Assalomu Alaykum aziz do’stlar!
Yurtimizga yana bir bor muqaddas Ramazon hayiti kirib keldi. Bu ulug‘ ayyom har bir inson qalbida mehr-oqibat, sabr-toqat, rahm-shafqat va ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ramazon hayiti – bu nafaqat ro‘za tutganlarning, balki butun jamiyatning bir-biriga mehr bilan yuzlanadigan, kechirimli bo‘lib, qalbini poklaydigan muqaddas kunidir.
Bugun har bir xonadonda bayramona shukuh, samimiy tabassum va mehr-muhabbat hukm surmoqda. Ushbu quvonchli kunda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-osoyishtalik va mo‘l-ko‘l rizq tilaymiz. Qurbonlik, sadaqa va duo kabi ezgu amallar hayotimizni yanada barakali va nurli qiladi.
Ramazon hayiti barchamizga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik olib kelsin! Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aleksandr Dyumaning “Graf Monte Kristo” yoki “If qal’asining mahbusi” kitobidan olingan iqtiboslar. (4-qism)
1.Graf haqiqatan ham Bayronning qahramonlariga o‘xshardi, Frans uni ko‘rish u yoqda tursin, xayoliga keltirishi bilanoq, qarshisida Manfred yoki Lara gavdalanardi. Grafning peshonasini ajinlar burishtirib yuborgan, bu dard-alamli uy-xayollar dalilidir. Chaknab turadigan o’tkir ko‘zlari yurakka o‘qday sanchiladi, istehzoli va g‘ururli lablari uning hamma gaplariga boshqacha ohang berib yuboradi, natijada har bir so‘zi tinglovchining yodidan chuqur joy oladi.
2. …Bu jihatdan sham inson hayotiga o‘xshab ketadi: inson hayot bag‘ishlashning faqat bittagina yo‘lini topgan, uni ham Xudodan olgan. Ammo ana shu inson hayotni barbod etishning ming-ming usullarini o‘ylab chiqargan, to‘g‘ri, bunda unga iblis ancha ko‘maklashdi. Shamni yoqmoq uchun uni o‘tga tutish kifoya.
3. –Azizim, – dedi Alber nihoyatda sovuqqonlik bilan, – kelajakda ulug‘ Napoleonning quyidagi so‘zlarini esda tuting: «Shum xabar kelgandagina meni uyg‘oting».
4.– Aniqlik qirollar nozikligi, adashmasam, monarxlaringizdan biri shunday degan bo‘lsa kerak, – dedi Graf Monte-Kristo.
5. – Siz meni yaxshiroq bilganingizda bu kabi arzimas narsalardan tashvishga tushib yurmas edingiz, – dedi iljayib graf. – Sayohat vaqtida Neapolda makaron, Milanda polenta, Valensiyada olla-podrida; Konstantinopolda palov, Hindistonda karrik, Xitoyda kaldirach inini yeb qorinni to‘ygazardim. Men kabi jahongashtalar ovqat tanlash imkoniyatidan mahrum. Qayerda bo‘lmayin, to‘g‘ri kelgan ovqatni yeb ketaveraman, to‘g‘ri, oz-ozdan ovqatlanaman. Bugun esa ishtaham karnay, chunki kecha ertalabdan beri tuz tatiganim yo‘q.
6. – Yo‘q, unday emas, – e’tiroz bildirdi Monte-Kristo, – menga ham, mening do‘stlarimga ham tegmaslik sharti bilan. Siz sotsialist, progressist va gumanist janoblarga mening so‘zlarim g‘alati tuyular, ammo shuni aytib qo‘yayki, men jonimga oro kirmayotgan hesh-aqrabalarga yordam qilmayman, ayniqsa meni himoya qilmaydigan, pand beradigan vaqtdagina meni esga oladigan jamiyatga hech qachon jon kuydirmayman. Jamiyatni ham, yaqin kishilarimni ham izzat-hurmat qilishdan voz kechib, ularga nisbatan faqat betaraflik pozitsiyasida turarkanman, ular shunisiga ham shukr deb, minnatdor bo‘lib o‘tiraversinlar.
