Haqiqiy maslahat olish san’ati
Ba’zida hayotda yo‘limizni topishda, qiyin vaziyatlardan chiqishda yoki yangi maqsadlar sari intilishda bizga haqiqiy maslahat kerak bo‘ladi. Ammo bunday maslahat har doim ham yaqin atrofimizdan topilavermaydi.
Eng yaxshi maslahatni, ehtimol, o‘z nafsini, qo‘rquvlarini va shubhalarini yengib o‘tgan insondan olish kerak. Chunki faqat ana shunday odamlar chinakam g‘alabani his qilgan, o‘z chegaralarini yengib o‘tgan va o‘zini o‘zgartirganlardir.
Maslahat so‘rashda odam tanlash ham san’atdir – shunchaki tajriba emas, balki o‘z nafsini yengishga qodir bo‘lganlardan o‘rganish kerak.

“Adolatsizlikni ko‘rib jim turish – unga sherik bo‘lish demakdir”.
— Jan-Jak Russo
Ba’zida sukunat zulmning eng katta ittifoqchisiga aylanadi. Haqiqatni himoya qilish, adolatsizlikka qarshi chiqish – bu insonning eng oliy burchlaridan biri. Chunki adolat uchun kurash – insoniyat oldidagi eng muhim mas’uliyatlardan biridir.

Hayotning eng qimmatli lahzalari odatda shoshilmasdan kechadi. Ishga bag‘ishlangan umr – faqat sonlar va natijalar bilan to‘lib, hislarsiz qoladi. Ammo farzandlaringiz bilan o‘tkazgan vaqt – xotiralar bog‘iga aylangan umrning eng yorqin sahifalaridir.
Ba’zida hayot shovqinida, kundalik tashvishlarda eng muhim narsani unutib qo‘yamiz. Ammo farzandlar – bu hayotning eng samimiy ilhomi, eng sof quvonchi. Ularning bolalik yillari ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadi, lekin shu yillar bizga kelajakda quvonch va ilhom baxsh etuvchi eng chiroyli xotiralarga aylanadi.
Farzandlaringiz uchun albatta vaqt ajrating.

