Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga
📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi?
Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz:
• Badiiy
• Shaxsiy rivojlanish
• Tarixiy
• Siyosiy
• Ilmiy ma'rifiy
Har bir kitobdan so‘ng, doimgidek, chuqur muhokamalar, qiziqarli savol-javoblar va hayotiy xulosalar kutadi.
Endi esa yangi tartib:
📆 Har 21 kunda bitta kitobni birgalikda o‘qib tugatamiz.
🎙️ So‘ng Telegram’da ovozli yoki video chat orqali uchrashamiz.
Agar siz ham bu safarda bizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Kim biladi, balki siz kutgan o‘zgarish aynan shu yerdan boshlanar...

Azimjon Askarov | Blog pinned «Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga 📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi? Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz: • Badiiy • Shaxsiy…»
Azimjon Askarov | Blog
Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga 📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi? Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz: • Badiiy • Shaxsiy…
Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying tez orada shartlarni ham e'lon qilamiz
🧠 Uinston Cherchill: Hayot haqiqatlari va tan olingan realizm
Zamonasining nafaqat siyosiy, balki fikriy gigantlaridan biri bo‘lgan Winston Churchill — bugungi kunda ham ko‘plar uchun ilhom manbaidir. U Ikkinchi jahon urushidagi jasoratli rahbar bo‘lishdan tashqari, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan yagona Britaniya Bosh vaziridir.
Cherchill hayotni hazil, realizm va fojiali tajribalar bilan aralashtirib tushuntira olgan kam sonli arboblardandir. Quyidagi iboralar hayotga, kurashga, siyosat va insoniyatga bo‘lgan teran qarashlaridan darak beradi:
📌 “Agar do‘zaxdan o‘tayotgan bo‘lsang ham — to‘xtama.”
Qiyinchiliklardan qochish — yechim emas. Yagona yo‘l — davom etish.
📌 “Dushmanlaring bormi? Demak, sen bir kun haqiqatni himoya qilgansan.”
Tinch hayot har doim ham haqiqatli emas. Haqiqat esa har doim ham tinch bo‘lmaydi.
📌 “Muvaffaqiyat — hushyorlikni yo‘qotmagan holda bir muvaffaqiyatsizlikdan boshqasiga yurishdir.”
Yutuq — ideal bo‘lish emas, izchil bo‘lish.
📌 “Haqiqat o‘z shimini kiyib ulgurmasdan, yolg‘on Yer sharini yarmini aylanib chiqadi.”
Bugungi internet davrida bu ibora yanada to‘g‘ri eshitiladi.
📌 “Burgut faqat bo‘ronga qarshi uchsa, balandroq ko‘tariladi.”
Inqiroz — yuksalish uchun imkoniyat.
📌 “O‘zingizga sog‘lik va boylik tilamang — omad tilang. Titanikda hamma sog‘lom va boy edi, faqat oz sonli odam omadli chiqdi.”
Omad — eng zarur resurs.
📌 “Har hurkan itga tosh ota bersang, manzilingga yetolmaysan.”
E’tibor — kerakli yo‘nalishda bo‘lishi kerak.
📌 “Hayotning buyuk sabog‘i shuki, ko‘pincha ahmoqlar haq bo‘lib chiqadi.”
Doim aql emas, ba’zida oddiy tajriba g‘alaba qiladi.
📌 “Qarg‘alar sukut saqlaganda — to‘tiqushlar gapiradi.”
Haqqoniylik — kamtarlikda yashaydi.
📌 “O‘z o‘tmishini unutgan millat kelajagidan mahrum bo‘ladi.”
Tarixni eslash — milliy ongning asosi.
✍️ Xulosa:
Cherchillning fikrlari bizga shuni eslatadiki, hayotga jiddiy qarash, biroq uni hazil bilan yengillashtirish — donolik belgisi. Uning iboralari qisqa, lekin mazmunan teran. Ularning har biri hayotiy saboq, ichki kuch, iroda va haqiqat izlovchilari uchun yo‘l-yo‘riqdir.
Uning so‘zlaridan xulosa chiqaramiz: jasorat — bu kuch emas, balki tinmay harakat qilish. Toki tarix sizni yodda saqlaydi.

1 IYUN — BOLALAR KUNI!
“Farzandingiz bilan har kun suhbatlashing — chunki u bir kun sizga do‘st bo‘ladi.”
Bir tanishim aytib berdi:
— Har kuni qizimga “Bugun eng katta o‘rgangan narsang nima?” deb so‘rayman.
U esa:
— “Dadam meni eshitadi” degan ishonch bilan ulg‘aymoqda...
