’minlab qo’ygan, hech bo’lmasa uyga, ro’zg’orga pul olib kirmaydi. Sizda boshqa holat.
Bir tanishingiz qisqa vaqt ichida ishni boshlab, katta joylarda ishlayapti. Tanishi (balkim dadasini tanishi) ko’p bo’lganiga oson ko’zga tashlandi. Siz o’zingiz networking quryapsiz. Kerakli joyda, kerakli vaqtda bo’lib shunaqa ishlarga erishasiz hali.
Birga o’qigan sinfdoshingiz iPhone’ni oxirgi modelini ishlatyapti. Bo’lib to’lashga olib haliyam pulini to’lolmay yuribdi. Siz o’z mehnatingiz bilan erishishingiz mumkin.
📌 Keltirsa misol ko’p. Muhimi siz o’zingizni boshqalarga taqqoslamang. Solishtirsangiz bo’ladigan yagona odam — bu o’zingiz.
Kechagi holingizdan yaxshiroqmisiz, demak siz o’syapsiz, bir joyda turganingiz yo’q.
💎 Odamlar, har biringiz o’zgachasiz. Oldingizda katta maqsadlaringiz kutib turibdi.
Shunga qarab harakat qilyapsiz. Blogimda borligingizni o’zi yaxshi odamligingizni ko’rsatadi. 😁
Так что, qolganlarga e’tibor bermasdan, gazini bosing.🔥
📱 @azizov_blog
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang.
Bir tanishingiz qisqa vaqt ichida ishni boshlab, katta joylarda ishlayapti. Tanishi (balkim dadasini tanishi) ko’p bo’lganiga oson ko’zga tashlandi. Siz o’zingiz networking quryapsiz. Kerakli joyda, kerakli vaqtda bo’lib shunaqa ishlarga erishasiz hali.
Birga o’qigan sinfdoshingiz iPhone’ni oxirgi modelini ishlatyapti. Bo’lib to’lashga olib haliyam pulini to’lolmay yuribdi. Siz o’z mehnatingiz bilan erishishingiz mumkin.
Kechagi holingizdan yaxshiroqmisiz, demak siz o’syapsiz, bir joyda turganingiz yo’q.
Shunga qarab harakat qilyapsiz. Blogimda borligingizni o’zi yaxshi odamligingizni ko’rsatadi. 😁
Так что, qolganlarga e’tibor bermasdan, gazini bosing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Imomali Azizov | Fikrlar
Bir kunda telefonga qancha vaqt sarflaysiz?
Anonymous Poll
9%
1 soatdan kam
13%
1-2 soat
32%
3-5 soat
19%
5-7 soat
26%
7 soatdan ko’p
Forwarded from Imomali Azizov | Fikrlar
Shulardan necha soati ijtimoiy tarmoqlarga ketadi?
Anonymous Poll
17%
1 soatdan kam
19%
1-2 soat
33%
2-4 soat
9%
4-6 soat
22%
6 soatdan ko’p
Xo'sh, bularni nimaga so'rayapman?
Telefonga sarflanadigan vaqtni kamaytirish, ijtimoiy tarmoqlardan aql bilan foydalanish va miyamni yangilash uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardan 10 kunga cheklanganman.
Dofamin detoks qilganman. Detoks faqat ijtimoiy tarmoqlar emas, har qanday yengil erishiladigan, zararga ham ishlaydigan ishlar uchun bo'lgan.
Bu haqida mana bu, mana bu postda va mana bu joyda batafsil yozganman. O'qib, dofamin detoksni siz ham sinab ko'ring.
📱 @azizov_blog
Telefonga sarflanadigan vaqtni kamaytirish, ijtimoiy tarmoqlardan aql bilan foydalanish va miyamni yangilash uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardan 10 kunga cheklanganman.
Dofamin detoks qilganman. Detoks faqat ijtimoiy tarmoqlar emas, har qanday yengil erishiladigan, zararga ham ishlaydigan ishlar uchun bo'lgan.