7. Muqaddas yerga otlangan ziyoratchilarning deyarli hammasi o‘z missiyalarining belgisi sifatida gerb o‘rnida salbni yoki iymon qanotida uzoq safar qilishlarining belgisi sifatida qushlarni tanlashardi. Otangiz tomonidagi bobolaringizdan birisi, chamamda, ana shu salb yurishlaridan birida qatnashgan. Bu Muqaddas Lyudovikning yurishi bo‘lib chiqqan taqdirda ham ko‘z oldimizda XIII asr namoyon bo‘ladi–ki, bunisi ham yomon emas.
8. Siz provansal (janubiy fransiyalik), ha, ispan millatiga mansub ekansiz. Hali menga ko‘rsatgan surat rostdan ham juda o‘xshasa, onangizning qorachadan kelgan go‘zal yuzi o’ktam katalankaga o‘xshashining boisi ham shunda.
Grafning nihoyatda odob bilan aytilgan bu so‘zlaridagi kinoyani fahmlab olish uchun yo Edip, yo eng o’tkir sehrgar bo‘lmoq kerak edi.
Bunga aqli bovar etmagan Morser iljayib tashakkur izhor etdi, so‘ng grafga yo‘l ko‘rsatish uchun oldinga o‘tdi-da, gerb ostidagi mehmonxona eshigini ochdi.
9. – Xuddi shunday, – dedi javoban Monte-Kristo hech bir rassom tasvir eta olmaydigan va hech bir fiziognomist bayon qilib bera olmaydigan ajoyib tabassum bilan.
10. Alber grafning qiliqlariga ko‘nikib qolgan, u xuddi Neron singari iloji yo‘q narsalarni bor qilishga usta ekanini yaxshi biladi, shuning uchun hech narsaga taajjublanmadi, faqat grafning buyruqlari qanday bajarilganini shaxsan bilib olmoqchi edi.
P.S.: izohlarda o’zingizga yoqqan iqtibos raqamini yozib keting va xabarni ko’proq ulashing!!!

Aleksandr Dyumaning “Graf Monte Kristo” yoki “If qal’asining mahbusi” kitobidan olingan iqtiboslar. (5-qism)
1. – Endi bir savol tug‘ildi: din ta’siri ostida Xudodan yoki o‘limdan qo‘rqib aytilgan so‘zlarga qanchalik ishonish mumkin? Ha, sabr qilaylik, bir soat o‘tmay hammasini bilib olaman.
2. Darhaqiqat, joningni ayamay harakat qilishga ahd qilsang, boshqalarga o‘xshamay qolasan yoki boshqacha qilib aytganda, boshqalar senga o‘xshamay qoladi. Kimki shunga ahd qilsa, u kuchiga kuch qo‘shilayotganini va ufq doirasi kengayib borayotganini shu zahotiyoq sezadi.
3. – Amin bo‘lmang, Bertuchcho, – dedi graf, – yovuz maxluqlar osonlik bilan jon bermaydi. Xudoning o‘zi ham o‘zining qasos quroli qilib olish uchun ularni o‘z panohida asraydi.
4. Shu vajdan, mening haqimda, yaxshilabmi, yomonlabmi gapirganingizni, xatti-harakatimni muhokama qilganingizni, yurish-turishimga nazar tashlab, poylab yurganingizni sezib qolsam, o‘sha zahoti ishdan bo‘shatilasiz. Men xizmatchilarimni faqat bir marta ogohlantiraman. Siz ogohlantirildingiz, bo‘ldi, boring!