Shu gapni eshitib o‘ylab qoldim:
Bola uchun eng katta sovg‘a — quloq tutish, mehr bilan qarash, gaplariga e’tibor qilish.
Bugun esa aynan shunday eslab qoladigan kun. Chunki, har bir bola — yangi sahifa.
Unga nima yozsangiz, ertaga sizning hayotingizni o‘qib beradi.
Shuning uchun telefon emas, diqqat bering.
Reels emas, suhbat bering.
Maqtov emas, ishonch bering.
Foydali maslahat:
Bolangizga har kuni 3 savol bering:
1. Bugun nima o‘rganding?
2. Kimga yaxshilik qilding?
3. Nimaga minnatdorsan?
Bu oddiy savollar ularni ongli, baxtli va mehrli inson qiladi. E’tibor, vaqt va mehr — bolaga beriladigan eng katta merosdir.
Bayram muborak, kelajagimiz egasi bo‘lgan farzandlar!
“Farzandingiz bilan har kun suhbatlashing — chunki u bir kun sizga do‘st bo‘ladi.”
Bir tanishim aytib berdi:
— Har kuni qizimga “Bugun eng katta o‘rgangan narsang nima?” deb so‘rayman.
U esa:
— “Dadam meni eshitadi” degan ishonch bilan ulg‘aymoqda...
Shu gapni eshitib o‘ylab qoldim:
Bola uchun eng katta sovg‘a — quloq tutish, mehr bilan qarash, gaplariga e’tibor qilish.
Bugun esa aynan shunday eslab qoladigan kun. Chunki, har bir bola — yangi sahifa.
Unga nima yozsangiz, ertaga sizning hayotingizni o‘qib beradi.
Shuning uchun telefon emas, diqqat bering.
Reels emas, suhbat bering.
Maqtov emas, ishonch bering.
Foydali maslahat:
Bolangizga har kuni 3 savol bering:
1. Bugun nima o‘rganding?
2. Kimga yaxshilik qilding?
3. Nimaga minnatdorsan?
Bu oddiy savollar ularni ongli, baxtli va mehrli inson qiladi. E’tibor, vaqt va mehr — bolaga beriladigan eng katta merosdir.
Bayram muborak, kelajagimiz egasi bo‘lgan farzandlar!
Azimjon Askarov | Blog
Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga 📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi? Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz: • Badiiy • Shaxsiy…
Assalomu Alaykum hurmatli kitobxonlar “O’zgarish vaqti” loyihasi doirasida bugun guruhga qo’shilish uchun shartlarni e’lon qilishimiz kerak edi.
Maslahatlashuvlar va fikrlar almashinuvi oxiriga yetmagani uchun shartlarimizni batafsil ertaga kechgacha e’lon qilamiz nasib qilsa.
Hozir esa sizlar bilan kitob tanlab olishimiz kerak. (Bu qismi kelishilgan).
Birinchi navbatda ushbu 5 ta yo’nalishdan birini tanlasangiz, keyin esa eng ko’p ovoz olgan yo’nalishda 2 ta kitob varianti beriladi va ertaga kechgacha kitobni sotib olishingiz kerak.
Undan keyingi shartlar, vazifalar va foydali qismlari navbatma-navbat e’lon qilib boramiz.

“O’zgarish vaqti” kitobxonlik loyihasi doirasida birinchi kitob qaysi yo’nalish bo’yicha tanlanishini xohlaysiz? (Javob berish uchun 3 soat vaqt)
Final Results
42%
Badiiy
46%
Shaxsiy rivojlanish
11%
Tarixiy
1%
Siyosiy
0%
Ilmiy-ma’rifiy
Azimjon Askarov | Blog
“O’zgarish vaqti” kitobxonlik loyihasi doirasida birinchi kitob qaysi yo’nalish bo’yicha tanlanishini xohlaysiz? (Javob berish uchun 3 soat vaqt)
So’rovnoma soat 21:00 da to’xtatiladi. Eng ko’p ovoz olgan yo’nalish bo’yicha 2 ta kitob varianti beriladi va eng ko’p ovoz olgan kitobni ertadan o’qishni boshlaymiz. Eslatib o’taman loyihada imkon boricha yangi kitoblarni tanlashga harakat qilamiz va asosiy maqsad “umr bo’yi o’quvchi bo’lib qoling, yangi g’oyalarni o’zlashtiring” g’oyasi atrofida birlashamiz degan umiddaman. E’tiboringiz uchun tashakkur!