🤔 ChatGPT, Men haqimda bilganlaringga asoslanib, hozirgi hayotimni rasm ko'rinishida tasvirlab ber!!!
🧐Manimcha o’xshatdi.
🧐Manimcha o’xshatdi.
Daholar asri
Ibn Sino — Tibbiyot cho‘qqisi
Al-Xorazmiy — Matematika ildizi
Al-Beruniy — Ilm ufqi
Ibn al-Haysam — Aql nuri
Jobir ibn Hayyon — Kimyo olovi
Umar Xayyom — Vaqt ustasi
Al-Forobiy — Donolik bulog‘i
Ibn Rushd — Iymon va aql ko‘prigi
Al-Idrisi — Dunyo xaritachisi
Ibn Xaldun — Jamiyat me’mori
Ilhom manbai bo‘lgan meros.
Abadiyatga daxldor nomlar.
Ibn Sino — Tibbiyot cho‘qqisi
Al-Xorazmiy — Matematika ildizi
Al-Beruniy — Ilm ufqi
Ibn al-Haysam — Aql nuri
Jobir ibn Hayyon — Kimyo olovi
Umar Xayyom — Vaqt ustasi
Al-Forobiy — Donolik bulog‘i
Ibn Rushd — Iymon va aql ko‘prigi
Al-Idrisi — Dunyo xaritachisi
Ibn Xaldun — Jamiyat me’mori
Ilhom manbai bo‘lgan meros.
Abadiyatga daxldor nomlar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar nima uchun kitob o’qimay qo’ydi?
Birovni da'volashdan oldin, u uni kasal qilayotgan narsalardan voz kechishga tayyormi yoki yo'qligini so'rang.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun ba’zi ustozlarning darsi yoqimli bo’ladi?
Kitobxonlikning ahamiyatini, tafakkur va madaniyatdagi o‘rnini yorituvchi eng ta’sirli iqtiboslar
1. Yaxshi yozadigan mualliflarni o‘qish — go‘zal so‘zlashishga o‘rgatadi.
Til boyligi — o‘qilgan matnlardan shakllanadi. Kitobxon inson fikrini aniq, ravon va ta’sirli ifodalay oladi.
2. Madaniyat — bu o‘qilgan kitoblar soni emas, balki tushunilganlari sonidir.
Chuqur o‘qish va tahlil qilish — chinakam madaniyat poydevoridir.
3. Kitob o‘qiydiganlar har doim televizor ko‘radiganlarga rahbarlik qiladi.
Bilim — qaror qabul qilish, boshqalarni yetaklash va dunyoni anglash kalitidir.
4. Kitob filmga qaraganda har doim ustun, chunki xayolda effektlarga cheklov yo‘q.
Tasavvur qanotida siz eng ulug‘ sarguzashtlarga yo‘l olasiz — hech qanday byudjet cheklovlarsiz.
5. Qancha ko‘p o‘qisangiz, shuncha kam taqlid qilasiz.
O‘qigan inson o‘z yo‘lini topadi — o‘zini boshqa birovga o‘xshatmaydi.
6. Insonlar ikki turga bo‘linadi: kitob o‘quvchilar va o‘quvchilarni tinglovchilar.
Bilim egasi yetakchi bo‘ladi, qolganlar esa ergashadi.
7. Har bir o‘qilgan satr bilim zaxirasini boyitadi.
Bilim — asta-sekin yig‘iladigan boylik.
8. O‘qish — aql uchun mashq, xuddi jismoniy harakat tanaga foydali bo‘lgani kabi.
O‘qimagan aql zaiflashadi, mashq qilinmagan tanadek.
9. Oxirgi 90 kunda biror kitobni qo‘lga olmaslik yomon. Lekin undan battari — bunga e’tibor bermaslik.
© Jim Ron
O‘qimagan kunlar yo‘qotilgan imkoniyatlarga teng.
10. Kitob yoqishdan ham yomon jinoyat bor — ularni o‘qimaslik.
© Rey Bredberi
Bilimni inkor etish — jamiyatning o‘zini yo‘q qilishi demakdir.
11. Aqlli bo‘lish uchun 10 ta kitob kifoya. Ammo ularni topish uchun minglabini o‘qish kerak.
Donolik izlab topiladi, tasodifan emas.
12. Kitoblar — vaqt to‘lqinlarida suzuvchi fikr kemalari. Ular avloddan avlodga bebaho xazinalarni eltadi.
© Frensis Bekon
Kitoblar tarix, tafakkur va madaniyatni saqlovchi eng ishonchli vositadir.
13. Kimligingiz — nima o‘qiganingiz bilan belgilanadi.
© Jim Ron
O‘qigan har bir sahifa sizning dunyoqarashingizni shakllantiradi.
14. Kitoblarga ishon. Ular eng yaqin do‘stlardir. Zarur paytda sukut saqlaydi, kerak bo‘lsa — olamlarni ochib beradi.
Kitoblar sizni hech qachon yolg‘iz qoldirmaydi. Ular sizga fikr va ruhiy najot beradi.