5. To‘g‘ri, xizmatchilaringiz sizni «janobi oliy» deb atashadi. Jurnalistlar uchun «muhtaram janob»siz, saylovchilaringiz uchun esa fuqaro. Konstitutsion tuzumda unvonlardagi bu juz’iy farqlarning bozori juda chaqqon bo‘ladi. Men sizni juda yaxshi tushunib turibman.
6. Shuning uchunki, aniqlab berishni talab qilish — ikkilanishingizning bir turi.
7. – Ehtimol, shunday sharoit tug‘ilar bora-bora, – dedi Monte-Kristo, – kishilar murakkab ixtirodan oddiy ixtiroga o’tajagina siz yaxshi bilasiz, oddiylik hamisha mukammallik demakdir, buni siz yaxshi bilasiz.
8. – Bilasizmi, – dedi u, – ma’lum bo‘lib turibdiki, siz tengi yo‘q odam deb nom chiqarganingizga qaramay, voqealarga inson bilan boshlanib, inson bilan tugallanadigan ijtimoiy nuqtai nazar bilan, ya’ni juda tor va nihoyatda chegaralangan nuqtai nazar bilan qarar ekansiz.
– Bu bilan nima demoqchisiz? – e’tiroz bildirdi Vilfor yanada taajjublanib. – Men sizga… tushunolmayapman.
– Men shuni demoqchimanki, xalqlarning ijtimoiy tashkilotiga nazar tashlaganda, siz mashina mexanizmini harakatga keltiradigan ustani ko‘rmaysiz, faqat mashinaning o’zini ko‘rasiz; siz faqat ministr yoki qirol tomonidan mansabga tayinlab qo‘yilgan va atrofingizda uvalashib yuradigan mansabdor turlarinigina ko‘rasiz, ammo Xudoning o‘zi shu turlar, ministrlar va qirollardan yuqoriga qo‘yib, mansabni emas, muqaddas burchni ado etish vazifasini topshirib qo‘ygan haqiqiy insonlarni ko‘rmaysiz, ularni nazar-pisand qilmaysiz.
Bu zaif kishining xislati. Toviy ko‘r ko‘zini ochish uchun kelgan farishtani oddiy o‘smir deb qabul qilgan ekan. Xalq, hammani yo‘q qilish uchun kelgan Atillani ham, boshqa istilochilar kabi, bosqinchi deb bilgan ekan. Ana shu ikkalasi bizni xaloyiq tanib olsin deb, Xudoning vakili ekanini ochiq aytib berishga, ya’ni birisi: “Men Xudoning to‘qmog‘i,” deyishga, ikkinchisi esa: “Men Xudoning farishtasi,” deyishga majbur bo‘lgan ekan. Shunday qilib ilohiylik siri ochib tashlangan.
9. Odamlar taqdir taqozosi deb ataydigan narsalarning hammasini — xonavayronlik, o‘zgarishlar, tasodiflarni men oldindan ko‘rib, mo‘ljallab qo‘yganman. Bularning ba’zilari meni turtib o‘tishi mumkin, biroq hech biri ag‘darib tashlay olmaydi.
10. – Hammaning ustida, – dedi Monte-Kristo, u bu so‘zni shunday ta’sirli qilib aytdiki, Vilfor beixtiyor seskanib ketdi, – men ziddan yuqorida turganlarni va boshqalarni oyoqosti qilmaydigan kishilarga qarshi hamla qilishga hamisha tayyor odamlar oldida – ana shu razil maxluqlar oldida g‘ururlanib, kibrga minib olaman. Ammo meni nochorlikdan hozirgi mavqega ko‘targan Xudo oldida g‘ururimni uloqtirib tashlab sajda qilaman.

Aleksandr Dyumaning “Graf Monte Kristo” yoki “If qal’asining mahbusi” kitobidan olingan iqtiboslar. ( so’nggi qism)
1. Men sizdan: zahar shimolliklarga ham, janub kishilariga ham bir xilda ta’sir qiladimi, deb so‘ragan edim, siz sovuqqon shimolliklarga zahar qizg‘in va serg‘ayrat janubliklarga qaraganda kamroq ta’sir etadi, deb javob bergan edingiz.