Bu haqida mana bu, mana bu postda va mana bu joyda batafsil yozganman. O'qib, dofamin detoksni siz ham sinab ko'ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maqsad qo’yish sizni baxtli qilmaydi
Ko'pchilikning fikrlarga ko’ra katta maqsad qo’yish muvaffaqiyatga erishishda eng muhim omil hisoblanadi. Yaqingacha o’zim ham shunday o’ylardim.
📕 „Atom odatlar“ kitobi yana bir boshqa muhim omilga e’tiborimni qaratdi — tizim. Maqsad qanchalik katta bo’lmasin tizim bo’lmasa unga erishish qiyin bo’ladi.
O’quvchilarining yuqori natijalari — o’qituvchi maqsadi. Har darsga tayyorlanish, o’quvchilar bilan chiroyli munosabat qurish, ularning xarakteriga mos yondashish, doimiy nazorat — o’qituvchining tizimi.
IELTS 6+ olish — aksariyat ingliz tili o’rganuvchilar maqsadi. Doimiy amaliyot qilish, topshiriqlarni bajarish, har kuni ingliz tili bilan shug’ullanish — uning tizimi.
Universitetga kirish — abituriyent maqsadi. Har kuni soatlab shug’ullanish, yuzlab testlar, kitoblarni ishlab chiqish, ustozi aytgan kamchiliklarga e’tibor berish — abituriyent uchun tizim.
❓ Xo'sh, unda maqsad bo’lmasdan turib natijaga erishish mumkinmi? Ha. Tizimga e’tibor bergan odam nimaga natijaga erishmasin?!
O’zim IELTS olish yoki ingliz tilini o’rganishni asosiy maqsad qilib olmaganman.
Lekin seriallar, videolarga qiziqqanimdan doimiy inglizcha video, serial, filmlar ko’rib ingliz tilini o’rganganman. (Bu haqida mana bu postda yozganman.)
📌 Bu gaplarim bilan maqsad qo’yish foydasiz deyish niyatim yo’q. U to’g’ri yo’lni belgilab olishda muhim.
Faqat maqsadga emas, ko’proq tizimga e’tibor berish bizni natijaga olib boradi, deb o’ylayman.
P. S. Reaksiya bosishni aytmasam ham bosib turinglar. 👀
📱 @azizov_blog
Ko'pchilikning fikrlarga ko’ra katta maqsad qo’yish muvaffaqiyatga erishishda eng muhim omil hisoblanadi. Yaqingacha o’zim ham shunday o’ylardim.
O’quvchilarining yuqori natijalari — o’qituvchi maqsadi. Har darsga tayyorlanish, o’quvchilar bilan chiroyli munosabat qurish, ularning xarakteriga mos yondashish, doimiy nazorat — o’qituvchining tizimi.
IELTS 6+ olish — aksariyat ingliz tili o’rganuvchilar maqsadi. Doimiy amaliyot qilish, topshiriqlarni bajarish, har kuni ingliz tili bilan shug’ullanish — uning tizimi.
Universitetga kirish — abituriyent maqsadi. Har kuni soatlab shug’ullanish, yuzlab testlar, kitoblarni ishlab chiqish, ustozi aytgan kamchiliklarga e’tibor berish — abituriyent uchun tizim.
O’zim IELTS olish yoki ingliz tilini o’rganishni asosiy maqsad qilib olmaganman.
Lekin seriallar, videolarga qiziqqanimdan doimiy inglizcha video, serial, filmlar ko’rib ingliz tilini o’rganganman. (Bu haqida mana bu postda yozganman.)