Barchamiz uchun ham eng xavfli bo'lgan narsa, baland orzularga berilib ularga erisha olmay qolish emas, balki orzularimiz judayam kichik bo'lib ularga erisha olishimizdir ...
Albert Enshteyn
Albert Enshteyn
Muammolar aqlli insonlarni chora ko'rishga, nodonlarni esa tushkunlikka tushishga undaydi.
Ba’zida xato ham qilib tur…
Hayot doimo mukammallikni talab qilmaydi. Aksincha, ba’zida aynan xatolarimiz orqali eng muhim saboqlarni olamiz. O’zimiz bilmagan holda aytgan so’zlar, qilgan harakatlar, noto’g’ri qarorlar — bularning bari ichimizda o’sib borayotgan donolikning bir qismidir. Ammo xatolarning eng qimmatli jihati shundaki, ular atrofimizdagilarni sinovdan o’tkazadi.
Ba’zida ataylab emas, balki ehtimolsiz holatda xato qilib qo’yamiz. Shunda bilamiz: kimdir bu xatoni bahona qilib uzoqlashadi, kimdir esa “inson xatodan holi emas” deya yonimizda qoladi. Kimdir tanqid qiladi, kimdir tushunadi. Aynan mana shu vaziyatlarda insonlar haqiqiy yuzini ko’rsatadi.
Chunki har bir xato — bu ichki olamimizda yangilikka, o’sishga ochilgan eshikdir. Ammo bu eshikdan o’tishga har kim jur’at eta olmaydi. Ba’zilar sizning xatolaringizni kechira olmasligi — ular sizning o’sishingizni ham ko’rishga tayyor emasligini bildiradi.
Shuning uchun, ba’zida xato qilishdan qo’rqmang. Mukammallikka intiling, lekin insoniyligingizni yo’qotmang. Chunki haqiqiy do’stlik, chin yurakdan bo’lgan munosabatlar — aynan xatolardan keyin sinaladi. Va faqat chin dildan sizni qabul qilganlargina hayotingizda qolishga loyiqdir.
Ba’zida xato ham qilib tur, yoningda kim qolishini bilish uchun…

Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ota-ona farzandini yaxshi inson bo‘lishini xohlaydi. Ilm olishi, katta-katta yutuqlarga erishishi uchun tinmay mehnat qiladi.
Lekin bola uchun moddiy ta’minot, yaxshi yaratilgan sharoitgina yetarli, deb o‘ylovchilar bor. Bular aslida farzandning jamiyatda INSON sifatida kamol topishi uchun ahamiyatli emas. Eng muhimi, ota-ona beradigan tarbiya, ko‘rsatadigan o‘rnak zarur.
Har daqiqada yangilanayotgan zamonda tarbiya borasidagi mas’uliyatimizni oshirishimiz zarur.
Tarbiya ota-onaning yuzi ekani, yaxshi xulqli farzandni ko‘rganda "ota-onasiga rahmat", deyishlarini unutmaylik! Buning aksi bo‘lmasin!
#yangiruhiyat
💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faollik emas, tafakkur qutqaradi
Zamonaviy hayot bizni tinimsiz harakatga, natija ortidan quvishga undaydi. Har bir lahza foydali bo‘lishi kerak, har bir harakat – samarali. Ammo bu doimiy shoshilish ongni toliqtiradi. Inson charchaydi. Aynan shu charchoqda esa bir imkon yashiringan: to‘xtash, tinglash va tafakkur qilish imkoniyati.
Charchoq — bu zaiflik emas. Bu insonning o‘zini eslab olishi, ortiqcha shovqindan holi bo‘lib ichkariga qarashi. Charchagan inson nimani qilish kerakligini aniq biladi, keraksizdan voz kechadi. U xotirjamlikda yashashni o‘rganadi. Bu esa ijod uchun eng tabiiy zamin.
Zerikish – ong uchun dam olishdir. Tana uyquda tiklansa, ong zerikishda yangilanadi. Bugungi inson esa zerikishga vaqt topolmaydi, shuning uchun ham o‘zini yo‘qotadi. Yaratish o‘rniga takrorlaydi, o‘ylash o‘rniga bajaradi. Giperfaollik haqiqatga yetaklamaydi — u faqat harakatda ko‘rinadigan illuziyani saqlaydi.
Tafakkurga tayangan hayot — bu ichki yuksalish yo‘li. U bizni nafaqat madaniyat, balki insoniylik asosiga yaqinlashtiradi. Bugun bizga yetishmayotgan narsa — bo‘sh vaqt emas. Balki o‘sha bo‘shliqni qadrlash qobiliyatidir. Charchoq orqali inson o‘zini eslaydi. Va aynan shu eslash — haqiqiy ilhomning boshlanishidir.
Yuqoridagi fikrlar ushbu kitobdan ilhomlanib olingan.