Azimjon Askarov | Blog
“O’zgarish vaqti” kitobxonlik loyihasi doirasida birinchi kitob qaysi yo’nalish bo’yicha tanlanishini xohlaysiz? (Javob berish uchun 3 soat vaqt)
Eng ko’p ovoz shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha to’plandi. 35 ta ovoz demak kitoblar ro’yxatini e’lon qilamiz. So’rovnoma 02.06.2025 soat 10:00 gacha davom etadi.
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
Final Results
72%
Lider shaxsiyati – Brayan Treysi🧠
28%
Ego dushmaning – Rayan Holiday🧠
Forwarded from Kelajakka bir qadam (Naima)
Bu kitob Brayan Treysining yetakchilik (liderlik) borasidagi tajribalari va maslahatlariga asoslanadi. U unda haqiqiy lider qanday bo‘lishi, qanday odatlarga ega bo‘lishi va qanday qarorlar qabul qilishi kerakligi haqida gapiradi. Kitobda motivatsiya, maqsad qo‘yish, vaqtni boshqarish, jamoani ilhomlantirish va natijaga erishish yo‘llari aniq va amaliy misollar bilan tushuntiriladi. O‘zingizni rivojlantirish va ishda, hayotda kuchli yetakchi bo‘lishni istasangiz, juda foydali asar.
Bu kitob ego (ya’ni haddan tashqari o‘ziga berilib ketish, o‘zini juda muhim sanash) hayotdagi eng katta dushmanimiz ekani haqida. Holiday tarixiy shaxslar va hozirgi zamon odamlari misolida ego qanday qilib insonni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishini tushuntiradi. U kamtarlik, tinimsiz o‘rganish, kurash va intizom orqali haqiqiy yutuqlarga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Agar o‘zingiz ustida ishlash, egoingizni boshqarish va asl kuchingizni ochish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun
https://t.me/kelajakkabirqadam_1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azimjon Askarov | Blog
Kitoblar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchi edim lekin ustoz o’z kanallarida juda yaxshi ma’lumotlar beribdilar. Ulashib qo’ya qoldim☺️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azimjon Askarov | Blog pinned «Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering»
Azimjon Askarov | Blog
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
Ovoz berish tugashiga 30 daqiqa qoldi
Azimjon Askarov | Blog
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
So’rovnoma natijalariga ko’ra Brayan Treysining – Lider shaxsiyati kitobi eng ko’p ovoz to’pladi.
Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kitobini sotib oldingizmi?
Sotib olganlar izohlarda kitobingiz suratini ulashing!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim.
Endilikda klubimizda ishtirok etish ramziy ma’noda, kuniga atigi 1000 so‘mdan iborat to‘lov asosida amalga oshirilishi reja qilinmoqda.
Biz kitob o‘qishga chin dildan intiladigan, buning uchun vaqt va mablag‘ ajrata oladigan kishilarni jamlashni maqsad qilganmiz.
To‘lov qilganlar uchun alohida yopiq guruh ochilmaydi. Barcha materiallar — kitob muhokamalari, kunlik test savollari, foydali postlar — avvalgidek shu kanalda e’lon qilinadi.
Nega alohida ajratmaymiz?
Chunki bizning asosiy maqsadimiz — ko‘proq insonlarni kitob o‘qishga undash, o‘z hayotida o‘zgarish qilishga ilhomlantirish.
Sizdan nima talab qilinadi?
Agar to‘lov qilish imkoniyatingiz bo‘lmasa, siz loyihamizni yaqinlaringizga tavsiya qilish orqali ham rivojlanishimizga ulkan hissa qo‘shishingiz mumkin.
Eslatma: bu to‘lov orqali hech kim boyib ketmaydi. Bu shunchaki sizning kitob uchun qilayotgan harakatingizni sinovdan o‘tkazish — o‘z ustingizda ishlashga tayyorligingizni ko‘rsatish vositasidir.
📌 Ushbu tartib keyingi kitobdan boshlab joriy qilinsinmi? Fikringiz biz uchun muhim — izohda yozib qoldiring!

Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kitobi muhokamasi nasib qilsa 23.06.2025 kuni bo’ladi.
Kitobni har kuni 12-15 betdan o’qilsa shu muddatgacha tugatsa bo’ladi.
P.S.: E’tiborli bo’ling, o’zingizga ishoning, tartibli bo’lishga harakat qiling!

“Nega kitobxon odamlar iste’molchilik jamiyatiga xavf soladi?”
Mashhur matematik Vladimir Arnold bir paytlar shunday degan edi:
“Gap shundaki, ko‘p kitob o‘qigan, madaniyatli inson iste’molchilik jamiyatining eng yomon mijoziga aylanadi.