2. Inson, Tangriga taassub qilib, istagan narsasini yaratuvchi va barbod qiluvchi bo‘lib olganidagina kamolotga yeta oladi. Inson bu vazifadan birini – ya’ni barbod etishni o‘rganib oldi. Demak, kamolot cho‘qqisiga yetish yo‘lining yarmi bosib o‘tildi.
3. U biroz o‘ylab turdi-da, iljayib siciliyaliklarning quyidagi maqoli bilan javob qildi (bu maqol fransuzlarda bo‘lsa kerak): “O‘g‘lim, dunyo bir kunda yaratilgan emas, yetti kunda yaratilgan: yakshanba kuni keling.”
4. Jan-Jak Russo “Mandarinni besh ming mil uzoqdan turib bir chertishda o‘ldiradilar”,
5. Beg‘arazlik – keskir shamshirni yaltiratib turadigan quyosh nuri.
6. Kichik Osiyo quldorlari o‘z qullarini qimmatroq sotish uchun ularni o‘qitib, tilshunos olimlar, faylasuflar, vrachlar qilib tayyorlashardi.

Aql, tajriba va kuzatuv kuchiga tayangan shaxs portreti
(Biografik ocherk)
Zamonaviy fikrlovchilar orasida ba'zilar bor – ularning qarashlari kitoblardan kelgan emas, hayotning o‘zi bilan qotib pishgan. Ular og‘riqdan saboq olgan, yolg‘izlikda aql to‘plagan, so‘zlardan emas – sukutdan hikmat ajratgan odamlardir. Bu portret ana shunday inson haqida.
U o‘z shaxsiyatini tarixiy fikr, klassik matnlar va individual tajriba asosida shakllantirgan. Unda romantik dunyoqarash emas, realistik tafakkur ustunlik qiladi. Inson tabiatiga u fojiali haqiqat orqali yondashadi: u insondagi ezgulikni inkor etmaydi, biroq yovuzlik va manfaatning kuchini ham e’tiborsiz qoldirmaydi.
“Siyosatda hissiyotlar emas, manfaatlar to‘qnashadi,” — degan g‘oya uning dunyoqarashida muhim o‘rin tutadi.
U kitobxon sifatida emas, fikr bilan ishlovchi mustaqil tahlilchi sifatida shakllangan. Antik mualliflar, Yevropa mutafakkirlari, tarixiy obrazlar — uning fikr doirasida faqat adabiy qahramonlar emas, balki ichki suhbatdoshlar, sukunatda fikr almashadigan yo‘ldoshlar bo‘lib xizmat qilgan.
Shaxsiy iztiroblar uning aqliy kuchini zaiflashtirmagan, aksincha, mustahkamlab bergan. U quvonchni ham og‘riq sifatida tahlil qiladi, qayg‘uni esa og‘irlik emas, shakllantiruvchi faktor deb biladi. Chunki unga ko‘ra, aynan baxtsizlik inson ichidagi yashirin salohiyatni uyg‘otadi.
“Men yovuzlikni yengmadim, men uni tahlil qildim,” — degan ifoda uning hayotiy shioriga aylangan.
U betaraflikni hissiy sovuqlik emas, balki ongli pozitsiya deb biladi. Samimiyatni oson buziladigan tuyg‘u, betaraflikni esa ichki erkinlikni saqlab qolish vositasi sifatida qabul qiladi. Bu pozitsiya uni nafaqat mustaqil fikrli shaxsga aylantirgan, balki jamiyatdagi holatlarni to‘g‘ri kuzatish, ularni ichki tahlil qilish qobiliyatini ham oshirgan.