Faqat maqsadga emas, ko’proq tizimga e’tibor berish bizni natijaga olib boradi, deb o’ylayman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parishonlik rejimiga o'tish usullari
O'rganishni o'rganamiz (3-qism)
🗣️ Oldingi 2 ta postda diqqat va parishonlik rejimi, bu rejimlarni alishtirishdan samarali foydalanganlar haqida gaplashdik. Bugun parishonlik rejimini faollashtirish uchun asosiy usullarni o'rganamiz. Bular:
⏺ sport zaliga borish;
⏺ yugurish, sayr qilish yoki suzish;
⏺ mashinada aylanish (haydovchi yoki yo'lovchi bo'lib);
⏺ rasm chizish;
⏺ vanna/dush qabul qilish;
⏺ musiqa, ayniqsa so'zlari bo'lmagan kuylarni tinglash;
⏺ uxlash (eng kuchligi shu, lekin uxlab qolishdan ehtiyot bo'ling🙃 )
Quyidagi usullardan esa faqat qisqa vaqt mukofot sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ular sizni yanada kuchliroq diqqat rejimiga solib qo'yishi mumkin:
⏺ video o'yinlar o'ynash;
⏺ internetda o'tirish;
⏺ do'stlar bilan suhbatlashish;
⏺ kimgadir oddiy ishni bajarishga yordam berish;
⏺ kitob o'qish (ilmiy emas);
⏺ do'stlar bilan suhbatlashish;
⏺ kino/teatrga borish.
E'tibor bering, parishonlik rejimi foyda berishi uchun avval diqqat rejimida qattiq ishlash/o'qishingiz kerak bo'ladi. Bir joyda yotib parishonlik rejimi orqali hech narsaga erisha olmaysiz.
Siz bu usullarning ko'proq qaysi biridan foydalanasiz?
🔗 1-qism | 2-qism
📱 @azizov_blog
O'rganishni o'rganamiz (3-qism)
Quyidagi usullardan esa faqat qisqa vaqt mukofot sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ular sizni yanada kuchliroq diqqat rejimiga solib qo'yishi mumkin:
E'tibor bering, parishonlik rejimi foyda berishi uchun avval diqqat rejimida qattiq ishlash/o'qishingiz kerak bo'ladi. Bir joyda yotib parishonlik rejimi orqali hech narsaga erisha olmaysiz.
Siz bu usullarning ko'proq qaysi biridan foydalanasiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kichik o’zgarish yillaringizga ta’sir qiladi
📈 Bolalarning boshlang’ich sinflardagi o’qish tezligi keyinchalik ularning universitet baholari, sertifikat (IELTS, SAT kabi) ballariga to’g’ri proporsional ekan.
Bolaning 7-11 yoshidagi holati 10 yillardan keyingi natijalariga ta’sir qilyapti. Vaholanki, bunday narsalarni ko’p holaatda e’tiborga olmaymiz ham.
🛫 Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot yo’lidan og’ishmay to’g’ri yetib boradi.
Lekin samolyot havoga ko’tarilgandan keyin 3,5 gradus janubroqqa burilsa Nyu-Yorkka emas, Vashingtonga borib qo’nar ekan.
Bu kichik burilish parvoz boshida sezilmaydi ham. Atigi 3,5 gradus, samolyot tumshug’ini 2 metrdan ko’proq burish 362 km uzoqlikdagi shaharga borib qo’nishga sabab bo’ladi.
🗓 Kundalik hayotda ham e’tibor bermaydigan odatlar va kichik jihatlar kelajakda sizning katta foydangiz yoki zararingizga ishlashi mumkin.
Kichik odatlarni kichik sanamang. Kelajakda qanday inson bo'lishingiz bugungi qilayotgan kichik ishlaringizga bog'liq.
P. S. Bilaman, kecha chiqishi kerak edi post. 🙈
P. S. S. Yangi kelganlar, xush kelibsizlar.❤️
📱 @azizov_blog
Bolaning 7-11 yoshidagi holati 10 yillardan keyingi natijalariga ta’sir qilyapti. Vaholanki, bunday narsalarni ko’p holaatda e’tiborga olmaymiz ham.
