Azimjon Askarov | Blog
177 subscribers
74 photos
13 videos
7 links
“Tarix hayot uchun xizmat qilishi kerak”
Download Telegram
Bugun kechikayotgan narsa, ertaga ayni vaqtida yetadi.
Orzularing unutilmagan, ular faqat sinovdan o‘tyapti.
Odamlarning ayni damdagi qarorlaridan ko’zlagan maqsadlari yoki niyatlari natijasini kuzatar ekansiz, qo’lingizdan shu qarorlarga ta’sir o’tkazish imkoni borligida hech nima qilmaganingiz uchun afsus chekasiz…
Shukr qilish — bor narsani ko‘rish san’atidir.
Adolatsizlikka chidash degani har qanday vaziyatni vijdon oldida so’roqlariga javob tugashi bilan chiqarilgan sud hukmiga o’xshaydi, farqi sud ham sudya ham aybdor ham advokat ham bir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yomon odatlarni toʻxtatmasang, Yomon nomlar bilan eslanasan.
“Ishni kechiktirish – muvaffaqiyatni kechiktirishdir.”
“Har bir kechiktirilgan ish ortda qolgan imkoniyatdir.”
“To‘g‘ri vaqtda qilinmagan to‘g‘ri qaror – noto‘g‘ri qarordir.”
“Ishonch – qurilishi yillar, buzilishi esa soniyalar talab qiladigan ko‘prikdir.”
Munosabatlar qasddan buzilmaydi buning ortida havfli tuyg’u e’tiborsizlik yotadi

“E’tiborsizlik – munosabatlarning sokin o‘ldiruvchisi.”

“E’tiborsizlik – sukunatdagi xiyonat.”

“E’tibor bering. Gap emas – qalbni eshiting. So‘z emas – mehrni his qiling.”

Erix Mariya Remark kitoblaridan olindi
#Iqtiboslar


– Sen faqat sen emassan:
– Mensan…!
– Menikisan…!
– Mendasan…!
©️ Jaloliddin Rumiy



Agar ichingizdagi butun nafratingizdan energiya olish mumkin bo‘lganida, bu energiya butun olamni yoritgan bo‘lardi.
©️ Nikola Tesla



Juda oz sir qoldi, mavhum bo‘lmagan.
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam,
Bildimki, hech narsa ma’lum bo‘lmagan.

©️ Abu Ali ibn Sino



Bugun hech kim uchun hech qanday yaxshilik qilmayotgan bo‘lsam,
kecha qo‘limdan kelganini qilsam ham,
nonko‘rlik qilishganini ko‘rganim uchundir.

©️ La Edri



Har kuni hech kim o‘qimaydigan kitoblarni o‘qing.
Har kuni hech kim o‘ylamaydigan narsalarni o‘ylang.
Har kuni hammaga o‘xshab fikrlash ba’zida aql uchun zararli.

©️ Kristofer Morli



Hamma odamlar yolg‘on gapirishadi,
lekin bu qo‘rqinchli emas,
chunki hech kim bir-birini eshitmaydi.

©️ Albert Eynshteyn
#Iqtibos

Komil inson — chiroyli so‘zlar aytadigan emas, aytganlariga amal qiladigan va qilganlarini aytadigan insondir.

© Konfutsiy

P.S.:
So‘zlar yolg‘onchi bo‘lishi mumkin, lekin amallar – haqiqatdir. Komil inson aynan amali bilan o‘zini namoyon qiladi.
#Fikr

Agar maqsading xatolarimni sanash bo‘lsa ular ko‘p. Agar mendagi yaxshi tomonlarni bilmoqchi bo‘lsang uni ham topasan. Niyating miqyosidagisini tanlayver.

Sening fikring mendagi narsani ziyoda ham, kam ham qila olmaydi...
#Fikr

Ish uchun tajriba kerak, tajriba uchun ish kerak.

Bilim olish uchun pul kerak, pul topish uchun bilim kerak.

Mashq qilish uchun energiya kerak, energiya uchun mashq qilish kerak.

Yozish uchun ilhom kerak, ilhom uchun yozish kerak.

Hammasi bo’lmagan gap.
Shunchaki boshlash kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim odamga altirnativa (muqobil variant) beradi – agar u to’g’ri berilsa.

Til bilgan odamda alternativa (muqobil variant)lar soni ortadi – siz yashab turgan joydagi vaziyatni hisobga olish muhim sababi qaysidir mamlakatlarda bitta xorijiy tilni o’rganish yetarli ba’zilarida esa ikkita xorijiy tilni bilish kerak bo’ladi.
Har bir o'rgangan bilim, har bir o'qilgan kitob va har bir o'tkazilgan dars - inson hayotini saqlashdagi bir qadamdir.
#Fikr

“Kinoya — atrofdagilarning nodonligiga qarshi ruhiyatning tabiiy himoya reaksiyasidir.”
— Charlz Bukovskiy

Kinoya — bu kuchsizlik belgisi emas. Bu — aqlni saqlab qolishning ba’zan yagona yo’li. Atrofdagi bema’niliklarga qarshi ichki qalqon.

Kinoya — bu aqlli odamning sukutdan keyingi oxirgi quroli. U mutlaqo zararsiz emas, lekin ko‘pincha muqarrar.

Ba’zida kinoya — bu aqlning ahmoqlikka berayotgan sokin javobi. Bu nafas olish kabi tabiiy.

Aql egalarining himoya niqobi — bu kinoya. Ular kurashmaydi, kinoya qiladi.

Sizni tushunishmayaptimi?
Kinoya — bu ruhiy immunitet.