Azimjon Askarov | Blog
“O’zgarish vaqti” kitobxonlik loyihasi doirasida birinchi kitob qaysi yo’nalish bo’yicha tanlanishini xohlaysiz? (Javob berish uchun 3 soat vaqt)
Eng ko’p ovoz shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha to’plandi. 35 ta ovoz demak kitoblar ro’yxatini e’lon qilamiz. So’rovnoma 02.06.2025 soat 10:00 gacha davom etadi.
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
Final Results
72%
Lider shaxsiyati – Brayan Treysi🧠
28%
Ego dushmaning – Rayan Holiday🧠
Forwarded from Kelajakka bir qadam (Naima)
Bu kitob Brayan Treysining yetakchilik (liderlik) borasidagi tajribalari va maslahatlariga asoslanadi. U unda haqiqiy lider qanday bo‘lishi, qanday odatlarga ega bo‘lishi va qanday qarorlar qabul qilishi kerakligi haqida gapiradi. Kitobda motivatsiya, maqsad qo‘yish, vaqtni boshqarish, jamoani ilhomlantirish va natijaga erishish yo‘llari aniq va amaliy misollar bilan tushuntiriladi. O‘zingizni rivojlantirish va ishda, hayotda kuchli yetakchi bo‘lishni istasangiz, juda foydali asar.
Bu kitob ego (ya’ni haddan tashqari o‘ziga berilib ketish, o‘zini juda muhim sanash) hayotdagi eng katta dushmanimiz ekani haqida. Holiday tarixiy shaxslar va hozirgi zamon odamlari misolida ego qanday qilib insonni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishini tushuntiradi. U kamtarlik, tinimsiz o‘rganish, kurash va intizom orqali haqiqiy yutuqlarga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Agar o‘zingiz ustida ishlash, egoingizni boshqarish va asl kuchingizni ochish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun
https://t.me/kelajakkabirqadam_1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azimjon Askarov | Blog
Kitoblar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchi edim lekin ustoz o’z kanallarida juda yaxshi ma’lumotlar beribdilar. Ulashib qo’ya qoldim☺️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azimjon Askarov | Blog pinned «Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering»
Azimjon Askarov | Blog
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
Ovoz berish tugashiga 30 daqiqa qoldi
Azimjon Askarov | Blog
Shaxsiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha o’zingizga yoqqan kitobga ovoz bering
So’rovnoma natijalariga ko’ra Brayan Treysining – Lider shaxsiyati kitobi eng ko’p ovoz to’pladi.
Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kitobini sotib oldingizmi?
Sotib olganlar izohlarda kitobingiz suratini ulashing!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim.
Endilikda klubimizda ishtirok etish ramziy ma’noda, kuniga atigi 1000 so‘mdan iborat to‘lov asosida amalga oshirilishi reja qilinmoqda.
Biz kitob o‘qishga chin dildan intiladigan, buning uchun vaqt va mablag‘ ajrata oladigan kishilarni jamlashni maqsad qilganmiz.
To‘lov qilganlar uchun alohida yopiq guruh ochilmaydi. Barcha materiallar — kitob muhokamalari, kunlik test savollari, foydali postlar — avvalgidek shu kanalda e’lon qilinadi.
Nega alohida ajratmaymiz?
Chunki bizning asosiy maqsadimiz — ko‘proq insonlarni kitob o‘qishga undash, o‘z hayotida o‘zgarish qilishga ilhomlantirish.
Sizdan nima talab qilinadi?
Agar to‘lov qilish imkoniyatingiz bo‘lmasa, siz loyihamizni yaqinlaringizga tavsiya qilish orqali ham rivojlanishimizga ulkan hissa qo‘shishingiz mumkin.
Eslatma: bu to‘lov orqali hech kim boyib ketmaydi. Bu shunchaki sizning kitob uchun qilayotgan harakatingizni sinovdan o‘tkazish — o‘z ustingizda ishlashga tayyorligingizni ko‘rsatish vositasidir.
📌 Ushbu tartib keyingi kitobdan boshlab joriy qilinsinmi? Fikringiz biz uchun muhim — izohda yozib qoldiring!

Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kitobi muhokamasi nasib qilsa 23.06.2025 kuni bo’ladi.
Kitobni har kuni 12-15 betdan o’qilsa shu muddatgacha tugatsa bo’ladi.
P.S.: E’tiborli bo’ling, o’zingizga ishoning, tartibli bo’lishga harakat qiling!

“Nega kitobxon odamlar iste’molchilik jamiyatiga xavf soladi?”
Mashhur matematik Vladimir Arnold bir paytlar shunday degan edi:
“Gap shundaki, ko‘p kitob o‘qigan, madaniyatli inson iste’molchilik jamiyatining eng yomon mijoziga aylanadi.
U endi kir yuvish mashinasi yoki avtomobil sotib olishdan ko‘ra, Motsart yoki Van Gogni, Shekspir yoki matematik teoremalarni afzal ko‘radi.
Bunday odamlardan jamiyat iqtisodiyoti, ayniqsa, ‘hayot egalari’ — yirik foyda orttirishga qaratilgan tizim egalari aziyat chekadi.
Shuning uchun ular odamlarning ma’rifatli va mustaqil fikrlovchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni istamaydilar.
Chunki bunday odamlar bilan, aql-idrokdan mahrum qilingan to‘da kabi, bemalol boshqarib bo‘lmaydi.”
Bu fikr bizga nimani anglatadi?
Kitob o‘qigan inson iste’molchi emas, fikrlovchi bo‘ladi. Unga reklamalar kamroq ta’sir qiladi, u yashash ma’nosini narsalarda emas, kitoblardan izlaydi.
Aynan shuning uchun, bugungi kunda kimdir seni fikrlovchi emas, xarid qiluvchi qilib ko‘rishni istaydi.
Ammo tanlov bizda: fikrlaydigan inson bo‘lishmi yoki boshqariladigan “iste’molchi”?