Fikr doirasi tarixiylik va falsafiylikka tayanadi. Uning nutqlarida Napoleon, Plutarx, Dantes, Spinoza, Monten kabi shaxslar nafaqat esga olinadi, balki har birining g‘oyaviy og‘irligi hayotiy misol sifatida keltiriladi. Bu esa uning tahliliy dunyoqarashi individual yondashuvdan yiroq emasligini, balki tarixiy kontekst bilan mustahkam bog‘liqligini ko‘rsatadi.
U hozirgi zamonda yashayotgan bo‘lsa-da, tafakkuri ancha chuqur, global va zamonlardan ustun. U uchun inson, jamiyat, adolat, jinoyat, ong, kuch va kuchsizlik masalalari – nazariy tushunchalar emas, balki har bir kunlik ichki tahlil obyektidir.
U odamlarni hukm qilmaydi, balki kuzatadi. U javob bermaydi – savol beradi. Va bu savol eng oddiy, eng chuqur:
“Siz bu dunyoga o‘zingizni topishga keldingizmi? Yoki yo‘qotishga?”
Bu savol, aslida, uning o‘ziga ham qaratilgan. Chunki u hali ham o‘zini izlayotgan, biroq izlayotgan yo‘l uning shaxsini allaqachon shakllantirib ulgurgan.
P.S.: yuqoridagilar Aleksandr Dyumaning "Graf Monte Kristo" yoxud "If qal'asining mahbusi" kitobidan olingan fikrlar va iqtiboslar natijasida hosil bo'lgan. Post muallifining xatolari bo`lgan bo`lsa aybga buyurmaysiz, zero shu shakldagi postlar dastlabki urinishlardan biri hisoblanadi.

Jeyms Klirning “Atom odatlar “ kitobidan iqtiboslar (1-qism)
1. Natijalar bu – odatlarning qay darajada yaxshi ekanini koʻrsatuvchi kechikkan mezondir.
2. Muvaffaqiyat yoki omadsizlik oʻrtasidagi masofa vaqt oʻtishi bilan kattalashib boradi. Odatlaringiz uni oʻn karra orttiradi.
3. Bilim yigʻilib boradi. Bitta yangi gʻoyani oʻrganib, inson daho boʻlib qolmaydi. Ammo doimiy oʻqib-oʻrganish insonni yangidan shakllantiradi. Bundan tashqari, oʻqilgan har bir kitobdan nafaqat yangi narsalarni oʻrganamiz, balki eski gʻoyalarimizga yangicha qaray boshlaymiz. Uorren Baffett aytganidek, “Bilim xuddi koʻpayib boradigan foiz singari ishlaydi”.
4. Agar biron-bir yaxshi ishga odatlanish yoki yomon illatdan qutulishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan boʻlsangiz, bu hali oʻz ustingizda ishlash qobiliyatini yoʻqotganingizni anglatmaydi.
5. Yomon odatni yoʻqotish xuddi ildizlari baquvvat daraxtni qoʻporishga oʻxshaydi. Yaxshi odatni shakllantirishni esa aksincha, nozik gulni har kuni parvarishlashga qiyoslash mumkin.
6. Maqsad – erishishni istagan natijalarimiz, tizim esa shu natijalarga erishish jarayonidir.
7. Maqsadni belgilashning asosiy mazmuni oʻyinda gʻalaba qozonishdir. Tizimni qurishning asosiy maʼnosi esa oʻyinni davom ettirishdir. Chinakam uzoq muddatli fikrlash maqsadga ega boʻlmaydi. U aniq bir natijaga ham qaratilmagan. U doimiy sayqallanish va toʻxtovsiz yaxshilanishlardan iborat.
8. Odat shaxsiyatning bir qismiga aylanishi bu ichki motivatsiyaning eng oliy shaklidir.
9. Shaxsiyatingizning qaysi bir jihatidan faxrlansangiz, shu jihat bilan bogʻliq odatlarni takrorlashga koʻproq motivatsiyaga ega boʻlasiz.