Lekin samolyot havoga ko’tarilgandan keyin 3,5 gradus janubroqqa burilsa Nyu-Yorkka emas, Vashingtonga borib qo’nar ekan.
Bu kichik burilish parvoz boshida sezilmaydi ham. Atigi 3,5 gradus, samolyot tumshug’ini 2 metrdan ko’proq burish 362 km uzoqlikdagi shaharga borib qo’nishga sabab bo’ladi.
Kichik odatlarni kichik sanamang. Kelajakda qanday inson bo'lishingiz bugungi qilayotgan kichik ishlaringizga bog'liq.
P. S. S. Yangi kelganlar, xush kelibsizlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar ichidan o'tkazadigan fikrlar
Ustoz kundaligi kanalida shu mavzuda post joylangan ekan. Shundan ilhomlanib boshqacha ustozlarning o'ylarini yozgandim.
1. Iye, dars tugadimi?!
2. Mavzuni o’tib bo’ldim, yaxshi. Qo’shimcha materiallardan foydalana olaman endi.
3. — Ustoz, darsimni bir ko’rib fikrlaringizni aytmaysizmi?
4. Yaxshi gapirsam mehri tushib fanimdan ham yaxshiroq o’qiydi.
5. Shu guruhga kirsam maza qilib dars o’tamanda, dars tugaganini bilmay qolaman.
6. Yaxshiyam shu (zumrasha) bola dars qoldirmaydi, zerikib qolardik darsda.
7. “Mavzudan tashqari savolni darsdan keyin gaplashamiz. Hozir mavzuni o’rganaylik”
8. Nechanchi yil edi-ya? Yodimga kelmayapti.
— Bolalar bu yodimdan ko’tarilibdi, keyingi dars bilib kelib aytib beraman.
9. Ahmad kelmabdimi?! Darsda zerikamiz ekanda bugun.
10. Shu sinfga darsim bor-a, bugun! Zo’r sinfda o’ziyam.
11. Oramizda ustozlar bormi?

YouTube
"TOP universitetlarga grant yutish ilojsiz ish emas" — SAT bo'yicha mutaxassis bilan suhbat
Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qilishingiz mumkin:
00:00 - Treyler
01:55 - #asrabqoling ijtimoiy roligi
03:22 - Kirish
04:09 - Hasanxo'ja Muhammad Sodiq o'zi kim?
06:04 - SAT o'zi nima?
10:50 - SAT imtihonining imtiyozlari haqida
12:46 - SAT sertifikati…

Shu videoni ko'rishni hammaga tavsiya qilaman.
Ilm olayotganlar, universitetga topshirmoqchi bo'lganlar, o'qituvchilar uchun ayniqsa muhim mavzularni gapiribdi.
Hasanxo'ja Muhammad Sodiq hozirda Toshkentdagi Sodiq School asoschisi. SAT balli 1580 chiqqan ekan.
📱 @azizov_blog
Ilm olayotganlar, universitetga topshirmoqchi bo'lganlar, o'qituvchilar uchun ayniqsa muhim mavzularni gapiribdi.
Hasanxo'ja Muhammad Sodiq hozirda Toshkentdagi Sodiq School asoschisi. SAT balli 1580 chiqqan ekan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sentyabr oyida joylangan postlar 🟢
💚 Parishonlik rejimidan kimlar foydalangan?
💚 O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang.
💚 Maqsad qo'yish sizni baxtli qilmaydi
💚 Parishonlik rejimiga o'tish usullari
💚 Kichik o'zgarish yillaringizga ta'sir qiladi
💚 O'qituvchilar ichidan o'tkazadigan fikrlar
💚 Yosh Magnus Karlsen va Garri Kasparov o'yini
#mundarija
📱 @azizov_blog
#mundarija
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ularga ham kimdir o'rgatishi kerak
Bugun 4-sinf o'quvchilarim darsiga kirib o'tgan mavzuni takrorladik. Vazifalarni ko'rib chiqdik.