📚 Kitob o‘qish uchun kunning eng samarali 3 vaqti
Kitob mutolaasi faqat vaqt ajratish emas – bu ong bilan tanlov qilish. Ayniqsa, motivatsion va rivojlantiruvchi asarlar, masalan, Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kabi kitoblarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, qaysi paytda o‘qish ham katta ahamiyatga ega. Quyida kunning uchta asosiy vaqti va har birining o‘ziga xos foydasi haqida so‘z yuritamiz:
⸻
1️⃣ Ertalab (06:00–08:00) – Ong eng tiniq va xushyor payt
📌 Nega aynan ertalab? Tongda miyamiz hali yangilangan, chalg‘ituvchi fikrlar kam, diqqat esa yuqori bo‘ladi. Shu bois bu vaqt eng samarali o‘qish davri hisoblanadi.
✅ Foydasi: Kitobdagi fikrlarni faqat tushunib emas, balki kun davomida hayotga tatbiq etishga ulgurasiz.
📖 Tavsiya: 10–15 betni nonushtadan oldin yoki keyin o‘qib chiqing. Asosiy g‘oyalarni telefoningizdagi eslatmalar bo‘limiga yoki shaxsiy daftar/kundalikka yozib boring.
⸻
2️⃣ Tushdan keyin (14:00–16:00) – Diqqatni tiklash va tinchlanish vaqti
📌 Nega bu vaqt? Kunning o‘rtasida charchoq seziladi, lekin aynan shunday paytda kitobga qisqacha sho‘ng‘ish asabni tinchlantiradi, fikrni to‘playdi.
✅ Foydasi: Murakkab boblar emas, lekin yengil motivatsion fikrlar yoki esda qoladigan iqtiboslar uchun ayni muddao.
📖 Tavsiya: Tushlikdan keyin 5–10 daqiqa davomida bir nechta sahifani ko‘zdan kechiring, so‘ng ustida o‘ylab ko‘ring – bu ham dam, ham o‘sish.
⸻
3️⃣ Kechqurun (20:30–22:00) – Xotirjam mulohaza uchun vaqt
📌 Nega bu vaqt? Kun yakunida miya vazifalarni ortda qoldirib, xotirjam holatga o‘tadi. Shu sababli kechki o‘qish – tafakkur qilish, xulosa chiqarish uchun ayni muddao.
✅ Foydasi: O‘qiganlaringiz ustida fikr yuritish, shaxsiy hayotingizga bog‘lash, kundalik yozish uchun yaxshi vaqt.
📖 Tavsiya: Mazmunli boblar yoki ilhomlantiruvchi sahifalarni tanlang. Ulardan olgan xulosalaringizni yozing yoki o‘zingizga savollar bering: “Men buni ertaga qanday qo‘llay olaman?”
⸻
🟢 Xulosa:
Har bir vaqt – o‘qish uchun imkon. Ammo kitobdagi fikrni ongga chuqur singdirish uchun, ertalabki o‘qish bir qadam oldinda turadi. Tushdan keyin – dam olish bilan birga bilimni mustahkamlash, kechqurun esa – o‘qiganingizni hayotiy tajriba bilan bog‘lash uchun eng yaxshi davrdir.
Shunchaki o‘qimang – anglang, qo‘llang, o‘zingizga aylantiring. Ana shundagina kitob o‘qish – haqiqiy o‘zgarish vositasiga aylanadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go’zal taronaga go’zal rolik ishlashibdi…
Azimjon Askarov | Blog
Brayan Treysining “Lider shaxsiyati” kitobi muhokamasi nasib qilsa 23.06.2025 kuni bo’ladi. Kitobni har kuni 12-15 betdan o’qilsa shu muddatgacha tugatsa bo’ladi. P.S.: E’tiborli bo’ling, o’zingizga ishoning, tartibli bo’lishga harakat qiling!
Lider shaxsiyati kitobidan necha bet o'qidingiz?
🙃 1-9
👍 10-20
🔥 21-30
Soat 20:00da kitobning 19-betigacha bo'lgan qismdan test jo'natamiz, ulgurib qoling.

Muvaffaqiyatli insonlar yutuqlarining 80 foizi nimaga bog‘liq?
Anonymous Quiz
27%
Ularning ota-onasining yordami
4%
Moliyaviy imkoniyatlari
0%
O’qigan universitetlariga bog’lashadi
69%
O’z aql-zakovati va fikrlash kuchiga
XXI asrda muvaffaqiyatga erishish uchun nimaning yangi darajasi talab qilinadi?
Anonymous Quiz
7%
Qattiq mehnat qilish
32%
Malaka va intizom
48%
Yangi asr kompetentligining yangi darajasi
14%
Keng tarmoq va tanishlar
Quyidagi fikr mualliflarning qaysi asosiy g‘oyasini ifodalaydi:
“Inson o’ziga qo’ygan talab darajasidan oshiq natijaga erisha olmaydi.”
“Inson o’ziga qo’ygan talab darajasidan oshiq natijaga erisha olmaydi.”
Anonymous Quiz
7%
Tashqi muhit muvaffaqiyat uchun eng muhim omildir
12%
Inson o‘zini haddan tashqari qiynamasligi kerak
76%
Yuksak natijalar faqat o‘z oldiga yuksak maqsad qo‘yganlargagina nasib etadi
5%
Harakatdan ko‘ra sabr qilish muhimroq
Ba'zi insonlar go'zal bir yer qidirar ekan, Ba'zilari turgan joylarini go'zallashtiradilar...
P.S.: balki bu aynan “O’zgarish vaqti” dir…