10. Xulq-atvoringiz, odatda, oʻzligingizni aks ettiradi. Nimalar qilayotganingiz ongli yoki ongsiz ravishda oʻzingizni qanday inson deb hisoblashingizning koʻrsatkichidir.

Jeyms Klirning “Atom odatlar “ kitobidan iqtiboslar (2-qism)
1. Biron-bir odatni qanchalik koʻp takrorlasangiz, shaxsiyatingizning ushbu odat bilan bogʻliq jihatini shunchalik koʻp mustahkamlaysiz.
2. Yoqimli natijaga olib keladigan xatti-harakatlar koʻproq, yoqimsizlariga sabab boʻladigan harakatlar esa kamroq takrorlanish ehtimoliga ega.
3. Odatlar shunchaki atrofimizda tez-tez-takrorlanib turadigan muammolarning ishonchli yechimidir.
4. Agar ish toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, odatlarni oʻzgartirish xamirdan qil sugʻurgandek oson, agar notoʻgʻri yondashilsa deyarli imkonsiz ishga aylanadi.
5. Odatlarni qanchalik koʻp takrorlaganingiz sari ularni nima sababdan qilishingizga tanqidiy nazar tashlash ehtimoli shunchalik kamayib boradi.
6. “Yomon” va “yaxshi” odat tushunchasini qoʻllash biroz notoʻgʻri, chunki yaxshi va yomon odatlar boʻlmaydi. Faqat biror muammoni hal qilishda samarali yoki samarasiz odatlar mavjud.
7. Yomon odatlaringizning natijalarini eshitishingiz ularni tasavvur qilishni osonlashtiradi. Shunchaki eski odatlarga qaytish oʻrniga muammoning qanchalik ogʻir ekanini his qilasiz.
8. Xulq-atvorni oʻzgartirish ogohlikni oshirishdan boshlanadi.
9. Koʻpchilik oʻzida motivatsiya kam deb hisoblaydi. Aslida esa ularga aniqlik yetishmaydi. Ular odatni qayerda va qachon qilishlarini bilmaydi.
10. Muhit – inson xulq-atvorini shakllantiruvchi koʻzga koʻrinmas kuchdir. Har bir inson takrorlanmas feʼl-atvorga ega boʻlishiga qaramasdan, atrof-muhitning oʻxshash sharoitlarida oʻxshash harakatlar qayta-qayta yuzaga keladi.

Oʻziga boʻlgan ishonch shunday narsaki, u sen gapirmasingdan oldin sen haqingda atrofdagilarga signal yuboradi.
Jeyms Klirning “Atom odatlar “ kitobidan iqtiboslar (3-qism)
1. Muhit – inson xulq-atvorini shakllantiruvchi koʻzga koʻrinmas kuchdir.
2. … xaridorlar baʼzan buyumni istagani uchun emas, balki qanday taklif etilganiga asosan sotib oladi.
3. Muhitni oʻzgartirish oʻz taqdirimizni oʻzimiz boshqarish va hayot yoʻlimizning yaratuvchisiga aylanish imkonini beradi. Hayotda passiv ishtirokchi boʻlib oʻtmasdan, dunyoni oʻzgartirishda faolroq boʻlaylik.
4. Yangi odatlarni yangi muhitda hosil qilish osonroq kechadi, chunki eski signallarga qarshi kurashish zarur boʻlmaydi.
5. Intizom bilan hayotimizdagi har qanday muammoni hal qilish mumkinligi haqidagi fikr ich-ichimizga singib ketgan. Soʻnggi yillardagi tadqiqotlar buning aksini koʻrsatdi. Olimlar irodali insonlarning xulq-atvorini tahlil qilganda ushbu insonlar boshqalardan unchalik ham farq qilmasligini aniqladi. Aksincha, ular irodasi va oʻz-oʻzini nazorat qilishni talab qilmaydigan hayot tarzini tuzishga muvaffaq boʻlgan.