Bolalar jim, bayram bilan tabriklashmadi. Hali ko'p bo'lmadi bu o'quvchilarimni o'qitayotganimga. Shuning uchun hali yaqin bo'lib ketmaganmiz.
💭 Bolalarga o'rgatish kerak ekan, o'yladim. Keyin doskaga bugungi sanani yozishdan oldin so'radim.
Men: Bugun qanaqa kun?
Bir o'quvchim: 1-oktyabr
Boshqasi: O'qituvchilar kuni
Men: Nimadir esingizdan chiqmadimi?
Bir o'quvchim: Sovg'ami? 🫣
Men: 😂 Yo'q. Bayram bilan tabriklamadingiz.
O'quvchilarim: Bayramingiz bilan. Tabriklaymiz Imomali ustoz. Muborak bo'lsin. (Xijolat bo'lgandek past ovozda tabriklab ketishdi)
Men: Sizlardan sovg'a so'rayotganim yo'q, noto'g'ri tushunmanglar. Bayram bilan tabriklashingizni ham so'rab olish niyatim yo'q. Bu narsani ham sizga kimdir o'rgatishi kerak. Shuning uchun aytyapman.
Bayramda boshqalarga albatta sovg'a berish shart emas. Sovg'a olmagan bo'lsangiz ikki og'iz so'z bilan tabriklasangiz ham xursand bo'lib yuradi.
👀 O'quvchilarimga qarab chiqdim. Tushunishdi deb o'yladim.
— Hozir meni darsimdan keyin ingliz tili ustozni bayrami bilan tabriklab qo'yinglar, xursand bo'ladi, deb darsni davom ettirdim.
❓ Vaqti kelganda o'quvchilarga faqatgina bilim emas, insoniylikni ham o'rgatish kerak.
Shaxsan o'zim o'quvchilarimni chiroyli xulqli, yaxshi odam bo'lishiga harakat qilaman.
💎 O'qituvchi bilan ustozni farqi shunda. Ustoz bilim berish bilan cheklanib qolmaydi.
Bayramingiz muborak bo'lsin ustoz va o'qituvchilar.🎉
📱 @azizov_blog
Bugun 4-sinf o'quvchilarim darsiga kirib o'tgan mavzuni takrorladik. Vazifalarni ko'rib chiqdik.
Bolalar jim, bayram bilan tabriklashmadi. Hali ko'p bo'lmadi bu o'quvchilarimni o'qitayotganimga. Shuning uchun hali yaqin bo'lib ketmaganmiz.
Men: Bugun qanaqa kun?
Bir o'quvchim: 1-oktyabr
Boshqasi: O'qituvchilar kuni
Men: Nimadir esingizdan chiqmadimi?
Bir o'quvchim: Sovg'ami? 🫣
Men: 😂 Yo'q. Bayram bilan tabriklamadingiz.
O'quvchilarim: Bayramingiz bilan. Tabriklaymiz Imomali ustoz. Muborak bo'lsin. (Xijolat bo'lgandek past ovozda tabriklab ketishdi)
Men: Sizlardan sovg'a so'rayotganim yo'q, noto'g'ri tushunmanglar. Bayram bilan tabriklashingizni ham so'rab olish niyatim yo'q. Bu narsani ham sizga kimdir o'rgatishi kerak. Shuning uchun aytyapman.
Bayramda boshqalarga albatta sovg'a berish shart emas. Sovg'a olmagan bo'lsangiz ikki og'iz so'z bilan tabriklasangiz ham xursand bo'lib yuradi.
— Hozir meni darsimdan keyin ingliz tili ustozni bayrami bilan tabriklab qo'yinglar, xursand bo'ladi, deb darsni davom ettirdim.
Shaxsan o'zim o'quvchilarimni chiroyli xulqli, yaxshi odam bo'lishiga harakat qilaman.
