Baxt oddiylikda😉
4 subscribers
46 photos
26 videos
2 links
Download Telegram
Ba'zan baxtli bo'lish uchun sizni tushunadigan odam bilan gaplashish kerak...
🔥2
Baxt bu siz xohlagan hamma narsaga erishish emas, balki bor narsangizdan zavqlanishdir.🤍
2
Boshingga kelgan balolar Alloh taolodan uzoqlashishing va boshqalarni Undan afzal ko'rishing sababidandir. Agar haqiqatan ham insonlarni tanisayding, ulardan jahling chiqar va ularning Yaratuvchisini sevar eding. Hazrati Payg'ambarimiz 🤎 shunday marhamat qilganlar:

"Insonlarni sinab ko'rsang, ulardan qochasan".


Ya'ni ularni hech sinab ko'rmasdan sevasan va g'azablanasan. Aslida esa aql sinar, sinamasang, senda aql yo'q. Qalb sinar, sinamasang, demak, senda qalb yo'q. Qalb tafakkur qiladi, eslaydi va o'git oladi.

Shayx Abdulqodir Jiyloniy
2
мне кажется, что одно из самых приятных чувств это когда тебе говорят, что по тебе скучали. даже если это просто маленький комментарий и большинство людей не придают ему значение, вы только задумайтесь. кто-то на самом деле обратил внимание, что вас не было рядом и выделил время на то, чтобы сказать вам об этом.
🔥2
Sizni chindan ham sevganlar,
siz uchun qayg’urganlar haqida bilmoqchimisiz?!

Ular sizni nimaga rag‘batlantirib, nimadan qaytarayotganlariga boqing!

Haqiqiy sevganlar sizni ma’siyat ko‘chasidan to‘sishadi. Haqiqiy qayg’urganlar sizni jahannam azobidan asrashadi.

Sizni o‘zlariga emas, Robbilariga yaqinlashtirishadi. Ana o‘shalar chindan ham sevganlardir.

Shunday insonlaringiz bo‘lsa, qo‘yib yubormang! Chunki, ularning muhabbati sizni hisob kuni Arshning soyasiga oladi, jannatga kalit bo‘ladi.

Siz-chi? Siz ham kimnidir shunday sevasasizmi?
2
Shayx Abdulqodir Jiyloniy hazratlari nasihat qilib shunday deydi:

"Ey farzandim! Ertaga balki yer yuzidan ayrilgan, qabrda yotgan bo'larsan. Ertaga bo'lmasa-da, boshqa bir zamonda bu holat sodir bo'ladi. Bu g'aflat nima uchun? Qalblaringiz naqadar qattiq! Huddi qoya kabisiz. Men va boshqa insonlar sizga aytmoqdalar, sizlar yana ayni holda davom etmoqdasizlar. Qur'on sizga o'qilmoqda, Rosululloh (🤎)ning hadislarida xabar berilmoqda. va o'tmishda sodir bo'lganlar gapirilmoqda, sizlar hali ham hech bir ibrat olmayapsizlar, gunohlardan qochmayapsizlar, amallaringizni o'zgartirmayapsizlar. Bulardan ibrat olmaganlar yomon kimsalardandir".
2
Birinchi nigohlar tushadi, keyin ko’ngil tushadi va undan keyin odamlar unga muhabbat deb nom qo’yishadi…
2
Sevgan Alloh uchun sevsa, sevilgan Alloh uchun sevilsa edi sevgan ko’r, sevilgan nonko’r bo’lmasdi.

Mahbubiy
2
Ey ko'ngil! Xilvat joy topginda, Robbingga istaganing qadar yashirincha yig'la! Ammo xilvat joylarda yashirincha yig'lagan ko'ngillarga sabab bo'lishdan ehtiyot bo'l!

Mavlono Rumiy
2
Insoniyatning najoti faqat Islomda. Islom esa Allohning ilohiy dini. Shuningdek u mukammal: kamchilikni ham ortiqchalikni ham aslo qabul qilmaydi. Bu yo’lda borini berib harakat qilish har kimga ham nasib etavermaydi. Istasangiz, kecha-yu kunduz mehnat qiling, istasangiz hech narsa qilmay yotib oling - bu haq g’oyaning ro’yobini na bir kun oldinga sura olasiz, na bir kun keyinga qoldira olasiz. Asosiy masala mazkur sharafli g’oya yo’lidagi imtihondan qanday o’tishimizda.

Insoniyatning hayri va saodati uchun, yaxshilik yo’lida bor kuchingiz bilan, har nafasning hisobi berilishini anglab mehnat qiling! Umringiz so’ngigacha mehnatda davom eting. Tarixning keskin burilish nuqtasida eng katta masuliyatni yelkangizga olishdan qo’qrmang. Chunki asl marifat ko’ngilochar davralarda qahramonlik haqida og’iz ko’pirtirish emas, har qanday qiyinchilikni yengib o’tib, insonlarga xizmat qilishda bardavom bo’lishda.

Najmiddin Erbaqon, “G’oyam” kitobidan.
2
Esimdan chiqib qoldi...🤭🤫😅
Prikolna da 😺😸😹😻
😁3
Ashuro kuni ahliga kenglik qilish
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar». Imom Bayhaqiy «Shuabul iymon» kitobida rivoyat qilgan.

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli-ayoliga nafaqada kengchilik qilsa, Alloh unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar. Imom Roziyn rivoyat qilgan. Sufyon aytdi: «Biz buni tajriba qilib ko'rdik va ana shunday bo'lishini topdik». Sufyondan murod Sufyon Savriydir. Chunki muhaddislar istilohida Sufyon mutlaq aytilsa, Sufyon Savriy nazarda tutilgan bo'ladi. Imom Bayhaqiy ham «Shuabul-iymon»da Abdulloh ibn Mas'ud, Abu Hurayra, Abu Said va Jobir roziyallohu anhumlardan rivoyat qilgan. Bayhaqiy o'zi rivoyat qilgan hadisni zaif sanagan.
2
Ахир излаётганларини факатгина биргина атиргулдан кидиришлари керакку..?
1