6. Inson oʻz-oʻzini qanchalik yaxshi nazorat qila olsa, bunga ehtiyoj shunchalik kam boʻladi. Inson muayyan ishlarni bajarmasa, bu ishda oʻziga taqiq qoʻyishiga hojat qolmaydi.
7. Agar hech bir ishni oxirigacha yetkaza olmayotgan boʻlsangiz, telefoningizni bir necha soat boshqa xonada qoldiring.
8. Toʻgʻri ishni bajarish uchun har safar irodangizga tayangandan koʻra gʻayratingizni atrof-muhitni optimallashtirishga sarflash maʼqulroq boʻladi. Oʻz-oʻzini nazorat qilish va kuchli irodaning siri ham shunda. Yaxshi odatlarga turtki beruvchi signallar yaqqolroq, yomonlariniki esa koʻzga kam tashlanadigan boʻlishi zarur.
9. Oʻzini-oʻzi nazorat qilish uzoq muddatli strategiya emas, u faqat qisqa muddatli taktikadir.
10. Agar odatlarga amal qilish ehtimolini oshirishni istasangiz ularni jozibaliroq qiling.

Fikrlaringizni o'zgartiring ammo prinsiplaringizni emas.
Barglaringizni yangilang lekin ildizlaringizdan voz kechmang.

Jeyms Klirning “Atom odatlar “ kitobidan iqtiboslar (4-qism)
1. Bajarilish ehtimoli yuqori xatti-harakatlar bunday ehtimollik kam boʻlgan harakatlarni bajarishga undaydi.
2. Mukofotga erishish emas, balki uning yaqinligini sezish bizni harakatga undaydi. Oldindan sezish qanchalik kuchli boʻlsa, dofamin miqdori shunchalik ortadi.
3. Fransuz faylasufi Mishel de Monten aytganidek, “Jamiyatdagi anʼana va odatlar bizni oʻz oqimi bilan olib ketadi”.
4. Biz, ayniqsa, uch guruh insonlarning odatlariga koʻproq taqlid qilamiz:
– yaqinlar;
– koʻpchilik;
– nufuz;
5. Boshqa hech narsa bir jamoaga mansub boʻlishdek motivatsiyani uzoq vaqt saqlay olmaydi.
6. Jamoaning meʼyoriy xulq-atvori yakka shaxsning yaxshiroq xulq-atvorini chetga surib qoʻyadi.
7. Yaxshiroq odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu ham biz istagan xulq-atvor normaga aylangan (1), ham biz bilan qandaydir umumiylikka ega (2) boʻlgan jamoaga qoʻshilishdir.
8. Yashirin motivlarning ayrimlari quyida keltirilgan:
quvvatni tejash;
suv va yegulik topish;
juftlashish va nasl qoldirish;
jamoaga qoʻshilish;
jamiyat tomonidan qabul qilinish va maqtov olish;
noaniqlikni kamaytirish;
obroʻ va shuhratga erishish.
9. Qanday tarzda fikrlashimizdan qatʼi nazar uni isbotlash uchun dalillar yetarlicha topiladi.
10. Odatlarimizning ijobiy tomonlarini koʻproq koʻrsatib, salbiy jihatlarini yashirish – miyamizni qayta dasturlash hamda odatlar jozibadorligini oshirishning eng tez va oson usulidir.

Inson qadri
Yaponiyada II Jahon urushi davomida suratdagi bu bolakay oʻlik ukasini koʻmish uchun orqasida shunday koʻtarib yuradi. Bunga bir askar eʼtibor berib, oʻlik bolani tashlashini, yoʻqsa, charchab qolishini aytadi. Bola: «U ogʻir emas. U mening ukam!», deb javob beradi.
Askar holatni tushunib, hoʻngrab yigʻlab yuboradi. Ana oʻshandan beri ushbu surat Yaponiyaning birlik ramziga aylangan ekan!