Bayramingiz muborak bo'lsin ustoz va o'qituvchilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefonda gaplashish odoblari 📞
1. Suhbatni “Alo” bilan emas, Assalomu alaykum bilan boshlang.
2. Telefon qilganingizda javob bo’lmasa orqasidan darrov 10 martalab telefon qilmang. Zarur bo’lsa qo’ng’irog’ingiz sababini xabar orqali yozib yuboring. Hech yo’g’i 5-10 daqiqa kuting.
3. Boshqasi bilan gaplashayotgan bo’lsa kutib turmang, o’chiring. Narigi tomonga tut-tut degan ovoz borib bezovta qilmasin.
4. Mashinada, jamoat joyida telefonda qisqa va past ovozda gaplashing. Hayotingizda nima bo’layotganini hamma bilishi shart emas.
5. Suhbat o’rtasida aloqa uzilib qolsa qo’ng’iroq qilgan odam qaytarishi maqsadga muvofiq.
6. Notanish odamga qo’ng’iroq qilganingizda salomdan so’ng o’zingizni tanishtiring, raqamini qayerdan olganingizni va qo’ng’iroq qilishdan maqsadingizni ayting.
7. Qizil tugmani bosishdan oldin narigi tomon gapini tugatganiga ishonch hosil qiling. Agar endi gapirmoqchi bo’lganda o’chirib qo’ysangiz o’zingiz qaytarishingiz oradagi noqulay vaziyatni yumshatadi.
8. Namoz, tushlik vaqtlarida qo’ng’iroq qilmang. Kechki va sahargi vaqtlarda ham yaqin bo’lmagan odamlaringizga qo’ng’iroq qilmaganingiz ma’qul.
9. Postni yaqinlarga yuborib qo'ying.
P. S. Siz yana qanday odoblarni bilasiz?

Kichik bloglarda boshqacha fayz bo’ladi
Ularni maza qilib o’qiysiz. Ko’plari qadrdon bo’lib ketadi.
Obunachilari ko'p bo'lmagani uchun ham reklama haqida ko'p o'ylamaydi. Samimiy yozadi.
Shunaqa bloglar ko'p bo'lsayu, postlarini intizorlik bilan kutsang. Har o'qigan postlaring blogni yanada qiziqib o'qishingga sabab bo'lsa.
P. S. Meni blogim ham shunaqami? 🙃
📱 @azizov_blog
Ularni maza qilib o’qiysiz. Ko’plari qadrdon bo’lib ketadi.
Obunachilari ko'p bo'lmagani uchun ham reklama haqida ko'p o'ylamaydi. Samimiy yozadi.
Shunaqa bloglar ko'p bo'lsayu, postlarini intizorlik bilan kutsang. Har o'qigan postlaring blogni yanada qiziqib o'qishingga sabab bo'lsa.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng qiyin ish nima deb o'ylaysiz?
Oliy matematikadan misol yechishmi? Yoki telefonsiz bir hafta yashashmi? Menimcha eng qiyini — hech narsa qilmaslik. Xo'sh, nega?
Miyamiz doim harakatda turishni xohlaydi. Bo'sh qolsa, nima bilandir band bo'lgisi keladi. Shu sababli zeriksak darrov ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz.
Shu paytda hech qanday ish bilan mashg'ul bo'lmasak, miya biroz vaqt o'tib fikrlashni boshlaydi va (20 daqiqalardan so'ng) bu sizga yoqa boshlaydi.
Buning uchun qilinadigan muhim ish telefonni App Block yordamida cheklash yoki kimgadir berib qo’yish.
Shunda bemalol chalg’imasdan, hech narsa qilmasdan shiftga tikilib yotaverasiz.
Fikrlar, prinsiplar, maqsadlarni aniqlab olish uchun, to’g’ri yo’nalishda ketayotganingizni bilish uchun bu zarur.
Zerikib turing.