U endi kir yuvish mashinasi yoki avtomobil sotib olishdan ko‘ra, Motsart yoki Van Gogni, Shekspir yoki matematik teoremalarni afzal ko‘radi.
Bunday odamlardan jamiyat iqtisodiyoti, ayniqsa, ‘hayot egalari’ — yirik foyda orttirishga qaratilgan tizim egalari aziyat chekadi.
Shuning uchun ular odamlarning ma’rifatli va mustaqil fikrlovchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni istamaydilar.
Chunki bunday odamlar bilan, aql-idrokdan mahrum qilingan to‘da kabi, bemalol boshqarib bo‘lmaydi.”
Bu fikr bizga nimani anglatadi?
Kitob o‘qigan inson iste’molchi emas, fikrlovchi bo‘ladi. Unga reklamalar kamroq ta’sir qiladi, u yashash ma’nosini narsalarda emas, kitoblardan izlaydi.
Aynan shuning uchun, bugungi kunda kimdir seni fikrlovchi emas, xarid qiluvchi qilib ko‘rishni istaydi.
Ammo tanlov bizda: fikrlaydigan inson bo‘lishmi yoki boshqariladigan “iste’molchi”?

📚 Kitob o‘qish uchun kunning eng samarali 3 vaqti
Kitob mutolaasi faqat vaqt ajratish emas – bu ong bilan tanlov qilish. Ayniqsa, motivatsion va rivojlantiruvchi asarlar, masalan, Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kabi kitoblarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, qaysi paytda o‘qish ham katta ahamiyatga ega. Quyida kunning uchta asosiy vaqti va har birining o‘ziga xos foydasi haqida so‘z yuritamiz:
⸻
1️⃣ Ertalab (06:00–08:00) – Ong eng tiniq va xushyor payt
📌 Nega aynan ertalab? Tongda miyamiz hali yangilangan, chalg‘ituvchi fikrlar kam, diqqat esa yuqori bo‘ladi. Shu bois bu vaqt eng samarali o‘qish davri hisoblanadi.
✅ Foydasi: Kitobdagi fikrlarni faqat tushunib emas, balki kun davomida hayotga tatbiq etishga ulgurasiz.
📖 Tavsiya: 10–15 betni nonushtadan oldin yoki keyin o‘qib chiqing. Asosiy g‘oyalarni telefoningizdagi eslatmalar bo‘limiga yoki shaxsiy daftar/kundalikka yozib boring.
⸻
2️⃣ Tushdan keyin (14:00–16:00) – Diqqatni tiklash va tinchlanish vaqti
📌 Nega bu vaqt? Kunning o‘rtasida charchoq seziladi, lekin aynan shunday paytda kitobga qisqacha sho‘ng‘ish asabni tinchlantiradi, fikrni to‘playdi.
✅ Foydasi: Murakkab boblar emas, lekin yengil motivatsion fikrlar yoki esda qoladigan iqtiboslar uchun ayni muddao.
📖 Tavsiya: Tushlikdan keyin 5–10 daqiqa davomida bir nechta sahifani ko‘zdan kechiring, so‘ng ustida o‘ylab ko‘ring – bu ham dam, ham o‘sish.
⸻
3️⃣ Kechqurun (20:30–22:00) – Xotirjam mulohaza uchun vaqt
📌 Nega bu vaqt? Kun yakunida miya vazifalarni ortda qoldirib, xotirjam holatga o‘tadi. Shu sababli kechki o‘qish – tafakkur qilish, xulosa chiqarish uchun ayni muddao.
✅ Foydasi: O‘qiganlaringiz ustida fikr yuritish, shaxsiy hayotingizga bog‘lash, kundalik yozish uchun yaxshi vaqt.
📖 Tavsiya: Mazmunli boblar yoki ilhomlantiruvchi sahifalarni tanlang. Ulardan olgan xulosalaringizni yozing yoki o‘zingizga savollar bering: “Men buni ertaga qanday qo‘llay olaman?”
⸻
🟢 Xulosa:
Har bir vaqt – o‘qish uchun imkon. Ammo kitobdagi fikrni ongga chuqur singdirish uchun, ertalabki o‘qish bir qadam oldinda turadi. Tushdan keyin – dam olish bilan birga bilimni mustahkamlash, kechqurun esa – o‘qiganingizni hayotiy tajriba bilan bog‘lash uchun eng yaxshi davrdir.
Shunchaki o‘qimang – anglang, qo‘llang, o‘zingizga aylantiring. Ana shundagina kitob o‘qish – haqiqiy o‘zgarish vositasiga aylanadi.