Aziza | Architecture & 3D
5 subscribers
7 photos
1 link
Ijodkorlik bu kashf qilish, tajriba qilish, o’sish, tavakkal qilish, qoidalarni buzish, xato qilish va zavqlanishdir.
Mari Lu Kuk
Download Telegram
Assalomu alaykum! 🏛️
Ushbu kanalni o'zimning arxitektura olamidagi izlanishlarim, chizmalarim va 3D vizualizatsiya jarayonlarimni jamlab borish uchun ochdim.
Bu yerda nafaqat tayyor loyihalar, balki xatolar, o'rganish bosqichlari va meni ilhomlantiradigan arxitektura durdonalari bilan bo'lishaman. Talabalikdan professional darajagacha bo'lgan yo'limni kuzatib boring!
Aziza Dinimova | Future Architect
Zaha Hadid — arxitekturadagi "egri chiziqlar malikasi"
​Nega mening birinchi postim aynan u haqida? Chunki Zaha Hadid bizga tasavvurning chegarasi yo‘qligini isbotlab bergan. Uning binolarida burchaklar yo‘q, ular go‘yo suyuqlik kabi oqib tushadi. 🌊
​Rasmda ko‘rib turganingiz — Bokudagi Haydar Aliyev markazi. Bu bino o‘zining noodatiy formasi bilan butun dunyoni hayratga solgan. 🏛️
1
Channel photo updated
#Ispaniya
🏛 Guggenheim Museum Bilbao — zamonaviy dekonstruktiv arxitektura namunasi.
Bino egri, oqimli shakllardan tashkil topgan bo‘lib, titan panellar bilan qoplangan.
Uning shakli an’anaviy burchakli tuzilmalardan voz kechib, harakat va erkinlik hissini beradi — go‘yo bino hayotga kelgandek.
1
#Misr
Sakkara ehromi tarixdagi birinchi yirik tosh inshoot hisoblanadi.
U pog‘onali shaklda qurilgan bo‘lib, keyingi ehromlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bu bino me’morchilik tarixida yangi davrni boshlab bergan.
1👍1
#Afsona va miflar
📌Imxotep ehromi qurib boʻlgach keyinchalik xudo darajasiga ko‘tarilgan.
📌Ehrom atrofida davolovchi kuch bor degan e’tiqod paydo bo‘lgan.
📌Ba’zi manbalarda esa ehrom “yer va osmonni bog‘lovchi zinapoya” deb talqin qilina boshlagan.
1🔥1
#Misr
Bino: Giza ehromlari
Qurilgan: mil.avv. 2580–2560-yillar
Kim tomonidan: Fir’avn Xufu (Xeops) davrida
Joylashuvi: Giza, Misr

Qisqacha ma’lumot:
Giza ehromlari qadimgi Misr me’morchiligining eng buyuk yodgorligidir.
Ular fir’avnlarning dafn marosimlari uchun qurilgan bo‘lib, aniq geometrik shakli va ulkan hajmi bilan mashhur.
Bu inshootlar minglab yillar davomida inson aql-zakovati ramzi bo‘lib kelmoqda.
🔥1
#Afsona va miflar
Ehromlar qul emas, balki malakali ishchilar tomonidan qurilgan degan fikr bor.

Ba’zi afsonalarda ehromlar osmon yulduzlari bilan bog‘langan deyiladi.

“Ehrom ichida maxfiy bilimlar yashiringan” degan qadimiy rivoyatlar mavjud.
🔥1
Channel photo updated
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha #genplan
🗺️ Mustaqillik va Alpomish koʻchalar kesishmasi
🔥2