Vavilonlik eng boy odam: zamonaviy inson uchun 10 saboq
Yaqinda qo’limga ajoyib kitob tushib qoldi. Kitobni ko’pchilik eshitgan bo’lsa kerak bilmadim
nimagadir “biznes yoki moliyaviy erkinlik” niqobi ostidagi kitoblarni o’qishdan qochardim. Lekin bu safargi kitob ayni men xohlagandek ya’ni qadim o’tmishdan berib kelinayotgan bir savolga javob topgandek bo’ldi:”Boylik sirmi, yoki qonun?”. Bu savollarimga o’zim kutgandek javoblarni oldim va xulosalarimni ulashgim keldi.
Hayotda omad muhimmi yoki, mehnat? Pul topish qobiliyati — tug‘ma iste’dodmi yoki o‘rganiladigan san’atmi?
Men bu savollarga javobni “Vavilonlik eng boy odam” kitobidagi quyidagi haqiqatlardan topdim:
• Muvaffaqiyat — tayyorgarlikning hosilasi.
• Omad — faqat imkoniyatdan foydalana olganlarga kuladi.
• Pul — u bilan oqilona muomala qilganlargagina xizmat qiladi.
• “Tez boyish” istagi — eng yengil tuzoq.
• Har bir inson o‘z imkoniyatlaridan yuqori orzu qiladi, lekin bu orzularga faqat bilim, tajriba va o‘zini rivojlantirish orqali erishiladi.
• Jamg‘arma — bu faqat pul yig‘ish emas, balki mustaqil, barqaror va kelajakda xavfsiz yashash demakdir.
• Mehnat — eng ishonchli hamroh, u hech qachon xiyonat qilmaydi.
Shaxsiy xulosam:
Boylik — bu nafaqat pul, balki dunyoni anglash, qaror qabul qilish va o‘zingni boshqarish san’atidir. Pulga emas, qadriyatlarga xizmat qiladigan boylikka intilish lozim.
Tavsiya:
Bugun o‘zingizga quyidagi savollarni bering:
1. Har oy daromadimning kamida 10 foizini jamg‘aryapmanmi?
2. Pulimni bilimga, ko‘nikmaga, tajribaga aylantirayapmanmi?
3. Pul topish qobiliyatimni oshiradigan odamlardan maslahat olyapmanmi?
Unutmang:
Boylik – bu tasodifiy omad emas, balki sabr, intizom va bilimga asoslangan ongli hayot tarzining natijasidir. U rejasiz kelmaydi, strategik odatlar orqali shakllanadi va faqat o‘z ustida ishlovchi, o‘z pulini boshqara oluvchi insonlarga do‘st bo‘ladi.

Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga
📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi?
Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz:
• Badiiy
• Shaxsiy rivojlanish
• Tarixiy
• Siyosiy
• Ilmiy ma'rifiy
Har bir kitobdan so‘ng, doimgidek, chuqur muhokamalar, qiziqarli savol-javoblar va hayotiy xulosalar kutadi.
Endi esa yangi tartib:
📆 Har 21 kunda bitta kitobni birgalikda o‘qib tugatamiz.
🎙️ So‘ng Telegram’da ovozli yoki video chat orqali uchrashamiz.
Agar siz ham bu safarda bizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Kim biladi, balki siz kutgan o‘zgarish aynan shu yerdan boshlanar...

Azimjon Askarov | Blog pinned «Kitob o'qishni xohlayman lekin o'qiyolmayapman deganlar diqqatiga 📚 “O‘zgarish vaqti” loyihasini eslaysizmi? Bir paytlar kichik doirada boshlangan bu tashabbusimiz endi yangi bosqichga chiqmoqda. Oldingidek 5 ta yo‘nalishda davom etamiz: • Badiiy • Shaxsiy…»