Shoyad, bu bizning ham shiorimizga aylansa: «Ogʻir emas! U mening ukam!».
Maʼlumot oʻrnida, bu surat Jo Oʼdonell tomonidan 1945-yil sentabr oyida Nagasakida AQSh dengiz piyodalari korpusi uchun olingan.

Yaponiyaning yangi ta’lim tizimi: “Dunyo fuqarolari”ni tarbiyalash yo‘lida jasoratli o‘zgarish
Yaponiya bugun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yo‘lida misli ko‘rilmagan bir bosqichga chiqdi. “Brave Change” (yapon tilida Futoji no henko) nomli pilot loyiha orqali yosh avlodni “yapon” emas, balki “dunyo fuqarosi” sifatida tarbiyalashga qaratilgan tizim joriy etilmoqda. Bu tizim Yevropaning Erasmus, Grundtvig, Jean Monnet, Ashoka va Comenius dasturlaridan ilhom olgan.
Yangi tizimning asosiy maqsadi:
O‘quvchilar turli madaniyatlar va dinlarni anglab, hurmat qiladigan, global dunyoqarashga ega bo‘lgan, axloqiy va ekologik mas’uliyatli, raqamli texnologiyalarni puxta egallagan, bir nechta tillarda bemalol so‘zlasha oladigan zamonaviy insonlar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash.
12 yillik ta’lim dasturining o‘ziga xos tamoyillari:
• Uyga vazifalar yo‘q (Zero homework)
• Hech qanday “keraksiz” fanlar yo‘q (Zero filler)
• Faqat 5 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chuqur bilim beriladi
Bu 5 yo‘nalish:
1. Biznes arifmetikasi
• Moliyaviy hisob-kitoblar, asosiy matematik amallar va moliyaviy kalkulyatorlardan foydalanish.
2. Kitobxonlik
• Har kuni bir betdan o‘qish odati shakllantiriladi va har hafta bir kitob to‘liq o‘qib tugatiladi.
• Yiliga 52 ta kitob o‘qiladi!
3. Sivilizatsiya saboqlari
• Qonunlarga hurmat, fuqarolik qadriyatlari, etika, birga yashash qoidalari, sabr-toqat, ekologik madaniyat va tabiatni muhofaza qilish.
4. Raqamli savodxonlik
• Kompyuterda ish yuritish, internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn biznes yuritish ko‘nikmalari.
5. Xalqaro til va madaniyat
• 4–5 ta alifbo va til o‘rganiladi: yapon, lotin, ingliz, nemis, xitoy, arab tili.
• Yozgi ta’til paytida turli davlatlardagi oilalar bilan almashinuvlar orqali madaniyat va hayot tarzini bevosita o‘rganish.
Bu dasturning natijasida qanday avlod voyaga yetadi?
• 4 ta til va 4 ta madaniyatni puxta biladigan,
• Kitob o‘qishga qiziqadigan, har yili kamida 52 ta kitobni o‘qiydigan,
• Kompyuter va telefonni ish quroli sifatida samarali ishlata oladigan,
• Atrof-muhit, qonun va jamiyat qoidalarini hurmat qiladigan,
• Biznes yuritish va moliyaviy hisobni boshidanoq tushunadigan,
• Dunyoga ochiq va har qanday jamiyatga moslasha oladigan insonlar.
Bu loyiha nafaqat Yaponiya uchun, balki global ta’lim tizimi uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin. Chunki bugungi dunyo millatga emas, global fikrlaydigan, mas’uliyatli va ko‘p qirrali insonlarga ehtiyoj sezmoqda.
Agar siz ham ta’lim qanday bo‘lishi kerak degan savol ustida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Yaponiyaning bu “jasoratli o‘zgarishi” sizni ilhomlantirishi shubhasiz.
Siz qanday o‘quv tizimni afzal bilasiz? Fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring.

Daromad — kuchli bilim, katta tajriba va qattiq mehnat ortida yotadi.